O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti b. M. Ochilova axloq falsafasi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/50
tarix02.01.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#38460
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
157-Текст статьи-557-1-10-20200826

Komil inson va uning sifatlar. Komil inson tushunchasi 
serqirra, qamrovi keng va shu bilan birga nihoyatda murak-
kabdir. Mavjud falsafiy adabiyotlarda ushbu tushuncha xusu-
sida turli tuman, ba’zida bir-biriga zid fikrlar uchraydi. Ayrim 
adabiyotlarda komil inson tushunchasi o‘rta asrlarda ishlab 
chiqilgan, musulmon sharqida esa asosan islomiy nuqtayi 
nazardan ta’riflab kelingan degan fikrlar ilgari suriladi. Tasav-
vuf adabiyotida mazkur tushuncha ko‘p marta qo‘lga olinib 
munozaralarga sabab bo‘lgan bir qancha qarashlar ilgari su-
rilgan.  Shulardan  biri  Ibn  al  Arabiyning  fikriga  ko‘ra  tangri 
taolo ilohiy nurdan aqlni avvalni yaratgan va uning suvratu 
shaklini “komil inson ” qiyofasida zuhu etgan. Allomaning naz-
dida komil insonning yerdagi timsoli hazrati payg‘ambarimiz 
Muhammad Alayhissalomdir va ul zot vujudida aqliy, ruhiy 
kamolot,  dunyoviy  ilohiy  bilimlar  jamuljamdir.  Ushbu  fikrni 
e’tirof etuvchilar payg‘ambarlardan boshqa zotlarga komil in-
son istilohi shartli ravishda, hurmat-ehtirom belgisi sifatida 
qo‘llaniladi, degan qarashni asoslashga harakat qilishadi. 
Shu  fikrga  zid  o‘laroq, “komil  inson  insonlar  jamiyatidan 
yetishib chiqadigan mo‘tabar zotdir, u azaldan martabasi aniq 
bo‘lgan ruh emas, balki axloqiy ma’naviy poklanish jarayonida 
kamolotga erishadi” qabilidagi talqinlarni ilgari surgan. Ushbu 
qarashlar, garchi bir-biriga zid bo‘lib ko‘rinsada, aslida o‘zaro 
yaqindir, ya’ni, inson kamoloti e’tirof etilishini ko‘ramiz. 
Inson tabiatning, barcha tirik mavjudotning gultoji deyil-
ganda uning ko‘plab hislatlari, avvalo aql sohibi ekanligi, yuk-


61
sak ma’navit egasi bo‘la olish imkoni nazarda tutiladi. Qur’oni 
Karimda:  “Laqod xallakna-e-insona fii taqvim”. (Darhaqiqat, 
insonni eng go‘zal shak-lu shamoyilda yaratdik ) deb aytiladi. 
Alloh taolo insonni yaratar ekan, unga nihoyatda ulug‘ riso-
lat taqdir etdi, ammo jannatdan yerga tushgan inson kamolot 
yo‘lini eng tuban holatdan asta-sekin yuksaklikka intilish bi-
lan boshladi.
Ilk insoniyat davridan bugungi kamolot qiyofasi shakl-
lanishuvigacha bo‘lgan takomil jarayonida inson o‘zligini 
ang lash va vakillikni tushunishda asotir tafakkur bosqichidan 
ilmiy tafakkur bosqichiga ko‘tarildi, bunda undagi aql, e’tiqod 
va  ilm,  iroda  qudrati  va  mehr,  fidoyilik  va  donishmand lik 
yagona mohiyat kasb etdi, shuningdek, insondagi tabiiy ehti-
yojlar va ma’naviy dunyo zamon va makonda o‘zgarib, goh 
kamolot sari yuksalib, goh qashshoqlashib turdi. Binobarin, 
komil  inson  tasnifining  har  bir  davrda  o‘ziga  xos  bo‘lgan 
shakl-u shamoyili, belgisi va xususiyati bo‘lishi tabiiy hol-
dir.  Komil  inson  sifatlari  tasavvufda,  dinda,  ilm  ahillarining 
har birida o‘ziga xos talqin etiladi. Din shariat ahli nazarida 
komil inson – farz-sunnatning amallarini ado etuvchi mo‘min 
– musulmon hisoblansa, dunyoviy ilm namoyondalari unga 
aqlli zot, deb ta’rif beradi, tasavvufda esa komil inson bo‘lish 
uchun bularning o‘zi yetarli emas. U, fozillik, aqllilik, odillik, 
mo‘min-musulmonlikni bekam-u ko‘st bajarishdan tashqari, 
yana avliyo ham bo‘lmog‘i kerak. Ya’ni u o‘zgalarga g‘oyibdan 
xabar berib turuvchi karomatli kishi maqomiga ko‘tarilgan 
bo‘lmog‘i kerak. Albatta, bu fazilatlar barchaga birday nasib 
etmaydi. Ammo, ilm-ma’rifat, mehnat-u mashaqqat orqa-
li inson irodasi toblanib, unda komillik sifatlari shakllanib 
borishi, shubhasiz. 
Komil inson tushunchasi ilk marotaba Shayxi Kabir nomi 
bilan mashhur bo‘lgan Muhyiddin Ibnal Arabiy tomonidan 
muomalaga  kiritilgan.  Ibnal  Arabiy  fikriga  ko‘ra  komil  inson 
aqliy, ruhiy, dunyoviy va ilohiy bilimlar kamoloti egalaridir.
Aziziddin  Nasafiy  esa  o‘z  davrida  “Komil  inson”  nomli 
asarida  komil  insonga  quyidagi  chizgilarni  beradi:  “Komil 


62
insonda to‘rt narsa kamolotga yetgan bo‘ladi, ya’ni yaxshi 
so‘z, yaxshi ish, yaxshi axloq va maorif”. Alloma kamolotning 
belgisi sifatida ikki narsani asos qilib ko‘rsatadi. Buning biri 
hamida (maqtalgan) axloq bo‘lsa, ikkinchisi o‘z-o‘zini tanish-
dir. Shu ikki asosning bor yoki yo‘qligiga qarab Nasafiy odam-
larni uch qismga ajratgan. Birinchisi – hamida axloqiy xis-
latlar bilan bezangan va o‘zini tanimagan odamlar. Ikkinchisi 
– hamida axloqiy xislatlar bilan bezangan, ammo o‘z-o‘zini 
tanimagan odamlar. Uchinchisi hamida axloqiy sifatlar bilan 
bezangan va o‘z-o‘zini tanigan odamlar. Nasafiyning ta’kidiga 
ko‘ra, keyingi uchinchi toifa odamlar komili insonlardir.
“Nasafiy sanagan sifatlarning dastlabki uchtasi, ya’ni yax-
shi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi xulq Zardusht kitobi “Avesto”dan 
olingandir (“Guftori nek, kirdikori nek, raftori nek”). Bu sifat-
lar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan 
chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan ezgu ishlarga tay-
yor turadi. Aziziddin Nasafiy yaxshi axloq haqidagi Zar dusht 
oyati  yoniga  “maorif”,  ya’ni  tasavvufiy  poklanish  talabini 
qo‘shib qo‘ygan. Uning fikricha, tariqat yo‘liga kirgan solihlar-
ning vazifasi-maqsadi ushbu to‘rt fazilatni egallashdir. Kimki 
o‘zida shu sifatlarni kamol toptirsa, u kamolga erishadi”
1
.
Ahmad  Yassaviy  “Devoni  hikmat”  larida  komil  uchun 
 majburiy bo‘lgan barcha farz va sunnatlarni ixcham tarzda 
ifodalaydi:

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin