O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti b. M. Ochilova axloq falsafasi


 Bundaylar odamning atrofdagilardan yashirib yura-



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/50
tarix02.01.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#38460
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
157-Текст статьи-557-1-10-20200826

9. Bundaylar odamning atrofdagilardan yashirib yura-
digan zaif joyini bilib olib, unga qayta-qayta tegaverisha-
di. Tana va minnat qilishga moyil bo‘ladi, mulohazadan 


151
yiroq bo‘ladi. Ular bilan muloqot qilish qiyin. Ushbu  fi-
krda kishidagi  qanday illat ko‘rsatilgan?
A. Manmanlik
B. Andishasizlik
C. Chaqimchilik
D.  Munofiqlik
10. “Axloqiy o‘zlikni anglash” tushunchasini mohiyati 
yoritilgan javobni belgilang.
A.  Millatning, ana shu millat vakillarining axloqiy o‘ziga 
xosligini anglash
B.  Millatning urf-odatlarini anglash
C.  Millatning qadr-qimmatini va merosini anglashi
G.  Millatning ruhiy olamini anglash
11. Axloqda “iroda erkinligi” tushunchasi nimani 
o‘zida ifodalaydi?
A.  Aqlga muvofiq, vijdon amri va mas’uliyatga bo‘ysingan 
holda xatti-harakatini tanlashni
B.  Taqdiri azal, inson taqdiriga yozilganidan boshqa nar-
sa qilolmasligini
C.  Instinktiv tarzda shakllangan iroda insonning barcha 
intilishlarining asosida turishini
 G.Tajriba asosila shakllangan udum va odatlarni ixtiyoriy 
bajarishni


152
XULOSA
Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotidagi 
muommolar, kishilarimizning  turmush  tarzi, tafakkuridagi, 
ruhiyatidagi o‘zgarishlarni insoniy fazilatlar ustuvorligiga 
yo‘naltirish uchun uning ilmiy-amaliy yechimiga jiddiy qa-
rash zarur. 
Bu borada avvalo, yoshlar manaviy-axloqiy ongini shakl-
lanishtirish va rivojlantirishga oid qarashlarni takomillashti-
rish, muammolarni aniqlash va ularni yechishning konseptual 
asoslarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Axloq nazariyasi va amaliyoti uning tarixi bilan qonuniy 
ravishda bog‘langan. Shuning uchun axloq va axloqlilik 
hodisasini  uning taraqqiyoti va muammolari tahlili orqali 
o‘rganish kutilgan natijani beradi. Sevimli shoirimiz Erkin 
Vohidov aytganidek  “Ming asrlar ichra pinhon...» yashab 
kelayotgan juda tabarruk urf-odatlarni, axloqiy g‘oyalar va 
o‘gitlarni, hayotiy ma’naviy-axloqiy tamoyillarni, dasturiy 
umuminsoniy  qadriyatlarni  saqlab  qolish  kerak.    Kattalarga 
hurmat, kichiklarga shafqat, qarindosh-urug‘lar o‘rtasida bir-
birlariga samimiy oqibat, qo‘ni-qo‘shni o‘rtasidagi mehr, bir-
birlarini bilish, yaqinlar o‘rtasida bordi-keldi qilib turishlar, 
o‘zini ham, o‘zgani ham tanish, insof, diyonat, har narsaga 
halol, pok munosabatda  bo‘lish  kabilar  o‘shanday  belgi-
lardandir. Bu kabi qadriyatlar yoshlar ma’naviy-axloqiy ongi, 
uning qaror topishiga  ijobiy ta’sir qiluvchi  omillardir.
Bilim va ilm, tajriba va malaka, qobiliyat va iste’dod 
 
ma’naviyatlilikning  muhim  jihatlari sifatida muayyan axlo-
qiy kamolot zaminida shakllanadi. Aql-idrokning amaliy ifo-
dalari real ko‘rinishlaridan biri har doim axloq-odob bo‘lgan. 
Abu Ali Ibn Sino yozganidek, har qanday bilim narsaning ichki 
sabablarini bilish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, 
ilm hodisalarni kuzatish, ularni o‘rganish va sabablarini bil-
ishga asoslanadi. Ilmning maqsadi kuzatish va tekshirish 
qurolini to‘g‘ri bilishdan iboratdir. Mana shunday qurol yor-
dami bilangina o‘rganilayotgan hodisalar haqida mukammal 
bilimga ega bo‘lish mumkin.


153
Shu nuqtayi nazarlardan kelib chiqib  Etika fanida :
– fanni emas, balki hodisalarni o‘rganish (phenomenon 
based learning) 
–  axloq hodisasidagi xilma-xillik, nochiziqlilik va chiziqli-
lik, ochiqlik va yopiqlik, ichki va tashqi tebranish, beqarorlik 
va beqarorlik holatlarini sabab va omillarini o‘rganish ;
–  yoshlarni yangi va o‘zgarib borayotgan dunyo muhitiga 
moslashib ketishga o‘rgatish;
–  katta va haqiqiy hayotga tayyorlash;
– madaniyatlar  va turmush tarzining boshqa shakllari 
o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish amaliyotini o‘rganish 
kerak;
– urbanizatsiya va o‘z-o‘zini boshqarish holatini to‘g‘ri 
tashkil etish;
–  an’anaviy darslar o‘rniga “bo‘limlar” tashkil etish kerak. 
Bunda axloq  va axloqlilik (yoki aqloqsizlik)ni turli tarafdan 
o‘rganish nazarda tutilmoqda. Misol uchun,  burch  kategori-
yasini  shaxsning  o‘z-o‘zini anglashi nuqtayi nazaridan; 
shaxs ning o‘zgalar manfaatini himoya qilishi nuqtayi nazari-
dan; shaxsning o‘z jamiyatini muhofaza qilishi nuqtayi naza-
ridan; shaxsning davlat xizmatida bo‘lishi nuqtai nazaridan, 
shaxsning umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishni me-
zonidan o‘rganish ko‘zda tutilmoqda.
Etika fanining muammoviy maydonini hozirgi zamon 
odamlari va jamiyatlari orasidagi munosabatlar, majburiyat, 
xarakter va emotsiya, egoizm va hissiyot, axloq va erkinlik 
kabi dolzarb masalalar bilan kengaytirib,  “Jikzo”,  “Blended 
learning”,  “Case Study”, “SWOT tahlil”,“4 pog‘ona”, “VEEN”, 
“Sinkveyn”,  “Yo‘naltiruvchi  matn”,  “Tadqiqot  sinfi”,  “Dialog 
orqali talim”, “Qanday” , “Nima uchun”, “Muammolik” o‘qitish 
texnologiyalari asosida o‘quvchining o‘z-o‘zini baholash, o‘z-
o‘zini tashkillashtirishi va o‘zaro baho berish, muhokama qil-
ish, tanqid va aniqlik kiritish, kreativ fikrlash tamoyillari aso-
sida ta’limiy tarbiyani tashkil qilish kerak.
 


154

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin