63
Tasavvuf ta’limotidan oziqlangan va bu ta’limotga
katta
hurmatda bo‘lgan Alisher Navoiy o‘zining “Nasoyimul mu-
habbat” asarining so‘zboshisida komillik sifatlarini o‘ziga xos
tarzda ifoda etadi. Xususan, birinchisi – tavba, ikkinchisi –
halol luqma, uchinchisi – o‘z kasbidan topib kun o‘tkazish,
to‘rtinchisi – shariatga rioya qilish, beshinchisi – tariqat odo-
bini saqlash, oltinchisi – kamtarin bo‘lish, yettinchisi – chu-
chuk tilli bo‘lish, sakkizinchisi – rahmdil bo‘lish, to‘qqizinchisi
– saxiy bo‘lish, o‘ninchisi – mard bo‘lish, o‘n birinchisi – xush-
xulq bo‘lish, o‘n ikkinchisi rizo-rizolik bilan kun o‘tkazish, o‘n
uchinchisi – sabrli bo‘lish, o‘n to‘rtinchisi – vafoli bo‘lish, o‘n
beshinchisi – riyozat chekishdan qo‘rqmaslik.
Hazrat Navoiy “kamol et kasbkim” deya da’vat qilgan-
larida komillik uchun zarur juda ko‘p
xususiyatlarni nazar-
da tutganlar. Kishi o‘zini hirs-ta’ma, nafs, g‘aflat. nodonlik
singari mayllaridan poklamasa, u hech payt komil bo‘la ol-
maydi. “Olam uyi”da yashash - uning fuqarosiga aylanish-
dir. Mir Alisher Navoiy insonning
jahon farzandi mavqeiga
ko‘tarilishini xohlaganlar. Xuddi shu mavqeni esa kamolot-
ning oliy cho‘qqisi deb bilganlar”
1
.
Navoiy o‘z davrida komil insonlarni ahli ma’ni kishilar deb
bilgan. Ahli ma’ni bu fikrli odamlardir. Fikrsiz xaloyiqning on-
gida ma’ni chuqurligi bo‘lmaydi. Fikrlash - haqiqatni
anglash-
dir. Hamma narsa to‘g‘risida mustaqil mushohada yuritish de-
makdir. Ahli ma’nilik tufayli axloqiy ong rivojlanadi. Odam va
olam taqdiriga vijdon bilan qarash qobiliyati shakllanadi. Ahli
ma’ni kishilar guruhi oqil va dono, kamtar
va oliyjanob, haq-
iqatparvar va fidoiylarni ko‘rsatish mumkin. Bunday fazilat-
larga ega bo‘lgan kishilarning tafakkur qilishi kengdir. Chunki
ularda aql oddiy so‘z va tushunchalardan emas, diyonat, ad-
olat, inson, imon, ishq, dard tuhfalari kamol topgan bo‘ladi.
Navoiy deydilarki: “ahli surat” larga shoh bo‘lguncha ma’ni
ahli yig‘inida gado bo‘lmoq ming karra afzaldir”. Ali
sher
1
Ibrohim Haqqul. Tasavvuf va sh’riyat. T.: G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabi-
yot va san’at nashriyoti. 1991. -B.136.
64
Navoiy ning fikricha, ahli ma’ni kishilar ma’naviyati yetuk
shaxslardir. Alisher Navoiyning “Hayratul abror” dostonida
etuk shaxsning ma’naviyatidagi yaxshilik, sahovat, soflik,
hayo, muruvvat, andisha, adab, kamtarlik, sadoqat, qanoat,
rostgo‘ylik, insof, adolat, bag‘ri kenglik singari fazilatlari
ta’riflanib, ruhni kamolot yo‘llari tahlil etilgan. Navoiyning bu
insonparvarligi, orzulari Sharqda inson qadrini g‘oyat
dadil va
o‘ziga xos dun yoqarashi edi.
Odamdagi eng ulug‘ fazilatlar birinchisi – yaxshilik
qilmoq va go‘zal xulq, ikkinchisi – rostgo‘ylik, uchinchisi –
hayodir. Mana shu uch fazilat birlashsa u komil inson bo‘lib
yetishadi. Qut-iqboli uning huzuriga bosh egib kelaveradi.
Shunday ekan, komil insonning ma’naviy ehtiyojlarini shakl-
lantirish, yuksak darajaga ko‘tarish, shaxsning ma’naviy va
axloqiy qiyofasiga faol ta’sir qilish - oila, maktab va keng ja-
moatchilikning muhim vazifasidir.
Umuman olganda, so‘fiyona adabiyotlarda tariqat yo‘li bi-
lan poklanayotgan va tinmay komillik
sari taraqqiy etayotgan
inson tuyg‘ulari tasvirga olinadi, uni tarbiyalash, unga Haq-
ni va o‘zligini tushuntirish uchun turli rivoyat va hikoyatlar
keltiriladi, o‘git-nasihatlar qilish bilan uning ongi va qalbiga
yo‘l topish bosh masala qilib olinadi.
Dostları ilə paylaş: