O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti b. M. Ochilova axloq falsafasi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/50
tarix02.01.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#38460
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
157-Текст статьи-557-1-10-20200826

Hozirgi zamon axloq muammolari. Kishilik  jamiyat-
ida axloqning o‘rni bahstalab, ayni paytda, muhim ilmiy va 
amaliy mavzulardan biri bo‘lib hisoblanib kelgan. Zero, ax-
loq to‘g‘risida ko‘plab ilmiy qarashlar shakllangan bo‘lsada, 
bugungi kunda ham axloqning tugal konsepsiyasi vujudga 
kelgan emas. E’tiborli jihati shundaki, axloq eng qadimgi 
ta’limotlardan sanalsada, u jamiyatda o‘z ta’sir ahamiyatini 
yo‘qotgan emas. Ayni paytda, axloqning maqsadi va vosita-


70
lari ancha takomillashgan, murakkablashgan jihatlarini ku-
zatamiz. Bunday jihat va ularning muammosi axloq konsep-
siyasining shakllanishidagi nazariy asoslardan biri sifatida 
o‘rganilib kelinmoqda. 
Ushbu shakllangan axloq konsepsiyasida ikki jihat –rea-
lizm va axloq dilemmasi o‘zini namoyon qiladi. 
Jamiyat xohish-istaklari asosida qaror topgan ijtimoiy ta-
lablarning ijtimoiy ongda aks etishi hozirgi zamon axloq fal-
safasidagi realizm konsepsiyasidir. 
Hozirgi zamon axloq falsafasidagi realizm konsepsiyasi 
rivojiga fenomenologiya yo‘nalishi vakillarining ta’limotlari 
sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. 
Fenomenologiya XX asr falsafasidagi yirik yo‘nalishlardan 
biri bo‘lib, fenomenlar yoki hodisalar nazariyasi sifatida tal qin 
qilinadi. Fenomenologiya obyektga subyektning ehtiyojlari, 
talablari nuqtayi nazaridan yondashadi va “subyektsiz obyekt 
yo‘q” degan subyektiv idealistik tamoyilga asoslanadi.  Uning 
tanqidiy  tig‘i  faqat  tabiiy  fanlar  tomonidan  ta’riflanilgan 
hodisalarni haqiqiydir, deb qarashga qarshi yo‘naltirilgan. Bu 
oqim ilmiy ontologiyaga asoslangan bir o‘lchamli standart-
lashtirishga, ya’ni tabiiy fanlargina narsalarni aslida qanday 
bo‘lsa, shunday sharhlaydi, deb hisoblaydigan nazariyaga 
 qarshidir.
Bu qarashlarni G‘arbda shakllangan axloqga oid qarashlar 
bilan qiyoslaganimizda hozirgi zamon realistik axloq konsep-
siyasining mohiyatini anglab yetishga imkon tug‘iladi.
Hozirgi rivojlangan G‘arb sivilizatsiyasining asosi inson 
manfaatlari masalasi bilan bog‘liq erkinliklarni himoya qilish 
zaminida qaror topdi. Shaxs erkini qonunlashtirish g‘arbning 
madaniy jihatdan gullab-yashnashiga sabab bo‘ldi. Savdo-
sotiq rivojlandi, insonning yaratuvchilik qobiliyati keng na-
moyon bo‘lib, ilm-fan taraqqiy topdi. Bu sivilizatsiya va  uning 
rivojlanish tezligi sifat va salohiyatda ilg‘orlikka intilayot-
gan barcha mamlakatlarga ta’sir qilmay qolmas edi. Bundan 
tashqari, XX asr boshlarida paydo bo‘lib, keyinchalik birinchi 
jahon urushiga sabab bo‘lgan dunyoni qayta taqsimlash, yer 


71
osti boyliklariga egalik qilish istagi dunyoni g‘arblashtirish 
g‘oyasini yangi asoslarda rivojlantirishni kun tartibiga qo‘ydi. 
Bu yerda diqqat bilan qaraganda, shu narsa ko‘rinadiki, g‘arbiy 
evropa xalqlari garchi inson erkinliklari uchun kurashlar olib 
borgan, bu yo‘lda ko‘plab mamlakatlar hal etolmagan yutuqlar-
ga erishgan bo‘lsalar-da, bu yutuqlar aslida boylik va kuch-
qudratga asoslanadi. Erkinlikning boylik va kuch-qudratga 
asoslanishi bizga ma’lumki, boshqa xalqlarning erkinliklarini 
oyoq osti qilish, ularni iqtisodiy qaram qilish hisobiga bo‘ldi. 
Insonga erk berish, uni “ochish”, “kashf etish” g‘oyalari zami-
rida ayollar emansipatsiyasi uchun kurashga ulanib ketdi va 
bu XIX asr oxirlariga kelib yuqori darajaga ko‘tarildi.
Ammo hayot shuni ko‘rsatadiki, erkinlik, bir tomondan in-
son rivoji uchun sharoit yaratib, iste’dodlar ro‘yobga chiqib, 
ilm-fan, texnik taraqqiyot gullagan, iqtisodiy o‘sishga sabab 
bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ma’naviy qadriyatlarga 
bepisand qarash, an’analardan voz kechish axloqiy inqirozlar 
yuz berishiga olib keldi. Zero, inson hayotda yakka o‘zi umr-
guzaronlik qila olmaydi, u jamiyat ichida faoliyat ko‘rsatadi. 
Jamiyat esa muayyan axloq-odob, qoida-udumlar, insoniy 
tartibotlarga bo‘ysunish, burch va ma’suliyatni his etish, oila 
sha’ni,  Vatan,  millat  sharafi  uchun  kurashishni  talab  qiladi. 
Inson butkul moddiy talablar quliga aylansa, uning hay-
vondan farqi yo‘q. Hamma narsani moddiy ta’minot, boylik 
bilan o‘lchash falsafasi ayrim g‘arb xalqlari madaniyati va 
ma’naviyatida bugungi kunda ko‘plab buzilishlarga olib keldi. 
Ushbu salbiy jarayon uch yuz yil davomida ijtimoiy va ilmiy 
texnik taraqqiyotni nazarda tutib qonunlashtirilgan erkinlik-
lar, kuch-qudrat va har qanday (hatto tana go‘zalligini ham) 
moddiy boylikning odob-axloq va ma’naviy go‘zallik xislat-
laridan ustunligini namoyish qilish oqibatida kelib chiqdi. 
Jismoniy va aqliy kuch, sifat insonlarda barcha muammo-
larni  hal  etish  vositasiga  aylanib  bordi.  Lekin  odob-axloq, 
ma’naviyat inson ruhiyatiga tegishli xususiyatlar bo‘lib, 
erkinliklarni qonunlashtirishda ular borgan sari o‘z o‘rinlarini 
yo‘qota bordilar. Oqibatda XX asrning ikkinchi yarmida 


72
ma’naviy qadriyatlarga begona avlod vujudga keldi. O‘zlarining 
asosiy maqsadlarini sivilizatsion yetakchilikka, ya’ni asosan 
siyosiy, harbiy, iqtisodiy va madaniy yo‘lboshchilikka qarat-
gan evropa sivilizatsiyasi erkinliklarning ma’naviy sifatiga 
yetarlicha e’tibor qarata olmadi (bu holat hozir ham davom 
yetmoqda). Ma’naviyatdagi bu oqsoqlik uzoq yillar davom et-
gan texnokratik dunyoqarash soyasida yashirinib keldi. 
Ko‘p asrlar davomida diniy an’analar va u belgilagan qoida-
lar bag‘rida yashagan yevropa sivilizatsiyasi taraqqiyot yo‘lini 
boylik va kuch-qudratga bo‘lgan intilishni qanoatlantirishda 
deb bildi va insonga barcha sharoitlar, imkoniyatlarni ana shu 
asosda yaratib berishga urunishni uni «ma’naviy va’zlar»dan 
xalos qiluvchi vositaga aylantirib bordi. 
Ma’naviy-axloqiy qadriyatlardan begonalasha borish, XX 
asrning  60–70-yillariga  qadar  ayollar  erkinliklari,  ularning 
huquqlarini erkaklar bilan tenglashtirishga urunish g‘arbda 
yuksak darajaga ko‘tarildi. 
Ayollar huquqlarining kengaytirilishiga faqat ular tomo-
nidan olib borilgan kurashlargina sabab bo‘ldi, deyish xato 
bo‘lar edi. Bunga ularda ham erkaklar kabi barcha sohalarda 
yaratuvchanlik qobiliyati, turli yo‘nalishlardagi mehnat maj-
buriyatlarini eplay olish salohiyati mavjudligini isbotlovchi 
uzoq davom etgan kuzatishlar, ijtimoiy tadqiqotlar natijalari 
ham sabab bo‘lgan edi.
 Shu ma’noda ayollarga moddiy ishlab chiqarishda erkak-
lar barobarida turish va shu orqali jamiyatda o‘z o‘rnini bel-
gilashga ruxsat etildi. 
G‘arb buni hozirga qadar ayollar huquqlarini muhofaza 
qilish sifatida talqin etib kelmoqda va bu talqinni boshqa 
hududlarga eksport qilishga urinmoqda. 
G‘arb jamiyati maqsadlarining tubida yotgan ma’naviyatga 
befarqlik, loqaydlik xuddi ana shu - ayollar erkinliklarini 
yaratish bilan yuzaga chiqib qoldi. Ayollar emansipatsiyasi, 
birinchi navbatda, oila va nikoh tushunchalari ildizlariga 
bolta urdi. Oila va nikoh qadriyatlari Yevropada ayollar ozod-
ligini bo‘g‘uvchi, cheklab turuvchi vosita sifatida tanazzulga 


73
uchradi, ayni vaqtda, bo‘lg‘usi avlodlarni ma’naviy-axloqiy 
tarbiya qiluvchi o‘choq sifatidagi mazmunini yo‘qotdi. Vahol-
anki, ayol va oila yangi avlod tarbiyasining asosi bo‘lib, bu 
oddiy ish emas, balki butun jamiyat ma’naviyatini namoyish 
etuvchi boshlang‘ich manba rolini bajarib kelayotgan edi.
Erkinliklarni qonunlashtirish jarayonida erkinliklar oqi-
batida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan axloqiy buzilish-
lar, ma’naviy tubanliklar, madaniy hayosizliklarga umuman 
e’tibor qaratilmadi. Bu loqaydlik nikoh haqidagi tushuncha-
larni moddiy asos bilan bog‘lanishiga olib keldi. Bu esa be-
vosita evdemonizm va gedonizm masalalarida turli qarash-
larni yuzaga keltirdi. 
Endi er va xotin o‘rtasida “muqaddas nikoh”, degan 
ma’naviy tushuncha emas, moddiy mablag‘, kuch-qudrat va 
bular ortida turgan erkin fuqarolik tushunchasi asosiy rol 
o‘ynay boshladi. Shuningdek, nikox muqaddasligining bar-
ham topishi oilada ayol va erkak xatti-harakatlarining o‘zaro 
nazoratiga ham nuqta qo‘ydi. 
Ko‘rinib  turibdiki,  inson  manfaatlari  va  ehtiyojlaridan 
kelib chiqib, yaratilayotgan erkinliklarning mohiyati G‘arbiy 
Yevropada  axloq  me’yorlarining  saqlanishi  va  meros  tarzida 
davom etishiga o‘zi bilmagan holda katta to‘siq yaratib qo‘ydi. 
Chegaralanib qolgan ma’naviy, axloqiy madaniyat so‘nggi davr 
avlodlari xarakteriga yetakchi xususiyatlar sifatida to‘la yetib 
bormadi. Cheksiz erkinliklardan kelib chiqqan tarbiya g‘arb 
sivilizatsiyasida ibtidoiy erkin yashashga berilish istagini vu-
judga keltirdi. Moddiy jihatdan yuksak taraqqiy etgan dav-
latlarni ma’naviy jihatdan boshi berk – tanazzul ko‘chasiga 
kiritib qo‘ydi. 
Yevropa olimlarining guvohlik berishicha, ma’naviyatsizlik 
axloq prinsipiga aylanib bormoqda. Masalan, gedonizm 
g‘oyasiga asoslangan turmush tarzi. Ma’lumki, qadimgi yunon 
olimlari Aristin va Elinur tomonidan asos solingan gedonizm 
(yunoncha nedone-lazzatlanish) lazzatlanib umr kechirish 
inson hayotining asl mazmunini tashkil etishi lozim, degan 
qarashga asos bo‘lgan g‘oya va turmush tarziga intilishni ifo-


74
dalaydi. Gedonizmni mutlaqlashtirish inson hayotida moddiy 
boyliklar rolini oshirib, ma’naviy qadriyatlarga e’tiborni su-
saytirishga, oilani qadrsizlanishiga olib keldi. 
An’anaviy ma’naviy qadriyatlarni qoloqlik, qabila-
urug‘chilik belgisi, ozod odam uchun ortiqcha dahmaza, ki-
shan deguvchilar nazarida hamma narsa nisbiy, jumladan, ax-
loq me’yorlari ham. Har bir davrning o‘z “axloqi” bor, doimiy 
qadariyat yo‘q, deydilar. Ular nazarida axloq siyosiy maqsad-
larga xizmat qilish kerak. Maqsadga erishish uchun hamma 
vositalarni qo‘llash joiz, bu yo‘lda kerak bo‘lsa, shayton bilan 
ham hamkorlik qilish mumkin. 
Agar  biz  yuqoridagidek  G‘arbiy  Yevropa  axloqiy  hayotiga 
fenomenologik yondashsak hozirgi zamon axloq falsafasidagi 
realizm konsepsiyasining qiyofasi yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Bu jarayonda hozirgi zamon G‘arb kishisi axloqiy hayotida 
dilemma, ya’ni ikkilanish nuqtasi hosil bo‘ladi.
Shu o‘rinda biz uchun notanish “dilemma” tushuncha-
sining mazmunini aniqlab olish kerak. Dilemma (di... vayun. 
lemma – asos, hukm) - 1) mantiqda – shartli ikki hukmdan va 
ikki hadli bir hukmdan chiqarilgan xulosa, bunda ikkala hal 
ham yo shartli hukmlarning sabablari, yoki ulardan chiqaril-
gan  xulosalarning  inkori  demakdir;  2)  Ko‘chma  ma’noda  no-
xush imkoniyatdan birini tanlab olishga majbur bo‘lish
1
 sifa-
tida ta’riflanadi. 
Hozirgi zamon axloq konsepsiyasi dilemmasidagi asosiy 
muammo shundaki, jamiyat a’zolarining ko‘pchiligi istaklari-
ga qarshi borib an’anaviy axloqiy qadriyatlarni saqlab qolish 
va unitilganlarini tiklash hamda shu asosda yashashiga cha-
qirishi kerakmi? Yoki jamiyat xohish- istaklaridan kelib chiqib 
madaniy  lebiralizm  g‘oyalarini  qo‘llab-quvvatlashi  lozimmi? 
Ushbu ikkilanish nuqtasidagi maqbul yechimni topish G‘arb 
jamiyati kelajagining qanday bo‘lishini ko‘rsatuvchi ikki 
yo‘ldir. 
1
  O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T-3.-T.:  O‘zbekiston milliy ensiklopedi-
yasi Davlat milliy nashriyoti, 2002. – B. 591


75
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimovning  bu  boradagi  ta’kidi  masalaga  oydinlik  kiri-
tadi: “biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odam-
lar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay 
hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta 
olmaydi”
1

Hozirgi zamon etikasidagi g‘oyaviy sayqallanish, prinsipal 
takomillashish va ilmiy-nazariy hamda metodologik jihatdan 
yangilanish hodisalari, chunonchi, “Global etika to‘g‘risida 
Deklaratsiya”, “Bioetikaning umumiy normalari to‘g‘risida 
Deklaratsiya”larining qabul qilinishi, shuningdek, “Atrof-
muhit  etikasi”,  “Kosmosni  o‘rganish  etikasi”  kabi  loyihalar 
etika taraqqiyotida yangilik hisoblanmoqda. Bu hodisalar glo-
ballashuv sharoitida turli madaniy an’analarga ega xalqlar-
ning o‘zaro yaqinlashuvi har bir xalqning milliy axloqiy o‘ziga 
xosligini muhofaza qilish va saqlab qolish yo‘nalishini izchil 
davom ettirishni, ikkinchidan, dunyoviy madaniyat va umum-
insoniy axloqiy qadriyatlarning ilg‘or jihatlarini o‘zlashtirib 
borishni kun tartibiga qo‘ymoqda.
BMT tomonidan 2012-yilning iyun oyida Braziliyaning 
Rio-de-Janeyro shahrida “Rio+20” konferensiyasi o‘tkazildi. 
Ushbu voqea, shuningdek, juda ko‘plab hukumatga qarashli 
bo‘lmagan va davlat muassasalari, BMT agentliklarining ham 
diqqatini  tortdi.  Konferensiyada  “Barqaror  taraqqiyot”  kon-
sepsiyasi bir ovozdan ma’qullandi. Bu konsepsiya kelgusi av-
lodlar hayot tarziga tahdid solmagan holda hozirgi avlodning 
hayot tarzini yaxshilash va ehtiyojlarini qanoatlantirishga yor-
dam beradigan taraqqiyotni ifodalaydi. Boshqacha aytganda, 
bu - bugungi avlodning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va 
ekologik talablariga javob beradigan va kelajak avlodlar uchun 
ham  ma’qul  bo‘lgan  taraqqiyot  yo‘lidir.  Konfrensiyada  asosiy 
e’tibor ikkita masalaga qaratildi. Ulardan biri butun dunyoda 
“yashil iqtisodiyot”ni tashkil etish. Bunda foyda olish yo‘lida 
1
  Karimov I.A. O‘zbekston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqa-
rorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.:  O‘zbekiston. 1997. -B.45


76
atrof-muhit musaffoligi xavf ostiga qo‘yilmasligi kerak. Shun-
day iqtisodiyotning rivojlanishi barqaror taraqqiyotning yorq-
in namunasi bo‘ladi va u qashshoqlikni bartaraf etishda ham 
muhim rol o‘ynaydi. Ikkinchi masala – shunday institutsional 
asosni yaratish kerakki, u dunyo mamlakatlari ichki siyosatni 
olib borishda ham undan foydalana olsin.   
Yana  bir  konsepsiya  bu – “Inson  traqqiyoti”  konsepsiyasi-
dir. BMTning Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan tayyor-
langan 2010-yil “Inson taraqqiyoti haqidagi ma’ruza”da unga 
quyidagicha ta’rif beriladi: “Inson taraqqiyoti o‘z mohiyatiga 
ko‘ra inson erkinliklari qatoriga odamlarning uzoq, sog‘lom 
va ijodkor hayotga bo‘lgan huquqlarini hamda boshqa, ular-
ning  fikri  bo‘yicha  qadrlashga  arzigulik  maqsadlarga  erishish; 
bizning mushtarak sayyoramizda adolat va rivojlanishning 
barqarorligini ta’minlashda faol ishtirok yetishni kiritishdan 
iborat. Odamlar – alohidami yoki guruhlarmi– bir vaqtda inson 
rivojlanishining ham sayi-maqsadi, ham harakatlanti ruvchi ku-
chidirlar”. Bu ta’rifni tushunib yetish quyidagi xulosani chiqa-
rishga imkon beradi: inson taraqqiyoti – kompleks xarakterga 
ega bo‘lib, o‘z ichiga insonning ham moddiy, ham ma’naviy 
ehtiyojlarini qondirishni, uning sog‘liqqa, ta’lim olishga, o‘zini 
ifoda qilish erkinligiga, bugungi va kelgusi avlodlar xavfsizli-
giga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashni qamrab oladi.
Ma’naviy sohada sivilizatsiyaviy hayotning qaror topishi 
eng radikal tarzda bo‘lib, inson ruhiyatida mantiqiy tafakkurni, 
unda esa, sifat jihatdan yangi dunyoqarashni keltirib chiqara-
di. Bu jarayon dunyo mamlakatlari taraqqiyoti evolyutsiyasi, 
unga ta’sir qiladigan texnologik jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy, ma’naviy, axloqiy, mafkuraviy jarayonlarini global-
lashuvi bilan uzviy aloqadorlikda kechadi. “Global muammo-
larning dahshatli ko‘lami shu darajada realki, – deb yozadi 
tadqiqotchi A.Pechchei, – insoniyat bunday tahlikali holat-
dan faqatgina o‘z tafakkuri va xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni 
shakl lantiribgina qutulishi mumkin”
1

1
  Печчеи А. Человеческие качества. – М.: Прогресс, 1980. – С. 5.


77
Shu nuqtayi nazardan global axloq, dunyo miqyosidagi 
qashshoqlik va xalqaro yordam, atrof-muhit muammolari, 
tinchlik va salomatlik kabi turli xil muammolarga duch kel-
adigan umumjahon qadriyatlar va me’yorlarning mazmuni va 
oqlanishi uchun tanqidiy axloqiy tekshiruv maydoni hisobla-
nadi.
Global axloqiy qadriyatlar qat’iy ma’noda bilimni tashkil 
etadi, ya’ni obyektiv ravishda joriy bilim, subyektiv imtiyozlar 
yoki jamoaviy bitim. Bunda – buzilmaslik, hamkorlik (muvo-
fiqlashtirish) va ijobiy aralashuv tamoyillari axloqiyat mezoni 
bo‘ladi.
Insoniyat tamaddunidagi har qanday o‘zgarish, yangila-
nishlar insoniy munosabatlar tizimida kechadi. Bu o‘zgarishlar 
kishilar, millatlar va xalqlararo muloqot tizimida shakllanadi.


78

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin