Hayvon va о‘simlik hujayralarning о‘xshashligi hamda farqlari. Tiriklikning tuzilish birligi hujayra ekan, albatta, uning tarkibi va tuzilishlari barcha tirik organizmlarda о‘xshash bо‘ladi. Shu jumladan, hayvon va о‘simlik hujayralari tuzilishida о‘xshashliklar kо‘p. Bu о‘xshashliklar yadro tuzilishida, sitoplazma orgonoidlarida va kо‘payish usullarida yaqqol kо‘rinadi. Ammo hayvonlar hamda о‘simlik hujayralari о‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
Hayvon hujayralari о‘simlik hujayralariga nisbatan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
1) hujayralarning yuqori darajada ixtisoslashishi, ya’ni bir xil hujayralar
funksiyasini ikkinchi xil hujayralar bajara olmasligi;
2) funksiyasidan kelib chiqib, hujayra shakllarining xilma-xil bо‘lishi;
3) maxsus orgonoidlarni hosil qilish;
4) blastometrlar shakllanishi.
О‘simlik hujayrasini asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
1) har bir hujayrada tashqi tayanch qavat – hujayra qobig‘ining mavjudligi;
2) doimiy vakuolli tizimning bо‘lishi;
3) protoplastda maxsus organella – plastidalarning mavjudligi;
4) ergastik (oziq moddalar, zararli mahsulotlar) moddalar tо‘planishi.
5) tirik hujayralarning qaytmas ixtisoslashishi va embrional holatda ikkilamchi
о‘zgarishga о‘tishi;
6) kariokinezda sentriolaning bо‘lmasligi va sitokinezda fragmoplastlarning
hosil bо‘lishi
Hujayra plazmolemmasining tuzilishi.
A- mikrovorsinkalar; B-glikokaliks; D-hujayralararo bog‘lanish.
1-plazmolemma; 2-mikrovorsinkalar.
Har xil moddalar erigan suyuqlik tomchilari ham tashqi membrana orqali hujayraga kiradi. Suyuqlikning mayda tomchilari shaklida yutilish holati odamning suv ichishiga о‘xshaydi va shuning uchun pinotsitoz deb ataladi (grekcha «pino» – ichaman, «sitos» – hujayra). Pinotsitozning chizmasi 9-rasmda keltirilgan.
Chizmadan kо‘rinadiki, hujayraga suyuqlik yutilish holati fagotsitoz hodisasiga yaqin, ya’ni suyuqlik tomchisi avval hujayraning tashqi membranasiga yaqinlashadi, membrananing shu joyi bir talay mayda burmalar hosil qiladi. Sо‘ngra membrananing unga suyuqlik tomchisi tushgan joyi ichiga botib kiradi, bu botib kirgan joy sekin-asta chuqurlashadi va nihoyat, suyuqlik tomchisi membrana yuzasidan butunlay ajraladi va suv bilan birga hujayraga tushgan organik moddalar, maxsus orgonoidlar tarkibida bо‘lgan fermentlar ta’sirida hazm bо‘la boshlaydi. Fagotsitoz yо‘li bilan hujayraga tushgan moddalar bilan ham xuddi shunday hodisa rо‘y beradi.
Pinotsitoz hujayra tashqi membranasining yana bir muhim tarkibi bо‘lib, hamma hayvon va о‘simlik hujayralariga xosdir. Hujayraning tashqi membranasi orqali ionlar, turli-tuman almashinuv mahsulotlari, shuningdek, hujayrada sintezlangan moddalar chiqarib turadi. Turli bezlar hujayralarida ishlanib chiqiladigan sekretlar (ovqat hazm qilish shirasi, sо‘lak va boshqalar) shular jumlasiga kiradi va mayda tomchilar holida hujayradan chiqariladi. Hujayra hayot faoliyatidagi boshqa mahsulotlar ham uning tashqi membranasi orqali chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |