16
Ey Axura Mazda! Ey go‘zal Ardabihisht!
Buni o‘zimizga munosib ko‘rdik:
Ikki olamda ham eng go‘zal bo‘lgan fikr, kalom va amalni
tanlaymiz”
1
.
Yaxshilik bilan nopoklik, rivojlanish bilan tanazzul
o‘rtasidagi doimiy kurash bu ta’limotning asosini tashkil qil-
gan. “Zardushtiylar aqidasicha inson paydo bo‘lgandan beri
odamzod andishasida ikki gavhar paydo bo‘lgan: biri andi-
shada guftoru kirdorda yaxshilik bo‘lsa, ikkinchisi andishada
kirdoru guftordagi yomonlikdir. Dono ana shu gavhardan yax-
shilikni intihob etadi, nodon esa yomonlikni tanlaydi. Ana
shu ikki gavhar bir-biriga payvast bo‘lganda, borlik va yo‘qlik,
harakat va sukunat paydo bo‘ladi, natijada yomonlik va tanaz-
zulni
badxohlar tarafdorlik etsa, mavjudiyat va behro‘zlikni
yaxshilik tarafdorlari payravlik qiladi, qo‘llashadi. Shuning
uchun barcha odamlar “andeshai nek”, “guftori nek” hamda
“kirdori nek”ka yuz tutib, “andeshai bad”, “kirdori bad” va
“guftori bad”dan yuz o‘girib yashamoqlari, birining hamisha
barqarorligini, ikkinchisining esa mahkumligini ta’minlash
uchun
kurashmoqlari zarur, zeroki, ularning birida odamu
olam kamoloti in’ikos etsa, ikkinchisida inson va hayot razo-
lati namoyon bo‘ladi.
“Avesto”da ana shu mezonning nazariy va amaliy jihat-
larining mukammal tasnifi berilgan hamda har bir kishining
hayotda, ishda va amalda ularni bajarish, axloq me’yorlariga
rioya qilish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan:
1. Andeshai nek: Tangrining yagonaligiga inonmoq,
imonda sobitlik, tavakkul, qanoat, xayrixohlik, mehribonlik,
haq tanimoq, sulhjuylik, kechirimlik bo‘la bilish, oshnochilik,
shijoatlilik, rahmli va muruvvatli bo‘lmoq, poktiynatlik, in-
sof, xushxulqlilik, beozorlik, ochiqyuzlik, ehsonlilik, nafsini
chegaralash, kasb
va ilmni sevmoq, mas’uliyatlilik va haqi-
qatparast bo‘lmoqdan iborat.
1
Avesto. –T:.Sharq, 2001. – B.235.
17
2. Guftori nek: yagona Tangriga hamdu sano aytmoq,
to‘g‘ri so‘zlilik, ahdida sobitlik, haqgo‘ylik, salom va ta’zimda
bo‘lmoq, durustgo‘ylik, to‘g‘ri va rost guvohlik bermoq,
shirinkalomlik, o‘ylab, sinab gapirmoq, rost qavllikdan iborat.
3. Kirdori nek: Tangri va payg‘ambar buyurgan farz va
sunnatlarga so‘zsiz itoat
etmoq hamda ularni bajarmoq, yax-
shi ishlash, omonatga xiyonat qilmaslik, ojizlarni qo‘llash,
serg‘ayrat bo‘lmoq, xalq uchun, Vatan uchun xizmat qilmoq,
mehmondo‘stlik, parhezkorlik, yomon ishlardan yuz o‘girmoq,
mehribonlik, insonsevarlik, jamiyat qonunlariga itoat etmoq,
o‘tganlarni esda tutish, haqiqattalab bo‘lmoq, bemorlar holi-
dan
xabar olib turmoq, muhtojlarga yordam berish, o‘z ishi va
kasbiga mehr qo‘yish, adolatli bo‘lmoqdan iboratdir.
1. Andeshai bad: Xurofotparastlik, Tangrini tanimaslik,
kufr, g‘urur, badxohlik, dushmanlik, haqiqatga ishonmaslik,
hadiksirash, jangarilik, suqko‘zlik, toshbag‘irlik, insofsizlik,
hasad, g‘arazgo‘ylik, nafs bandasi bo‘lmoq, xasislik, dilsiyoh-
lik, vafosizlik, badxulqlik, ishi va kasbiga mas’uliyatsizlik,
nodonlik, parhezni
bilmaslik, bahonatalab bo‘lmoq, shakkok-
lik, nodurustlik, ginalik, nayrangbozlik, g‘aflatga berilmoqdan
iborat.
2. Guftori bad: Tangrini unutmoq, yolg‘onchilik, tuh-
matchilik, yolg‘on guvohlik bermoq, vafosizlik, ahdshikan-
lik, kufr aytmoq, nohaqlik, qasamxo‘rlik, achchiqzabonlik,
o‘ylamay gapirmoq, nodurust hukmga kelmoqdan iborat.
3. Kirdori bad: Xudo va payg‘ambarga itoat etmaslik,
tanballik va ishyoqmaslik, o‘g‘rilik, qotillik, mardumozorlik,
ta’magirlik, sitamgarlik, hunarsizlik, bilimsizlik, omonatga xi-
yonat, haromxo‘rlik, intiqomchilik, makkorlik, shoshqaloqlilik,
zolim va badxohlarni qo‘llash, noravobinlik, badaxloqlik, zai-
fozor bo‘lmoq, ziyonkorlik va boshqalar tashkil qiladi.
Hayot axloq va ma’naviyatning
ana shu mezonlarining
barcha jihatlari Zardusht va’zlarida, payg‘ambarning Tangri
bilan ruhiy muloqotlari – me’roj voqeasida o‘z aksini topgan”
1
.
1
Qarang: Homidiy H. Avestodan shohnomagacha.T:. Sharq, 2007.-B.39-41.
18
Zardushtiylik ta’limotida insoniyatni ezgulikka chorlash va
yaxshilikning mukofoti eng ulug‘, eng go‘zal, eng a’lo qismat
ekanligi bir necha bor ta’kidlangan. Jumladan, “Avesto”da
shunday deyiladi:
Dostları ilə paylaş: