Yoruglik va transmission elektron mikroskopda hujayrani korinishi.
Hujayrani struktura tuzilishini elektron mikroskop ostida korinishi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. To‘ychiyev S., Toshmonov N., Fayzullayev “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2004. (25-29 bet)
2. Stephen R. Bolsover “CELL BIOLOGY” University College London. 2004. (3-13 bet)
8-Mavzu: Organoidlarning tuzilishi va funksiyasi. Silliq endoplazmatik tо‘r. G‘adir-budur endoplazmatik tо‘r.
REJA: 1.Umumiy va xususiy organoidlar.
2.Organoidlarning tuzilishi va funksiyasi.
3.Ularning strukturasi va funksiyasi
Tayanch iboralar:Plazmolemma, fagotsitoz, pinotsitoz, plastidlar, xloroplastlar, xromoplastlar, leykoplastlar
Plazmolemma. fagotsitoz. Pinotsitoz - tashqi membrananing tuzilishi. Barcha organ va tо‘qimalar hujayrasining sitoplazmasini tashqi muhitclan uch qavat- tashqi qavat - qobiq ajratib turadi. Bunga sitolemma yoki plazmolemma ham deyiladi. Uning о‘rtacha qalinligi 7,5 nm ga teng boiib, yorugiik mikroskopida kо‘rinmaydi. Shunga kо‘ra, uning tu-zilishini о‘rganish uchun faqat yelektron mikroskopdan foydalaniladi. Qobiqning ikkita chetki qavatlari oqsildan tashkil topgan bо‘lib, о‘rta qavati yog‘simon moddadan iborat.
Membranasida mayda teshikchalar bо‘lib, ular orqali kerakli moddalar hujayra ichiga о‘tib, moddalar almashinuvi natijasida hosil bо‘lgan chiqindi moddalar tashqariga chiqadi. Membranalar fagositoz va pinositoz qilish xususiyatiga yega zarrachalarni hamda tarkibida har xil moddalar yerigan suyuq-lik tomchilarini о‘rab olib, yemirib yuboradi. Binobarin, hujayra tashqi membranasining fiziologik vazifasi hujayraga kerakli oziq moddalarni о‘tkazib, keraksizlarini tashqariga chiqarib, yemirib, hujayra butunligini va hayot faoliyatini ta’minlab turishdan iborat.
Membrananing tashqari va ichkariga о‘sib chiqqan о‘simtalari ham boiadi. Ular ana shu о‘simtalari, hossil qilgan qatlamlari bilan qо‘shni hujayralarga bevosita birikib, ular bilan о‘zaro bog‘liqligini, mustahkamligini hamda aloqasini ta’minlab turadi. Ichkari tomondan ichki qavat bо‘rtib chiqib, yadro qismigacha boradi va faqat sitoplazma bilan yemas, balki yadro bilan ham munosabatda boiadi.
Hujayralarning ichki muhiti tashqi yopishqoq-ligi, kimyoviy tarkibi, tarkibida ionlar bо‘lishi va kо‘pgina boshqa fizik va kimyoviy xossalariga kо‘ra, tevarak- atrof muhitidan farq qiladi. Tashqi membrana ichki muhitni tashqi muhitdan chegaralab turadi va bu farqni hujayraning butun hayoti davomida saqlaydi. Bu membrana teshiklari orqali hujayra ichiga ionlar, suv va boshqa moddalarning mayda molekulalari, masalan, glyukoza о‘tadi.8 Tashqi membrana hujayraga ion va molekulalar kirishini va undan tashqi muhitga chiqishini tartibga solib turadi. Molekula va ionlar, turli moddalar ya’ni hujayra bilan tashqi muhit orasidagi bunday almashinuv doimiy sodir bо‘lib turadi. Hujayraga ionlar va mayda molekulalardan tashqari, bir mikron keladigan yirikroq oziq zarralari, shuningdek, organik moddalar, masalan, oqsillarning yirik molekulalari kiradi. Bunday moddalar tashqi membrana teshiklari orqali hujayraga о‘ta olmaydi, chunki teshiklar ular uchun kichiklik qiladi va ularning hujayraga kirishi fagotsitoz yо‘li bilan amalga oshadi («fagos» grekcha – yutish, qamrash, «sitoz» – hujayra).
Fagotsitozda, ya’ni hujayra ichiga qattiq zarrachalar kirishida, tashqi membrananing aktiv ishtirok etishi chizmadan kо‘rinib turibdi. Dastlab zarrachalar membranaga tegadi va uning ana shu joyida kichikroq botiq hosil bо‘ladi. Membrananing shu botgan joyi asta-sekin kattalashib chuqurlashadi va unga tushgan zarra hujayra ichida qoladi. Amyobalar va kо‘pgina boshqa sodda organizmlar fagotsitoz yо‘li bilan oziqlanadi.
Kо‘p hujayrali hayvonlarda va odamda faqat ba’zi bir hujayralar, masalan, leykotsitlar (oq qon tanachalari) fagotsitoz funksiyasini bajaradi. Bu hujayralar bakteriyalarni, shuningdek, organizmga tasodifan kirib qolgan turli-tuman qattiq zarralarni yutadi va shu yо‘l bilan organizmni kasallik paydo qiladigan mikro-organizmlar va yot zarralardan himoya qiladi (tozalaydi).