Virusni hujayraga birikishi va hujayra irsiy omiliga transformatsiya bosqichlari.6
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. To‘ychiyev S., Toshmonov N., Fayzullayev “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2004. (14-21 bet)
2. Stephen R. Bolsover “CELL BIOLOGY” University College London. 2004. (11-15 bet)
5-Mavzu: Turli kassaliklar keltirib chiqaruvchi vakillari. Onkogen viruslar. DNK va RNK irsiyatiga ega bo‘lgan viruslar. Faglar va lizogen bakteriyalar.
REJA:
Onkogen viruslar.
DNK va RNK irsiyatiga ega bo‘lgan viruslar.
Faglar va lizogen bakteriyalar.
Tayanch iboralar: Kapsid, latent, virosporalar, chechak, ensifolit, adenoviruslar, pikodnaviruslar
Mikroblar yer yuzidagi tirik organizmlarning eng qadimiysidir. Ular yer yuzida uch milliard yil oldin paydo bо‘lgan. Ba’zi olimlarnnng fikriga qaraganda yer yuzidagi hayot mikroblardan boshlangan, yana boshqa olimlarning fikricha yer yuzida avval hujayrasiz tirik organizmlar (arxebiontlar, fotobiontlar, protobiontlar va boshqalar) bо‘lgan. Hayotning rivojlanishi oddiy organizmlardan murakkabroq organizmlarga qarab taraqqiy etgan. Avvalo viruslar (tarkibida RNK, sо‘ngra DNK borlar) paydo bо‘lib, undan sо‘ng riketsiyalar, mikoplazmalar, bakteriyalar, kо‘k-yashil suv о‘tlar, zamburug‘lar, о‘simliklar va nihoyat hayvonlar yuzaga kelgan.
Bir hujayrali va kо‘p hujayrali organizmlar orasida о‘xshashlik mavjud, chunki bir hujayrali organizmlarda organlar vazifasini hujayra organoidlari bajaradi. Masalan, bakteriyalarning harakatlanish organlari xivchinlardir, yadro va plastidalar yuksak о‘simliklarning organoidlariga о‘xshashdir.
Mikroorgannzmlar klassifikaiiyasida ularning morfologik belgilarnga asoslanilardi. Chunki odamlarga bundan tashqari hsch narsa ma’lum emas edi. XIX asrshshg oxprida mikroorgapizmlarning kо‘p turlari annqlangach, olimlar, asosan botaniklar о‘simliklar klassifixatsiyasida qо‘llanilgak usullar yordamida mikroorganizmlarni gruppalarga bо‘lganlar. 1896 yilda K Leman va R. Neymai birpnchi bо‘lib, hamme mikroorganizmlarnn uchta: 1) sharsimon, 2) tayoqchasimop, 3) spiralsimon gruppalarga bо‘lgan edilar. Bu gruppalarga bо‘„gpshda asosan ularnpng tashqi kо‘rinishi hisobga olingandi. Bir yildai sо‘ng mikroblarni sistemaga solishda ularning morfologik belgilari bilan bnrga fiziologik belgilari ham hisobga olnnadigan bо‘ldn. Hozirgi sharoitda mikroorganizm.larni klassifikatsiyalashda belgilarning yig‘nndisi hisobga olinadi. Bularga fenotipik (morfologik, kulturali, fiziologik hamda boshqa xossalar) va genotipik (DNKning fizikaviy va ximiyavny xossalari) belgilari kiradi.
1924 yilda D. Bergi degan olimning redaksiyasida Amerika mikrobiologiya assotsiatsiyasi «Bakteriyalarning aniqlagichi»ni nashr etgan edi. 1974 yilda uning 8-chi nashri bosildi. Bu aniqlagichga asoslanib hamma mikroblar prokariot olamiga birlashtirildi. Prokariot olami ikkita bо‘limga bо‘lingan:
Panobakteriyalar yoki kо‘k-yashil suv о‘tlar.
Bakteriyalar.
Bakteriyalar о‘z navbatida о‘n tо‘qqiz guruhga bо‘linadi:
Fototrofli bakteriyalar.
Toygoklanadigan bakteriyalar.
G‘ilofli bakteriyalar.
Kurtaklanadigan va butoqli bakteriyalar.
Spiraxetalar.
Spiralsimon va bukilgan.
Grammanfiy aerob tayoqcha va kokklar.
Grammanfiy fakultativ anaerob tayoqchalar.
Grammanfiy anaerob bakteriyalar.
Grammanfiy kokklar va kokkobatsillalar (aeroblar).
Grammanfiy kokklar (anaeroblar).
Grammanfiy xemolitotrof bakteriyalar.
Metan hosil qiladigan bakteriyalar.
Grammusbat kokklar.
Endosporalarni hosil qiladigan tayoqchalar va kokklar.
Grammusbat asporagen (spora hosil qilmaydigan) tayoqchasimon bakteriyalar.
Aktinomitsitlar va bularga yaqin turadigan mnkroorganizmlar.
Rikketsiyalar.
Mikoplazmalar.
M. A. Krasilnikov esa о‘zining «Bakteriya va aktinomitsetlarning aniqlagichi»da (1949 yil) 6000 dam ziyod mikroorganizmlarni nomlab chiqib, ularni ikkita gruppaga bо‘lgan:
Xlorofill hosil qiladiganlar.
Xlorofilsiz mikroorganizmlar.
Ikkinchi gruppa tо‘rtta sinfdan iborat:
Aktinomitsetlar.
Bakteriyalar.
Miksobakteriyalar.
Spiraxetalar.
Har bir sinf esa о‘z navbatida mayda sistematik gruppalarga bо‘linadi.
Hozir hamma hujayrali jonivorlar hujayrasining tuzilishiga, о‘zak va organellalarning sitoplazma bilan munosabatiga, qobig‘ning tarkibiga va boshqa belgilariga qarab ikkita gruppaga bо‘linadi:
Prokariotlar.
Eukariotlar.
Prokariotlardagi mikroorganizmlarda о‘zak modda va organellalar sitoplazmalardan maxsus parda bilan ajratilmagan.
Eukariotlar gruppasidagi mikroorganizmlarda esa о‘zak va organellalar maxsus pardalar bilan о‘ralgan va shu parda ularni sitoplazmadan ajratadi.
Mikroorganizmlarning talay qismi (bakteriyalar, aktinomitsetlar, spiroxetalar, riketsiyalar va kо‘k-yashil suv о‘tlar) prokariot guruhiga kiradi, qolganlari (achitqi, mog‘or zamburug‘lar, mikroskopik suv о‘tlar va sodda organizmlarning ba’zilari) eukariot guruhiga kiradi.
Mikroorganizmlarni belgilashda binor (qо‘shaloq) nomenklatura qо‘llanadi va о‘ziga nasl (avlod) hamda turni oladi. Masalan, kuydirgi kasalligini qо‘zg‘atuvchi mikroorganizmning nomi Batssilis antratsis, ichak tayoqchasining nomi esa Esherixiya va hokazo.
Eng oddiy toksinomik birligi bu tur, turlar birlashib naslni, nasllar esa birlashib oilani hosil qiladilar. Oilalar qatorlarga birlashadi va qatorlar sinflarni tashkil qiladilar. Mikroorganizmlarning ba’zilari о‘simliklar, ba’zilari hayvonot, yana bir boshqalari esa о‘simlnklar dunyosi bilan hayvonot dunyosining (olamining) orasida turadi.Mikroorganizmlar orasidagi bakteriyalarning tuzilishi va bularning fiziologik xususiyatlari boshqa mikroorganizmlar-ga nisbatan yaxshirots tekshirilib aniqlangan.5
Dostları ilə paylaş: |