O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti b. M. Ochilova axloq falsafasi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/50
tarix02.01.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#38460
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
157-Текст статьи-557-1-10-20200826

ATAMALAR IZOHLI LUG‘ATI
ADAB – hulqni chiroyli qilish, so‘zni va fe’lni soz qilish.
AXLOQ – lotincha “moralis”, “mores” so‘zlaridan olingan bo‘lib, 
ma’nosi xulq, odat demakdir. Axloq so‘zi arabcha bo‘lib, xulq so‘zining 
ko‘pligidir.  
AXLOQIY  BAHOLASH –  ijtimoiy    voqelikning  turli  hodi salarini  
va  kishilarning  xatti-harakatlarini  ular qanday axloqiy ahamiyatga 
ega bo‘lishiga qarab  ma’qullash yoki qoralash.
AXLOQIY QOIDALAR – bir  xildagi ish amallarga joriy qilinadi-
gan umumiy talab va ta’qiqlar vositasi bilan kishilar xatti-harakatini 
tartibga soluvchi axloq-odob talablari. 
AXLOQIY ONG– ma’naviy faoliyat, bu faoliyatni tartibga soluv-
chi, burchli bo‘lishning, insonga qo‘yiladigan talablar ning turli shak-
llarida yuz beradigan axloqiy munosabatlarni va mazkur munosabat-
larni tegishli tasavvurlar tarzida aks etishi.
AHLI MA’NI -  aql va idrok bilan ish ko‘ruvchi yuksak tafakkur 
sohiblari.
AHLI SUVRAT – kibrlanish, viqorli bo‘lish, zebu ziynatga beril-
ish, o‘zgalarga zulm o‘tkazishdan huzurlanish.
AXLOQIY FAZILAT – odamni  yaxshi ishlarni qilishga va go‘zal xul-
qlar sohibi bo‘lishga da’vat etuvchi ichki (axloqiy) sifatlar.
BARQARORLIK–  inson    ma’naviy  borlig‘ida  turli  holatlar  rat-
sional va garmonik tarzda faoliyat olib borishi.
BAXTU SAODAT– insonning oliy motivatsiyasi va maqsadi, mu-
vozanat va barqarorlik.
BEQARORLIK–inson moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining doimiy 
tarzda o‘sib borishi.
GEDONIZM – gedonizm (yunoncha, nedone- lazzatlanish) laz-
zatlanib umr kechirish inson hayotining asl mazmunini tashkil eti-
shi lozim, degan qarashga asos bo‘lgan g‘oya va turmush tarziga 
intilishni ifodalaydi.   Gedonizmni mutlaqlashtirish  inson hayotida  
moddiy boyliklar rolini oshirib, ma’naviy qadriyatlarga e’tiborni su-
saytirishga olib keladi.  
DONOLIK – eng a’lo darajadagi narsalar to‘g‘risidagi eng yuqori 
bilim.
IBRAT – arabcha o‘git, pand-nasihat, o‘rnak.
INSON – biosotsial va ruhiy-ma’naviy mavjudod, o‘z-o‘zini 
tashkillashtiruvchi tizim.


155
INSON MA’NAVIY  BORLIG‘I – murakkab strukturaga, ko‘plab xos-
salarga, atributiv jihatlarga ega bo‘lgan murakkab tizim.
IXLOS – kishining ijtimoiy voqelikdagi hodisa jarayonlarga mu-
nosabati, qiziqishi, ishtiyoqi, ishonchi  negizida shakl lanadigan, 
imoni, e’tiqodi, diyonati asosida takomillashib borib faoliyatga 
yo‘nalish beruvchi botiniy tuyg‘u, intilish, maqsadlar mujassamidir.
ODAT – hamma tan olgan tartib-harakat tarzi, barcha etirof etgan ax-
loqiy ko‘nikmaga aylangan va o‘zlashtirilgan hayot mezonlari.
URF-ODAT – ijtimoiy guruh yoki jamiyat tomonidan qabul qilib 
olinadigan xulq-atvorning bir ko‘rinishi, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni boshqarishning manaviy-axloqiy omili.
O‘Z - O‘ZINI NAZORAT QILISH – insonning o‘z hatti harakatla-
rini, emotsiyalarini boshqara olish qobiliyati.
O‘Z-O‘ZINI  TANQID  QILISH  –  insonning  o‘z  harakatlaridagi 
hatolarni topa olishi, o‘z-o‘zidan qoniqmaslik asosida o‘z faoliyatini 
tanqidiy baholashi.
O‘Z-O‘ZINI ANGLASH – insonning o‘z mavjudlik mohiyatini an-
glashi, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olishi.
XULQ  (ODOB)   –  deganda,  rasm-taomul,  odat-odatlarning  bu-
tunligi, odamlar o‘rtasida iqtisodiy tuzum taqozosi bilan, turmush 
sharoitning alohida tarzidan, an’analaridan paydo bo‘lgan va lekin 
muntazam qarashlar, qoidalar, yo‘l-yo‘riqlar tizimiga kirmagan mu-
nosabatlarning xususiyati tushuniladi. Xulq (odob) – odamlarning 
amaliy xatti-harakati, odamlar o‘rtasidagi amaliy munosabatlardir. 
EVDEMONIZM – baxt-saodat,  rohat-farog‘atni kishilar xayotin-
ing oliy maqsadi deb hisoblaydigan axloqiy yo‘nalish. 
ETIKA – yunoncha    “ethos” olingan bo‘lib, ma’nosi xulq,  odat 
degan ma’noni bildiradi. Etika axloqning paydo bo‘lishi va tarixiy 
taraqqiyot qonuniyatlarini, axloqiy hodisalarning o‘ziga xos xususi-
yatlarini, axloqning ijtimoiy mohiyatini va u orqali ijtimoiy jaray-
onlarni o‘rganadi. 
ETIKET – inson va jamiyat tashqi madaniyatining asosiy qismi 
bo‘lib, yaxshi xulq, jamoat joylarida o‘zini to‘g‘ri tutish, tashqi qi-
yofa va muomila madaniyati tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi.
ETOSFERA – axloqiy muhit
E’TIQOD – inson shaxsining axloqiy qiyofasi bilan be vosita 
bog‘liq bo‘lgan ustuvor g‘oyalari va intilishlari.
 


156

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin