Xulqi yomon yuz, ko‘zlidin na sud,
Yuz, ko‘zli xulqni qilmas kashud.
Xalq mariziga da’vo istasang,
Marg davosin berilur – qistasang.
Xulqi yomonning keturar ko‘p zarar,
Xulqing o‘zi boshing (g)a kaltak urar.
Xulqi fano bo‘lsa, degil – alhazar,
Xoru zalillikda qolur darbadar.
2
Qarang. Maxmudov R. Husayin Voiz Koshifiyning falsafiy axloqiy qarash-
lari. –T.: Mumtoz so‘z. 2015. B. 67.
2
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. J.2. –T. Ma’naviyat, 1998. – B. 13.
32
Abdulla Avloniy inson komilligining bosh mezoni sifatida
aqlni ko‘rsatadi va barcha insoniy sifatlarning zaminini aql
tashkil etishini ta’kidlaydi. Buni quyidagi rivoyat orqali ifo-
dalaydi: “Bir kun otamiz Odam alayhis-salomga janob Haq
tarafiddin hazrat Jabroil AQL, DIN va HAYOni kelturib: Alloh
taolo sizga bu uch narsadan birini olub qolurga sizni ixtiyor
qildi. Hohlaganingizni olib qolingiz, sizga hadyadur, dedilar.
Odam alayhis-salom: Aqlni ixtiyor qildim deganlarida, hazrat
Jabroil Din ila Hayoga boqub: Sizlar o‘z joyingizga ketingiz.
Odam sizlarni qabul qilmaydi, desalar, alar: Janob Haq biz-
larni, Aql qayda bo‘lsa, sizlar ham shunda bo‘lursiz, deb amr
qilgan edi, bizlar Aqldan ayrilmaymiz, dedilar. Emdi ochiq
ma’lum bo‘ldiki, Aql qayda bo‘lsa, Din va Hayo ham shunda
bo‘lur ekan”
1
.
Demak, allomaning ta’kidiga ko‘ra yaxshi xulqlarning
boshida va ularning takomilida belgilovchi mavqega ega
bo‘lgan inson aqli turadi.
Aqldek zebo sifatni ko‘rdi haq insonga eb,
Oqil insonlar bilan berdi jahon olamga zeb.
Aql nuri birla to‘ldi dunyoga ilmu xunar,
Aqlsiz inson qachon bilgusidir naf’u zarar.
Alloma Hayoni dilni ravshan qiladigan nur sifatida tasvir-
laydi va inson doimo shu nur bilan ziyolashishi lozimligini
uqtiradi:
Hayo, nomus imona dalildur,
Hayosiz doimo xoru zalildur.
Uyolma ma’rifat hosil qiluvdan,
Maorifsiz kishilar murda dildur.
Avloniy qarashlarida axloqiy ratsionalizm belgilarini
ko‘rish mumkin: “Ishlarini tartib uzra yuritgan kishilarning
1
Avloniy A. Tanlangan asarlar. J.2.-T., 1998. B.10-11.
33
ishlari yerida, o‘zlari tinch va rohatda umr o‘tkazurlar. Hozirgi
zamonda bizning Turkiston boylarining ishlari to‘xtab, sinuv-
larining birinchi sababi ishlarini axloqsiz, bilimsiz, musrif,
yalqov kishilarga topshiruvlari ila barobar o‘zlarining zamonga
muvofiq tartib va nizomdan xabarsizliklarining emushidur”
1
.
Allomaning mazkur fikrda ifodalangan muammo hozirgi
kunda ham o‘ziga xos ko‘rinishda uchraydi. Buni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti 2019-yil uchun mo‘ljallangan eng
muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaat-
nomasida ham ko‘rish mumkin. “Eng katta muammo – fer-
merlarning qishloq xo‘jaligi sohasida yetarli bilimga ega
emasligidir. To‘g‘ri, ularda kuch-g‘ayrat, tashabbus, yerga
mehr bor, ko‘pchiligining ko‘zi yonib turibdi. Lekin, afsuski,
birgina xohish bilan biz yuqori hosildorlikka va pirovard
natijaga erisha olmaymiz. Bizga qishloq xo‘jaligi texnologi-
yalarini mukammal egallagan, zamonaviy ishlab chiqarish
va innovatsiya usullaridan xabardor fermerlar suv bilan
havodek zarur”.
Avloniy komil inson sifatlari majmuasiga kiritgan “na-
zari ibrat” tushunchasi yuqorida qayd etgan fikrining man-
tiqiy oqibatidir. Nazari ibrat, deydi Avloniy – har bir nar-
saga sinchiklab boqub, shundan o‘ziga bir hissa ibrat ol-
moqqa aytilur. Hulqlarning eng afzali, insonlar uchun eng
keraklisi nazari ibratdur. Inson ibrat nazari ila boqub dun-
yo kitobindan o‘z qadr – hissasini bilub olmak lozimdur.
Ma’rifat sohibi bo‘lmak uchun ahvoli olamdan xabardor
bo‘lmak kerak.
Mahmudxo‘ja Behbudiy qarashlarida ham shu kabi mulo-
hazani ko‘rish mumkin, chunonchi, “Olimi zamoniy bo‘lmoq
uchun bolalarni, avvalo, musulmoniy xat va savodini chiqa-
rub, zaruriyati diniya va o‘z millatimiz tilini bilaturg‘ondan
so‘ngra hukumatimizning nizomli maktablariga bermoq ke-
rakdur... so‘ng, Peterburg, Maskov dorilfununlariga yuborib,
dokturlik, zakunchilik, injengerlik, sud’yalik, ilmi san’at, ilmi
1
Avloniy A. Tanlangan asarlar.J.2-T.,1988.-B.39–40.
34
iqtisod, ilmi himmat, muallimlik va boshqa ilmlarni o‘qitmoq
lozimdur”
1
.
Abdurauf Fitrat Turkistonning chuqur inqirozi sabablari-
dan biri qilib, madaniy – maishiy va ma’naviy hayotdagi il-
latlarni ko‘rsatadi. Chunonchi, kishilardagi tanballikni “Hind
sayyohi qissasi”da quyidagicha tasvirlaydi: “Donishmand
sayyoh Qarshida olacha to‘quvchi mohir ustadan Ovropada o‘z
ishlarining o‘n-yigirma, hattoki yuz-ikki yuz yil keyingi rivo-
jini ko‘zda tutadilar. Siz ham hunaringizning kelgusi taqdirini
hech o‘ylaysizmi? – deb so‘raydi. Shunda usta: “Hozir ishimiz
yaxshi, o‘n yildan keyin kim tirigu kim o‘lik”
2
. – deb javob be-
radi.
Fitrat “Najot yo‘li” asarida axloqning ijtimoiy sifatlari-
ga e’tibor qaratgan. Fitrat talqiniga ko‘ra, bu dunyo kurash
maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan, aql
va axloqdir. Lekin ana shu qirol-aslahamiz sinib, zang bosib
chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na
saodat va na rohat bor. ... Agar saodat, izzat, osoyishtalik,
rohat, sharaf, nomus va e’tibor kerak bo‘lsa, tezroq avlod
tarbiyasi usullarini bilib olib... tarbiya etishimiz lozim. “Sa-
odati dorayn” – ikki dunyo saodatiga erishish kishilar um-
rining samarasi o‘laroq, komillik sifatida amalga oshishini
va bunda vijdon amri vazifalarini ado etish zarur, vijdon
amri kishilarning o‘ziga yuklangan vazifa va majburiyatla-
rini har zamon va joyga qaramay, vijdonan va sidqidildan
bajarishlaridir va bunga sayi-harakatlari bilan erishiladi.
Bas, saodati dorayn orzusida yurgan har bir millat namo-
yandasi bir-birlariga madad bersinlar, illo busiz maqsadla-
riga erisha olmaydilar. O‘z osoyishtaligini g‘animat bilgan,
birovning xoliga qaramaydigan, millatiga matonat va ma-
dad ko‘rsatmaydigan odamlarning na qavmi, na o‘zi saodati
doraynga erishadi.
1
Behbudiy M. Tanlangan asarlar. –T., 1999. B.14
2
Qarang: G‘afurov I.Ijtimoiy ong va Fitrat // Jamiyat va boshqaruv.-1997.-№
1.-B.27.
35
Fitrat axloqiy komillika erishishda uch vazifani – “vazi-
fai nafsiya”, “vazifai oila” va “vazifai insoniya”ni belgilay-
di. Ulardan birinchisida nafs “kamoli - bu odamning ham
o‘ziga va ham o‘z hamjinslariga foyda va naf’ keltirishidir”.
Ayni vaqtda nafs asosiga ko‘ra to‘rtta – shijoat, hikmat, if-
fat va adolatdan iborat bo‘lgan solih amallarga xizmat qilib,
o‘zini tiysa, nafratlansagina, uning darajasi yuqori bo‘ladi.
“Shijoat” bilan qiyosda qo‘rqoqlik (“jubun”) va haddan zi-
yod jasurlik (“tahavvur”) axloqiy nuqsonlar hisoblanadi.
Ular “shijoat”ga o‘ngdan va so‘ldan nisbatdosh bo‘lib ke-
ladi. Bu hol uning tashkil etuvchilaridan bo‘lgan “karam”ga
tegishli tarzda “baxillik” va “isrof”, “jasorat”ga “ojizlik”
va “ziyon-zarar”, “sabot”ga “ikkilanish” va “sarkashlik”,
“muloyimlik”ka “himoriy” va “g‘azab” ko‘rinishlarida na-
moyon bo‘ladi
1
.
Cho‘lpon o‘z axloq falsafasida Fitrat kabi ijtimoiy masa-
lalarga alohida e’tibor qaratadi. “Bizning e’tiborligimiz va us-
tunligimiz – bilimimizning e’tibori va iqtidorimizga bog‘liq.
Agar biz o‘zimizning bilimimiz va iqtidorimizdan foydalan-
masak, nimaki e’tiborli, ustun, balki eng yomon va past
maxluqlardan ham pastroq va yomonroq bo‘lib qolishimiz
aniqdir”
2
– deb uqtiradi.
Axloq tabiatiga zid odatlar jamiyatda axloqsizlik hodi-
salariga o‘rin berishini o‘zbek to‘y marosimi tanqidi orqali
ochib beradi: “To‘y foydali bo‘lsa ham chegaradan o‘tsa,
zarardan boshqa narsa bo‘lmaydi. Bizning mamlakatimizda
to‘y ko‘p zararlarga sabab bo‘lgan hollari mavjud. Buxoroda
shunday odamlar borki, 10-12 yil davomida besh-olti ming
so‘m mablag‘ini zo‘r berib yig‘adilar. Bir hafta ichida ham-
masini “to‘y” nomi bilan nobut qiladilar, yana qarzdor va
kambag‘al bo‘lib qoladilar. Agar bu beandishadan: “shuncha
mol-xolni nimaga behudaga sarf va xarj qilib bu qora kunga
tushdingiz? Qaysi din, qaysi mazhab, qaysi hukumat va qan-
1
Fitrat. Najot yo‘li. T., Sharq, 2001. –B.17
2
Qarang: SHarofiddinov O. Ijodni anglash baxti. T:.SHarq, 2004.- B.116.
36
day qonun sizlarni bu axmaqona ishga majdur qildi?” , - deb
so‘rasangiz albatta javob bera olmaydi ”
1
..
Cho‘lponing bu fikrlarida nafaqat o‘sha davr, balki hozirgi
zamonamiz uchun ham ibrat olsa arzigulik g‘oyalar mavjudki,
bu g‘oyalar zamirida insonni tarbiyalashda hamma narsani
qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish, millat axloqini,
ma’naviyatini darz ketgazuvchi harakatlarni siqib chiqarish-
ga qat’iy da’vat bor. Kishi fe’l-atvorida yangiliklarga intilish,
yaratish, bunyodkorlik hissi emas, hamma narsaga loqaydlik,
udumlarga ko‘r-ko‘rona yondashuv ustunlik qilsa milliy birlik,
hamjihatlik va ulug‘vorlik yo‘qoladi, bu Fitratning ijtimoiy
-axloqiy o‘giti edi.
Cho‘lponning ushbu fikrlari Ahmad Donish qarashlarida
o‘zgacha ifodalangan. Inson yeru koinot orasidan o‘rin olgan
ajib bir mavjudoddir... Agar u xayolga cho‘msa: yetti qavat
osmonni xayol qutichasiga joylaydi. Agar u fikr qilsa, butun
borliqni fikr tokchasiga sig‘diradi, agar uning mehri tovlansa,
bechora chumolining kiprigi ustida saqlaydi, agar uning sa-
xiyligi jilva qilsa, to‘nini birovga berib o‘zi yalang‘och qoladi,
agar uning xasisligi ruju qilsa, qumursqa og‘zidagi donni ta-
lashadi.
G‘arb axloqshunosligida Suqrot “o‘zini tanish”, “o‘zgalarni
o‘zgartirmoqchi bo‘lgan inson, avval, o‘zini o‘zgartirishi
lozim” degan g‘oyalari bilan katta o‘rin tutdi. Mazkur g‘oyalar
nafaqat antik davr, balki keyingi davrlar etikasining ustuvor
mavzularini belgilab bergan.
Masalan baxt, farovon hayot mavzulari. Bu mavzular evde-
monizm ta’limotining yuzaga kelishida poydevor vazifasini
bajardi.
Insonning baxtli bo‘lishi o‘z-o‘zini bilish bilan bog‘liq.
O‘z-o‘zini bilish o‘z ma’naviy-ruhiy olamini o‘zgartirish bi-
lan kechadi, shundan keyingina hayotni, tashqi dunyoni
o‘zgartirishi mumkin. Ma’naviy-ruhiy olamini o‘zgartirish
Suqrotga ko‘ra bilimga bog‘liq, bilim kishini ezgu niyatli qilib,
1
Fitrat A. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. –T.: Ma’naviyat, 2000.-B 31-32.
37
yaxshi ishlarga yetaklaydi. Bilimli kishi ongli tarzda gunoh
qilmaydi, ayb, gunoh ishlar yomonlik, bilimsizlikdan kelib
chiqadi. Bilim cheksiz, shuning uchun kishi o‘z bilimidan qo-
niqmay, mudom izlanishda bo‘lishi, ya’ni “bilmasligini bilish”
orqali yetuklikka erishishi mumkin. Insonning bilish xususi-
yati shunchaki subyektiv faoliyat natijasigina emas, balki aqlu
idrokni obyektiv holati, kuchi natijasi, ya’ni, bilish obyektiv
zaruriyat, obyektiv ehtiyojdir.
Axloq ma’naviy faoliyatni, bu faoliyatni tartibga soluvchi,
burchli bo‘lishning, insonga qo‘yiladigan talablarning turli
shakllarida yuz beradigan axloqiy munosabatlarni va mazkur
munosabatlarni tegishli tasavvurlar tarzida aks ettiradigan
axloqiy ongni o‘z ichiga olishini alloma asoslashga urg‘u berdi.
Axloqiy ongnining barcha ana shu shakllari mantiqiy jihatdan
tartibga solingan tizimga birlashtirilgan bo‘lib, bu tizim axlo-
qiy harakatlarni faqat buyurishga emas, balki muayyan tarzda
dalillash va baholashga imkon beradi.
Shuningdek, Suqrot “o‘z-o‘zingni anglab yet” muammo-
sini kun tartibiga qo‘yganda 3 manoni nazarda tutgan:
a) donishmand bo‘lish;
b) adolatni kasb etish;
d) umumiy qoidalarga rioya qilish.
Suqrot farovon dunyoga, eng avvalo, oqil va donishmand
kishilar erishadi, chunki aynan ular adolatli va qonunga itoat-
kor bo‘lib, hayoti ezgulikka yo‘g‘rilgan deb hisoblaydi.
Aflotunning axloqiy qarashlari Suqrot g‘oyalarining man-
tiqiy davomidir desa bo‘ladi. “Bizga xush keladigan va har bir
odam uchun qonun sifatida ixtiyoriy qabul qilsa bo‘ladigan
hamda shu qatori yoqimli, dilxush, eng yaxshi va zebo, odam-
lar erisha oladigan, saodatmand yashasa bo‘ladigan qancha
hayot turlari bor? Ushbu hayot turlari – mulohazali (ongli),
oqil, mardona, sog‘lom hayot. Bu to‘rt turga to‘rttasi qarama-
qarshidir: mulohazasiz(ongsiz), bebosh, qo‘rqoq, nosog‘lom.
Kimki mulohazali hayot bilan tanish bo‘lsa, u har jihat-
dan osoyishta kechadi: uning dardlari osoyishta; huzurlari
ham osoyishta; unda bo‘shashtiruvchi ehtiroslar ham, jun-
38
bushga keluvchi xohishlar ham yo‘q. Aksincha, bebosh hayot
qo‘polliklarga to‘la...”
1
Etikani mustaqil fan sifatida ilmiy-falsafiy bilimlar tizimi-
ga kiritgan mashhur yunon faylasufi Arastu “Nikomax etikasi”
asarida etikaga insonlar o‘rtasidagi munosabatlar doirasida
va oqil, ijtimoiy hayvon-individning axloqini o‘rganuvchi fan,
deb nom berdi. Etikaga amaliy fan sifatida qaragan Arastu ax-
loq hodisasiga quyidagicha ma’no yuklab, ta’rif berdi: “Axloq
amaliy masalalarni hal etadi, axloqning asosiy tushunchasi
yaxshilik maqsadi bilan bog‘liq va u doim yangilikka intiladi.
Bu maqsad orqali boshqa g‘arazli maqsadga erishishga inti-
lish bo‘lmasligi kerak”
2
.
Arastu fikriga ko‘ra axloq, birinchidan, inson xulqini, ta-
fakkurini tartibga solib, muayyan maqsad sari yetaklaydi.
Qo‘yilgan maqsadga teskari natija beruvchi faoliyatni amaliy
faoliyat deb bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, axloq insonga o‘zi yashayotgan olamni yax-
shi bilish va o‘zgalar olamidan boxabar bo‘lish imkonini be-
radi, zero, o‘rganish yashashning asosi. Faqat shu tarzda
odam atrof bilan muloqot qila oladi va muhim munosabatlar
o‘rnatishga yordam beradi.
Arastu qarashlarining ilg‘or tomoni uning quyidagi fikrlari
bilan ham tavsiflanadi:
– axloqli inson, hatto, o‘z hayotidan mahrum bo‘lgan
taqdirda ham do‘stlari va vatan yo‘lida ko‘p ishlarni bajaradi;
– kimki fanda ilgarilab ketsa-yu axloqda oqsasa, u oldinga
emas, orqaga ketadi;
– inson qo‘lidan keladigan, o‘ziga yarashadigan ishga qo‘l
urishi kerak;
– aqlli kishi ko‘ngliga nima ma’qul kelsa, ketidan quv-
maydi, uni ko‘ngilsizlikdan nima qutqarsa o‘shaning ketidan
quvadi.
Arastu “Siyosat” asarida 3 omil, ya’ni tabiat, odat va
1
Aflotun. Qonunlar. –T:. Yangi asr avlodi. 2008.-S.B.143.
2
Arastu.Soch. – T – 4.M:. 1984.-S.54
39
aql uyg‘unligi odamlarni yaxshi va ezgu xislatli qilishini
ta’kidlaydi. Inson tirik mavjudod sifatida tabiatdan tashqarida
yashay olmaydi va shu sababli tabiatga nisbatan ongli mu-
nosabatda bo‘lishi kerak. Inson o‘zi mansub bo‘lgan xalqning
odatlarini o‘zlashtirmasdan jamiyat a’zosi bo‘la olmaydi.
Arastu talqiniga ko‘ra aqlni inson belgilamaydi, balki aql in-
sonni belgilaydi, faqat aql huzur-halovat va azob-uqubatni
bir-biridan ajratadi, ehtiroslarni tiyadi, yomon odatlarning
rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Arastu axloqning jamiyat hayotidagi muhim ahamiyatini
ochib: “Tabiat inson qo‘liga qurol – aqliy va axloqiy kuch
bergan, ammo u shu qurolni teskari tomonga nisbatan ham
ishlatishi mumkin; shu sababli axloqiy tayanchlari bo‘lmagan
odam, eng insofsiz va yovvoyi, o‘zining jinsiy va did maylla-
rida eng tuban mavjudod bo‘lib qoladi”
1
deb, ta’kidlaydi.
Arastu kabi boshqa yunon olimlari ham chunonchi, De-
mokrit, Aflotun, Epikur va Lukretsiy Karlar axloq masalala-
riga alohida to‘xtalganlar. Ularning qarashlaridagi umumiylik
- aql, adolat, do‘stlik, ezgulik, farovonlik, oqillik kategoriyalari
tahlili va mazkur kategoriyalarning inson hamda jamiyat ha-
yotini boshqarishning asosiy sharti sifatida tavsiflash bilan
xarakterlanadi.
G‘arb uyg‘onish davrining yirik atoqli faylasuflari axloq
masalasiga real, amaliy axloq, hayotiy va dunyoviy nuqtayi
nazardan yondashishdi. Bu davr falsafasi insonni eng oliy
qadriyat sifatida olib qaradi va ijtimoiy munosabatlarni ba-
holashning insoniylik mezoniga asos soldi. O‘ziga xos layo-
qat, qobiliyat, iste’dod, burch, bunyodkorlik, yaratuvchanlik
va barcha bilimlarni o‘rganish kabi fazilatlar qadriyatiy ba-
holandi va inson faoliyatiga baho berishda shu mezonlarga
tayanildi. Bu manaviy hodisalar shaxs, baxt, farovon hayot,
lazatlanish kabi tushunchalarning shakllanishiga va shaxs
xatti-harakatlari, hulq-atvori axloqiy qoidalari, me’yorlarini
ishlab chiqishga olib keldi.
1
Арасту. Политика. – M:.Mысл.1997.-с..8-9.
40
Bu o‘rinda, albatta, Dante Alig’eri (“Yangi hayot”, “Bazm”),
Franchesko Petrarka (“Mening sirim”), Piko Della Mirandola
(“Geptapl”, “Insonning qadr-qimmati to‘g‘risida nutq”), Jor-
dano Bruno (“Qahramonona entuziazm”). Makiavelli (“Dav-
latpanoh”), Tomas Mor (“Utopiya”), Tommazo Kampanella
(“Quyosh shahri”)larning asarlari qudratli manba vazifasini
bajardi.
Mazkur mutafakkirlar ma’naviy axloqiy qarashlariga an-
tik yunon falsafiy ta’limoti va Sharq falsafasi katta ta’sir
ko‘rsatganini ta’kidlash joiz. Masalan, Dante Ibn Sino, Forobiy,
Ibn Rushd an’analarini davom ettirib, insonning inso niyligini
aniqlovchi mezonlarni yaratishga urindi. Uning fikriga ko‘ra,
saxiylik, olijanoblik, insoflilik va diyonatlilik, mehnatsevarlik
insonning insoniyligini ifodalovchi eng muhim xususiyatlar-
dir.
Dante Aligeri “Komediya”, “Monarxiya”, “Pul” asarlarida
inson o‘z hayotining yaxshiligi yoki yomonligi uchun o‘zi ma-
suldir, bunda insonning shaxsiy xususiyatlari belgilovchi aha-
miyatga ega, uning merosiy ahvoli va boyligi xech qanday rol
o‘ynamaydi deb, ta’kidlaydi
Dante inson kamolotida axloqning roliga juda katta diqqat-
e’tibor qaratdi, axloqni hamma fanlardan ustun qo‘ydi va har
bir kishining manaviy-axloqiy qiyofasi jamiyatning ma’naviy,
madaniy va axloqiy darajasini belgilaydi degan fikrni ilgari
surdi va inson o‘zida shakllantirishi majburiy bo‘lgan qoi-
dalarni ko‘rsatadi.
Franchesko Petrarka “Mening sirim”, “Avlodlarga maktub”,
“Azob va quvonchlarga qarshi vositalar”, “Respublika haqida”,
“O‘z bilimsizligim va o‘zgalar bilimsizligi haqida” asarlari-
da gumanizm g‘oyalarini ilgari surdi va bu insonning ichki
olamini anglash, insonni hayotiy faollikka chaqirishida, in-
sonni o‘ziga ishonishni ta’kidlaganda o‘z ifodasini topdi.
Tomas Mor o‘z asarlarida Platon va Abu Nasr Forobiyning
adolatli shoh haqidagi mulohazalarini davom ettirdi. Maksi-
mal tenglik joriy etilgan orolda faqat har tomonlama ilmli,
ma’rifatli, turli illatlardan holi zotgina hukmdorlik qilish
41
mumkin. Hukmdor shunday bir manbaki, undan butun xalqqa
ham ezgulik, ham yovuzlik yog‘ilib turishi mumkin – deb yo-
zadi mutafakkir.
Tomas Mor fikriga ko‘ra hukmdor va barcha kishilar o‘z
axloqiy qiyofasiga ega bo‘lishi shart, chunki faqat yuksak ax-
loqiy qiyofali kishilar mavjud orolda hamma baxtli va adolatli
hayot kechiradi.
Spinoza “Etika” asarida aqlni axloqning asosi deb e’tirof
etib, kishining xatti-harakatlari faqat uning o‘ziga bog‘liq,
odamning o‘zi yaxshi-yomonni ajratishga qodir ekanligini
ta’kidlaydi.
Gobbs “Leviafan yoki materiya, cherkov va fuqaro davlati
shakli va hokimiyat”, “Erkinlik va zaruriyat”, “Fuqaro haqi-
dagi ta’limot elementlari” va boshqa ko‘plab asarlarida dav-
lat va jamiyat qanday bo‘lishi kerakligi haqida so‘z yuritadi.
Gobbsning fikriga ko‘ra davlatda - tenglik, qonun, jamiyatda
- ahloq normalarning ustuvorligi ta’minlanishi shart. Indivi-
dualizmni Gobss inson faolligi, ayniqsa tadbirkorlik faoliya-
tining universal o‘lchovi sifatida e’tirof etadi. Uning fikricha,
hatto yaxshilik qilish zamirida ham o‘z manfaatlarini to‘g‘ri
anglash yoki “oqilona xudbinlik” deb baholaydi.
Yangi davr va zamonaviy G‘arb axloq falsafasi inson o‘z-
o‘zini anglashi bilan fikrlashi axloqiy qonunlarga bo‘ysunishi,
ya’ni “ixtiyoriy ravishda ishlab chiqilgan qat’iy tamoyillar
evaziga o‘ziga o‘zi xo‘jayin bo‘lish”i, uni manaviy-axloqiy ji-
hatdan o‘lchash va insonni o‘z-o‘zini o‘zgartirish, o‘z-o‘zini
tashkillashtirishga qodir shaxs sifatida yondashdi.
Gegel “Ruh fenomenologiyasi”, “Tarix falsafasi”, “Huquq
falsafasi”, “Din falsafasi” asarlarida jamiyatni falsafiy anglash-
ning yaxlit tizimini ishlab chiqdi va bu tizimdagi manaviy ax-
loqiy tizimni alohida tahlil qildi. Gegelning ta’lim berishicha,
ijtimoiy strukturaning tub asosini ma’naviy axloqiy madani-
yat tashkil etadi. Ma’naviy madaniyat o‘z mohiyatiga ko‘ra
obyektiv xarakterga ega bo‘lib, uning mavjudligi yoki amal
qilishi ayrim individlarning xohish- irodasiga bog‘liq emas-
dir. Aksincha, har bir individ jamiyatga xos bo‘lgan ma’naviy
42
madaniyat qadriyatlarini o‘zlashtiradi, madaniyat talablariga
bo‘ysunadi. Agar ayrim kishilar ijtimoiy shartlangan madaniy
qadriyatlarni tushunmasa va anglamasa, madaniy qadriyatlar
unga nisbatan tashqi majbur qiluvchi kuch sifatida namoyon
bo‘ladi. Gegel faqat ma’naviy madaniyatgina jamiyatning bir
butun tizim sifatida rivojlanishi uchun imkon beradi, deb hi-
sobladi. U ayniqsa o‘ziga zamondosh bo‘lgan G‘arbiy Yevropa
madaniyatiga alohida e’tibor berdi. U ana shu madaniyatning
keng yoyilishi, barcha qit’a va mamlakatlarning jipslashu-
viga, jahon hamjamiyatining qaror topishiga olib keladi, deb
ta’kidladi. Davlat, Gegelning fikricha, obyektiv axloqiy ruh-
ning yuksak taraqqiyotidir.
Buyuk fransuz mutafakkiri Ogyust Kont pozitiv falsafa
(axloq)ga asos soldi. Uning fikricha, jamiyatni pozitiv axloqiy
ilmlar asosida qayta qurish mumkin. Pozitiv ilmni quyidagi-
cha izohlaydi:
– yolg‘onchilikka qarshi haqqoniylik;
– keraksizlikka qarshi foydalilik;
– shubhalilikka qarshi ishonchlilik;
– noaniqlikka qarshi aniqlik.
G‘arb mutafakkiri, “Iroda falsafasi” oqimining yirik vakili
A.Shopengauer o‘z axloqiy ta’limotida barcha axloqiy hara-
katlarning zaminida o‘zgalarga rahmdillik qilish, o‘zgalarga
qo‘ldan kelgancha yordam berish, ularga g‘amxo‘rlik qilib
turishi kerakligini ta’kidlaydi. A.Shopengauer talqiniga ko‘ra
rahmdillik – inson ma’naviyatining poydevori, faqat rahmdil-
lik haqiqiy insonparvarlik va adolatni belgilab beradi. Adolat
va insonparvarlik esa ma’naviy qadriyatlar ichida eng oliysi-
dir. Shu nuqtayi nazardan Shopengauer ma’naviy hayotning
asosini, ma’no-mohiyatini unga bo‘lgan intilish, iroda belgi-
laydi, iroda yagona ichki manbadir, u har bir ongning bevosi-
ta o‘zidan kelib chiqadi, iroda jarayon sifatida doimo rivojla-
nishda va u kuch – qudratdir, ana shu kuch rivojla nishni sodir
qiladi deydi.
XIX asrning oxirlarida yashab ijod etgan “Hayot falsa-
fasi” ta’limotining asoschilaridan biri Fridrix Nitsshening
43
“Zardo‘sht tavallosi” nomli asarida ham antik davr faylasufi
Suqrotning “o‘zgarish” xususidagi fikri borasida o‘zgacha
yondashishi kuzatiladi.
Nitsshe, qalbga axloq o‘zgarishlarining mezoni sifatida
qaraydi. Qalbning o‘zi,- deydi u, inson harakatini nazorat qili-
shi kerak, chunki inson qalbi, vijdoni eng oliy hakamdir. Kib-
ru havoga aylangan axloq, ikkiyuzlamachilik, laganbardorlik,
mag‘rurlik, gerdayganlik va xudbinlik illatlarini o‘zgarishlarga
xalaqit beruvchi shilliq qurtdir va inson o‘zini bunday axloq
ruhidan tozalashi kerak, bunday axloqdan butunlay voz ke-
chishi lozim. Bunda qalb axloq me’yori, o‘lchami bo‘ladi, - deb
ta’kidlaydi.
Axloqning mohiyati “Hayot falsafasi”ning yirik yirik va-
killaridan biri Anri Bergsonning asarlarida ham, chunonchi,
“Axloq va dinning ikki manbayi”da chuqur bayon qilingan. Ax-
loq yashirin xususiyatga egadir,- deydi Bergson, chunki uning
mohiyati haqiqatan ham yashirindir – uni o‘rganuvchi tad-
qiqotchi uchun ham. Uning yashiringanligining sababi uning
shakllarining ko‘pligidir. Shuningdek, axloq o‘zgaruvchan
tug‘ma xususiyatga ega emas. Shuning uchun axloq insoni-
yatning mahsuli sifatida talqin qilinadi, u ijtimoiy kelishuv
natijasidir.
“Axloqiy tadqiqotlar” asari bilan tanilgan F.Bredli o‘z
qarashlarida inson o‘z maqsadi sari harakatida iztirob yoki
muvaffaqiyatsizlikka uchrasa birovni ayblamasligi, sababini
o‘zgadan qidirmasligi, aksincha aybdor birinchi o‘zi bo‘ladi,
amalga oshmagan maqsadlar biz tomondan tashlangan,
boshidan yo‘l qo‘yilgan xatodir, ular to‘g‘ri rejalashtirilmagan,
yagonalik talablariga moslashtirilmagan deb ta’kidlaydi.
Bredli har bir inson o‘zi ustida g‘amxo‘rlik qilishi kerak,
shaxsiy manfaatlarini amalga oshirishi zarur, bu axloqiylikdir
deydi.
Axloqiy qarashlar rivojiga ekzistensializm falsafasi ul-
kan ta’sir ko‘rsatdi. Ekzistensializm falsafasining yirik namo-
yondalari – M.Xaydegger (“Borliq va vaqt”), J.P.Sartr (“Borliq
va hech nima”, “Ekzistensializm-bu gumanizm”), K.Yaspers
44
(“Aql va ekzistensiya”, “Umumiy psixopatalogiya”, “Haqiqat
to‘g‘risida”), N.A.Berdyayev (“Erkinlik falsafasi”, “Inson bur-
chi haqida. Paradoksal etika tajribasi”)lar o‘z asarlari orqali
inson mavjudligi, hayotning mazmuni, ruh,madaniyat, erkin-
lik, burch, ma’suliyat, sivilizatsiya masalalarini o‘ziga xos rav-
ishda yoritib berdi.
Martin Xaydegger “Vijdon chaqirig‘i, gunoh tuyg‘usi deb
atalmish subyektiv sohadagina inson o‘zining butun borlig‘i
bilan namoyon bo‘ladi”, Jan Pol Sartr “Biz inson o‘z-o‘zini
tanlaydi deganimizda, u o‘zini tanlash jarayonida boshqa bar-
cha odamlarni ham tanlashini nazarda tutamiz” , Karl Yaspers
“inson o‘zining haqiqiy mavjudligini o‘z-o‘zi bilan, boshqalar
bilan mulqot qilishi va shu asosda mutlaqlik(xudo)ni his etishi
jarayonida anglab yetadi”, “O‘z-o‘zingni bil va bu orqali olam-
ni bilasan” tarzidagi qarashlari orqali inson axloqiy mavjudligi
uchun asosiy imkoniyat o‘z-o‘zida ekanligini tushuntiradi.
Hozirgi davr falsafiy oqimlaridan biri bo‘lgan falsafiy ger-
menevtika axloq hodisasi, uning mohiyatini anglashning shart-
sharoiti, uning ontologiyasini tushunishning metodologiyasi
hisoblanishi bilan xarakterlanadi.
Mazkur falsafaga ko‘ra axloq borlig‘i avval boshdan
“germenevtika”dir. Bu yerda “men” va “u” o‘rtasidagi muno-
sabatlarda ong refleksiga nisbatan tahlil qilish birlamchidir,
kim refleksiya yo‘li bilan ikki tomonlama munosabatlarning
intirokchisi sifatida harakat qilsa, ularni o‘zgartiradi, axloqiy
zaruratligini buzib tashlaydi
1
.
Germenevtika falsafasiga ko‘ra axloq inson borlig‘i va
jamiyat hayotining tarkibiy qismi, uni tahlil qiladigan, tu-
shunib etadigan tomoni.
Axloq inson va jamiyat borlig‘i bilan shartlashgan, axlo-
qnining ma’nosini o‘rganishda, e’tibor uning ontologiyasini
bilishga qaratilishi lozim. Jamiyat ijtimoiy organizm sifatida
kishilarning ijtimoiy dunyosi, axloqiy, ma’naviy olami orqa-
li tartiblashadi, ezgulik, adolat, yaxshilik, burch, ma’suliyat
1
Гадамер Г. Истина ва метод. – M., 1988.-С.328
45
kabilarni o‘zida mujassam etish orqali inson oliy mavjudlikka
erishadi va shu jihatlarni o‘zida mujassamlashtirgan insonlar-
dan tashkil topgan jamiyat fozil jamiyat bo‘ladi.
Axloq hodisasini tahlil qilishda sinergetika g‘oyalari alo-
hida o‘rin tutadi. O‘z-o‘zini bilish, o‘z-o‘zini tushunish, o‘z-
o‘zini kuzatish, o‘z-o‘zini anglash natijasida axloqiy jihatla-
rini baholash, o‘z-o‘zini tanqid va o‘z-o‘zini tashkil etish kabi-
lar ta’lim tarbiyaning kelajagini belgilab beruvchi sinergetika
tamoyillaridir. Sanab o‘tilgan jihatlar inson, uning mohiyati
va ma’naviy dunyosini qayta tarbiyalash masalalariga yangi-
cha yondashuvni ifodalaydi.
Ma’lumki, sinergetika ilmi nochiziqli tafakkur tarzi si-
fatida olam, odam, bilish, umuman borliqni o‘rganishning
yangi metodologiyasiga asos soldi. Chunki, insonning hayo-
tiy faoliyati jarayonida u manfaatdor bo‘lgan resurslarning
xarakteri o‘zgarmoqda. Hozirgi davrda oddiy yo‘l orqali ehti-
yojlarni qondirish mumkin emasligi, resurslar tizimi murak-
kablashganligi sabab insonning barqaror turmush tarzi uchun
talablar tobora oshib ketmoqda. Insonning o‘ta faollashuvi
va o‘z-o‘zini moslashtiruvini talab etayotgan bu davrda ko‘p
qirrali bilim va nochiziqli tafakkur tarzi nihoyatda muhim.
Faollashish va talablarga javob berish uchun o‘ziga qaratish,
o‘z-o‘zicha ongli harakat shakllari va unsurlarining hosilasi–
o‘zini o‘zi tashkillashtirish nihoyatda zarur bo‘lmoqda
1
.
Dostları ilə paylaş: |