O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə38/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89
Rivojlaniw maruza

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. To‘ychiyev S., Toshmonov N., Fayzullayev “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2004. (38-45 bet)
2. Stephen R. Bolsover “CELL BIOLOGY” University College London. 2004. (12-15 bet)

7-Mavzu: Hujayra tarkibi, strukturasi va funksiyasi. Sitoplazmaning struktura komponentlari. Sitoplazmatik matriks. Umumiy va xususiy orgonoidlar. Kiritmalar.


REJA:

  1. Mikoplazma va ularning tuzilishi, tarkibi va xossalari.

  2. Hujayra tarkibi, strukturasi va funksiyasi.

Tayanch iboralar: genoformdan, tashqi membrana, sitos, kichik limfositlar, protoplazma

Evolyusion rivojlanish jarayonida eng sodda tuzilishga ega bо‘lgan hujayralar tipi mikoplazmalar bо‘lib hisoblanadi. Mikoplazmalar kattaligi jihatdan viruslar kattaligi bilan deyarli bir xil bо‘lishi ularga xosdir. Viruslarning tanasi mikoplazmalardan mutlaqo farqlanib, mikoplazmalarda hujayra shakliga ega tana bо‘lishi tashqi qoplovchi memranalari doimiy shaklga ega bо‘lmaydi. Ular mustaqil hayot kechira oladilar, hujayralarga xos bо‘lgan bо‘linish, kо‘payish, oziqlanish kabi xossalarga ega. Ularning tanasi sitoplazma, tashqi memrana va irsiy omilga ega bо‘lgan DNK shaklidagi xalqasimon genoformdan iborat. Bunday tuzilish bilan ular prokariotlarning eng sodda tuzilgan vakili bо‘lib hisoblanadi. Ular turli organizmlarga yuqib turli og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa issiq tanli organizmlarning nafas olish organlari va boshqa tanalarida parazitlik qilishi xarakterlidir. О‘zining tanasida 1200 ga yaqin organik molekulalardan tarkib topganligi ma’lumdir. Uning tarkibida oqsillar, DNK, RNK, uglevodlar, 300 dan ortiq fermentlar bо‘lishi ularga xosdir. Mikoplazmalarning tanasidagi moddalar almashinuvi bо‘yicha ular hayvon hujayralariga yaqinroq ekanligi olimlar tomonidan aytiladi. Tashqi membranasining tarkibi bо‘yicha ayniqsa lipid qavati bо‘yicha hayvon hujayralarini eslatadi. Bu organizmlar saprofit holatda ham tabiatda erkin yashashi kuzatilgan. Ma’lum bir qulay sharoitda ular saprofit holatda oziqlanib ya’ni geterotroflarga о‘xshab oziqlanib amitoz bо‘linish yо‘li bilan kо‘payadilar. Noqulay sharoitlarda anabioz holatga о‘tib uzoq vaqt qulay sharoit kelguncha hayotiy xossalarini saqlay oladilar. Bu organizmalarning tibbiyotda va vyeterinariya sohalarida ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash katta ahamiyatga egadir.



Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin