29
qanday ishki, sen farqlashdan tamoman mahrum bo‘lganini
boqding, voyaga etkazding va
vaqtni vujudingni yedirib-
ichi rish bilan o‘tkazdingda, u latif ma’noga, ya’ni farq etish
qud ratiga parvosiz bo‘lding! Sening taxmin qilganingdek,
bu (tana) u (ma’no) bilan tirikdir, u (ma’no) bu (ta’na) bilan
emas. U – nur, ya’ni latif ma’no berguvchi, ko‘z, quloq va
boshqa derazalardan, agar bular bo‘lmasa, yana boshqa tir-
qishlardan o‘zini ko‘rsatguvchi. Bu xuddi: “Quyoshni chiroq
bilan ko‘rayapman” deb, quyosh
qarshisiga chiroq keltirib
qo‘yishga o‘xshaydi. Aslida, chiroq bo‘lmasa ham, quyosh
o‘zini senga ko‘rsataveradi. Chiroqqa nima hojat? Allohdan
umidni uzmaslik kerak. Umid-ishonch yo‘lining boshi. Yo‘lda
yurmasang ham, doimo yo‘lning boshini ko‘zla. “Noto‘g‘ri
ishlar qildim”,- dema, to‘g‘rilikni tut. O‘shanda hech qanday
egrilik qolmaydi
1
– deya, odamni tadqiq etar ekan, Mavlono
Rumiy odamning tabiati va intilishlarini kuzatadi, botiniy
jilolar va surilishlar, qalb siljishlarini qidirib topadi. Inson-
ning imon gavhari, buyukligi barobarida, nuqsonlari, nafsi,
hirsi oqibatida kelib chiqadigan yovuzliklarni tahlil etib,
bulardan qutulish, poklanish yo‘llari, fazilatini bayon etadi.
Shu taxlit, insonning ma’naviy kamoloti yo‘llari, ma’rifatli
bo‘lishning ahamiyati va muhimligi
yuqoridagi kabi misollar
asosida tushuntiradi.
Farididdin Attor o‘zni bilish, nafsni isloh aylash, shahvat-
ni engish va Haqning vujudiga fone bo‘lib, vahdat saodatini
qo‘lga kirish kabi olamshumul haqiqatdan bahs yuritgan al-
lomadir. 250 dan ziyod hikoyatlardan iborat bo‘lgan “Ilohiy-
noma” asarida ma’naviy ahloqiy kimyo, bu kimyoi saodatning
kuch-quvvati, har narsadan avval ishq, irfon va ilmga taya-
nish yo‘llarini izohlab bergan.
Kimyo yoki kimyoi saodat degan tushuncha – bu nafs-
ni tozalash, uni jilolantirish, yomon fel-xo‘ylari yaxshilari
bilan o‘zgartirib, vujud talabi ila tug‘ilajak hayvoniy maylu
1
Jaloliddin Rumiy. Ichindagi ichindadur. –T.: Yangi
asr avlodi, 2013.-
B.21-22.
30
hirslardan ozod bo‘lish demak. Nafsning tuban va chirkin
xususiyatlari yo‘qotilib, ularning joyiga yuksak va qiymatli
fazilatlarni sobitlashtirmoq bilan nafs tazkiya etiladi. Ana
shu haqiqat kimyodir, chunki u yomon xulqlar orasidan
nafs ning javharini yuzaga chiqarib, yaxshi va go‘zallari bi-
lan o‘zgartiradi
1
.
Attor inson ongi, botiniy hayotini o‘zgartirmay, zohiriy
dunyoda oliy orzu-umidlarga yetishib bo‘lmasligiga to‘la
ishongan. Irfon kitobi “Asrornoma”sida ta’kidlashicha odam
agar o‘ziga o‘zi marifatsizlik, hayvonlik va shaytonlikni ravo
ko‘rmasa, boshqa birov
uni hirs va manfaat mahbusi, tubanlik
yo jaholat malayiga aylantirolmaydi.
Buyuk alloma Alisher Navoiyning har bir asarida axloq
masalalari ko‘rilgan. Odobli inson, - deydi Navoiy barcha xalq-
lar uchun yoqimlidir, u mansabdor kishilardan go‘zalroq va
badavlat odamlardan hurmatliroqdir, odob – kishilar tarafi-
dan qilishi mumkin bo‘lgan hurmatsizlik eshigini bekitadi va
odamni hazil-mazahdan, kamsitishdan saqlaydi.
Sharqning mashhur ahloqshunoslaridan biri Xusayn
Voiz Koshifiy inson yaxshi xulq, go‘zal (ahloq) muomala
yo‘lidan yurmay turib izzat va sharaf manzilini egallab ol-
masligi, hayvonot biyobonidan insoniyat dorulmulkiga ye-
tib bo‘lmasligini ta’kidlaydi. Koshifiyning axloqiy qarashlari
markazida insonparvarlikka da’vat
turadi va uni juda keng
ma’noda tushunadi. Uning fikricha kishilarning insonpar-
varlik fazilatiga bo‘lgan ehtiyoji suv va olovga bo‘lgan ehti-
yojdan ham muhimroq. Koshifiyning nazdida inson o‘n qoi-
daga amal qilish kerak:
“birinchi – elga muxolifat (teskari) ish qilmaslik; ikkinchi
– o‘z nafsiga insof tilash; uchinchi – kishi aybini ochmaslik;
to‘rtinchi – har kishida uchraydigan (nomunosib, yomon)
xulq-atvor bo‘lsa, uni afv etmoq; beshinchi – uni yaxshilik
tomonga burish; oltinchi – och-yupunlarning hojatini chiqa-
rmoq; yettinchi – inson uchun mashaqqat tortish;
sakkizinchi
1
Qarang: Ibrohim Haqqul. Ijod iqlimi. – T:.Fan, 2009. B.48.
31
– o‘z nafsini tiyish; to‘qqizinchi – kishi xalqqa toza yuz bilan
ko‘rinish; o‘ninchi – kishiga yaxshi so‘z aytmoq”
1
.
Axloq-odobga asoslangan “Turkiy guliston yohud axloq”
asarida Abdulla Avloniy axloqning mohiyati va funksional xu-
susiyatini, inson xulq-atvori va tarbiyasi muammosini chuqur
tahlil qilgani : “Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulq-
larning yomonligini bayon qiladurg‘on kitob axloq deyilur, u
insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi
bir ilmdir”
2
.
Avloniy ahloq binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishiga
tarbiyaning ta’siri kattaligini alohida uqtiradi. Ba’zilar tarbi-
yaning axloqqa ta’siri yo‘q, insonlar asl yaratilishida qanday
bo‘lsalar shunday o‘sarlar, tabiiy o‘zgarmas deb aytadilar. Le-
kin bu so‘z to‘g‘ri emasdir. Chunki tarbiyaning albatta axloqiy
ta’siri bo‘ladi. Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yor-
dami bordir. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o‘ng
ila tersi
kabidir. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlar-
dan saqlanmasa, choponning ustini qo‘yib, astarini yuvib ovo-
ra bo‘lmoq kabidirki, har vaqt ustidagi kir ichiga uradi. Fikr
tarbiyasi uchun mahkam va sog‘lom bir vujud kerakdir. Av-
loniy fikridagi eng xarakterli jihat shundaki, u har bir narsaga
ishonch-e’tiqodni, ixlos va ibratni ta’minlamoq uchun bolani
yoshligidan ana shu fazilatlar ruhida tarbiyalash zarurligini
ta’kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: