BAKTERIYALAR
Bakteriya — lotincha sо‘z bо‘lib, tayoqcha ma’nosini bildiradi. Bakteriyalar odam va hayvonlarning kasallanashlariga sababchilar orasida katta о‘rin tutadi. Ular kengroq о‘rganilgan, shuning uchun bakteriyalarni tasvirlashga kо‘lroq e’tnbor beriladi.
Bakteriyalar bir hujayrali, xlorofilsiz, prokariot turli organizmlardir. Tashqi kо‘rinishi jihatidan tо‘rtta asosiy:
Qokklar — sharsimon.
Bakteriyalar va batsillalar — tayoqchasimon.
Vkbrion va spirillalar — bukilgan va spiralsimon.
Xlomidobakteriyalar — ipsimon guruhlarga bо‘linadi.
Yuqorida kо‘rsatilgan gruppalardan uchtasi odam va hayvonlarda kasal qо‘zg‘atadi, tо‘rtinchisi esa kasal qо‘zg‘atmaydi. Bularga oltingugurt va temir bakteriyalar kiradi.
1. Qokklar (lotincha kokkus — don) — sharsimon bakteriyalardir. О‘zaro joylashishiga qarab monokokk, diplokokk, tetrokokk, streptokokk va sarsinalarga bо‘linadi. Ular kо‘paygaida bir, о‘zaro perpendikulyar, ikki yoki uch tekislnkka bо‘linadi. Bunday bо‘linishdan keyin ular bir-biriga bо‘sh bog‘lanib qoladi, natijada о‘zaro joylashuvi jihatdan farq qiladigan kokklar vujudga keladi.
Monokokklar (mono — grekcha sо‘z bо‘lib, bir, yakka ma’nosini bildiradi) bо‘lingandan keyin har qaysisi alohida joylashadi.
Diplokokklar (di — grekcha ikki, juft) bir tekislikda bо‘linadi va juft-juft bо‘lib jonlashadi.
Tetrokokklar — (tetra — grekcha tо‘rtta) о‘zaro perpepdikulyar ikki tskislikka bо‘linadi va tо‘rttadan joylashadi.
Streptokokklar (streptus — grekcha sо‘z bо‘lib, zanjir ma’nosini bildiradi) zanjirsimon joylashgan kokklardir.
Sarsinalar — (sarsio — lotincha sо‘z bо‘lib, bog‘layman ma’nosini bildiradi) о‘zaro perpendikulyar, uch tekislikka bо‘lingan kokklar, ular 8 — 16 dan tо‘p-tо‘p bо‘lib joylashadi.
Stafilokokklar — (stafilokokkus — lotincha sо‘z bо‘lib, shingil ma’nosini bildiradi) tartibsiz bо‘linib, uzum shingili shaklida joylashadi.
2. Tayoqchasimon — о‘z navbatida uchtaga bо‘linadi: bakteriyalar, batsillalar va klostridiyalar.
Bakteriyalarga spora hosil qilmaydigan, batsillalarga spora hosil qiladigan tayoqchasimon mikroblar, klostridiyalarga xam spora hosil qiladigai yig‘simon tayoqchalar kiradi.
Tayoqchasimon bakteriya va batsillalar kokklar singari uzunasiga juft-juft bо‘lib joylashganda, diplobakteriya yoki diplobatsillalar deyiladi, zanjir bо‘lib joylashsa, streptobakteriyalar yoki streptobatsillalar deb ataladi.
Tayoqchasimon bakteriyalarning ayrimlari tashqi kо‘rinishi bilan bir-biridan ancha farq qiladi. Qat’iyan silindr shaklidagi bochkasimon, uchlari tо‘mtoq va shuiga о‘xshash tayoqchalar ma’lum.
Klostridiyalar (kloster — grekcha sо‘z bо‘lib, yig‘ ma’nosini bildiradi). Bu gruppaga spora hosil qiladigan va spora hosil bо‘lishda ularning о‘rtasi kengayib yir shaklnni oladigan mikroorganizmlar kiradi.
3. Spiralsimon bakteriyalar — bularga:
Vibrionlar (vibrio — lotincha sо‘z bо‘lib, egilaman ma’nosini bildiradi) vergul shaklli, bir buramali bо‘ladi.
Spirillalarga (spira — lotincha sо‘z bо‘lib, buralaman ma’nosini bildiradi) ikki-uch va hatto beshtagacha buramali mikroblar kiradi. Spiraxetalarga juda kо‘p mayda, uzun va ingichka burmali bakteriyalar kiradi.
4. Xlomidobakteriyalarda odam va hayvonlarda kasallik kо‘zg‘atadigan mikroblar bо‘lmaydi. Ularga tiniq suv omborlarida yashaydigan oltingugurt va temir bakteriyalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |