Axloqning tabiati va uning ijtimoiy hayotda tutgan
o‘rni. Hayot haqiqati shundan dalolat beradiki, dunyodagi
barcha bilim va tajribalar, so‘z, tushuncha, tasavvur hamda xu-
losalar bevosita yo bilvosita inson faoliyati bilan bog‘liq holda
vujudga keladi, rivojlanadi, boyib takomillashib boradi, yoxud
aksincha - eskirib, umrini o‘tab, zavolga yuz tutadi. Ayni paytda
jahonda shunday bir buyuk hodisa borki, u toki odamzotning
ongli hayoti mavjud ekan, hech qachon zavol bilmaydi. Shu-
ning uchun ham uni o‘ta noyob fenomenal hodisa deb ataymiz.
Bu sog‘lom fikrlaydigan, ezgu orzu-umidlar bilan yashaydigan
inson va jamiyat tomonidan hamma zamonlarda ham qadr-
lanib kelgan axloqdir. Zotan, o‘z vaqtida Markaziy Osiyo fikh
maktabining yetuk siymosi Burhon-ud-din al-Marg‘inoniy
ta’kidlaganidek, “Axloqsiz odam katta fasoddir”
Ezgulik va illatlar, hayot va o‘lim, yaxshilik va yomonlik,
to‘g‘rilik va egrilik, ulug‘vorlik va pastkashlik, altruizm va
8
xudbinlik – bu va boshqa ko‘plab masalalar asrlar davomida
faylasuflarni qiziqtirib kelgan. Shuning uchun kishilik jami-
yatida axloqning o‘rni bahstalab, ayni paytda, muhim ilmiy va
amaliy mavzulardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Axloq haqidagi fan – “etika” falsafaning tarkibiy qismlari-
dan biri sifatida, “Qanday harakat qilmoq lozim”, “Nima qilish
mumkin, nima taqiqlanadi”, “Men nima uchun yashayman”,
“Nima yaxshi-yu, nima yomon” kabi masalalarga javob topish
uchun amaliy fan sifatida ajralib chiqqan. Keyinchalik etika-
ning nazariy va amaliy sohalarga, falsafiy va normativ etikaga
bo‘linishi sodir bo‘ldi.
Axloq falsafasida “axloq”, “xulq”, “etika” substansional
kategoriyalar hisoblanadi. Axloq lotincha “moralis”, “mores”
so‘zlaridan olingan bo‘lib, ma’nosi xulq, odat demakdir. Mu-
tafakkir Abdulla Avloniy ta’biri bilan aytganda “Insonlarni
yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilm-
dur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yo-
monligini dalil va misollar ila bayon qiladurg‘on kitobni axloq
deyilur”
1
.
Xulq (odob) – odamlarning amaliy xatti-harakati, odam-
lar o‘rtasidagi amaliy munosabatlardir. Xulq (odob) rasm-tao-
mul, odat -odatlarning butunligi, odamlar o‘rtasida iqtisodiy
tuzum taqozosi bilan, turmush sharoitning alohida tarzidan,
an’analaridan paydo bo‘lgan va lekin muntazam qarashlar,
qoidalar, yo‘l-yo‘riqlar sistemasiga kirmagan munosabatlar-
ning xususiyatini ifodalaydi.
Etika yunoncha “ethos” so‘zidan olingan bo‘lib, xulq,
odat degan ma’noni bildiradi. Etika axloqning paydo bo‘lishi
va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini, axloqiy hodi salarning
o‘ziga xos xususiyatlarini, axloqning ijtimoiy mohiyatini va
u orqali ijtimoiy jarayonlarni o‘rganadi. Demak, etika axloq
haqidagi nazariyadir.
Axloq falsafasi ijtimoiy fanlar orasida o‘zining munosa-
batlar ko‘lamining kengligi, predmeti, tartibga solish usuli-
1
Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – T.,1992.-B.11.
9
ning o‘ziga xosligi, manbalarining rang-barangligi, davlat va
jamiyat oldida turgan muhim vazifalarning hal etishga qo-
dir, davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri anglaydigan,
vatanparvar, xalqparvar, tashabbuskor, zamonaviy bilimlar bi-
lan qurollangan, ezgu insoniy fazilatlarga ega yuqori malakali
mutaxassis kadrlar tayyorlash uchun o‘ziga xos metodologiya
vazifasini o‘tashga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi.
Binobarin, axloqning bosh mavzui insondir. Insonlar ning
o‘zaro munosabatlari va muommalari axloqning bevosita
obyekti hisoblanadi.
Ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lgan axloq insoniyat
jamiyati shakllanishining ilk bosqichlarida paydo bo‘lgan,
iqtisodiy va boshqa munosabatlarning o‘zgarishi davomida,
insoniyat moddiy va ma’naviy madaniyatining taraqqiyoti ja-
rayonida rivojlanib borgan. Axloq sotsial tartib-qoida bo‘lib,
bu tartib-qoida ijtimoiy hayotning istisnosiz hamma sohala-
rida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish funksiyasini
bajaradi.
Axloq ijtimoiy faoliyatni tartibga solishning boshqa shakl-
laridan o‘z talablarining asoslanishi bilan farq qiladi. Axloq-
da ijtimoiy zaruriyat, ehtiyoj, jamiyatning yoki guruhlarning
manfaatlari o‘ziga xos ravishda shakllangan va hamma qabul
qilgan, ommaviy namuna, odat, rasm –tamoil, jamoatchilik
fikrining kuchi bilan mustahkamlangan qoidalar, me’yorlar
va baholar tarzida ifodalanadi. Shuning uchun axloq ta-
lablari hammaga babbaravar qaratilgan va lekin hech kim-
ning buyrug‘i bilan joriy etilmagan shaxssiz burch shakliga
kiradi. Bu talablar nisbatan barqaror xarakterga egadir. Ular
o‘rnashib qolgan tartib kuchi bilan saqlanib kelayotgan oddiy
rasm-odat va an’anadan shu jihati bilan farq qiladilarki, inson
qanday yashamog‘i va xatti-harakat qilmog‘i lozim, degan
tasavvurlar shaklida g‘oyaviy asosga ega bo‘ladilar.
Axloq-odob talablari har bir kishi tomonidan bajarilishi ja-
moat tomonidan nazorat qilinadi va ma’naviy ta’sir ko‘rsatish
shakllari bilan tasdiqlanadi. Bu hol axloqda ongning boshqa
sotsial nazorat shakllariga qaraganda kattaroq rol o‘ynashini
10
taqozo qiladi, zotan, bu ong tushuncha va hukmlarning aqliy
shaklida ham, his-tuyg‘u, intilish, mayillarning hissiy shak-
lida ham ifodalanishi mumkin.
Axloqda ijtimoiy ong bilan bir qatorda individual ong
shakli ham muhim o‘rin tutadi. Individ jamiyat ishlab ta-
komillashtirgan axloq-odob tasavvurlariga tayangan, tarbiya
jarayonida ularni o‘zlashtirib borgan holda o‘z xatti-harakati-
ni mustaqil ravishda tartibga solishi va tevarak-atrofida sodir
bo‘layotgan hamma narsaning axloqiy ahamiyati haqida fikr
yurgizishi mumkin. Shu tufayli axloqda individ faqat ijtimoiy
nazorat obyekti sifatida emas, balki uning ongli subyekti,
ya’ni axloqiy shaxs sifatida ham maydonga chiqishi mumkin.
Ijtimoiy hayotning turli sohalariga tatbiqan axloqda max-
sus qoidalar ifodalanadi va bu qoidalar mustaqil sohalarini
tashkil etadi, shuningdek, mehnat axloqi, kasb axloqi, oila
axloqi, diplomatiya axloqi, bozor va tadbirkorlik axloqi kabi
shakllarda axloq o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Axloq jami-
yatda kishilar orasidagi turli munosabatlarni muvofiqlashti-
rish, kishilar faoliyatining insonparvarlik qadriyatlari va
mo‘ljallarini belgilab berish, shaxsni ijtimoiylashtirish kabi
funksiyalarni bajaradi
Ijtimoiy voqelikning turli hodisalarini va kishilarning xat-
ti-harakatlarini ular qanday axloqiy ahamiyatga ega bo‘lishiga
qarab, ma’qullash yoki qoralash axloqiy baholash deyiladi.
Axloqiy baholash qilingan harakatlarning axloq-odob ta-
lablariga muvofiq kelishi yoki muvofiq kelmasligini aniqlaydi.
Axloqiy baholashning zamirida xatti-harakatlarning obyektiv
sotsial ahamiyatini bilish asos bo‘lib yotadi. Ana shu asosda
axloqiy baholash yordami bilan kishilarning xatti-harakatini
tartibga solish mumkin. Umumiy axloqiy baholash yaxshilik
va yomonlik kategoriyalarida amalga oshiriladi.
Bir xildagi ish amallarga joriy qilinadigan umumiy talab
va ta’qiqlar vositasi bilan kishilar xatti-harakatini tartibga
soluv chi axloq-odob talablari axloqiy qoidalar deyiladi. Ax-
loqiy qoidalarni rasm-odat va jamoatchilik fikrining kuchi
barqaror qiladi.O‘z ijtimoiy mazmuni jihatidan axloqiy qoi-
dalar umuminsoniy ham milliy bo‘lishi mumkin.
11
Axloq va axloqiylik o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan jarayon
emas. Bu jarayon keng qamrovli bo‘lib, o‘zida bir qator ijti-
moiy-manaviy ko‘rinishni mujassam etadi, manaviyat tizimi-
dagi sohalar bilan yaqindan aloqada bo‘ladi.
Jamiyat a’zolarining axloqiy fazilatlari, ularni shakllanti-
rish va takomillashtirish vazifalari, ta’lim-tarbiyaning yo‘llari
va usullariga kishilarning yashash va mehnat qilish sharoit-
lari, turmush tarzi, milliy jihatlari, diniy e’tiqodlari katta ta’sir
ko‘rsatgan. Har qanday axloqiy ta’limotlar jamiyat taraqqiyo-
tining muayyan bosqichida obyektiv, subyektiv ehtiyojlar va
zaruriyatlar asosida kelib chiqqan.
Shu nuqtayi nazardan Sharq va G‘arb axloqiy ta’limotlari
qanchalik farqlanmasin, ularga tegishli va belgilovchi bo‘lgan
umumiylik ichida jahoniy miqiyosidagi chuqur ijtimoiy fal-
safiy hodisa sifatida komil inson, adolat, yaxshilik, vatanpar-
varlik g‘oyalari alohida o‘rin tutadi.
Bu borada Javoharla’l Neruning: “Beruniy yunon falsafasi-
ni egallab, hind falsafasini mutolaa qilmoq uchun sankrit tilini
o‘rgandi. So‘ng yunon va hind falsafasini bir-biriga solishtirib,
ulardagi mavjud bo‘lgan umumiylikni ko‘rib g‘oyatda ajablan-
gan edi”
1
– degan fikri zamirida juda katta mano yotadi.
Sharqda ham, G‘arbda ham ilk axloqiy fikrlar va qarashlar
xalq og‘zaki ijodi – maqollar, matallar, hikoyatlar, hikmatlar va
rivoyatlarda namoyon bo‘lgan, asrlar davomida ular og‘izdan-
og‘izga o‘tib bizgacha yetib kelgan.
Sharq va G‘arbda qadim zamonalardan hozirgi kunga-
cha etikaning asosiy prinsiplaridan biri bo‘lgan evdemo nizm
(eudaimonia-baxt-saodat, rohat-farog‘at, farovonlik) va ge-
donizm (nedone-lazatlanish, huzur, zavq) g‘oyalari tahlili
muhim o‘rin tutgan.
Etika kategoriyalari, tamoyillari va me’yorlari xususida Sharqda
ham, G‘arbda ham ko‘plab asarlar bitilgan.
1
Qarang: Nizomiddinov N. Sharqiy Osiyo diniy-falsafiy ta’limotlari va islom.
– T., 2006.- B.115.
12
Ayrim jihatlariga ko‘ra Sharq va G‘arb odami, eng avvalo,
axloqiy, ruhiy, ma’naviy qiyofasi o‘zaro farqlanadigan odam-
dir. Sharq odamining tarbiya yo‘li, dunyoni anglash tarzi va
urf-odatlari g‘arblarnikiga o‘xshamaydi...Sharqda ikki turli
aql mavjudligi e’tirof qilingan. Birinchisi, aqli kull – ilohiy,
qudratli, mutlaq aql bo‘lib, ilohiy quvvatning faol tajalliysidan
iborat. Aqli juz – kichik aql, insonning moddiy hayoti, yashash
odobi, faoliyatiga tegishli...Fazoviy aql va ilohiy hissiyotlarga
yetishgan buyuk insonlarning tabiati, odam va olam mohi-
yatini anglash miqyosi Sharqda ham, G‘arbda ham deyarli bir
xil...Ammo bu xususiy hodisa. Umumiy hodisa boshqa: Sharq
– nafsga dushman. G‘arb – nafsga do‘st.G‘arbliklar uchun,
aytaylik, tasavvuf ahliga o‘xshab nafsni yengish choralarini
izlash va shu yo‘lda aziyat chekish – kulgili ish. Ular bunday
“tajribalar” bilan qiziqishni hatto hayoliga keltirishni ham is-
tamaydi. Zero, ko‘ngli moddiy quvvatga taslim kishi ma’naviy
quvvatdan ruhlanmaydi...Xullas, chinakam G‘arb olami –
go‘zal axloq, mehr va muruvvat, to‘g‘rilik va faoliyat sohibi.
Uning ruhoniyat va hayolot olamiga faqat havas qilish mum-
kin. Uning viqori – kamtarlikda, zakiyligi - xoksorlikda
1
.
Sharq va G‘arb axloqiy qarashlarini qiyosiy tahlil qilish
ularning xususiyatlari haqida ilmiy, adekvat xulosalar chiqa-
rish imkonini beradi.
Axloqiy tafakkur taraqqiyotida Xitoy mutafakkiri Kon-
futsiyning qarashlari muhim o‘rin tutadi. Uning ta’limotining
ta’siri nafaqat Xitoy, balki boshqa mamlakatlarda ham yaqqol
sezilgan. 1988-yilda Xalqaro Nobel mukofotining Parijdagi
yig‘ilishi Murojaatnomasida insoniyat XXI asrda yashab qo-
lishini istasa, 25 asr ilgari yashab ijod etgan Konfutsiyning
donishmandligidan yaxshi xabardor bo‘lmog‘i darkor
2
degan
e’tirofdan ham buni anglash mumkin
Konfutsiyning o‘z nomi bilan ataluvchi ta’limoti tom
1
Ibrohim Haqqul. Ijod iqlimi. – T:.Fan, 2009. B.301–303.
2
Qarang: Ismatullayeva N. Konfutsiy hayoti va Lun Yuy asari. T:.TDSHI
nashriyoti, 2013. B.7.
13
ma’noda ijtimoiy-axloqiy, falsafiy g‘oyalarga to‘liq bo‘lib, hik-
matiy amaliy xususiyati bilan ajralib turadi. “O‘zingga ravo
ko‘rmaganni o‘zgaga ham ravo ko‘rma”
1
shiori Konfutsiy
g‘oyalarining markazida turadi.
Konfutsiyning o‘z-o‘zini anglash haqidagi “ramziy” fikrlari
diqqatni jalb qiladi. Daraxt – odamlarga muhabbat, mehri-
bonlik. Bu odamiylikning boshlanishi. Inson o‘zining axloqiy
burchini anglamay turib, o‘zini anglay olmaydi. Inson o‘zini
o‘zidan topadi. Temir – haqiqat, adolat. Inson yaxshilikka
yaxshilik bilan javob qaytarishi lozim. Olov - udum, odatga
sodiqlik. Masalan, ota-onaga hurmat ko‘rsatish. Olov hamma-
ga barobar issiqlik va yorug‘lik taratadi. Suv – poklik, sog‘lom
fikr, donolik, oqillik, o‘z xatti-harakati oqibatlarini oldindan
ko‘ra bilish, o‘ziga chetdan qarash va baho bera olish. Yer –
saxovat, saxiylik.
Tafakkur uning fikricha ham nazariy ham amaliy protse-
dura, ularning birida sodir bo‘lgan o‘zgarish boshqasida ham
muayyan o‘zgarish yasaydi. Shu nuqtayi nazardan Konfutsiy
muayyan axloqiy tamoyillarni ishlab chiqdi:
– har kuni yangi bilimlarni o‘zlashtirish;
– jamiyatda va jamiyat uchun yashash;
– bir-biriga yon bermoq;
– mansabi va yoshi katta bo‘lgan kimsalarga quloq solish;
– imperatorga bo‘ysunish;
– o‘zini tiyish, har narsada me’yorga rioya qilish;
– insonparvar bo‘lish;
– davlatga sodiq xizmat qilish, vatanparvar bo‘lish;
– yuksak maqsadlarni oldiga qo‘yish;
– oliyjanob bo‘lish;
– davlat va atrofdagilarga faqat yaxshilik qilish;
– majburiyatdan shaxsiy malaka va maslakni ustun
qo‘yish;
– davlat va insonlarning shaxsiy farovonligi to‘g‘risida
qayg‘urish.
1
Konfutsiy. Suhbat va mulohazalar. – T:. Yangi asr avlodi, 2014.- B. 8.
14
Konfutsiy qarashlarida mamlakat taraqqiyoti, tinchli-
gi va osoyishtaligi hukmdor ma’rifati va fazilatlariga
bog‘liqligi, rahbarlik murakkab ish ekanligi, yuksak ax-
loqli kishilar o‘z xizmatlari bilan hukmdor ishlariga
ko‘maklashishi, jamiyat boshqaruvida va farovonligida fi-
doiy bo‘lishlikka da’vat bor.
Konfutsiy fikriga ko‘ra tartib bo‘lgan joyda tinchlik,
barqarorlik, yuksak ma’suliyat va adolat qaror topadi. Ax-
loqi yuksak hukmdor o‘z xalqini yuksak darajaga ko‘tarishga
harakat qiladi va buning uchun chora-tadbirlarni amalga
oshiradi.
Konfutsiy oliyjanob inson masalasini ko‘tarib chiqqan ilk
faylasuf hisoblanadi. Mutafakkir ta’kidlagan bilimlar ham
nazariy ham amaliy jarayon bo‘lib, unga muvofiq inson to-
monidan axloqiy talablarning bajarilishi zarurligi asoslangan.
“Oliyjanob inson haqidagi tasavvur uch xil ko‘rinishga ega.
Uzoqdan qaraganda u juda jiddiy ko‘rinadi. Yaqinlashgach,
u muloyim tuyiladi. Uning gaplarini eshitganda cho‘rtkesar
bo‘lib ko‘rinadi. Oliyjanob inson dunyoviy ishlarni bir-biridan
ajratib bajarmaydi, balki burchga ko‘ra ish qiladi, u kiyim
va yemakka emas, balki haq yo‘lga intiladi. Axloqlilik va
haqqoniylik, kamtarlik va yomonlikka yaxshilik bilan javob
berishi orqali ham uni ilg‘ash mumkin.
Oliyjanob inson qo‘l ostida ishlash oson, lekin unga yoq-
ish juda mushkul. Uning e’tibori to‘g‘ri yo‘l bilan qozonilmasa,
aks holda u buni yoqtirmaydi. U insonlardan foydalanishda
har bir shaxsning qobiliyatiga qarab odilona ish ko‘radi. U
mudom qonun va intizomni o‘ylaydi.
Konfutsiy talqinicha oliyjanob inson 9 ta narsani o‘ylashi
kerak. Bular:
1. Ko‘rganini angladimi yo yo‘q;
2. Eshitganini aniq eshitdimi yo‘q;
3. Yuzidagi ifodasi yoqimlimi yo yo‘q;
4. Tashqi qiyofasida ehtirom zohirmi yo yo‘q;
5. Suhbatdagi so‘zlari samimiymi yo yo‘q;
6. Ishiga nisbatan tirshqoqmi yo yo‘q;
15
7. Savol tug‘ilganda so‘rashi kerakmi yo yo‘q;
8. G‘azabini sochish yomon oqibatlarga olib keladimi yo
yo‘q;
9. Erishish mumkin bo‘lgan narsa adolatga muvofiq ke-
ladimi yo yo‘q”
1
.
Konfutsiy fikriga ko‘ra axloq qoidalariga amal qilinmagan
ehtirom, behuda urinish bo‘lib chiqadi hamda axloq qoidalari-
ga amal qilinmagan ehtiyotkorlik qo‘rquvni, axloq qoidalariga
amal qilinmagan mardlik g‘alayonni, axloq qoidalariga amal
qilinmagan to‘g‘riso‘zlik zaharxandalikni keltirib chiqaradi.
Insoniyat manaviyat tarixida “Avesto” kitobi va unda Zar-
dusht asos solgan axloqiy ta’limot alohida ahamiyatga ega.
Bu ta’limotning o‘ziga xos xususiyati, unda diniy qoidalar ax-
loq usulida bayon etilgan. Ya’ni, Zardushtning yakka xudolik
dini tom ma’noda axloqiy asosga qurilgan.
Zardushtiylikda bosh masala e’tiqodda sobitlik, rostgo‘yligu
halolu fidoyilik ustun turadi. Zardo‘sht shunday deydi:
Dostları ilə paylaş: |