O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti, Tarix fakulteti


II-Bob Huquqiy ong va ijtimoiy faollik



Yüklə 46,2 Kb.
səhifə5/7
tarix06.06.2022
ölçüsü46,2 Kb.
#60741
1   2   3   4   5   6   7
Alimardon Xudaydotov

II-Bob Huquqiy ong va ijtimoiy faollik.
2.1 Huquqiy ong tushunchasi va uning shakllari.
Huquqiy ong - bu jamiyatda kishilarning huquq to’-risidagi qarashlaridir, chunki huquqiy normalar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida kishilar o’rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o’ynaydi.Huquq normalari bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqiy ong ya’ni kishilarning huquqni bilishligi, huquq normalarini bajarishligin katta ahamiyatga egadir.Huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan – falsafa, siyosat, din, axloqdan farq qiladi. U jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo’lib hisoblanadi, chunki huquqiy ong keng tushuncha bo’lib, jamiyatda huquqiy normalarni qabul qilish, ularni turmushda qo’llash, huquq to’-0risida bilimlarning, ya’ni huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya to’-risidagi murakkab ijtimoiy vazifalarni o’z ichiga oladi.
` Huquqiy ong huquq bilan uzviy ravishda bog’liq.Huquqiy ong va huquqning munosabatlari uning quyidagi xususiyatlarida namoyon bo’ladi: jamiyatda huquqiy ong qonun va boshqa huquq normalarini qabul qilishda turli –oyalarni rivojlantirishda, ularni qabul qilishda muhim rol o’ynaydi. Jamiyatda huquqiy ong barcha fuqarolarning, davlat organlarini, ayniqsa huquqni muhofazo’a qiluvchi idoralar, sud , prokuratura, ichki ishlar idoralari, milliy xavfsizlik xizmati, adliya organlari va mansabdor shaxslarni huquqni hayotda to’-ri qo’llash uchun ular bilan turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega. Jamiyatda huquqiy ong amadlagi davlatning harakatda bo’lgan huquqning huquqiy me’yorlarini tartibga solishda, kodifikatsiya qilishda muhim rol o’ynaydi. Jamiyatda huquqiy ong boshqa ijtimoiy ong shakllaridan huquq, majburiyat, burch, huquqbuzarlik va unga qo’llaniladigan jazo choralari bilan farq qiladi.
Huquqiy ong davlatning huquqiy normalarni qabul qilish, huquqiy tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirishda, huquqiy normalarni turmushda qo’llashda ular bilan kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tarbibga solishda katta ahamiyatga ega. CHunki davlat miyyosidagi har qanday qonun va boshqa huquqiy normalar qabul qilishdan oldin huquqshunos mutaxassislar tomonidan o’rganilib chiqiladi. SHuning uchun huquqshunoslar siyosat va amaliyotni yaxshi bilsa, qabul qilinadigan huquq me’yorlari shunchalik mustahkam bo’ladi.
` O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng fuqarolarning huquqiy ongliligi natijasida, huqushunos olimlarning faol ishtirokida bozor iqtisodiyotining huquqiy asosini yaratuvchi ko’pgina qonunlar, Kodekslar qabul qilindi.
Huquqiy ong huquq to’g’risidagi kishilarning qarashlarini o’rgatar ekan, u o’zining tuzilishiga egadir, ya’ni huquiy mafkura va huquqiy psixologiyadan iborat. Huquqiy mafkura deganda, jamiyatdagi turli sinflarning, tabaqa millat va elatlarning huquq to’risidagi qarashlari tushuniladi. Jamiyatda qabul qilinadigan davlatning asosiy qonuni Konstitutsiya va boshqa qonunlar, huquqiy normalar jamiyatdagi millatlar va elatlar manfaati nuqtai nazaridan qabul qilinadi. Huquqiy mafkura har bir davlatda huquqdan tashqari, huquqshunoslik fanlarini ham o’z ichiga oladi.
Huquqiy psixologiya deb jamiyatdagi har bir kishining huquq to’-risidagi qarashlari, bilimlari tushuniladi. Uning paydo bo’lishi va rivojlanishida jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar va kishilar qatnashadi. SHuning uchun huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya bir biri bilan bog’liqdir.

Yüklə 46,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin