Xivchinlar. Harakatlanadigan bakteriyalar ikki gruppaga bо‘linadi:
1. Emaklaydiganlar (sirg‘aladngan, polzushiye).
2. Suzadiganlar.
Emaklaydiganlarning tanasi sathda tо‘lqinli harakatlanadi. Bularda harakatlanish organlari (xivchinlar) bо‘lmaganligi sababli, bir yerdan ikkinchi yerga ilonga о‘xshab sirg‘aladi.
Suzadiganlar esa suyuqliklarda maxsus bakteriya hujayrasidan, ingichka, uzun protoplazmatik tuzilmalar shaklida chiqib, qobiqdagi maxsus teshiklardan о‘tadigan harakatlanish yurganlar orqali harakatlanadi. Bu harakatlanish organlariga xivchinlar deb aytiladi.
Xivchinlarning hajmi: yо‘g‘onligi 0,02 — 0,06 mkm va uzunligi 6 — 9 mkm, ba’zilarining (spirallalarda) uzunlign esa 80 — 90 mkm gacha bо‘ladi. Xivchinlarqing uzun yoki qisqa bо‘lishi bakteriya turiga bog‘liq. Odatda bakteriya tanasi hivchin uzunligidan 20 marta qisqa bо‘ladi. Ba’zilarda esa xivchinning uzunligi tanasining uzunligidan bir necha о‘n marta uzundir. Masalan, nitrozomonos yavanenzis bakteriyalar xivchini tanasiga nisbatan 50 marta uzundir.
Flagellin turidagi xivchinlar oqsil moddalardai iborat bо‘lib, bakteriyani oqsil moddalardan farq qiladi. Xivchinlarni hosil qilgan moddalarning tarkibiga lizin, asparagin va glutamin kislotalar, analin va boshqa aminokislotalar kiradi.
Xivchinlar bakteriya hujayrasi bilan ikkita diskalar orqali aloqa qiladi. Tashqaridagi disk hujayraning qobig‘ida, ichkisi esa sitoplazmatik membranada joylashgan bо‘ladi. Mikroblar xivchinlarining joylashishi va mikroblarning harakatlanishi mikrobiologik diagnoz qо‘yishda muhim ahamiyatga ega. Chunki ba’zi tekshirilayotgan mikroblar morfologik va kulturali xususiyatlarga kо‘ra bir-biriga о‘xshasa, ularning harakatini yoki xivchinlarining joylanishini tekshirib, mikroblarning turini aniqlash mumkin.
Xivchinlarni mikroskopda kо‘rish uchun preparatlar maxsus murakab usullar bilan tayyorlanadi va bо‘yaladi.
Xivchinlarning soniga va joylashishiga kо‘ra bakteriyalar tо‘rtta gruppaga bо‘linadi.
Monotrix bakteriyalar tanasining bir uchida faqat bittagina xivchin bо‘ladi.
Lofotrix bakteriyalar tanasining bir uchida bir tutam-xivchinlar bо‘ladi.
Bu ikkita gruppaga iansub bakteriyalar xivchinlar yо‘q tomonga qarab, tо‘g‘ri chiziq shaklida harakatlanadi.
Amfotrix bakteriyalarda xivchinlar ikki uchida bir tutamdan bо‘ladi.
Peretrix bakteriyalarda xivchinlar tanasining hamma tomonidan chiqqan bо‘ladi.
Bu ikkita gruppaga mansub bakteriyalar esa tartibsiz harakatlanib, har tomonga qarab dumalaydi.
Bakteriyalarning harakatlanish tezligi hai turiga qarab har xil bо‘ladi. Ularning kо‘pchiligi bir sekundda о‘z tanasi-ning uzunligiga teng kelgan masofani, boshqalari esa о‘z tanasi uzunligiga nisbatan 10 — 15 marta kо‘p bо‘lgan masofani bir sekundda bosib о‘tadi. Masalan 2 mkm uzunlikdagi vabo vibrioni bir sekundda 20 — 30 mkm masofani bosib о‘tadi.
Bakteriyalarning harakatlanish xarakteri xivchinlarining soni, kulturaning yoshi, temperatura, hayot jarayonida hosil bо‘lgan birikmalar va muhitdagi zaharli moddalarning kо‘p yoki kam bо‘lishiga bog‘liq. Eng tez harakatlanadigani bu mono trix bakteriyalardir. Bularning harakatlapish tezligi bir sekundda 60 mkm gacha boradi.
Harakatlanadigan bakteriyalar tashqi faktorlarining ta’sirida harakatlanishi mumkin. Bu hodisa taksis deb ataladi.
Ta’sir etadigan faktorlarga qarab, taksis hodisa bir necha xil bо‘ladi. Ximiyaviy moddalar ta’sir etganda — ximiotaksis, havo ta’sir etganda — aerotaksis va yorug‘lik ta’sir etganda — fototaksis deb ataladi. Mikroorganizmlarning harakatlanishi «osilgan tomchi» yoki «ezilgan tomchi» usuli bilan laboratoriyada aniqlanadi. Xivchinlar mikroorganizmlar turini aniqlash uchun muhim belgi hisoblansa-da, u har doim bо‘lmaydi. Xivchinli bakteriyalar orasida xivchinlari bо‘lmaganlari ham uchraydi. Harakatlanmaydigan ba’zi bakteriyalarning sirtida xivchinlardan ham ingichka va kalta narsalar borligi elektron mikroskop yordamida aniqlandi. Ular pili (kipriklar, fimbrin, filament) deb ataladi. Ular bakteriyaning tanasida joylashadi, bir hujayrada 100 — 400 tagacha bо‘ladi. Pilining uzunligi 0,3 — 1 mkm va eni 0,01 mkm gacha boradi. Pili harakatlanish organellalarga emas, bular mikroblarning substratlarga yopishish, ushlanishiga xizmat qiladi.
Miksobakteriyalarning harakatlanishi yuqorida aytib о‘tilganday emas. Miksobakteriyalarda harakatlanish organlari yо‘q. Ular о‘z tanasidan zarb bilan shilliq moddalarni chiqarib, shuning kuchi bilan xarakatlanadi.