Tasavvuf axloq konsepsiyasi. Axloq hamisha konkret-
tarixiy mazmunga ega bo‘ladi. Bu sohibi - subyektiga ko‘ra
farqlanuvchi shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat axloqiy
madaniyatiga ham birdek daxldordir. Shu ma’noda, har bir
davrning o‘z axloqi bor, deyish mumkin. Zero, o‘zgarib bo-
rayotgan ijtimoiy munosabatlar unga mos bo‘lgan axloq nor-
malarini talab qiladi. Shuning uchun ham, bir axloqiy qadri-
yatlar tizimida tabiiy hisoblangan hodisalar boshqa bir axlo-
qiy munosabatlar doirasida noo‘rin, g‘ayritabiiy hisoblanishi,
1
Kнязева E.Н. Сaмoрeфлeктивная синeргeтика // Вoпрoсы филoсoфии.
2001 № 10, С.99-113
46
hattoki, yovvoyilik, deb baholanishi ham mumkin. Ammo bu
barcha davrlarda ham axloqsizlik deb baholangan hodisalar,
xatti-harakatlar mavjudligini inkor etmaydi. Shaxs sha’niga
tajovuz qilish, haqoratomuz munosabatda bo‘lish hamma
davrlarda ham axloqsizlik sifatida baholangan va ijtimoiy
fikr tomonidan qattiq qoralangani ham fikrimizning isboti
bo‘la oladi. Mohiyatan olganda esa, axloqning har qanday
ko‘rinishi umuminsoniy axloqning namoyon bo‘lish shakl-
laridir. Umum insoniy axloqiy qadriyatlarga mo‘ljal olishgina
kishilarni birlikka yetaklaydi, ularni umuminsoniy taraqqiyot
yo‘lidan ajralib qolishdan saqlaydi
1
.
Zotan, “insoniyat madaniyati qanchalik yuqorilab borar
ekan, u shunchalik o‘zidan avval o‘tgan ajdodlarining qil-
gan ishlariga bog‘liq ekanligini his qilib boradi, o‘zidan oldin
o‘tgan ajdodlarining tajribalari asosida saqlanib qolgan cho-
ra-tadbirlarga ehtiyoj sezib boradi hamda ularni amaliyotga
qo‘llashga harakat qiladi”
2
.
Tasavvuf uzoq asrlar davomida xalqimiz axloqi,
ma’naviyatini boyitishga xizmat qilib kelgan ta’limot hisob-
lanadi. Insonning ruhiy-axloqiy poklanishi bu ta’limotning
asosiy g‘oyasidir.Tasavvuf insonni ezgu ishlar, xayrli amal-
larga da’vat etuvchi, kishilar ruhiyatini poklash, halollik,
mehr-muruvvat, oqibat, saxovatpeshalikni targ‘ib etuvchi, in-
sonparvarlik fazilatlarini ulug‘lovchi, insonning botini bilan
zohiridagi mutanosiblikni o‘z tariqatlari asosida ta’minlashga
undovchi diniy-axloqiy falsafa sifatida musulmon Sharqi
mamlakatlarining ijtimoiy va ma’naviy hayotiga chuqur kirib
borgan, fan, madaniyat va adabiyot rivojiga katta ijobiy ta’sir
ko‘rsatgan ta’limotdir.
Tasavvuf keng ko‘lamdagi ta’limotga aylanishida arab
olimlari Hasan Basriy, Robiya, Boyazid Bistoniy, Mansur Xal-
loj, forsigo‘y allomalar Attor, Rumiy, Sanoiy, Jomiy, turkiyza-
bon mutafakkirlar Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad
1
Ochildiev A. Madaniyat falsafasi. Toshkent, 2009.
2
Сoрoкин П. Система сoтсиoлoгии. Сыктивкар.– T., 1991. – С.119.
47
Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Mashrab, So‘fi Olloyor, Hu-
vaydo kabilarning xizmatlari kattadir.
Tasavvufni odatda nazariy va amaliy qismlarga bo‘ladilar.
Tasavvuf diniy, axloqiy, falsafiy qarashlarning muayyan tizimi
sifatida Alloh, olam va inson haqida fikr yuritib, uni vah-
dat ul-vujud, ya’ni yaratganni yagona borliqdan iborat, deb
tushuntiradi.
Amaliy tasavvuf ana shu haqiqatni anglash va uning yor-
damida ongli yashash fikrini targ‘ib qiladi va shu maqsad
yo‘lida ma’rifatga erishish yo‘lini ilgari suradi. Binobarin,
bilimning boshi yuksak axloq-odobdan boshlanadi. Boshqacha
aytganda, axloqiy me’yorlar va qoidalarning muayyan tizimi
tasavvufning qismini, mohiyatini ifodalaydi. Demak, tasavvuf-
ning nazariy va amaliy jihatlari yagona birlikda ifodalanadi.
Tasavvufda eng yaxshi axloqiy sifatlar va ularni amal-
da qo‘llash “axloqi hamida” deb yuritiladi. Axloqi hamida
muayyan tamoyillarga ega bo‘lib, ular vositasida amaliy yo‘l
bilan inson komillashib boradi va haqiqatgo‘yga aylanadi.
Tasavvuf qoidalari, asosan, quyidagi axloq unsurlarida o‘z ifo-
dasini topgan:1) “talab” – komillik sari qadam; 2)“ishq” – o‘z
maqsadiga mehr; 3) “ma’rifat” – inson sirlaridan voqif bo‘lish
; 4) “istig‘no” – maqsadni taqdir deb tushunish; 5) “hayrat”
– insoniy fe’l-atvordan zavqlanish; 6) “tavhid” – maqsadga
ishonch; 7) “faqru fano” – komillikka ishtiyoq sezish, hosil
qilingan sifatlarni amalda qo‘llash
1
.
Insondagi salbiy xislatlarni ifoda etadigan qoidalar
yig‘indisi “axloqi zamima”, deb yuritiladi. U insondagi boy-
likka hirs qo‘yish, manmanlik, johillik, kibr-havo singari yo-
mon fe’l-atvorlarni ifoda etadi. Tasavvuf ahli axloq-odob qoi-
dalarini e’lon qilish bilan chegaralanib qolmaydi, ayni vaqtda
ularning mohiyatini har tomonlama bayon etib boradi, shu
asosda faoliyat ko‘rsatishni taqozo qiladi. Bu qoidalar, odat-
da, tariqatlar deb atalib, tasavvuf manzilini tutgan kishilarni
komillikka da’vat etadi.
1
Abdumalik Yo.Maktabda tasavvuf / Marifat-1995.-2avg.
48
Islom ta’limoti bo‘yicha tasavvuf ahli axloqiy kamolotga
erishishning 4 bosqichini o‘tashi lozim.
Birinchi bosqich – shariat yo‘l-yo‘riqlari bo‘lib, unga ko‘ra,
tasavvuf ahli avval payg‘ambar shariati va sunnatiga amal
qilishi zarur. Ikkinchi bosqich – tariqat odobi bo‘lib, bunda
odob arkonini o‘rganib, shu asosda harakat qilmog‘i lozim.
Bu bosqichdan o‘tganlar yuqoriroq, uchunchi bosqichga –
ma’rifatga ko‘tariladilar. Bunda soliq, ya’ni so‘fiy nafsi ommo-
rani mag‘lub qilib, ilmi ilohiyni o‘zlashtiradi, oqibatda inson
barcha narsalarning mohiyatini tushunib yetadi. To‘rtinchi
bosqich – haqiqat bo‘lib, bunda ma’naviy kamolotga erishib,
bu dunyo g‘alvalaridan butunlay qutulish, o‘zligidan kechib,
Alloh taolo jamoliga yetishish maqsad qilinadi.“Mana shun-
day hayot tufayli inson o‘z ko‘nglidan joy olgan nurdan xabar
topadi, komillik va o‘z-o‘zini anglab yetishning oliy martaba-
siga erishadi”
1
.
Tasavvuf tariqatlaridagi islomiy qonun-qoidalar pi-
rovard natijada insonni ezgulikka, axloqiy poklikka, Alloh-
ning yaratuvchanlik qudratiga ishonishga, u yaratgan borliq-
ni tom ma’noda anglash va shukronalar keltirish hissi bilan
yo‘g‘rilgandir.
Xoja Abduholiq G‘ijduvoniy odamlarning hayotiy faoli-
yatlariga hamfikr va yaqindan yordam ko‘rsatish, toat-ibodat,
ularni himoya etish bilan Alloh ko‘rsatgan yo‘lidan borish va
uning rahmatiga sazovor bo‘lishni asosiy tamoyillaridan biri
deb hisoblaydi.
G‘ijduvoniy jamiyatga xizmat qilish tamoyillarini asoslab
bergan. Bular xalq manfaatiga zid ish tutmaslik, hech kim-
dan hech narsani talab qilmaslik, kishiga xizmat buyurmaslik,
boylikka hirs qo‘ymaslik, barchaga shafqatli bo‘lish, o‘zidan
kichiklarga past nazar bilan qaramaslik, tashqi go‘zallikka zeb
bermaslik, ota-onaga, katta-kichikka minnatdorchilik, mansab
egallash, rahnamo bo‘lishga tirishmaslik, ilm o‘rganmasdan
1
Imomnazarov M. Milliy manaviyatimiz nazariyasiga chizgilar.-T:.1998.-
B.14
49
turib, ishga qo‘l urmaslik…, tariqat yo‘lini mahkam tutish va
boshqalar.
Uning tabarruk so‘zlaridan birida quyidagi ibratomuz fikr
ta’kidlanadi va u bugungi kun uchun ham g‘oyat qadrlidir:
«xilvat eshigini yopgilu, suhbat eshigini och, Shayxlik eshigi-
ni yopgilu, yorlik eshigini och».
1
Naqshbandiy tariqatining tasavvuf olamidagi boshqa
tariqatlardan asosiy afzal va bu kungacha ahamiyatini
yo‘qotmasdan saqlanayotgan tomoni uning «Dil ba yoru, dast
ba kor», ya’ni «Qo‘l mehnatda-yu, qalbda Olloh» shiori aso-
sida insonning imonli, pok bo‘lishi bilan birga o‘z mehnati
bilan birga halol luqma asosida kun kechirishga chaqirishdir.
Manbalarda ta’kidlanishicha, hazrat Bahovuddin Naqshbandiy
Hirotda bo‘lganida Amir Husayn so‘raydi:
- Sizning tariqatingizning asosi nimadadir?
Bahovuddin Naqshbandiy javob beradilar:
- Anjumanda xilvatdir. Zohiran xalq bilan, botinan haq
bilan bo‘lishdir.
Bahovuddin bu javobi bilan iymon faqat qalbida bo‘lishi,
taqvoli amaliyot odamlarga ko‘rsatilishi uchun emas, balki Al-
lohga xolisona xizmat uchun zarurligini anglatadi. Bugungi
kunda diniy udumlarning tashqi tomoniga ko‘proq ahamiyat
berayotgan davrda uning bu so‘zlaridan pok, halol mehnat
qilish uchun ma’naviy, ma’rifiy, tashviqot ishlarida samarali
foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Nafs muammosi tasavvufda muhim masalalardan biri
sanaladi. Avvalo nafs o‘zi nima Hujriviyning “Kashfu’l mahjub”
kitobida yozilishicha, nafs so‘zi lug‘aviy manoda biror narsa-
ning borlig‘i, haqiqati, zoti va o‘zligi demak. Xalqning tilida
ushbu kalima bir-biriga zid bir qancha mazmunlarda ishlatil-
gan. Bir jamoaga ko‘ra, ruh, bir guruh tushunchasida muruv-
vat va odamiylik, bir toifa nuqtayi nazarida jasad va vujud,
boshqa bir firqaga ko‘ra, u qon ma’nosini ifodalaydi. So‘fiy va
1
Valixo‘jaev B. Ho‘ja Ahror: uydirma va haqiqat. // Muloqot 1991 , 4-son.-
B.67.
50
mutasavviflar esa hamjihatlik ila nafsni gunohning sarchash-
masi, yomonlik, razillik va yovuzlikning asosi, deb hisoblash-
gan... Ko‘zga ko‘rinmay dunyoni tub-tubidan g‘orat qiladigan
mavjudlik, bu - nafs. U qancha ko‘p hukmronlikka erishsa, du-
nyoning axloqiy-ma’naviy holati o‘shancha buziladi; haqiqat
va vijdon, diyonat va rostlik boshidagi qaro bulutlar shu qadar
quyuqlashadi. Shuningdek, zohiriy chora-tadbirlar, bahsu mu-
nozaralar nafsdan tug‘ilajak kulfat, musibat va halokatlarning
yo‘liga to‘siq qo‘yolmaydi. Nafs erkin va erkli ekan, yolg‘on,
riyo, zulm, zo‘rovonlik, munofiqlik, , xullas, hamma yomon va
tuban sifatlar gullab-yashnayveradi
1
.
Tasavvuf ahli inson tabiatidagi salbiy kuchlarni umumiy
nom bilan “nafs” yoki “nafsi ammora” deb ataganlar. Mol-du-
nyo to‘plash, nafs ehtiyojiga qarab yurish, hirsu havas qat’iy
qoralangan, insonni, noqislik va falokatlardan qutqarishning
birdan bir to‘g‘ri yo‘li – nafsni o‘ldirib, qanoat bilan halol ya-
shash, ruh – irodani chiniqtira borib, insonda insoniylikni qa-
ror toptirish zarurligi uqtiriladi.
Tasavvufchilarning ba’zilari nafsni daydi it yoki ruh etagi-
ga yopishgan ifloslik, ba’zilari esa to‘ymas ajdaho yoxud firib-
nayrang timsoli Dajjolga tashbeh beradilar va nafs odamni
odamiylikdan chiqaradi, azim gunohlarni qilishga sababchi
bo‘lib, badbaxt etadi, deb qoralanadi.
Nafs xudbinlikni, o‘zim bo‘lay falsafasini tug‘diradi. Nafs
domiga tushgandan keyin, kishi hech narsadan tap tortmaydi,
harom-xarishdan hazar etmay, boshqalar hisobiga bo‘lsa ham
yaxshi yashashni o‘ylaydi. Oqibatda, u zolim, berahm, riyo-
kor bo‘lib qoladi. Shuning uchun tasavvuf talab etgan tiyilish,
sab ru qanoatda nafsni tarbiyalash masalasi mujassamlashgan.
Insonning o‘z menligi, uning moddiy hayoti, jismiy tana
manfaatlarini tashkil etuvchi va Alloh tarafidan zimmasiga
vujudni boshqarish ma’suliyati yuklatilgan menlikdir. “Faqat
tarbiya etilmasa, u eng asosiy dushman vaziyatidadir”
2
. Nafs
1
Ibrohim Haqqul. Ijod iqlimi. –T:. Fan, 2009. -B.377-378.
2
Mahmud Asad Jo‘shon. Tasavvuf va nafs tarbiyasi. –T:. Cho‘lpon, 2000.-B.8.
51
tarbiyasi asosida yomon xislatlar sekin-asta bartaraf etilsa,
yaxshi fazilatlar shakllana boradi. Nafsning yomonligini ang-
lash – odamning o‘zini va ezgulikni anglashidir. Bahouddin
Naqshband “o‘z nafsingni yomonligini tanish – o‘zligingni
tanishdir”, - degan hikmatning zamirida ham nafs tarbiyasi
masalasi turadi.
Jaloliddin Rumiy nafsoniy masala va uning tarbiyasi bora-
sida muhim qarashni ilgari surgan.“Hazrat Ali bir jang asno-
sida raqibi bilan uzoq urishib, nihoyat, uni yerga yiqitdilar va
o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. Shunda dushman askari hazrat Alining
yuziga tuflaydi. Hazrat Ali shundan keyin dushmanni qo‘yib
yuboradi. O‘rinlaridan turib, unga: -Tur endi, keta qol, seni
o‘ldirishdan voz kechdim,- deydilar. Dushman jangchisi bu
holdan hayron qolib deydi: - Meni o‘ldirishingga bir bahya
qolgan edi. Nega o‘ldirmading? Hazrat Ali bunday javob ber-
dilar: - Men senga qarshi Alloh yo‘lida va faqat Alloh roziligiga
erishish uchun jang qilayotgan edim. Sen yuzimga tupurga-
ningda esa jahlim chiqdi. Agar shu asnoda seni o‘ldirsam,
senga qarshi adovatim sababli o‘ldirgan bo‘lardim. Bunda seni
Alloh yo‘lida emas, o‘z nafsim uchun o‘ldirgan hisoblanardim.
Shu sababli seni qo‘yib yuboraman. Bu so‘zlarni eshitgan raqib
bunday adolat qarshisida imon keltirib, musulmonlar safiga
qo‘shiladi”
1
. Ushbu masnaviyda o‘z nafsini tarbiyalagan (“o‘z
nafsim istagi bilan emas”) hazrat Ali misolida umummanfaat-
ni shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yish, gunohkorni saodat sari
yo‘llash, uni keyingi yomonliklardan qutqarishga harakat qil-
ish g‘oyasi ilgari surilgan. “Men hilm, sabr-toqat va adolatdan
yuzaga kelgan bir tog‘man. Nafs to‘fonlari bunday ulkan tog‘ni
qanday qilib qimirlata olardi? Hilm, sabr-toqat va adolat naf-
sim uchun o‘ldirish kabi teskari bir holga yo‘l ochdi”. Mavlono
Jaloliddin Rumiyning hazrat Ali tillaridan aytgan bu haqiqati
inson axloqining ajoyib o‘lchovi va komillik alomatidir.
Mazkur hikoyat mag‘zida nafsoniy kuchlar yaxshilikka
yo‘naltirilishi yoki o‘zgartirilishi mumkinligi ham ifodalan-
1
Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi ma’naviy. 1-jild. 3721 –bayt.
52
gan. Nafsning o‘ldirilishi uning yaxshilanishi, poklanishi,
nazorat ostida tutilishi demakdir. Bu esa iroda ta’limi bilan
amalga oshiriladi. Masalan, asabiy, mijozi qattiq, darrov jahli
chiqadigan insonlarda jo‘shqin bir quvvat bor. Bu quvvatni
beixtiyor sarf qilish zararga sabab bo‘lish mumkin. Batamom
yo‘q qilinishi esa qo‘rqoqlik, karaxtlik va haqqini himoya qila
olmaslik holatlariga yo‘l ochadi. Bu o‘rinda muhimi u quvvat
va qarshilikni o‘z o‘rnida, o‘z vaqtida va me’yorida ishlatishni
o‘rganishdir.
Nafs kishining yomon xususiyatlariga berilgan nomdir.
Masalan, gerdayish, o‘zini yaxshi ko‘rish, ochko‘zlik, xasislik,
jahl, g‘azab, gina-adovat saqlash, chaqimchilik, ko‘raolmaslik,
qiyinchiliklarga sabrsizlik kabilar shu xususiyatlar jumlasi-
dandir.
Nafsning eng yomon kasalliklaridan biri kibr, ya’ni, o‘zini
haddan ziyod yaxshi ko‘rish, hammadan ustun ko‘rishdir.
Quyidagi hikoyat orqali nafsoniy kibrning halokatini anglash
mumkin. “Olisdagi poyonsiz o‘rmonda bitta vahshiy ars-
lon yashardi. O‘rmonda hamma hayvon undan qo‘rqib kun
ko‘rardi. Ular bunday hayotdan qutulish chorasini qidirishdi.
O‘ylab-o‘ylab oxiri ichlaridan bir hayat tanlab, arslon huzuri-
ga yuborishdi.
– Ey o‘rmonlar shohi arslon. Har kuni bittamizni tutib
yeysan. Bunga etirozimiz yo‘q, biroq ovora bo‘lishing shart-
mi? Sen taxtingda bemalol o‘tiraver, o‘zimiz senga oramizdan
birini yo‘llaymiz, bemalol yeyaverasan, - deyishdi.
Bu taklif arslonga yoqib tushdi va qabul qildi. Endi har
kuni ertalab bir hayvon arslonga topshirilardi. Kunlardan bir
kun navbat quyonga keldi. Biroq u borishni aslo xohlamasdi.
Nihoyat, yolvora-yolvora quyonni yo‘lga chiqarishdi. Kechikib
kelgan quyonga arslon g‘azab bilan o‘shqirdi: - Qayerda qol-
ding? Kechikishingning boisi nima?
Quyon soxta bir xavotir bilan bo‘ynini bukdi: - Hazrati
oliylari, hurmatingiz bor. Men ertalab vaqtli yo‘lga chiqdim,
ammo yo‘limni boshqa bir arslon to‘sdi. Qo‘lidan qutulgu-
nimga qadar boshimga nimalar kelmadi, deysiz.
53
Arslon yana g‘azablandi:
– Kim ekan u gustoh?! Bu o‘rmonda faqat mening huk-
mim o‘tadi. Kim ekan u? Qani, tezroq ayt!
– Quyon bu ahvoldan mamnun, nuqul narigi “arslon”ni
maqtar, bu bilan arslonning nafsoniyatini qitiqlar edi. Arslon
chiday olmadi:
– Tush oldimga, ko‘rsat o‘sha olchoqni menga!...
– Yo‘lga chiqishdi. Quyon arslonni bir quduqqa boshlab
kelib:
– Mana, sultonim, o‘sha yaramas shu quduq ichida. Qa-
rang, qanday o‘rnashib olibdi.
– Arslon hirs, g‘azab bilan quduq ichiga qaradi. Suvda o‘z
aksini ko‘rdi. Xirillashga boshlagan edi, quduqdagi aksi “bo‘sh
kelmadi”. Quyon fursatni qo‘ldan boy bermay, luqma tashladi:
– Ko‘riyapsizmi, janobi oliylari, sizni qo‘rqitmoqchi
bo‘lishini?!
– Arslon butunlay qahrga to‘ldi, ko‘zlari o‘tdek yondi.
– Bir diyorda ikki sulton bo‘lmaydi, parchalab tashlay-
man uni! – deya o‘zini quduqqa otdi. Hammasi tugagan edi.
Bu hikoyatda tilga olingan “nafsi arsloni” mazmunida xud-
binlik, kibr iskanjasiga tushgan kimsa o‘zidan boshqa hurmat
va xizmatga loyiq insonni ko‘rmasligi ifodalangan.
Har qanday olamda ikki reallik mavjud. Biri – tashqi, ik-
kinchisi, ichki, ya’ni zohir va botin. Asosiy murakkablik va
ziddiyat botindadir. Aks holda aql, nafs, ruh, ko‘ngil xususida
bunchalar keng, bu qadar ko‘p bahs yuritilmasdi. Chunki, bo-
tiniy hayot vujudning “qalin parda”si bilan to‘silgan. Nafsning
ahvoli qanday? Ruhning holi qanaqa, qalb nimaga ilhaq – ak-
sariyat kishi ana shuni bilmaydi. Chunki bularni bilish juda
qiyin. Ayniqsa, nafsni tanish va tizginlash muammolarning
muammosi erur. Nafsni qoralab, nafs izmidan ishga nafsoniy
maqsad va shahvoniy orzu aralashsa, o‘sha ishning xayr-xosi-
yati barham topadi. Shuningdek, qalb to‘g‘ri yo‘ldan adashib,
tubanlikka yo‘naladi, ruhni riyo va xudparastlik domiga torta-
di. Alisher Navoiy g‘azallaridan birida nafs ila ruhni zinhor-
bazinhor qo‘shib-qorishtirmaslik shartligini ta’kidlab:
54
Ruh rahmoni erur, nafs esa shaytoni,
Ikkisin bir-biriga qo‘shmoq, emastur mashrut
deganida shularni nazarda tutgan edi
1
.
Ahmad Yassaviy “Devoni hikmat”ida nafsni insoniy-
lik dushmani, zolim, g‘addor g‘anim, iymon dushmani deb
ta’riflaydi:
Dostları ilə paylaş: |