Miksobakteriyalar (shilimshiq bakteriyalar)ning eng yuksak formalari bо‘lib, kо‘pchiligida takomillashgan yadro uchraydi, ba’zilari ipsimon, ba’zilari kokkilarga о‘xshab ketadi, Bularning hujayra pо‘sti elastik bо‘lganligi uchun harakatlana oladi va tana tuzilishini о‘zgartiradi. Uzi ajratgan suyuqlik yordamida harakatlanadi, xivchinlari yо‘q hujayrasi ikkiga bо‘linib yoki о‘rtadan tо‘siq hosil qilib kо‘payadi va meva tana hosil qiladi. Ular meva tanasiga qarab siyetemaga solinadi. Qattiq oziq muhitida bakteriyalar koloniyasiga о‘xshash koloniya hosil qiladi.
Nursimon bakteriyalar oqar suvlarda va tuproqda uchraydi. Kо‘pchiligi saprofit bо‘lib, xivchinlari yordamida harakatlanadi. Bularga Saulobakter misol bо‘ladi, u kо‘ndalangiga yoki geteromorf bо‘linish yо‘li bilan kо‘payadi. Hosil bо‘lgan qiz hujayralar xivchini yordamida harakatlanadi, saprofitlar suvda va tuprokda uchraydi.
Mikoplazmalar spiral yoki ovalsimon shakldagi mikroorganizmlardir (0,1—0,2 nm), hujayra pо‘sti bо‘lmaydi, harakatsiz uzun ipchalar yoki yulduzlar shaklidagi saprofit va parazit formalari bor. Hayvonlarda turli tuman kasalliklarni vujudga keltiradi. Sistematiklardan Berdlj bularni alohida Musorlasmatales tartibiga ajratadi. Mikoplazmalarga bakteriyalarning L formalari yakin turadi, bu formalarni tajriba yо‘li bilan ham olish mumkin, buning uchun bakteriyalarga penitsillin bilan ta’sir etiladi.
Mikoplazmalar ichida yaxshi о‘rganilgani erkin holda hayot kechiradigan Musor1asmatales dir. G. Morovip va M. Turtelen (1964) ularni elektron mikroskopda kо‘rib, tо‘rt xil hujayrasi: 1) elementar tanasi; 2) oraliq hujayralar; 3) yirik hujayralar; 4) ichida elementar tanasi bо‘lgan yirik hujayralar borligini aniqlaydilar.
Aktinomitsetlar yoki nursimon zambururlar tuzilishi jihatidan bakteriyalar va tuban zamburug‘larga о‘xshaydi. Ular mog‘or zamburug‘lar bilan bakteriyalar orasidagi gruppaga mansub, ma’lum shakldagi yadrosi bо‘lmaydi. Aktipomitsetlar 600 nm va undan uzun bо‘lgan shoxlangan mitseliy hosil qiladi. Oziq muhitidagi mitseliy ikki xil—biri oziqda, ikkinchisi ochiq, ya’ni oziq yuzasida bо‘ladi. Ochiq mitseliyda konidiospora deb ataladigan sporalar yetiladi.
Aktinomitsetlar tuproqda, organik о‘g‘itlar, chiriyotgan moddalar yuzasida, boshoqdosh о‘simliklar tanasida uchraydi. Ulardan streptomitsin, biomitsin, tetratsiklin, neomitsin, nistatin kabi antibiotiklar olipadi. Ba’zi patogen formalari yumshoq tо‘qima va' •suyaklarni yemirib, ogir kasallik—aktinomikozni vujudga keltirishi mumkin.
Rikketsiyalar. 1909 yilda Rikkets degan olim Meksikada uchraydigan va bit orqali tarqaladigan qizilchali tif kasalligini tekshirnb, kasal odam tanasidan kalta tayoqcha shaklidagi mikrob topadi va rikketsiya provocheka deb nomlaydi. Bular juft juft yoki zanjir sheklida bо‘lishi mumkin, uzunligi 300—400 nm. Faqat tirik tо‘qima va hujayralarda rivojlanadi.
Rikketsiyalar xususiyatlariga kо‘ra mikoplazmalarga о‘xshaydi, bakteriyalar va viruslarning oraliq formasi, DNK va RNK si uchraydi, polimorf mikroorganizmlar, ba’zilari kokksimon, donador, diametri 0,5 mk. Tayoqchasimonlari 1—1,5 mk, uchlari yumaloq yoki bir oz bukilgan, 3—4 mk, ipsimon formalari 10—40 mk da donador. Rikketsiyalar harakatsiz spora va kapsula hosil qilmaydi. Elektron mikroskopda rikketsiyalarni kuzatganda ular tashqi va ichki qobiq bilan о‘ralganligi ma’lum bо‘ldi. Sitoplazmasida granulalar shaklidagi ribosomalar bо‘lib, ular 70—200 A keladi. Rikketsiyalar bо‘linib kо‘payadi. Patogen rikketsiyalar hayvonlarda va odamda turli tuman kasalliklarni keltirib chiqaradi, qizilchali tif, kunsitmasi, yurakda suv tо‘planishi, tovuq va it rikketsiozi, ornitoz va boshka yukumli kasalliklarni kо‘zg‘atuvchilardir.