O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti, Tarix fakulteti



Yüklə 46,2 Kb.
səhifə3/7
tarix06.06.2022
ölçüsü46,2 Kb.
#60741
1   2   3   4   5   6   7
Alimardon Xudaydotov

Tor ma’nodagi tarbiya – huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari to­monidan maxsus tashkil etilgan jarayon bo‘lib, bunda shaxsni tarbiyalash uchun tarbiyaning barcha shakllari va usullari bir maqsadga qaratiladi, yo‘naltiriladi. Uning tashkilotchilari, ya’ni asosiy subyektlari – ota-onalar, o‘qituvchilar, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari va ularning boshliqlari va boshqalar hisoblanadilar.
Keng ma’nodagi tarbiya – shaxsning tarbiyalanishida uning tarbiyasiga ijobiy ta’sir qila oladigan, shaxslar tomonidan maxsus tashkil etilgan yoki tashkil etilmagan tarbiya jarayonlarining yig‘indisi. Bunda oila, bog‘cha, maktab, ish va yashash joylarida, bevosita profilaktika noziri tomonidan olib boriladigan tarbiyaviy profilaktik ishlar tushuniladi. Mazkur jarayonlarda ko‘pincha kuza­tilishicha, muhit tarbiyaga ta’sir etadi, muhit o‘zgarsa, tarbiyaning mohiyati va shaxslarning xatti-harakatlari ham o‘zgaradi. Shaxsning xatti-harakati ijtimoiy muhit ta’sirida shaxsning shakllanishiga yordam beradi.
Yuqoridagi ta’riflarning mazmunidan kelib chiqqan holda huquqiy tarbi­yani ham tor va keng ma’noda izohlash mumkin.
Tor ma’nodagi huquqiy tarbiyada shaxslarning rasman yuridik o‘quv yurtlarida oladigan huquqiy bilimlarining yig‘indisi tushuniladi. Huquqiy tar­biya – shaxsning bir maqsad yo‘lida, ongli ravishda jamiyat taraqqiyoti va siyosatidan kelib chiqib, olib boradigan bir tizimdagi ijobiy faoliyatidir. Huquqiy jihatdan shaxsning o‘zini o‘zi tarbiyalashi – bu ongli ravishda bir maqsad yo‘lida, o‘z xarakterida ijobiy-huquqiy yo‘nalishni shakllantirishidir.
Keng ma’nodagi huquqiy tarbiya – shaxsning oila va bog‘chada huquqiy bilim olishi, o‘qishi, o‘zining huquqiy bilimlarini mustaqil boyitishi, umuman o‘z ustida mustaqil ishlashi orqali olinadigan huquqiy bilimlarining yig‘indisidir. 5
Huquqiy tarbiyaga yuqorida berilgan izohlarni tahlil qilgan holda, huquqiy tarbiya davlat organlari, nodavlat organlari, mansabdor shaxslar va alohida shaxslar guruhining aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan maxsus murabbiylik faoliyati hisoblanadi.
Tarbiya jarayonlarining yo‘nalishlarini farqlashda qo‘llaniladigan muhim mezonlardan biri – ong shakllarining turlicha ekanligi. Chunki, alohida olingan tarbiya jarayonlarining har qaysisi, inson ongining hamma tomonlarini emas, faqat uning ayrim ko‘rinishlarini qamrab oladi. Masalan, siyosiy tarbiya – siyosiy ongni; ma’naviy tarbiya – ma’naviy ongni; estetik tarbiya – estetik ongni shakllantiradi va hokazo.
Tabiiyki, huquqiy tarbiya, ongning o‘ziga xos shakli bo‘lgan, huquqiy ong bilan bog‘liq. Huquqiy tarbiya ikki xil vazifani bajaradi. Birinchisi – tarbi­yalanuvchilarga ma’lum miqdordagi huquqiy bilimlar, ko‘nikmalar va malaka-ning berilishi. Ikkinchisi – tarbiyalanuvchilarda huquqiy g‘oyalar, xissiyotlar, e’tiqodni shakllantirish. Shu vazifalardan kelib chikib huquqiy tarbiyada fuqaro­larning huquqiy ongini shakllantirish quyidagicha kechadi: birinchidan, asosiy huquqiy qoidalar tizimini bilish, ularning mazmuni va mohiyatini tug‘ri tushu-nish; ikkinchidan, huquq, qonunlar, qonuniylik va huquqiy tartibotni chuqur hurmat qilish; uchinchidan, huquqiy bilimlarni amalda mustaqil qo‘llay olish; to‘rtinchidan, o‘z odatlarini olingan huquqiy bilimlar bilan moslashtirish; beshinchidan, huquqiy normalarning har qanday buzishlariga nisbatan qat’iy murosasizlik ko‘nikmasini hosil qilish.




    1. Yüklə 46,2 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin