Uglevodlar. Uglevodlar mikroblar hujayrasida asosan polisaxaridlar, ammo sitoplazmada glikogen va kraxmal zarrachalari holida uchrashi mumkin. Uglsvodlar asosan energetik materiallar sifatida xizmat qiladi va mikrob hujayrasida 12% dan 28% gacha bо‘ladi.
Polisaxaridlar gidrolizda oddiy shakarlarga parchalapadi. Murakkabligiga kо‘ra bakterial lolisaxaridlarni ikkita gruppaga bо‘lish mumkin:
1) о‘z tarkibida azot modda geksozamini yо‘klar va
2) murakkabrog‘i, tarkibida 1% dan 5% gacha azot moddalar-geksozaminlar borlar.
G‘ilofli mikroorganizmlarda uglevodlar kо‘proq. Bularga: azotobakter, leykonostok, kuydirgi kasalini qо‘zg‘atuvchilar va boshqalr kiradi.
Turli mikroorganizmlarning tarkibida ma’lum polisaxaridlar bо‘lgani uchun mikroorganizmlarni differensiunatsiya qilishga, ya’ni turlarini ajratishga imkon beradi. Mikroblarning sirtidagi kapsula uglevodlardan iborat. U mikroblarning virulentligini kuchaytiradi xamda ximoya funksiyasini bajaradi.
Lipidlar miqdori 3,8% dan to40% gacha bо‘lishi mumkin (sil kasalini qо‘zg‘atuvchining tarkibida 40 protsentgacha). Lipidlar sitoplazmatik membrananing tarkibiga kiradi va sitoplazmaning strukturasini saqlab turadi. Mikrobning hujayrasida lipidlar sitoplazmaning qobiqqa yakin qismida kо‘proq va qobiqning tarkibida kо‘p bо‘ladi. Lipidlar va lnpoidlar mikroblarning kislota va boshqa ximiyaviy moddalarga qarshi turish qobiliyatini oshiradi. Masalan, tuberkulyoz (sil) kasalini qо‘zg‘atuvchisida kapsula yо‘q, ammo ular tashqi ta’sirlarga chidamli bо‘lib, noqulay sharoitda anchagina saqlanadi.
Yadro alparati. Bakteriyalar hujayrasining markazida yadro moddasi nukleoid—dezoksiribonuklein kislota (DNQ) joylashgan bо‘ladi. Bakteriyalarda ma’lum shakldagi yadro uchramaydi, balki yadronipg analogi — nukleoid uchraydi, shuning uchun bakteriyalar prokariotlarga mansub. Nukleoidning alohida membranasi yо‘q, yadrochalar va ma’lum miqdordagi xromosomalar bо‘lmaydi, balki DNK fibrillalar holida joylashgan bо‘ladi.
Bakteriyalarning xivchiki. Hujayra organoidlaridan biri xivchinlardir, lekii u hamma hujayralarda ham bо‘lavermaydi, faqat harakatchan formalarda uchraydi. Xivchinning asosiy tanasi — blefaroplast ikki juft diskdan iborat bо‘lib, sitoplazmada joylashadi.
Xivchin 4—6 nm uzunlikdagi spiralsimon ip bо‘lib, diametri 0,01—0,03 nm ga teng. Xivchinlar tarkibida flagelin oqsili uchraydi. Xivchinlar bir necha xil bо‘ladi. Monotrixi, lofotrixi, amfitrixi, peretrixi. Xivchinlar bakteriyalar yosh bо‘lgan vaqtda va suyuq oziq muxitida yashaganda uchraydi, keyinchalik ular xivchinini tashlaydi.
Bakteriyalar 1 sekundda о‘z tanasi uzunligiga nisbatan 20—50 marta ortiq masofani bosib о‘tishi mumkin, masalan, Vas. Megaterium ning tezligi 27 nm/s, Vibrio communis niki, 200 nm/s, lekin absolyut nisbati juda kichik. KО‘pchilik bakteriyalarda xivchinlardan tashqari yopishish organoidi bо‘lgan fimbriyalar ham uchraydi. Bular kalta (0,3—4.nm uzushshgidagi, enn 0,01 nm) о‘slmtalardir. Bakteriyalar ana shular yordamida tuproq zarrachalariga, qoldiq organik moddalarga yopishadi.
Bakteriyalarning kо‘payishi. Qо‘pchilik bakteriyalar kо‘ndalan| giga bо‘linish yо‘li bilap, faqat spiroxetalar uzunassga bо‘linib kо‘payadi. Bо‘lipganda baktsriya hо‘jayrasi teng ikkiga bо‘lkinsa— izomorf, teng bо‘linmasa—geteromorf bо‘linish deylladY. Odatda, bо‘linishda bakteriya hujayrasnning о‘rtasida tо‘siq paydo bо‘ladi va u hujayrani ikkiga ajratadi, hosil bо‘lgan yangi qiz hujayra uni hosil qilgan ona hujayradan farq qiladi. Ona hujayra anilin bо‘sg‘i bnlan yaxshi bо‘yalsa, yangi dosil bо‘lgan , qiz hujayra yaxshn bо‘yalmaydi (P. A. Geikel 1947, I. Malek 1955, M. O. Streshinskiy 1955). Bо‘linuvchi hujayra 10—17 marta bо‘lingandan sо‘ng bо‘linishdan tо‘xtaydn va ip shakliga о‘tib qolgandan keyin erib ketadi.
Bakteriyalar juda tez kо‘payadi, agar sharoit qulay bо‘lsa, har 20—30 minutda qaytadan bо‘linib turadi. Ba’zi bakteriyalar tanasida tо‘siqlar hosil qilish yoki gonidiyalar yordamida ham kо‘payadi.
2 j a d v a l