O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti b. M. Ochilova axloq falsafasi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/50
tarix02.01.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#38460
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
157-Текст статьи-557-1-10-20200826

Foydali mehnat. Mehnat inson hayotining birinchi va 
asosiy shartidir. Mehnat jarayoni uch jihatni, ya’ni insonning 
maqsadga muvofiq faoliyatini yoki mehnatning o‘zini, mehnat 
predmetini va inson mazkur predmetga ta’sir ko‘rsatadigan 
ishlab chiqarish qurollarini o‘z ichiga oladi.
Mehnat insonni tarbiyalovchi, irodasini toblovchi 
buyuk ne’matdir. Boshqacha aytganda, axloqiy qadri-
yatlarning boshqa barcha shakllari va ular takomili ham 
bevosita mehnat orqali ro‘yobga chiqadi. Tasavvuf va 
tariqat ahli ning buyuk namoyandasi Bahouddin Naqsh-
band hazratla rining “Dil ba yoru dast ba kor” (diling Al-
lohda, qo‘ling ishda bo‘lsin) degan hikmati insoniyat ta-
fakkurining o‘lmas tamoyillaridan biri bo‘lib qolaveradi. 
“Yaratgan Rabbim rizqimizni ham beradi”, - deb biron-bir 
foydali mehnat qilmay, faqat toat-ibodat bilan mag‘rur yu-
rishni emas, balki odam Alloh taoloni diliga jo qilib, baholi 
qudrat mehnati bilan rizqu-ro‘z topib yashashi zarurligini 
uqtiradi. Ul zoti sharif ayni qoidaga avvalo o‘zlari amal 
qilganlar. Ilmni, valiylikni emas, balki halol tirikchilik 
manbai sifatida kimxobga naqsh solish kasbini tanlab, shu 
orqali oila tebratganlar. Bu kasb ul zotga otadan “ota kasb” 
sifatida meros o‘tgan edi. Hattoki, o‘zlariga xizmatkor ham 
saqlamaganlar. Shuningdek, ul zot talabalarni madrasaga 
qabul qilish paytida yoshlardan: “Biron kasbing bormi?”, - 
deb albatta so‘rar ekanlar. Kasbi-kori, hunari yo‘q bolalarni 
o‘qishga qabul qilmaganlar. Buning sababini Naqshband 
hazratlari: “Agar kishi hunarli bo‘lsa, u kishi bilimini ha-
qiqatga bag‘ishlaydi, o‘z mehnati bilan kun kechiradi. Bor-
di-yu, kasbi bo‘lmasa, bilimini tirikchilikka sarf etadi, halol 
mehnatni unutadi”,- deya izohlaydilar. Donishmandning 
bu o‘giti Payg‘ambarimizning “Sizlarning yaxshirog‘ingiz 
dunyosini deb oxiratini, oxiratini deb dunyosini tark et-
magan, odamlarga og‘irligi tushmaydigan kishidir”
1
, - de-
gan hadislariga to‘la mos keladi. 
1
  Muhammad payg‘ambar qissasi. Hadislar. T.: Kamalak, 1991.B.86.


57
Alloma Abu Rayhon Beruniy: “Har bir insonnig haqiqiy 
bahosi uning o‘zi qodir bo‘lgan hunar, ishni vijdonan yuksak 
mahorat bilan bajarishidir. Mehnat - insonning buyuk bur-
chi, chunki har qanday orzu qilingan maqsad, moddiy yoki 
ma’naviy ehtiyoj mehnat tufayli natijaga erishadi”
1
- deb, 
ta’kidlaydi.
Mehnatsevarlik kishi kamolotining asosiy omillaridan biri 
hisoblanadi. U odamni muhtojlikdan, hayotdan zerikishdan, 
axloqiy buzilishdan asraydi, umrini mazmun bilan boyitadi. 
Mehnatsevar kishi obro‘-e’tibor orttiradi, turmushi barakali 
bo‘ladi, undan esa yaxshi nom, savob amal qoladi. 
Halol  kasb  qilish  haqidagi  bir  hadisi  shariflarida 
Payg‘ambarimiz  (s.a.v.):  “Kishining  eng  lazzatli  va  halol 
yeguligi kasb qilib topilgan rizqidir”,-degan edilar. Bu hadis 
mehnat qilmay boshqalarning hisobiga maishat qilish xunuk 
bir manzara ekanini qayd etish bilan birga, insonlarni pe-
shona teri to‘kib, halol rizq topishga buyuradi”
2
.
Husayin  Voiz  Koshifiy  “Yuksak  axloqiy  va  sofdil  kishi 
hech qachon mehnatdan qo‘rqmasligi kerak” deb, mehnat-
ning ijtimoiy-axloqiy mavqeini ulug‘laydi. U insonning tom 
ma’nodagi yaxshi yashashi, uning mehnati orqali vujudga ke-
lishini ta’kidlab, mehnat yuksak axloqlilik va sofdillik belgisi 
sifatida ko‘rsatiladi.
Ma’lumki, mehnatning qay darajada yoyilishi, uning ij-
timoiy qadriyatga aylanishi ko‘p jihatdan mehnatning xu-
susiyatlariga bog‘liq. Foydalilik mehnatning zaruriy xususi-
yatlaridan  biridir.  Koshifiy  kasbli  –  hunarmadlarni  foydali 
mehnat namoyondalari sifatida hurmatlaydi. Hunarmandlilik 
davr, hayot, bilim va aqlning o‘zaro aloqadorligi mahsuli deb 
qaraydi. Jamiyatdagi ishlab chiqarishga bo‘lgan talab hunar-
mandchilikni shakllantiradi va nima zarurligini anglatadi va 
shu tufayli yaxshilikni vujudga keltiradi, deydi. 
1
  Jahon  falsafasi.T.: “Faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti”. – T. 2004.B.122
2
  Abdullayev A. Ma’naviyat va iqtisodiy tafakkur. –T.: Ma’naviyat, 1999.- B. 20


58
Hunar saxovat erur andin o‘zgasi hama hech, 
Agarchi har ilikning yuz hurnar qilur izhor
1
.
Sahovat insonga xos bo‘lgan xususiyatlarning eng oliy-
janobi bo‘lib, sidqidildan qilingan yaxshilikni ifodalaydi. Yax-
shilikni o‘ziga maqsad qilib olgan odam baxtli odam bo‘ladi. 
Bundaylar saxiy va sahovatlidirlar. Sahovat nafaqat odamiylik 
mulkining mavj urib turgan dengizidir, balki u to‘lqinli den-
gizning bebaho gavharidir. Sahovatsiz odam – yog‘insiz bahor 
bulutiga va hidi yo‘q mushk-anbarga o‘xshaydi.
Sahovat yolg‘iz molda emas, ilm-ma’rifatda ham namoyon 
bo‘ladi. Ilmli, sahovatli kishilar ilmsizlarga qo‘llaridan kel-
gancha yordam beradilar. Ammo ilmda ham o‘rinsiz sahovat 
ko‘rsatish shart emas. Xalqimizda “Suvni singigan joyga sepa-
dilar” degan naql bor.
Shunday sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan kishilar biz-
ning tariximizda ko‘p bo‘lgan. Ular jamoa bo‘lib uyushib, o‘z 
ezgu niyatlarini amalga oshirar edilar. Ularni javonmardlar, 
ahiylar yohud fat’iylar deb atardilar. («juvonmard» - mard, 
saxiy yigit demakdir, «Fat’iy» so‘zi ham shu ma’noni bildiradi, 
«Ahiy» - birodar, do‘st demak) ularning tariqati maslagi esa 
juvonmardlik yoki futuvvat deb yuritiladi.
2
Bu ta’limot Yaqin va O‘rta Sharqning ko‘pgina mamlakat-
larida keng tarqalgan, uning vakillari ijtimoiy tenglik va ado-
lat uchun kurashganlar, ho‘rlangan va tahqir etilganlarni hi-
moya qilganlar.
Bir odamdan «Qanday kishi juvonmard atalishga loyiq-
dir?», deb so‘raganlarida u “Nuh payg‘ambarning yaxshi xul-
qi, Ibrohimning ishonchi, Ismoilning to‘g‘riligi, Musoning sa-
mimiyati, Abu Bakrning hamdardligi, Usmonning uyatchan-
gligi, Alining bilimdonligini o‘zida mujassamlashtirgan kishi 
javonmarddir. Shular bilan bir qatorda u odam o‘zini tergashi, 
ya’ni bor narsasidan mag‘rurlanmasligi, hech payt shaxsi-
1
  Koshifiy. Axloqiy Muhsini. 21-bob. –B.82.
2
  N.Kamolov. Tasavvuf. I kitob. T:.YOzuvchi,1996.-B.113.


59
yatparastlik qilmasligi, maqtovga uchmasligi hamisha va 
hamma joyda o‘z sifatlaridan faqat kamchiliklarini, birodarla-
rining xulqidan esa faqat yaxshiliklarini ko‘rsatishi shartdir»,
1
 
degan ekan.
Bu ta’limotning ibratli tomoni yana shundaki, u haqiqa-
tni, sadoqatni, yashashning bosh mohiyati deb biladi. Bu oqim 
kishilarining e’tiqodi bo‘yicha hamma vaqt haqiqatni so‘zlashi 
zarur. Negaki, dunyoning hamma ishlari haqiqatdan haqiqat 
tomonga yurishdir. Haqiqatgina adolat hamda diyonatga chin 
posbondir. “Qobusnoma”da juvonmardlikni asosi 3 narsada 
deb belgilangan: birinchisi – aytgan so‘zni bajarish, ikkinchisi 
– to‘g‘rilikka aslo xilof ish qilmaslik, uchinchisi – hayr ehsonni 
ko‘zlash javonmard va’dasiga vafo etuvchi sofdil va rostgo‘ydir.
Juvonmardlik odobilari:
Nifoq jihatidan hech bir odamning pardasini yirtmaslik;
Xaloyiq bir ishda xato qilib, omonlik tilab kelsa, qasd qil-
maslik;
Xalq (jamoa)ning ichida kishiga nasihat qilmaslik;
Kishining qonini to‘kilishiga sa’y etmaslik;
Manmanlikni tark etish;
Ko‘zni yomon nazardan, qo‘lni yomon ishdan,tilni yomon 
so‘zdan saqlash.
Tasavvuf allomalaridan biri Bahovuddin Naqshband 
ta’limotining asosini ham futuvvat (juvonmardlik) tashkil 
etgan. Barcha insonlarga yaxshilik qilish, ortiqcha mol-dun-
yoga ruju qo‘ymaslik, o‘z qo‘l kuchi, ko‘z nuri evaziga kun 
kechirish, birovlarning dardiga malham bo‘lish, iloji boricha 
qo‘lga kiritilgan nonning yarmini bir muhtojga berish, dilo-
zor bo‘lmaslik, farz va sunnatlarni birovga ko‘rsatish uchun 
yoki boshqalar ijro etayotgani uchun emas, balki qalbdan 
xuf ya bajarish, yurt ko‘rish, odamlar orasida bo‘lish, hamisha 
hushyor bo‘lib, parishonxotirlikka yo‘l qo‘ymaslik shartlari 
Naqshband futuvvatining dasturi bo‘lgan.
1
 Haqqul I. Adl oyog‘ini tutki, bo‘lib shod ichay...// Jamiyat va boshqaruv. 
2001. 1-son.-B. 15-16. 


60
  Tasavvufiy  ahkomlarining  donishmandi  So‘fi  Olloyor 
naqshbandiya tariqati yo‘lida turib zulm-zo‘rlik, takabbur, 
sudxo‘rlik, vafosizlik, loqaydlik, tamagirlik, behunarlilikni 
tanbeh ostiga oladi va juvonmardlik pand-nasihatini qiladi:
Do‘stlar, bu bevafo dunyoda mol mulk uchun,
Bir-biringni og‘ritib noshod qilmoq arzimas.
Mansabu dunyo uchun ahli hukumat oldida,
Qo‘l qovushtirib turibon dod qilmoq arzimas.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin