Shaxs axloqiy madaniyati. Yuqorida bildirilgan fikr-
lardan umumiy xulosa: inson tayyor sifatlar, ko‘nikmalar,
fazilatlar va illatlar bilan dunyoga kelmaydi.. Ular aslida hay-
otda shaxsiy va o‘zgalar tajribasi, ajdodlar an’analari, ta’lim-
tarbiya natijasida shakllanadi va muayyan ijtimoiy mavqega
erishadi. Ta’lim-tarbiya bilan kishilar ta’siri ostida ijobiy ax-
loqiy fazilatlarni o‘zida shakllantiradi yoki yomon sifatlar, xu-
susiyatlar sohibiga aylanadi
1
.
Sinergetika ta’limotiga ko‘ra inson fiziologik, jismoniy, ijti-
moiy va ma’naviy tuzulmalarning majmuasidir. Adabiyotlarda
sog‘lomlik insonning ichki dunyosini chulg‘ab oladigan yaxlit
1
Ibn Sino. Tayr qissasi. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari 1-jild. T.: Fan,
2003.- B.115-119
65
xususiyat sifatida ham, tashqi olam bilan munosabatlarning
butun borlig‘ini gavdalantiradigan, o‘z ichiga jismoniy, psi-
xologik, ijtimoiy va ma’naviy jihatlarni qamrab oladigan xo-
disa tarzida tavsiflanadi. Demak, ma’naviy sog‘lomlik inson-
ning xayot mazmunini belgilaydi, tabiiyki, unga yuksak axloq,
yashashning ma’nosi va to‘laqonligi haqidagi g‘oyalar, o‘z-o‘zi
va atrof-muhitga ijodiy yondashish tamoyillari, muhabbat va
e’tiqod ta’sir etib turadi.
Masalaning mohiyatiga e’tibor qaratsak: shaxs barka-
molligi binosining poydevori uning viqoriga mos bo‘lishligi
g‘oyasi kelib chiqadi, ya’ni barkamollikning asosini tash-
kil etuvchi jismoniy sog‘lomlik umurtqa suyagi bo‘lgan ax-
loq, madaniyat bilan mutanosibligi nazarda tutiladi. Zero,
sog‘lomlik inson tanasi organlari funksiyalarining tashqi
muhit bilan muvofiqlashish holatini anglatadi.
Falsafiy fikr tarixida barkamollikni inson salomatligi bi-
lan bog‘lab tushuntiradigan ko‘plab g‘oyalar yuzaga kelgan-
ligi ma’lum. Qadimgi yunon hakimi va faylasufi Alkmeon
“Tabiat to‘g‘risida” asarida “sog‘liq” tushunchasiga birinchi
bo‘lib ta’rif bergan. Uningcha, inson tanasi mikrokosmos,
uning sog‘lomligi esa qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan
kuchlar garmoniyasidan iborat, sog‘liq issiqlik–sovuqlik,
namlik–quruqlik, achchiq–shirinlik kabi ziddiyatli kuchlar-
ning oddiy “teng demokratik huquqi”dir. Bulardan birorta-
sinig “mutloq hukumronligi” boshqasining halok bo‘lishiga
olib keladi va kasalliklarni keltirib chiqaradi
1
.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Nizomiga ko‘ra,
sog‘lomlik nafaqat kasallik va jismoniy yetishmovchiliklarn-
ing yo‘qligi, shu bilan birga to‘la ma’noda ijtimoiy va ma’naviy
axloqiy qulaylik hamdir. “O‘zbek tilinig izohli lug‘ati” da salo-
matlik “tani–joni sog‘, salomat bo‘lishlik; tani sog‘lik”, sog‘lik
esa “salomatlik, kasal emaslik” deb ta’riflanadi.
1
Filosofskiy ensiklopedicheskiy slovar. M.: Sovetskaya ensiklopediya, 1983,-
S. 20
66
Yana shunday fikr-mulohazalar mavjudki, ularda sog‘-
lomlik inson tanasi a’zolari funksiyalarining tashqi muhit
bilan muvofiqlashish holatini anglatadi. Bunday tushunishda
sog‘lomlikning uch, ya’ni somatik (jismoniy kasallik), ijtimoiy
va shaxsiy belgilari asos qilib olinadi. Somatik belgi orga-
nizmning o‘z-o‘zini boshqarishi, fiziologik jarayonlar mutano-
sibligi, mumkin qadar tashqi muhitga moslashish. Ijtimoiy
belgi mehnatga qobiliyat, ijtimoiy aktivlik, insonning olamga
amaliy munosabati me’yori. Shaxsiy belgi inson hayoti strate-
giyasi, hayot hodisalari ustidan hukumronligi ifodasidir
1
.
Sog‘lomlikni falsafiy ma’noda tushunish uning hodisa
mohiyatidan kelib chiqishga asoslanadi, kasallik esa tasodif
sifatida baholanadi. Hozirgi zamon tibbiyoti esa uni qonuniy
va zaruriy mohiyat emas, balki tasodif–kasallikka ustun yon-
doshish asosida izohlaydi.
Insonning sog‘lomligi nafaqat tibbiy-biologik, balki, av-
valo, axloqiy kategoriyadir, oxir-oqibatda u mavjud ijtimoiy
axloqiy munosabatlarning tibbiy xarakteri, ijtimoiy omillar
va shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Sog‘lomlik tushuncha-
sini ta’riflaganda, ko‘pincha uning me’yorlari haqidagi masala
kelib chiqadi. Tabiiyki, bu yerda me’yor tushunchasining o‘zi
munozaralidir. Me’yor (norma) bu inson organizmi, uning alo-
hida a’zolari muvozanati, tashqi muhit funksiyalarini shartli
ifodalash uchun ishlatiladi. I.I. Brexmanning yozishicha, or-
ganizm hech qachon muhit bilan muvozanatga kira olmay-
di, aks holda uning taraqqiyoti to‘xtab qoladi, demak, uning
keyingi taraqqiyoti yuz bermaydi
2
.
Shunday qilib sog‘lomlik adabiyotlarda insonning ich-
ki dun
yosini chulg‘ab oladigan yaxlit xususiyat sifatida
ham, tashqi olam bilan munosabatlarining butun borlig‘ini
gavdalantiradigan, o‘z ichiga jismoniy, psixologik, ijtimoiy va
1
Лисицын Ю.П. Образ жизни и здоровье населения. М.: Медицина,
1982, С - 40
2
Брехман И.И. Валеология – наука о здоровье. – М.: Физкультура и
спорт, 1990, -С. 61
67
ma’naviy aspektlarini qamrab oladigan hodisa tarzida ham
tavsiflanadi.
Shaxsning ijtimoiy salomatligi uning shaxs sifatida va
professional jihatdan o‘z-o‘zini anglashi, oilaviy va ijtimoiy
maqomidan qoniqishi, hayotiy mo‘ljallari realligi, ularning
sotsiomadaniy vaziyatlar (iqtisodiy, sotsial va psixologik shart
- sharoitlar) ga muvofiqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Va,
nihoyat, ma’naviy axloqiy sog‘lomlik insonning hayot maz-
munini belgilaydi, tabiiyki, unga yuksak axloq, yashashning
ma’nosi va to‘laqonligi haqidagi g‘oyalar, o‘z-o‘zi va atrof-
muhitga ijodiy yondoshish tamoyillari, muhabbat va e’tiqod
ta’sir etib turadi. Bularning barchasi insonning turmush tarzi,
uning oqilona mo‘ljallariga alohida holda ham, yaxlit holda
ham ta’sir ko‘rsatadi, uning kamoloti uchun obyektiv ijtimoiy
ma’daniy muhitni vujudga keltiradi
1
.
Shaxs ijtimoiy holatini vujudga keltiruvchi o‘ziga xos me-
xanizm vazifasini axloq, ya’ni axloqiy qiyofa bajaradi. Axloqiy
kiyofani shakllanishida insonning tafakkuri, xotirasi, tasav-
vuri, diqqati, irodasi ishtirok etadi. Bisotida mavjud bo‘lgan
butun bilimi, tajribasi, iste’dodi namoyon bo‘ladi. Buyuk mu-
tafakkir Yusuf Xos Xojib ta’kidlaganidek, “insonning buyukligi
va bebaholigi, uning aql idrok va tafakkur sohibi ekanligida,
aynan shu shurriy qudrat barcha voqea-hodisalar zamiridagi
tub mohiyatlarni anglash kalitidir”
2
.
Shaxsning yashash va faoliyat usuli, uning tafakkuri, dun-
yoqarashi, axloqiy qiyofasi, moddiy va madaniy ehti yojlari
ma’naviyatida aks etadi. Shaxs ma’naviyatining zohiriy (tashqi)
sifatlari bilan botiniy (ichki) mohiyati o‘zaro mushtarak hol-
da takomillashsagina, tom ma’nodagi ma’naviyatli shaxs-
ning shakllanish imkoniyati yuzaga keladi. Insonning amaliy
1 Sobirova Z., Tolipov B. Sog‘lom turmush tarzi va uning ijtimoiy zaruriyati
masalalari. Yoshlarning akmeologik qarashlarini shakllantirishda sog‘lom turmush
tarzining o‘rni. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Falsafa va huquq
instituti nashriyoti, Toshkent, 2008, 64 – 65 betlar
2
.Yusuf Xos Xojib. Qutadg‘u bilik. T. 1990,.- B.45
68
faoliyatidagi adashishlar, noto‘g‘ri, asossiz g‘oyalarga e’tiqod
qo‘yish kabi salbiy holatlar ma’naviy qashshoqlik yoxud hal-
qimiz iborasi bilan aytganda, “imoni zaif”lik, o‘zi intilayot-
gan maqsadning mohiyatini to‘la anglab yetmaslik, irodaning
sust ligi, ergashuvchanlikka moyillik tufayli yuzaga keladi.
Qat’iy hayotiy yo‘nalish va o‘z hayotiy strategiyalarini
ishlab chiqish - bu murakkab zamonaviy dunyoda yoshlar
moslashuvining zarur shartlaridir. Bu borada quyidagilarga
e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:
– ilm bilan xulq-atvor, sayi-harakatlarning o‘zaro birligi
insonni donishmandlik, komil inson darajasiga eltadi;
– shaxs kamolotida ijobiy fazilatlar va odatlarni qaror
toptirish qanchalik qiyin va mushkul bo‘lsa, ma’naviy-axloqiy
qiyofaga chirmashib olgan salbiy jihat va odatlardan xalos
bo‘lish bundan ham murakkabdir;
–
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ma’naviy hayotida-
gi muammolar, kishilarning turmush tarzi, tafakkuridagi,
ruhiyatidagi o‘zgarishlarni insoniy fazilatlar ustuvorligiga
yo‘naltirish uchun uning ilmiy-nazariy yechimiga jiddiy yon-
dashish kerak;
– shaxsning avvalo o‘ziga nisbatan tanqidiy tahlil-
ning shakllanishi, o‘z manfaatini jamiyat manfaati bilan
uyg‘unlashtirishining asosida insonning o‘zini-o‘zi nazorat
qilishi, o‘zini-o‘zi boshqarishi va anglashi singari ma’naviy va
sinergetik jihatlar birligi yotadi;
– mehnatsevarlik kishi kamolotining asosiy omillaridan
biri hisoblanadi. U odamni muhtojlikdan, hayotdan zeriki-
shdan, axloqiy buzilishdan asraydi, u (umri)ning mazmunli
bo‘lishiga ko‘maklashadi, to‘latadi;
– tafakkur, erkinlik, ijodkorlik shaxs ma’naviy borlig‘ining
ajralmas xossalari va ular shaxs hayoti va faoliyatiga turlicha
ta’sir ko‘rsatadi.
Shu o‘rinda shaxs xulk-atvori va ijobiy xislatlarini tas-
niflash maqsadga muvofiq.
1. Samarabaxsh xulq-atvor, ehtiros (qayg‘u, quvonch,
g‘azab, o‘ch olishga tashnalik, boshqa kishiga, muayyan tur-
69
mush tarziga bog‘liqlik, oliy maqsadlarga sadoqat) ta’sirida
yuzaga keladigan xatti-harakat;
2. An’anaviy, umum tomonidan qabul qilingan me’yorlar,
urf-odatlar boshqarib turadigan xatti-harakat;
3. Mohiyati maqsadni anglab yetilgan holda o‘rtaga
qo‘yish va unga erishish uchun tegishli vositalarni tanlashdan
iborat bo‘lgan ratsional-maqsadli xulq-atvor.
Shaxs ijobiy xislatlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
– axloqiy xislatlari: insonparvarlik, do‘stlik, g‘amxo‘rlik,
jonkuyarlik, samimiylik, odamiylik, xushmuomalalik, iltifotli-
lik, mehmondo‘stlik;
– zukkolik, idroklilik xislatlari: zehnlilik, sog‘lom fikrlilik,
donishmandlik, farosatlilik, sezgirlik, savodxonlik va boshqa-
lar;
– sobitlilik xislatlari: faollik, qat’iyatlilik, tezkorlik,
jo‘shqinlik, barqarorlik, dovyuraklik, intizomlilik va boshqa-
lar;
– ishbilarmonlilik xislatlari: ishchanlik, tirishqoqlik, ser-
hafsalalik, epchillik, uddaburonlik, tartiblilik, tadbirkorlik va
boshqalar;
– daxldorlik xislatlari: vatanparvarlik, xalqparvarlik, oila-
parvarlik, millatni sevish va ulug‘lash, milliy madaniy qadri-
yatlarni e’zozlash va asrash, milliy g‘oya va o‘zlikni anglash,
tarixiy xotiraga ega bo‘lish, burch va mas’uliyatlilik.
Yuqorida ko‘rsatilgan ijobiy hislatlarni shaxs xarakterida
qaror toptirish bugungi kunda yangi jamiyat barpo etayotgan
mamlakatimiz taraqqiyotini belgilashdagi muhim omillardan
biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |