O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti b. M. Ochilova axloq falsafasi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/50
tarix02.01.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#38460
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
157-Текст статьи-557-1-10-20200826

Nafs yo‘liga kirgan kishi rasvo bo‘lur,
Yo‘ldan ozib, toyib, to‘zib, gumroh bo‘lur.
Nafsing seni oxir damda gado qilgay,
Din uyini g‘arot qilib, ado qilg‘ay.
Bir kun kelib iymoningdan judo qilur
Oqil ersang nafsi baddin bo‘lg‘il bezor.
Inson nafsining ofatlaridan biri – haqiqatni tan olmaslik, 
nasihatga  quloq  solmaslik,  faqat  o‘z  fikrida  qaysarlik  bilan 
turib olishidir.
Abdulla Avloniy o‘zining aksariyat she’rlarida nafs ma-
salasini inson komilligi orqali ifodalaydi:
“Bo‘ynini egmas kishig‘a haqni bilg‘on nafs uchun,
Molin isrof aylamas oliyjanobon nafs uchun,
Maslagu maqsadni sotmas chin musulmon nafs uchun,
Yirtmas iffat pardasin arbobi urfon nafs uchun”
2
Nafs balosiga giriftor odamda mazmuma, ya’ni yomon 
axloqiy belgilar rivojlansa, nafsdan qutilishga intilgan 
odamda mahmuda, ya’ni namunali axloqiy sifatlar ko‘payadi. 
Tasavvufning nafs tarbiyasida 4 tushunchaga urg‘u beriladi. 
Bular:
– qanoat;
–  foydali mehnat;
– saxovat;
– futuvvat.
Qanoat ma’naviy-axloqiy fazilat sifatida mavjud narsalar-
1
  Ibrohim Haqqul. Ijod iqlimi. T:. Fan,2009. B.376.
2
 Avloniy A. Tanlangan asarlar. J.2.-T., 1998. B.55


55
ga shukr qilish, nafsni jilovlash zamirida axloqiy ong, axlo-
qiy xatti-harakat va axloqiy munosabat orqali o‘zi va xalqiga 
manfaat keltiruvchi faoliyatdir. U insoniylikni saqlovchi me-
zon, axloqning tarkibiy qismi sifatida axloqiy nazorat, axloqiy 
boshqaruv va axloqiy tarbiya vazifasini bajaradi.
Yassaviy hikmatlarida qanoat tahlili teran mazmunga ega 
bo‘lib, mohiyati umumbashariy xarakterga egadir:
Nafsdan qochib, qanoatni pesha qilg‘on,
Har kim topsa, rozi bo‘lib, bo‘yin sung‘on.
Yaxshilarga xizmat qilib, duo olg‘on,
Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo‘q.
Qanoat ulug‘ kishilarning yoqimli xislatlaridan hisob-
lanadi. Chunki qanoat dilni yorituvchi va saodatga eltuvchi 
kuchdir. 
So‘radilar:  Qanoat  nima?.  Aytdi:  Birovlarning  qo‘lidagi 
narsani ko‘rib mayus bo‘lmaslik. Tama’girlikdan qochish, 
chunki tama’girlik albatta kambag‘allik sari yetaklaydi: 
Har kimsa boriga qanoat qilsa,
Ajablanma, tushmas birovga ishi.
Yuragida kimni tama’ bo‘lmasa,
Hech kimsadan bo‘lmas qo‘rquv, tashvishi.
Qanoatning yana bir ko‘rinishi yeyish-ichishda bilinadi. 
Ozgina ovqat yeyishga qanoat qilgan kishi kam kasal bo‘ladi: 
Ko‘p yema go‘rdagi qurtlar misoli,
Oz yerga bel bog‘la go‘yo chimoli,
Bir tabib bir kuni bir ajab hikmat,
El uchun aytganmish qilib marhamat:
“Yegin, ichgin doim ko‘ngil tortguncha, 
Nafaqat bo‘g‘zingdan toshib ortguncha”
1
1
  Mashriq zamin – hikmat bo‘stoni. –T.: Sharq, 2008.-B.250.


56

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin