O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə39/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89
Rivojlaniw maruza

Hujayra tarkibi. Sitologiya (Sitos – hujayra va logos – ta’limot) biologiya fanining bir tarmog‘i bо‘lib, hujayralarning tuzilish qonuniyatlari, vazifalari va taraqqiyotini о‘rgatadi. Odam va barcha hayvonlar organizmi hujayralardan tuzilgan. Hujayralar bajaradigan vazifasi, joylashishiga kо‘ra turlicha shakl va kattalikka ega: kichik limfositlar 4-7 mkm, tuxum hujayralari 200 mkm gacha va mushak hujayralari bir necha santimetrgacha boradi. Uzun va qisqa о‘simtali nerv hujayralari о‘zidan impuls о‘tkazish xususiyatiga ega. Yerkak jinsiy hujayrasi – spermatazoid bajaradigan funksiyasiga kо‘ra xivchin tutadi.

Hujayralar turli kattalikka va shaklga ega bо‘lishiga qaramay, ularning tuzilishi umuman о‘xshashdir. Barcha hujayralar sitoplazma, yadro va hujayra qobig‘idan tashkil topgan. Hujayraning barcha asosiy qismlari – sitoplazma oqsillar, yog‘lar va uglevodlardan iborat. Protoplazmaning tiriklik xususiyatlari undagi oqsil bilan bog‘liqdir.






Fiksatsiya qilingan hujayralar shakllari. 1-ichak epiteliysining silindrsimon hujayrasi; 2-kubsimon hujayralar; 3-yassi epiteliy; 4-qadahsimon hujayralar; 5-qon hujayralari; 6-silliq muskul hujayrasi; 7-spermatozoid; 8-о‘simtali nerv hujayrasi; 9-qanotli hujayra.
Eukariot hujayralar struktura va funksional komponentlariga kо‘ra tanasi asosan 3 qismdan tarkib topgan bо‘lib hisoblanadi: 1. Hujayra qobig‘i; 2. Sitoplazma; 3. Karioplazma, yadro. Hujayra qobig‘i murakkab tuzilgan lipid va oqsillardan tarkib topgan. Yarim о‘tkazuvchanlik xossasiga ega. Moddalarni tanlab о‘tkazish xususiyatiga kо‘ra hujayraning ichidagi tarkibiy doimiylikni normal saqlab turish ya’ni gomeostaz xossasini namoyon etadi. Eukariot hujayralarning tashqi membranasi hujayraning ma’lum bir doimiy shakliga ega qilib turishiga ham yordam beradi. Eukariot hujayralarning eng kichik kattaligi 4 mkm bо‘lishi mumkin. Lekin odatda ularning о‘rtacha kattaligi turli organizmlarda о‘rtacha 10-100 mkm atrofida bо‘lishi aniqlangan. Odamlarda asosiy kо‘pchilik hujayralarning hajmi 200 dan 15 ming mkm3 atrofida bо‘ladi. Lekin shunday hujayralar organizmlarda bо‘lishi mumkinki ularning kattaligi va uzunligi о‘n besh va bir necha metrgacha borishi mumkin. Masalan, jirafa organizmning markaziy nerv sistemasidan tanaga chiqadigan nerv tolalari 2,5-3 metrgacha borishi mumkin. Hujayraning 2-qismi sitoplzma о‘zining tarkibi va tuzilishi jihatdan murakkab organik va noorganik moddalar aralashmasidan tarkib topganligi ularga xosdir. Hujayra tanasini protoplazma deb nomlansa, u о‘z navbatida sitoplazmaga va karioplazmaga bо‘linadi. Hujayraning tashqi qobig‘i shikastlansa, hujayra halok bо‘ladi. Sitoplazma hujayraning asosiy massasini tashkil qiladi. Sitoplazma yarim quyuq, yarim suyuq kalloid moddani eslatadi. Mikroskop ostida bо‘yalmagan holati gamogen, rangsiz va shaffof holda kо‘rinadi. Sitoplazmada hujayraning barcha organoidlari joylashgan bо‘lib ma’lum bir tartibda о‘zaro bog‘langan moddalar almashinuvida ishtirok etadilar. Bundan tashqari sitoplazmada maxsus kiritmalar kuzatilib, hujayralarning bajaradigan funksiyalariga kо‘ra ularning tanasida turli organik va noorganik moddalar tо‘planishi mumkin. Ma’lum bir funksional holatda ularning miqdori kamayishi yoki zahira shaklida tо‘planishi mumkin. Sitoplazmada sitozol deb nomlangan qismi bо‘lib, u sitoplazmaning asosiy moddasi bо‘lib hisoblanadi. Sitozol sitoplazmani suyuqlanib erib turadigan qismiga aytiladi. Bu modda oranoidlar orasini tо‘ldirib turadi. Sitozolda maxsus mikrofilomentlar tizimi bо‘lib, elektron mikroskop ostida u shaffof tiniq strukturasiz bо‘lib kо‘rinadi.
Sitozolning 90% ga yaqini tarkibiy jihatdan suv tashkil etadi. Shuning uchun ham sitozolda deyarli barcha biomolekulalar eritma holida bо‘lib, bundan tashqari noorganik molekulalarning ion shaklidagi holati kuzatiladi. Sitozolda turli uglevodlar, mineral tuzlar, aminokislotalar, tо‘yingan yog‘lar, nukleotidlar, vitaminlar, erigan holatdagi gazlar va boshqa moddalar bо‘ladi. Yirik molekulali oqsillar qisman RNK, sitozolda yarim quyuq, yarim suyuq kalloid eritmani hosil qiladi. Kolloid eritma 2 xil xossani namoyon qilishi mumkin. 1. Zol shaklida (yopishqoq emas). 2. Gel shaklida (yopishqoq). Sitozol ba’zan gialoplazma deb ham ataladi.7

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin