“Oyoqlaring, qo‘llaring va es-hushingni
Ezgu amal, adolat va to‘g‘rilikka yo‘lla,
Yomon ishdan, bedodlik va egrilikdan tiyil!”
1
.
Zardusht insonga ezgulik qurolini berib, yovuzlikdan
g‘olib bo‘lishga undadi.“Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yax-
shi ishga shon-shavkat baxsh etaman”,- deyiladi Avestoning
Yasna (14) kitobida. “O Spitama, shartnomani buzuvchi ki-
shi butun mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli
barcha mulku mollarga putur yetkazadi. O Spitama ahdingni
buzma...” (“Yasht”, X bob.) Axuramazda, insonlar o‘rtasida
bo‘layotgan munosabatlar o‘zaro adolat, samimiylik, hurmat,
beg‘arazlik, yordam va oqibatli bo‘lish zarurligiga, yomon fi-
krlardan holi bo‘lishga chaqiradi. G‘oyalarning bunday tarzda
qo‘yilishi dunyo ana shu kuchlarning yonma-yon yashashi-
dan iborat, oila va jamoada berilgan so‘zdan yoki qasamdan
voz kechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish,
adolatsiz bo‘lish katta gunoh degan hikmatning mohiyatini
anglashga undaydi.
Zardushtiylikning muqaddas “uchlik” va “yettilik” ka asos-
langan udum va an’analari ming yillar davomida insoniyat-
ning ma’naviy-axloqiy taraqqiyotiga xizmat qilib keldi. Xusu-
san, unda etti mavjudod – tuproq, suv, olov, havo, o‘simlik,
hayvon va inson xudo tomonidan yaratilgan ilohiy mohiyat-
ga ega vujudlar deb hisoblangan. Ular orasida inson eng oliy
mavjudod bo‘lib, boshqa olti vujud – mavjudodga homiylik,
g‘amxo‘rlik qilishi lozim, deb hisoblangan. Ya’ni, inson tup-
roqni serunum qilishi, suvni va suv havzalarini toza tutishi,
o‘simlik va daraxtlarni ko‘paytirishi, hayvonlarga homiylik
1
Avesto–T:. Sharq, 2001. – B.290.
19
qilishi zarur, shuningdek, o‘zining jismiy va ma’naviy-axloqiy
sog‘lig‘iga e’tibor berishi, qarindosh-urug‘lariga g‘amxo‘rlik
qilishi, o‘g‘il va qizlarini o‘z vaqtida uy-joyli qilishi, yomon
ishlardan saqlanishi, beva-bechoralarga yordam berishi dar-
kor.
Zardusht ta’limotiga asosan inson, jamiyat va tabiatga
axloqiy munosabatlar bolalarning yoshligidan o‘rgatib boril-
gan. Asosan 7 yoshga to‘lgan bolalar tarbiya jarayonida “men
zardo‘shtiylik diniga sodiq bo‘lishga va’da beraman, men
yaxshi fikrlar, yaxshi so‘zlar, yaxshi ishlarga ishonaman....”.
Zardusht aqidasicha, har bir insonning qalbi pok bo‘lib, hul-
qi xush bo‘lsa, hunar va ilm egallab, rizqi ro‘zi halol bo‘lsa,
uning amali chin bo‘ladi. Unday obidning qo‘li ishda. Dili va
tili ibodatda bo‘lib, bu dunyoni yashnatishga xizmat qiladi.
Zeroki, xushxulqu pokdil, sobitqadamu hunarparvar odamlar-
gina olamni komillik sari eltadilar.
Zardushtiylikda ma’rifat va bilimning kuchiga qattiq
e’tiqod qilinadi va jamiyat hayotida ham oqibat natijada
ma’rifat yutib chiqadi, deb hisoblanadi. O‘sha davrda bo-
lalarning faqat sihat-salomat va jismonan baquvvat bo‘lishi
haqidagina emas, balki ilmu ma’rifat olishi va ma’naviy
sofligi, yaxshilik, ezgulik xislatlarini egallashlari to‘g‘risida
ham g‘amxo‘rlik qilishgan. Asosan bolalarda mehnatsevar-
lik, rostgo‘ylik, sahovatlilik fazilatlarini tarbiyalashga muhim
ahamiyat berilgan”
1
.
Shuning uchun “Avesto” da ta’lim-tarbiya berishning ilk
tizimi tavsiya etilgan:
a) diniy va axloqiy tarbiya; b) jismoniy tarbiya; d) o‘qish
va yozishga o‘rgatish.
O‘sha vaqtlardayoq bolalarning faqat sihat-salomat, jismo-
nan baquvvat bo‘lishi haqidagina qayg‘urish emas, balki ilmu
hikmat sohibi bo‘lishi va ma’naviy sofligi, yaxshilik-ezgulik
xislatlarini egallashlari to‘g‘risida fikrlar ilgari surilgan. Nega?
1
Yo‘ldoshev J., Hasanov S. Avestoda axloqiy ta’limiy masalalar. –T.:
O‘qituvchi, 1992. - B. 22
20
Zardushtiylik ta’limotida ma’rifat va bilimning kuchiga
qattiq e’tiqod qo‘yilgan va jamiyat hayotida oqibat – natijada
ilmu hikmat yutib chiqadi, deb hisoblangan.
Zardushtiylik ta’limoti mohiyatan axloqiy “o‘z-o‘zini
tashkillashtirish” tafakkur uslubidir. “Inson o‘z-o‘zini tash-
killashtirish uchun o‘z-o‘zini tartibga solish, regulyatsiya
qilishi shart, ammo inson darajasida hayvonlardagidek so-
matik tartibga solish vositalari emas, axloqiy-ma’naviy da-
rajadagi regulyatorlar kerak bo‘ladi. Shuning uchun inson
o‘zini tartibga solishning boshqacha turlaridan foydalanadi.
Axloqiy, e’tiqodga oid, irodaviy, tanqidiy, aqliy me’yorlar,
dun yoqarash, axborot, ong, orzu-istak tartibga solish vosi-
talaridir. Inson o‘z-o‘zini boshqarish vositalari - aql, tafakkur,
fazilatlar, qiziqish, talabni ham vujudga keltirdi, bu hodisalar
boshqarish funksiyalarini bajaradilar. Bularsiz inson o‘z-o‘zini
tashkillashtira olmaydi. Insonning ruhiy-ma’naviy o‘z-o‘zini
tashkillashtirishida muhim rol o‘ynovchi bu aloqadorlik, ya’ni
ma’naviy va ruhiy uyg‘unlik uning ijtimoiylik, aqllilik, hissiy-
lik, axloqiylikni ta’minlaydi”
1
.
Zardushtiylikning bu kabi manaviy axloqiy tamoyil-
lari va me’yorlari davrlar silsilasida ko‘plab oqimlar va
yo‘nalishlarning, konsepsiyalarning manaviy zamini bo‘ldi.
Islom axloqi ham o‘z ichiga zardo‘shtiylikning bir muncha
elementlarini olgan. Qur’ondagi “Yaratuvchi har insonga ta-
fakkur darajasi va qobiliyat imkoniyatlari doirasida rizqu na-
siba ulashadi. Birovniki ko‘p, boshqaniki kam ekanligi – har
kimning o‘zidan; Amallar niyatga qarab qabul qilinur, kim
qan day niyat qilgaydir, shunga erishgusidir; Adolatlilik, oqil-
lik bizning o‘zimizdan boshlanmog‘i kerak; Odamlarni yaxshi-
likka chorlab turib, o‘zi ibodatda yo‘q kishining da’vat qilishi
katta gunohdir; Haqni nohaqlik bilan qorishtirmangiz hamda
bila turib, haqiqatni yashirmangiz; O‘zing aniq bilmagan nar-
saga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, diling har biri to‘g‘risida
1
Sinergetika mohiyati. Qonuniyatlari va amaliyotda namoyon bo‘lishi. – T:.
Navro‘z. -B. 121
21
javob berur; Kechirimli bo‘l, yaxshilikka buyur va johillardan
yuz o‘gir; Kim sabr qilib, kechirsa, albatta, bu mardlik ish-
laridandir; Yaxshilik qilishda odamlarning eng saxiysi bo‘ling;
Yomonlikni go‘zal narsa ila daf’ qil” kabi oyatlar mazmunida
shu ohanglarni ilg‘ash mumkin.
Axloqning mohiyati islom dinining muqaddas manbayi
Qur’oni Karimning barcha oyatlarida aks etgan. Umuman,
mazkur manbada hayotdagi har qanday holatlarda barcha in-
sonlarga muvofiq keladigan o‘zaro aloqador va bog‘liq huquqiy
ko‘rsatmalar, ijtimoiy tamoyillar, xulq-atvor qoidalari, axloqiy
tavsiyalar, psixologik o‘gitlar, ma’qullash shart bo‘lgan hikmat-
larning bir butun tizimi mavjud va bu tizim abadiy xarakterga
ega bo‘lib, har qanday sharoitga mos keladi. “Yaxshilik va taqvo
yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkor-
lik qilmang”(“Moida”surasi,2-oyat), “Va oshkora hamda max-
fiy gunohlarni tark qilinglar” (“Anom” surasi, 120-oyat).“Afvni
(qabul qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz
o‘giring”(“A’rof” surasi, 199-oyat),“...biror qavm (kishilari)
ni yoqtirmaslik sizlarni ularga nisbatan adolatsizlik qilish-
ga undamasin!” (“Moida”surasi, 8-oyat),“Yaxshilik qilishga
shoshilingiz”(“Moida” surasi, 48-oyat), “Mol-mulklaringizni
o‘rtada nohaq (yo‘llar) bilan yemangizlar! (“Niso” surasi, 29-
oyat), “(Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o‘ziga o‘xshash
yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o‘rtani) tuzatsa, bas, uning
mukofoti Allohning zimmasidadir...”(“Sho‘ro”surasi,40-oyat),
“...Agar sizlar (ularni) afv etsangiz, koyimasangiz va kechirsan-
giz, u holda, albatta, Alloh (ham sizlarga nisbatan) mag‘firatli
va rahmlidir” (“Tag‘obun surasi”,14-oyat),“Yomonlikni go‘zal
narsa ila daf qil” (“Muminun”surasi,96 oyat), “Agar sizlarga
biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bil-
magan holingizda biror qavmga aziyat etkazib qo‘yib, (ke-
yin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo‘lmasligingiz uchun
(u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz”! (“Hujurot”surasi,
6-oyat), “(Siz lardan) biror millat (boshqa) bir millatni masxara
qilmasin! Ehtimolki, (masxara qilingan millat) ulardan yaxshi-
roq bo‘lsa...”(“Hujurot”surasi, 11- oyat).
22
“Qur’onni o‘qiganimda hayotning dinamik prinsipla-
rini ko‘raman, bu tasavvur emas, aksincha, unda insonning
kundalik hayoti uchun butun dunyoga mos amaliy-axloqiy
tizimi bor”
1
.
“Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga, yerga va tog‘larga
taklif qildik. Bas, ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va un-
dan qo‘rqdilar. Uni inson ko‘tardi. Darhaqiqat, u o‘ta zolimdir,
o‘ta johildir”(“Ahzob” surasi, 72-oyat). Ma’lumki, “omonat”
so‘zi “amana” fe’lining masdari - ish-harakat nomi bo‘lib,
“ishonib topshirilgan narsa” degan ma’noni anglatadi. Alloh
taoloning omonati Allohning farzlari va shariat takliflari, O‘z
amr va nahiylari edi. Bu omonatni ko‘tarish shunchalar og‘ir
ediki, hatto shunday ulkan osmon, zamin va tog‘lar ham uni
ko‘tarishdan qo‘rqdilar, chunki bu omonatni uddalab, o‘rniga
qo‘ya olishlariga ko‘zlari yetmadi. U omonatni inson ko‘tardi.
Lekin inson jinsi (hamma emas albatta) o‘ziga yuklatilgan va
o‘zi qabul qilgan omonatga muvofiq ish yuritmasdan, o‘ziga
zulm qiladi. Inson o‘zi rozi bo‘lib, qabul qilib olgan omonatga
xiyonat qilmasdan, zulm qilmasdan, johil bo‘lmasdan, o‘ziga
yuklatilgan omonatni ado etishi joizdir. “Kim Mening eslat-
mamdan yuz o‘girsa, bas, uning uchun tang (baxtsiz) turmush
bo‘lishi muqarrar...”(“Toho”surasi,124-oyat).
Xulqlanish insonning o‘zining tilidagi, dilidagi va amal-
laridagi illatlarni bartaraf etish, zarur axloq sifatlarni o‘ziga
kasb qilish, farzi ayn, farzi kifoya, vojib, sunnat, muboh, odob
va mantiqda iqtido orqali amalga oshiriladi. Lekin tabiatan
badfe’l banda xulqlanish maqomiga erishmaydi. “Haqiqatan,
kufr (imonsizlik)dagi kishilar – ularni ogohlantirsangiz ham,
ogohlantirmasangiz ham, ularga baribir - imon keltirmagay-
lar. Ularning dillari va quloqlariga Alloh muhr urib qo‘ygan.
Ko‘zlarida esa parda (bor). Ular uchun ulkan azob (tayyor-
lab qo‘yilgandir)!” (“Baqara” surasi, 6-7-oyatlar). “Jahan-
nam uchun jinlar va insonlarning ko‘pchiligini yaratganmiz.
Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan “anglamaydilar”. Ularda
1
Navdu S. Islomiyatning oliy maqsadlari. Madras, 1918. B.167
23
ko‘zlar bor, (lekin) ular bilan “ko‘rmaydilar”. Ularda quloqlar
bor, (lekin) ular bilan “eshitmaydilar”. Ana o‘shalar hayvonlar
kabidirlar. Balki ular (yanada) adashganroqdirlar. Ana o‘shalar
g‘ofillardir. (“A’rof” surasi, 179-oyat).
Insonnni anglash azaldan mushkul yumushlardan biri
hisoblanadi. Chunki “... inson ko‘p janjal (bahs) qiluvchidir”
(“Kahf” surasi, 54-oyat).
“Albatta, Biz senga ravshan fathni berdik. Alloh se-
ning avval o‘tgan gunohlaringni va keyingilarini mag‘firat
etish, ne’matini batamom qilish va seni to‘g‘ri yo‘lga bosh-
lash uchun... Va Alloh senga izzatli nusrat berishi uchun”
(“Fath”surasi, 1-3 oyatlar).
Islom axloq falsafasiga ko‘ra axloqiy yuksalish imon, ha-
qiqat va adolatdan boshlanadi. Falsafa qomusiy lug‘ati imon
muayyan fikr, oliy g‘oyaning haqiqatligiga komil ishonchdan
iborat shaxsdagi alohida ruhiy holatdir deb ta’riflanadi. Is-
lom tal’limotiga ko‘ra imon uch unsurdan, ya’ni, ishonch (Al-
lohning yagonaligiga), iqror (so‘zda istig‘for qilmoq) va amal
(ezgu ishlar bilan qalb va so‘z amrini isbotlamoq) dan tashkil
topgan.
Demak, imon ma’naviyatining botiniy mohiyatlaridan biri
bo‘lib, kishi uchun hayotda to‘g‘ri yo‘l topishning muhim omi-
li hisoblanadi. Imonga asoslangan ruhiy holatlarning maz-
muni insondagi ma’naviy kamolot darajasi bilan belgilana-
di. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ko‘pincha imon, asosan,
diniy tushuncha sifatida kishilarimizning ongiga, tafakkuriga
o‘rnashgan. Aslida esa imonning ham diniy, ham dunyoviy
talqini mavjud. Har kuni foydali bir amal, savob ish qilish, so-
lih xulq sohibi bo‘lish, butun insoniyatga mehr – muhabbat
bilan qarash, jamiyatdagi kishilarning xulq-atvor me’yorlarini
qalban his qilib, ularni buzmaslikka intilish, jamiyatdagi tar-
tib - qoidalarga ongli munosabat, adolat, halollik ham imon-
dir. Imonning zohiriy sifatlari himmat va saxovat, oriyat va
nomus, zakovat va farosat, jamiyat hayotida tinchlik, adolat,
insonparvarlik, birovning haqqiga xiyonat qilmaslik, halollik,
ezgu ishlar qilishdir. “Imon markazida muayyan dunyoqa-
24
rash, olamga, odamga va ularning turli uyushmalariga mu-
nosabatni belgilash yotsa-da, ammo, umuminsoniy axloqiy
qadriyatlar – so‘z bilan ish (amal) birligi, insof, diyonat, halol-
poklik, vijdonlilik, sadoqat, muhabbat, til va dil birligi, vatan-
parvarlik, shuningdek, oila, jamiyat, xalq va butun insoniyat
oldidagi burchni anglash kabi fazilatlar imonlilik shartlari
hisoblanadi”
1
. Buyuk alloma Alisher Navoiy “Mahbub ul-
qulub” asarida bildirgan “Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo
yo‘q. Har kimda bu ikki yo‘q – iymon yo‘q va har kimda imon
yo‘q – andin odamiylik kelmak imkoni yo‘q” fikrida ham axloq
imon butunligini taqozo etishi ifodalangan.
Axloq ilmi mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy (“Fozil shahar
aholilarining fikrlari”), Abu Rayhon Beruniy (“Hindiston”),
Ibn Sino (“Axloq ilmiga doir risola”, “Burch to‘g‘risida risola”,
“Nafsni pokiza tutish to‘g‘risida risola”, “Adolat haqida kitob”),
Yusuf Xos Hojib (“Qutadg‘u bilig”), Ahmad Yugnakiy (“Hibatul
haqoyiq”), Kaykovus (“Qobusnoma”), Jalolidin Rumiy (“Ich-
indagi ichindadur”), Farididin Attor (“Asrornoma”, “Pand-
noma”, “Tazkirat ul-avliyo”, “Ilohiynoma”), Umar Hayyom
(“Donishmandlik tarozusi”, “Borliq va burch haqida qaydlar”),
Sa’diy Sheroziy (“Guluston”, “Bo‘ston”), Abdurahmon Jomiy
(“Bahoriston”), Alisher Navoiy (“Mahbub ul-qulub”), Jalolid-
din Davoniy (“Axloqi Jaloliy”), Husayin Voiz Koshifiy (“Axloqi
Muxsiniy”), Abdulla Avloniy (“Turkiy guliston yoxud axloq”),
Fitrat (“Rahbari najot”), Cho‘lpon (“Hind sayyohi”) kabi mu-
tafakkirlar o‘z asarlarida axloqning eng muhim masalalarini
ko‘tarib chiqdilar, ko‘plab axloqiy qarashlarni ilgari surdilar,
axloqiy tamoyillar va munasabatdosh kategoriyalarni ishlab
chiqdilar.
Sharqning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy axloqlik
hodisasining motivatsion xususiyati, namoyon bo‘lishi, axlo-
qning jamiyat hayotidagi o‘rni va funksiyalarini tadqiq qilgan
alloma hisoblanadi. Uning shoh asarlari “Jamiyatni o‘rganish
haqida kitob”, “Baxt saodatga erishuv yo‘llari ha q ida risola”,“Fozil
1
Falsafa qomusiy lug‘ati. – T:. Sharq, 2004.-B.160.
25
shahar aholisining maslagi haqida kitob”, “Shaharlar haqida
siyosat yuritish”, “Urush va tinch turmush haqida kitob”,“Fozil,
johil, fosiq, o‘zgartirilgan va adashgan shaharlar haqida kitob”,
“Ixso-ul-ulum”da axloqni bir butun tizim sifatida tadqiq etdi.
Daraxtning yetukligi, – deydi Forobiy uning mevasi bilan,
insonning barcha go‘zal xislatlari uning mehri, oriyati, sado-
qat, xushfelligi, sharmu hayosi, halimligi, ya’ni axloqi bilan
o‘lchanadi.
Forobiy fikrini davom ettirib, inson o‘zini axloqiy poklam-
ay, tafakkurini boyitmay turib baxt-saodatga erishuvi yuzaga
kelmaydi. Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda tajri-
ba orttirmagan bo‘lsa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmaydi va
ulardan jirkanadi. Har kimki ilm-hikmatni desa, uni yoshligi-
dan boshlasin, sog‘-salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi axloq
va odobli bo‘lsin, so‘zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan
saqlansin, xiyonat, makr va xiyladan uzoq bo‘lsin, diyonatli
bo‘lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq
bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli il-
mdan mol dunyosini ayamasin, barcha real, moddiy narsalar
to‘g‘risida bilimni egallasin
1
deb uqtiradi.
Alloma insonning yaxshilikni qo‘lga kiritishi uning o‘z
qo‘lida ekanligini ta’kidlab, inson haqiqatni va haqiqat taraf-
dorlarini sevadigan bo‘lsin, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat
bilan qaraydigan bo‘lsin, ruhi g‘ururli va o‘z vijdonini qadr-
laydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlardan
yuqori va oliyjanob ishlarga intiladigan bo‘lsin deb uqtiradi.
Abu Nasr Forobiy tomonidan ishlab chiqilgan “xukmdor-
ning axloq konsepsiyasi” o‘ziga xos axloqiy-me’yoriy dastur
sifatida nafaqat Sharq, balki G‘arb Uyg‘onish va Yangi davr
etikasiga ta’siri kuchli bo‘ldi.
Allomaning fikriga ko‘ra xukmdor davlatni boshqarishga
kirishuvdan oldin o‘zini turli hirslardan tozalishi, o‘z xulqini
tarbiyalashi kerak, turli lazzatlarga, kayfu safoga emas, ha-
1
Forobiy . Fozil odamlar shahri. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti,1993.-B.182
26
qiqatga bo‘lgan hisni tarbiya qilish kerak va u o‘zida 13 ta
xususiyatni mujassamlashtirmog‘i kerak:
1. To‘rt muchali sog‘-salomat, biror jismoniy nuqsoni
bo‘lmasin;
2. Kuchli xotira egasi bo‘lsin;
3. Tabiatdan nozik fahm bo‘lsin;
4. Zehni o‘tkir, aqli tez bo‘lsin;
5. Voizlik qobiliyatini egallagan bo‘lsin;
6. Qadr-qimmatni biladigan, nomus-oriyatli bo‘lsin;
7. Boylik va hashamlarga nafratli bo‘lsin;
8. Noloyiq, fahs ishlar, nafsga berilishdan uzoq bo‘lsin;
9. Haqiqatga va haqgo‘y odamlarga muhabbatli, yolg‘on
va yolg‘onchilarga adovatli bo‘lsin;
10. Ilmlarga qiziqadigan va ilm-fanni rivojlantirishga in-
tiladigan bo‘lsin;
11. Hayotda kechayotgan voqealarni to‘g‘ri anglaydigan,
farosatli, boshqalar fikrini tez anglaydigan, tabiatdan nozik-
fahm bo‘lsin
12. Odil bo‘lsin va adolatni sevsin, zolimlar va zulmga
qarshi kurashadigan bo‘lsin;
13. Me’yorni bilib ish yurgizsin .
X asrda aytilgan bu qoidalar bugun aytilganday, ya’ni o‘z
mohiyatini yo‘qotmagan.
Sharqning yetuk mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy axloq-
ning yuzaga kelish sabablari xususida teran fikrlarni o‘rtaga
tashlaydi. Allomaning ta’kidlashicha: “Alloh biz yashab tur-
gan ayon olamini sababsiz, tasodifan, behuda yaratmagan.
Yaratishdan asl maqsad oqilu nodonlarga o‘zining yagona,
qudratli, mehribon va ilm sohibi ekanligidan shaxodat berib
turishidir”
1
.
Abu Rayhonning axloqiy qarashlari mazmunida har bir
yurtning urf-odatlari, an’analari, bayramlari, yashash tarzi,
1
Абу Райхан Беруни. Изб. произ. Т.Ш. Определение границ мест для
уточнения расстояний между населенными пунктами (Геодезия).-Т:. Фан,
1996.-С.83.
27
madaniyati borligi, ularni o‘rganishga undash, hurmat qil-
ish, yoqimli va insonni yaxshilik sari yetaklovchi jihatlarini
o‘zlashtirish masalalari turadi.
Ibn Sino, uning serqirra merosi ko‘plab tadqiqotlarning
obyekti bo‘lgan. “Kitob ush-shifo”,“Al-Qonun”,“Risolo fil-
ishq”, “Donishnomai Aloyi”, “Kitob al-insof”, “Tadbiri manzil”
kabi asarlarining mazmunida olam va odam, ularning o‘zaro
ta’siri va uyg‘unligi, makon va zamon, energiya va harakat,
insondagi jismiy, nafsiy-hissiy va aqliy quvvat kabilar tahlil
qilingan.
Allomaning tibbiy axloq konsepsiyasi necha asrki, dunyo
tabobati tomonidan dastur sifatida amal qilinadi. Bu konsep-
siyaning yadrosini axloqning oltin qoidasi bo‘lgan “me’yor”
tushunchasi tashkil qiladi. Jism va ruh tarbiyasi, foydalilik
va zarar, harakat va salomatlik, barqaror va tartibli ishlash,
mehnat va dam olish, toza havo va toblanish me’yor kategori-
yasi orqali ochib beriladi.
Uning adob-axloq va insonparvarlik haqidagi ta’limoti
katta ilmiy-amaliy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ibn Sino ning
ta’lim berishicha, axloqiy fazilatlar va ilm o‘z-o‘zidan yuza-
ga kelmaydi. Alloh zaruriy bir tarzda inson vujudini, uning
ichki olamini o‘z nuri ila munavvar qiladi. Natijada ilm va
axloqiy fazilatlar muayyan qadriyatlarga aylanadi va Yarat-
ganning karami sifatida namoyon bo‘ladi, uning qudrati va
mehribonligidan insonlarga saboq beradi, chunki barcha
mavjudotlar, mo‘jizaviy hodisalar aniq maqsadni ko‘zlab
yaratilgan. Ibn Sino fikricha, odamlar dehqonchilik qilish va
hunarlari orqali o‘zlarining moddiy ehtiyojlarini qondirsalar,
oqilu donolar suhbatidan bahramand bo‘lish, kitob o‘qish,
ilm o‘rganish asosida esa axloqli, manaviyatli va marifatli
bo‘ladilar.
Ibn Sino “Tan riyozatidan ko‘proq ruh riyozati lozimdir.
Mard kishi o‘zini riyozat va adab bilan ko‘rsatsin, inson bilan
hayvon o‘rtasidagi farq yolg‘iz maishatda emas, yaxshi axloq
kasb qilmoqdadur”, kabi o‘nlab qarashlarida axloqiy marifat-
ning zaruriyati yoritiladi, axloqiy ma’rifat insonni yetuklik
28
sari yetaklaydi, buning uchun riyozat chekmoqlik talab etili-
shi uqtiriladi.
XI asrning yirik olimi Yusuf Xos Xojib “Qutadg‘u bilig”,
“Adab ul-mulk”, “Pandnomai mulk”, “Shohnomai turkiy” kabi
asarlarida axloqiy va estetik g‘oyalar o‘zaro uyg‘unlikda qarab
chiqiladi. Ularda odob-axloq, go‘zal xulq, xukmdorlar xulqi bu
dunyoda baxt-saodatga erishib yashashlariga sabab bo‘lishi
ko‘rsatiladi. Bu asarlarida amaldorlarning axloq qoidalari,
fazilatlari, qanday go‘zal ishlarni qilishlari va muloqot odobi
haqida mulohazalar yuritiladi.
Yusuf Xos Xojib jamiyat osoyishtaligi odamlar orasidagi
yaxshi munosabat va bilimdonlik, alq-zakovat, mulohazakor-
lik, ochiq yuzlilik, donolik, sahovat, sadoqat, uyat, nomus, an-
disha, kamtarlik, dil to‘qligi, rostgo‘ylik kabi insoniy fazilat-
larga bog‘liqligini asoslab beradi.
Yusuf Xos Hojibning fikricha axloqning o‘lchovi kattalarga
bo‘lgan hurmat va izzattadir. Alloma buni shunday misralarda
ifodalaydi:
Dostları ilə paylaş: |