151
yiroq bo‘ladi. Ular bilan muloqot qilish qiyin. Ushbu fi-
krda kishidagi qanday illat ko‘rsatilgan?
A. Manmanlik
B. Andishasizlik
C. Chaqimchilik
D. Munofiqlik
10. “Axloqiy o‘zlikni anglash” tushunchasini mohiyati
yoritilgan javobni belgilang.
A. Millatning, ana shu millat vakillarining axloqiy o‘ziga
xosligini anglash
B. Millatning urf-odatlarini anglash
C. Millatning qadr-qimmatini va merosini anglashi
G. Millatning ruhiy olamini anglash
11. Axloqda “iroda erkinligi” tushunchasi nimani
o‘zida ifodalaydi?
A. Aqlga muvofiq, vijdon amri va mas’uliyatga bo‘ysingan
holda xatti-harakatini tanlashni
B. Taqdiri azal, inson taqdiriga
yozilganidan boshqa nar-
sa qilolmasligini
C. Instinktiv tarzda shakllangan iroda insonning barcha
intilishlarining asosida turishini
G.Tajriba asosila shakllangan udum va odatlarni ixtiyoriy
bajarishni
152
XULOSA
Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy
hayotidagi
muommolar, kishilarimizning turmush tarzi, tafakkuridagi,
ruhiyatidagi o‘zgarishlarni insoniy fazilatlar ustuvorligiga
yo‘naltirish uchun uning ilmiy-amaliy yechimiga jiddiy qa-
rash zarur.
Bu borada avvalo, yoshlar manaviy-axloqiy ongini shakl-
lanishtirish va rivojlantirishga oid qarashlarni takomillashti-
rish, muammolarni aniqlash va ularni
yechishning konseptual
asoslarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Axloq nazariyasi va amaliyoti uning tarixi bilan qonuniy
ravishda bog‘langan. Shuning uchun axloq va axloqlilik
hodisasini uning taraqqiyoti va muammolari tahlili orqali
o‘rganish kutilgan natijani beradi. Sevimli shoirimiz Erkin
Vohidov aytganidek “Ming asrlar ichra pinhon...» yashab
kelayotgan juda tabarruk urf-odatlarni, axloqiy g‘oyalar va
o‘gitlarni, hayotiy ma’naviy-axloqiy tamoyillarni, dasturiy
umuminsoniy qadriyatlarni saqlab qolish kerak. Kattalarga
hurmat, kichiklarga shafqat, qarindosh-urug‘lar o‘rtasida bir-
birlariga
samimiy oqibat, qo‘ni-qo‘shni o‘rtasidagi mehr, bir-
birlarini bilish, yaqinlar o‘rtasida bordi-keldi qilib turishlar,
o‘zini ham, o‘zgani ham tanish, insof, diyonat, har narsaga
halol, pok munosabatda bo‘lish kabilar o‘shanday belgi-
lardandir. Bu kabi qadriyatlar yoshlar ma’naviy-axloqiy ongi,
uning qaror topishiga ijobiy ta’sir qiluvchi omillardir.
Bilim va ilm, tajriba va malaka, qobiliyat va iste’dod
ma’naviyatlilikning muhim jihatlari sifatida muayyan axlo-
qiy kamolot zaminida shakllanadi. Aql-idrokning amaliy ifo-
dalari real ko‘rinishlaridan biri har doim axloq-odob bo‘lgan.
Abu Ali
Ibn Sino yozganidek, har qanday bilim narsaning ichki
sabablarini bilish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki,
ilm hodisalarni kuzatish, ularni o‘rganish va sabablarini bil-
ishga asoslanadi. Ilmning maqsadi kuzatish va tekshirish
qurolini to‘g‘ri bilishdan iboratdir. Mana shunday qurol yor-
dami bilangina o‘rganilayotgan
hodisalar haqida mukammal
bilimga ega bo‘lish mumkin.
153
Shu nuqtayi nazarlardan kelib chiqib Etika fanida :
– fanni emas, balki hodisalarni o‘rganish (phenomenon
based learning)
– axloq hodisasidagi xilma-xillik, nochiziqlilik va chiziqli-
lik, ochiqlik va yopiqlik, ichki va tashqi tebranish, beqarorlik
va beqarorlik holatlarini sabab va omillarini o‘rganish ;
– yoshlarni yangi va o‘zgarib borayotgan dunyo muhitiga
moslashib ketishga o‘rgatish;
– katta va haqiqiy hayotga tayyorlash;
– madaniyatlar va turmush tarzining boshqa shakllari
o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish amaliyotini o‘rganish
kerak;
– urbanizatsiya va o‘z-o‘zini boshqarish holatini to‘g‘ri
tashkil etish;
– an’anaviy darslar o‘rniga “bo‘limlar” tashkil etish kerak.
Bunda axloq va axloqlilik (yoki aqloqsizlik)ni
turli tarafdan
o‘rganish nazarda tutilmoqda. Misol uchun, burch kategori-
yasini shaxsning o‘z-o‘zini anglashi nuqtayi nazaridan;
shaxs ning o‘zgalar manfaatini himoya qilishi nuqtayi nazari-
dan; shaxsning o‘z jamiyatini muhofaza qilishi nuqtayi naza-
ridan; shaxsning davlat xizmatida bo‘lishi nuqtai nazaridan,
shaxsning umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishni me-
zonidan o‘rganish ko‘zda tutilmoqda.
Etika fanining muammoviy
maydonini hozirgi zamon
odamlari va jamiyatlari orasidagi munosabatlar, majburiyat,
xarakter va emotsiya, egoizm va hissiyot, axloq va erkinlik
kabi dolzarb masalalar bilan kengaytirib, “Jikzo”, “Blended
learning”, “Case Study”, “SWOT tahlil”,“4 pog‘ona”, “VEEN”,
“Sinkveyn”, “Yo‘naltiruvchi matn”, “Tadqiqot sinfi”, “Dialog
orqali talim”, “Qanday” , “Nima uchun”, “Muammolik” o‘qitish
texnologiyalari asosida o‘quvchining o‘z-o‘zini
baholash, o‘z-
o‘zini tashkillashtirishi va o‘zaro baho berish, muhokama qil-
ish, tanqid va aniqlik kiritish, kreativ fikrlash tamoyillari aso-
sida ta’limiy tarbiyani tashkil qilish kerak.