Bakteriyalarning о‘zagi (nukleid nukleoplazma) — zichlashmagan va uning moddasi g‘uj bо‘lmaydi. Prokariotlarning о‘zagi DNK ning ikki qavatli iplaridan iborat dum-dumaloq bо‘ladi. U sitoplazmada hech qanday parda bilan ajralmaydi. Bakterial hujayrasining esa asosiy protein bilan aloqasi yо‘q.
Sodda organizmlar, о‘simliklar va hayvonlarning о‘zagidan bakterial hujayrasining о‘zak tuzilishi va funksiyasi bilan farq qiladi. Shuning uchun bakterial hujayrasining о‘zagiga «genafor» deb nom berilgan. Bakteriya va kо‘k-yashil suv о‘tlarinnng о‘zagi diffuz holatda va 3 nm — 5 nm yо‘g‘onlikdagi DNK fibrillalar bilan tо‘lgan. Fibrillalar halqa shaklida bо‘lib, hujayra sitoplazmasi markazida joylashadi. U sitoplazmatik membrana mezosomalar va polisomalar bilan munosabatda bо‘ladi. Uzakning rivojlanishi turli bosqichlarda DNK ip, tugunchali yoki ingichka turga о‘xshagan shaklini oladi. О‘zak moddasi sitoplazmaga 1 : 2 — 1 : 10 nisbatgacha.
G‘ilof (kapsula). Yuqorida aytib о‘tilganidek, qobiqning shilimshiq qavati juda ham rivojlangan bо‘lib, bakteriyalarking g‘ilof yoki kapsulasini hosil qiladi. G‘ilof shilimshik moddalardan iborat bо‘lib, uning tarkibida polisaxaridlar, glyukoproteidlar va 98% gacha suv bor. G‘ilof bakteriyalar organizmga kirganda yoki qon qо‘shilgan sun’iy oziq muhitlarida о‘stirilganda hosil bо‘ladi. U bakteriyalarni himoya qilish vazifasini о‘taydi, jumladan, bakteriyalarni qon leykatsitlari tomonidan yutilishidan va yо‘q qilinishidan, ya’ni fagotsitozdan, qurishdan, antitelalardan saqlaydi. Mikroblarning virulentligiga, ya’ni agressiv bо‘lishiga ahamiyati katta. G‘ilof ayrim bakteriyalarning turini aniqlab olishda diagnostik belgi vazifasini bajaradi.
Kо‘pchilik tayoqchasimon va ayrim sharsimon bakteriyalar kapsulalarida uch-tо‘rtta bakteriyalar joylashadi. Bunday bitta kapsulada bir necha mikroblar о‘ralgan bо‘lib, zoogleya deyiladi.
Sporalar. Kо‘pincha tayoqchasimon bakteriyalar spora hosil kilib, muayyan turining saqlab qolinishiga imkon beradi. Tayoqchasimon bakteriyalar spora hosil qiladi, kokklarda sporalar hosil bо‘lishi juda kam uchraydi, vibrion va spiralsimonlarda spora hosil bо‘lishi noma’lum.
Spora hosil qiluvchilar kо‘pincha xavo, suv va hayvonlarning tanasida yashovchi saprofnt mikroblardir. Ammo hayvonlarda yuqumli kasalliklarni hosil qiluvchi mikroblarning oraligida spora hosil qiluvchilar ham bor (kokshol, batulizm, kuydirgi, anaerob infeksiyalar). Hayvonlarning organizmi uchun noqulay sharoitda ham (temperatura va muhit о‘zgarganda, oziqlar kamayganda va hokazo) sporalar hosil bо‘ladi.
Spora hosil bо‘lishi tо‘rt bosqichdan iborat:
Tayyorlanish stadiyasi.
Spora oldidagi stadiY.
Qobiq hosil bо‘lish stadiyasi,
Yetilish stadiyasi.
Batsillalarning noqulay sharoitga tushishi bilan hujayraning ichki strukturasida о‘zgarishlar hosil bо‘lib, ma’lum bir qismidagi protoplazma quyuqlasha boshlaydi va spora oldidagi (predsporovaya) membrana tashkil topadi, sо‘ngra shu joy mumsimon, zich bir necha qavatli qobiq bilan о‘raladi. Hujayraning qolgan qismi esa asta-sekin yemiriladi va spora yetiladi. Shunda uning hajmi, vegetativ shaklli mikrobning xajmiga kо‘ra о‘n baravar qisqaradi (kichiklashadi). Shu tariqa bakteriya hujayrasi 18 — 20 soatda sporaga aylanadi.
Bо‘yalmagan sporalar mikroskopda yaxshi kо‘rinmaydi, bо‘yoqlar esa kobiq ichiga nihoyatda qiyinchilik bilan о‘tadi. Shuning uchun sporalarni bо‘yashda maxsus usullar kо‘llanadi. Sporalarning qobig‘i zich, tarkibida suvning kam, kalsiy, lipoid va pikolin kislotaning kо‘p bо‘lishi ularning tashqi muhitning nokulay ta’siriga chidamlilignni, ba’zilarining esa bir necha о‘n yilgacha shu sharoitda hayot faoliyatini saqlashiga imkon beradi. Sporalar 253 daraja sovuqda о‘z hayot faoliyatlarini saklab qoladilar.
Sporalar bakteriya hujayrasining turli yerlarida joylashishi mumkin. U hujayraning о‘rtasida о‘rnashsa, markaziy spora, bir uchida bо‘lsa — terminal spora, bir uchiga yaqin joylashsa subterminal spora deb ataladi. Sporalarning joylashishi laboratoriyada mikroblarning turini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Har xil mikrob turlarining sporalari turli shaklda bо‘ladi. Bular sharsimon, chо‘ziq chok (oval) bо‘ladi.
Sporalar ustki (ekzina) va ichki (intina) qavatlardan iborat bо‘lib, ekzina qavati sitoplazmani tashqi faktorlar ta’siridan saqlaydi, intina esa sporaning о‘sib chiqishiga yordam beradi.
Sporalar yaxshi, qulay sharoitga tushganda о‘sishni davom etdiradilar. Bunda ular shishadi, hajmi kattalashadi, suv miqdori oshadi, almashinuv jarayonlari kuchayadi va anilin bо‘yoqlar bilan oson bо‘yaladi.
О‘sish davriga о‘tishda sporaning bir qutbidan yoki markazidan hujayra о‘sa boshlaydi. Hujayra sporaning bir qutbidan chiqsa qutbli, о‘rta qismidan chiqsa ekvatorial о‘sish deb ataladi.
Sporadan о‘sib chiqqan bakterial hujayra uning ichki (intina) qavatiga о‘ralgan bо‘ladi.
Spora hosil qilish jarayoni turg‘un hodisadir. Biroq batsillalar zaharli moddalar ta’siriga uchrasa, noqulay sharoitga tushib qolsa, yuqori temperaturada о‘stirilsa yoki sun’iy oziq muhitlariga kо‘p marta takrorlab ekilsa, sporalar hosil qilish xususiyatlarini yо‘qotadi. Bunday organizmlar asporogenli irq deb ataladi. Sporalar batsillalarda kо‘payish uchun xizmat qilmaydi, balki muayyan turning saqlanib qolishiga imkon beradi va kо‘pincha batsillalarda faqat bittadan hosil bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |