O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə34/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89
Rivojlaniw maruza

Kapsula. Kо‘pchilik bakteriyalarning hujayra pо‘sti bо‘rtadi va shilimshiqlanadi, bunga kapsula deyiladi. Kapsula bakteriya hujayrasidan yirik bо‘ladi, ba’zan juda ham yupqa bо‘lishi mumkin (mikrokapsula). Bakteriyalar noqulay sharoitga tushib kolgandagina kapsula hosil bо‘ladi. U bakteriya hujayrasini himoya qiladi. Kapsula tarkibida kо‘pincha polisaxaridlar uchraydi, ba’zan esa glikoprotsidlar va polipeptidlar uchrashi mumkin. Pichan batsillasida kapsula bitta hujayrani emas, balki koloniyani о‘rab turadi va «zoogleya» deb ataladi. Hujayra iо‘sti tagida sitoplazmatik membrana joylashadi, u uch kavatdan iborat. Ustki va ostki qavatlari lipoproteidlardan tashkil topgan bо‘lsa, о‘rtadagi qavat fosfolipidlardan iborat. Qavatlarning qalinligi о‘rtacha 50—100 A ga teng.
Sitoplazmatik membranalar ba’zan hujayraning ichki tomoniga tortilib, mezosomalar hosil qiladi. Mezosomalarning ayrimlari alohida membranalar bilan о‘ralgan bо‘ladi, ichida kо‘pgina kanalchalar va pufakchalar bо‘ladi. Ba’zi mezosomalar mitoxondriyalarga о‘xshaydi, boshqalari endoplazmatik tо‘r yoki Golji apparati funksiyasini bajaradi.
Ba’zan sitoplazmatik membranalar ichkariga tortishib, bakteriyaning fotosintetik apparatini hosil qiladi. Bularda bir biri ustiga taxlangai tangalar shaklida tilakoidlar joylashadi. Tilakoidlarda pigmentlar (bakterioxlorofill, karotinoidlar) va fermentlar (sitoxromlar) joylashib, fotosintez protsessini amalga oshiradi.
Sitoplazmaga mayda donachalarribasomalar bо‘lib, ularning diametri 200 A ga teng, ularda oqsil snntezlanadi, bakteriya hujayrasida 1000 dan ortiq shunday ribosomalar uchraydi. Ribosomalar 55% oqsil, 4'% fosfolipidlar va 40% ribonuklein kislota (RNK) dan tashkil topgan. Ribosomalar sitoplazmada kо‘pincha erkin holda joylashadi va poliribosomalar yoki polisomalar deb ataladi.
Bakteriyalar hujayrasining sitoplazmasida turli shakldagi yirikmayda donachalar — granulalar uchraydi. Kо‘pchilik bakteriyalarda granulalar qraxmal, glikogei va granulyozadan tashkil topgan bо‘ladi. Ba’zi bakteriyalarda yog‘ tomchilari, ba’zilarida valyutin, oltingugurt bakteriyalarida oltingugurt tomchyalari uchraydi.

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin