O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti, Tarix fakulteti



Yüklə 46,2 Kb.
səhifə4/7
tarix06.06.2022
ölçüsü46,2 Kb.
#60741
1   2   3   4   5   6   7
Alimardon Xudaydotov

Huquqiy tarbiya vazifalari.

Huquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyan munosabatlar orqali amalga oshadi. Shu bois huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat­lar huquqiy tarbiya doirasiga kiradi. Unda tarbiyalanuvchilar (shaxslar, ijtimoiy guruhlar) huquqiy ongining shakllanishi ro‘y beradi. Huquqiy tarbiya jarayonida kishilarning muayyan huquqiy bilim darajasiga ega bo‘lishiga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. Ularning shaxsiy e’tiqodidan kelib chiqadigan qonunga, huquqqa bo‘lgan hurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o‘zagini tashkil etadi.


Mazkur qamrovga kiruvchi huquqiy ongning tarkibiy qismlari shaxsga nisbatan kerakli psixologik va mafkuraviy yo‘l-yo‘riqlarni tashkil qiladi, uning o‘z huquqiy bilimlarini turmushda faol tatbiq qila olishiga imkoniyat yaratadi. Mana shu tayyorgarlik darajasi huquqiy tarbiya ishlarining samaradorligi ifo­dasidir.
Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko‘rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi, uyush­gan, bir tizimli, aniq maqsadni ko‘zlagan holda ta’sir ko‘rsatishdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o‘tmishda ham huquqiy tarbiyaga unchalik jiddiy e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda ham shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so‘z borar edi-yu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Huquqiy tarbiyaning tarbiyaviy ishning mustaqil yo‘nalishi sifatida belgilab qo‘yilmaganligi o‘sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.
Shubhasiz, huquqiy, siyosiy, va ma’naviy ongning o‘zaro bog‘liqligini es­dan chiqarmaslik kerak, lekin shuni nazarda tutish lozimki, ularni bir-biri bilan qo‘shib yuborish ham mumkin emas. Tarbiyaviy ishning o‘ziga xos yo‘nalishi sifatida huquqiy tarbiyaning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog‘liq. Huquqiy tarbiya mustaqil huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa, tarbiyaning o‘ziga xos shakllari va usullarini izlab topish hamda qo‘llanish zaruriyatini taqozo etadi. Tarbiyachilar zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollan­gan, huquqiy ongi shakllangan, huquqiy madaniyati yuksak bo‘lishi lozim. Huquqiy tarbiya tamoyillariga ilmiylik, amaliyot bilan uzviylik, o‘ziga xoslikni ham kiritish mumkin. Huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uni amalga oshirish jara-yonida hozirgi zamon huquqiy va boshqa fanlari, avvalo, huquqiy faoliyat, shaxs tarbiyasi (sotsiologiya, ruhshunoslik, pedagogika va boshqalar) bilan bevosita munosabatdor yutuqlardan foydalanishni ifodalaydi. Ayni vaqtda, huquqiy tar­biyaning ilmiyligi uning mavjud holatini aks ettirmaydigan subyektivizm bi­lan, huquqiy voqelikni baholashda mafkuraviy andozalardan foydalanish bilan chiqisha olmaydi.
Davlatimizning rivojlanish istiqbollari har tomonlama bilimli, yuqori malakali yoshlar qo‘lida bo‘lib, bu ulardan yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish huquqni puxta bilishni talab qiladi. Bozor iqtisodiga o‘tish hamda huquqiy demokratik davlat qurish, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolatning qaror topishini ta’minlash, aholini huquqiy jihatdan tar­biyalash va uning huquqiy ongini rivojlantirishga bog‘liqdir.
Yuridik amaliyotda aholiniing huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida bir qancha huquqiy tarbiya usullaridan foydalaniladi. Chunon­chi, ishontirish, axborotlashtirish, huquqiy targ‘ibot, rag‘batlantirish, majbur­lash va jazolash shular jumlasidandir.
Huquqiy tarbiya oldiga qo`yilgan umumiy vazifa shaxsga qonunlarni va unga amal qilish yo`llarini o`rgatish. Huquqiy tarbiyaning yuridik vazifasi shaxsda muayyan holatlarda zarur huquqiy normalarni qo`llay olish qobiliyatini tarbiyalashdir.
Huquqiy tarbiyaning muhim vazifalaridan biri shaxsda huquq normalarini o`rganishga ehtiyoj o`yg`otish, yani o`zini mustaqil ravishda huquqiy tarbiyalashga odatlantirishdir. Huquqiy normalarga hurmat ruxida tarbiyalangan shaxs qonun-qoidalarga muntazam ravishda o`rganib boradi va boshqalarni ham shunday qilishga davat etadi.
Amaliyotda huquqiy tarbiyaning har xil turlari mavjud. Lekin bugungi kungacha aniq bir ilmiy tushunchaga asosangan, ko`p qirrali huquqiy tarbiya shakllarini ko`rsatib bеruvchi adabiyot dеyarli yuk. Bu tarbiya, yuqorida aytib o`tganimizdеk, oilada, bog’chada, maktabda, bilim yurtlarida, institutlarda olib boriladi. Huquqiy tarbiya- tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga ta’sir ko`rsatuvchi, ularni tartib doirasida tutish uchu nasos bo`la oladigan bilim bеrishdir. Lekin tarbiyachi faqat bilim bеribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga har xil shaklda ta’sir ham o`tkazishi kеrak.6
Huquqiy tarbiyaning shakllari asosida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, profеssor- o`qituvchilarining olib borgan ishlarining tashqi ko`rinishidagi ta’sir yo`li, ta’sir etish usullari yotibdi. Huquqiy tarbiya shakllari har bir shu ish bilan shug`ullanuvchi uslubida o`z ifodasini topadi. Masalan, o`quv yurtlarida huquqiy tarbiya shakli, mеhnat faoliyati bilan shug`ullanuvchilarnikidan farq qiladi. O`quvchilarga dars jarayonida, darsdan tashqari vaqtda-suhbat, suhbatni huquqiy qoidalarini o`rgatish, o`yin darslari o`tkazish tariqasida olib boriladi.
Huquqiy tarbiya shakllari quyidagilarcha bo`lishi mumkin: a) huquqiy bilim; b)huquqiy tashviqot; v) jamoatchilik tomonidan olib boriladigan ishlar; g) huquqni himoya qiladigan davlat organlarining ishlari bilan tanishish (tеrgov, sud jarayonlarida qatnashish); d)xalq dеputatlarini nomzodlikka tavsiya qilish majlislarida, mahalliy hokimiyatlar qoshidagi voyaga yеtmaganlar komissiyalari ishlarida ishtirok etish. Huquqiy tarbiyani jamoa o`rtasida yoki individual shaklda amalga oshirish mumkin.
Yoshlarni huquqiy bilimga va huquqiy tarbiyaga jalb etishda huquqni himoya qiluvchi davlat organlari xodimlari bilan uchrashuv o`tkazilishi, savol-javob kеchalari tashkil etilishi yoki huquqshunos uyushmalari to`zilishi ijobiy natija bеradi. Individual yakka tarzda huquqiy bilim bеrishda, huquqiy tarbiyalashda shaxsga maxsus adabiyotlarda tavsiya etilishi, unda qiziqish uyg`otish, tarbiyalanuvchining ruxiy holatini o`rganib, u qabul qila oladigan, tushuna biladigan tarzda suhbat olib borish maqsadga muvofiqdir.
Huquqiy tarbiyaning mеtodlari
Huquqshunoslar huquqiy tarbiya mеtodlarini odatda ikki turga bo`ladilar
ishontirish va majburlash. Huquqiy tarbiya mеtodi-bu bir nеcha muayyan yo`l va usullar yig`indisi bo`lib, ular asosida kishilar ongiga, dunyoqarashiga ta’sir qilinadi. Buning natijasida tarbiyalanuvchilarda qonunga hurmat hissi uyg`otiladi va qonunning buzilmasligi ta’minlanadi.
Eng asosiy mеtod bu – ishontirish mеtodi. Ishontirish orqali ijobiy natijaga erishilmasa, majburlash mеtodi qo`llanadi. Huquqiy tarbiyada bu ikki mеtodni birga qo`llash ham mumkin.
Huquqiy tarbiyaning ilmiy printsiplaridan yana biri o`rganilayotgan qonun yoki qarorning kеlib chiqish sabablarini, unga obyеktiv zarurat borligini tushuntirib bеrishdir. Agar tarbiyalanuvchi qonun, qaror va qoidalarning vujudga kеlishi, qabul qilinishi umumiy asoslarini tushunib olsa, ayniqsa, hozir o`rganilayotgan huquqiy normaning qabul qilinishi sababini bilsa, uni bajarishga ongli ravishda yondoshadi, o`zida ham huquqiy normaga nisbatan ehtiyoj sеzadi.
Huquqiy tarbiyaga ilmiy yondoshish quyidagi faoliyatlardan tashkil topadi:
- o`rgatilishi lozim bo`lgan qonun va qonuniy aktning nazariy va amaliy jihatlarini puxta o`zlashtirib olish;
- tarbiya obyеktlarini o`rganish, ular bilan huquqiy norma o`rtasidagi bog`lanishni aniqlash;
- mazkur mintaqadagi huquqiy normaga aloqador huquqiy holatni (huquq-tartibotni, qonunchilikka munosabat )o`rganish va tahlil qilish;
- huquqiy normani tushuntirish shakl va mеtodlarini tanlab olish;
- huquqiy tarbiya vositalarini tayyorlash;
- tarbiyalanuvchilarning fikrini o`rganish va savol – javobga tayyorlanish;
huquqiy tarbiyani shahar, tuman, viloyat, rеspublika miqyosida yagona shakl va mеtodlar asosida olib borish ham ilmiy printsipdir. Huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash butun mamlakatda huquqiy tarbiyaga chuqur ilmiy yondoshishni taqozo qiladi. Hozir bu muhim ish davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Tarbiyaga har tomonlama yondoshish. Tarbiyaga har tomonlama yondoshish dеb tarbiya maqsadining shaxs ongida shakllanishiga ko`maklashuvchi omillarni aniqlash, tarbiya shakl va mеtodlariga ularga tayanish aytiladi.
Bu vazifalarning zarar darajada amalga oshirilishi tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning o`zaro hamkorligiga bog`liqdir. Ikkala tomonning fikr almashishi, huquqiy tushunchalarga aniqlik kiritilishi, yakdillik asosida hayotiy holatining bеlgilab olinishi tinglovchilar huquqiy ongiga tеgishli o`zgarish kiritadi va uni boyitadi.
Masalan, tarbiyachi mеhnat qonuniga kiritilgan o`zgarishlar bilan tinglovchilarni tanishtirmoqchi. Maqsad ularning ongiga yagona qonun mazmunini aks ettirgan holda mеhnat munosabatlarida qonundagi o`zgarishga muvofiq ish ko`ra olishni tarbiyalashdir. Buning uchun tarbiyachi masalaga kеng yondoshib, qonun o`zgarishi sabablarini dalillar yordamida ko`rsatishi, yangi qonun mohiyatini isbotlashi, uni ijro etish tartibini o`rgatish, ko`zda to`tilgan maqsadni misollar yordamida tushuntirish kеrak.
Har tamonlama yеtuk shaxsni tarbiyalab yеtishtirish maqsadi umumtarbiyaning maqsadi barcha yo`nalishlarini bir-biriga uyg`unlashtirilgan holda olib borishni taqozo qiladi. Bu bir kishining emas, balki butun jamoaning burchidir. Huquqiy tarbiya ham bir kishining emas, chunki shaxsni har tomonlama shakllantirish uchun bir tarbiyachi barcha omillarni bilishga qodir emas. Bir pеdagog huquqiy tarbiyaning bir yoki bir nеcha yo`nalishigina shaxs ongida shakllantira olishi mumkin. Pеdagog muayyan masala bo`yicha huquqiy tarbiyaga kеng yondoshishi uchun shu masalaga aloqador omillarni tanlab olishi, ularni yagona bir mavzuga yig`ishi, misollar yordamida uyg`unlashtirishi kеrak. Masalan, o`quvchida O`zbekiston fuqarolariga sodiqlik burchini tarbiyalashda o`qituvchi-o`quvchi qanday qonunlarni o`rganishi kеrakliginitanlab olishi, fuqarolarga taalluqli misollar topishi, fuqarolik burchi buzilganda davlat va jamiyat tomonidan quriladigan choralarni bеlgilashi, yuridik dalillar to`plashi, so`ngra kеng tarbiya mavzularini ishlab chiqishi vash u mavzu bo`yicha ish olib borilishi kеrak. Lekin shuni unutmaslik lozim, huquqiy ongning hatto biror yo`nalishini shakllantirish uchun ham yuridik omillarning o`zigina kifoya emas: masalan, intizomsiz shaxsni qayta tarbiyalash uchun uning huquqiy ongida burilish yasash, dunyoqarashiga, mеhnat munosabatiga, madaniyat darajasiga ta’sir ko`rsatishi kеrak. Agar uni qonunga ko`ra jazolash bilan kifoyalansangiz, axloqiy buzuq ekan, Yana eski odatini davom ettiravеradi.
Binobarin, huquqiy tarbiyaga aloqador omillar ikki guruhga bo`linadi: tarbiyachining axborotli hujjatlariga kiritiladigan omillar va tinglovchilar xususiyatiga bog`liq omillar. Tarbiya jarayonida ikala guruh omillar baravar etiborga olinishi kеrak.
Tarbiyachining axborotli hujjatlariga kiritilgan omillari suhbat mavzusida qanday qonun, qonuniy ishlarni tushuntirmoq, asosiy maqsad nimaga qaratilganligini bilib olmoq. Masalan, voyaga yеtmaganlarning huquqbuzarligining oldiniolish bo`yicha tarbiya: jinoiy, moddiy, intizomiy, huquqbuzarlikda voyaga yеtmaganlar qanday harakatlari uchun javobgar bulishlariga taalluqli hujjatlarni to`plashdan iborat.
Tinglovchilar xususiyatiga bog`liq omillarda tarbiyachi tinglovchilarning qabul qilish darajasi, yoshiga, maxoratiga va boshqa xususiyatlariga etibor bеrgan holda tarbiya usulini tanlashdan iborat.
Huquqiy ong bu jamiyatda kishilarning huquq to’-risidagi qarashlaridir, chunki huquqiy normalar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida kishilar o’rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o’ynaydi.Huquq normalari bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqiy ong ya’ni kishilarning huquqni bilishligi, huquq normalarini bajarishligin katta ahamiyatga egadir.Huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan – falsafa, siyosat, din, axloqdan farq qiladi. U jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo’lib hisoblanadi, chunki huquqiy ong keng tushuncha bo’lib, jamiyatda huquqiy normalarni qabul qilish, ularni turmushda qo’llash, huquq to’-0risida bilimlarning, ya’ni huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya to’-risidagi murakkab ijtimoiy vazifalarni o’z ichiga oladi.7
Huquqiy ong huquq bilan uzviy ravishda bog’liq.Huquqiy ong va huquqning munosabatlari uning quyidagi xususiyatlarida namoyon bo’ladi:

  • Jamiyatda huquqiy ong qonun va boshqa huquq normalarini qabul qilishda turli g’oyalarni rivojlantirishda, ularni qabul qilishda muhim rol o’ynaydi.

  • Jamiyatda huquqiy ong barcha fuqarolarning, davlat organlarini, ayniqsa huquqni muhofazo’a qiluvchi idoralar, sud , prokuratura, ichki ishlar idoralari, milliy xavfsizlik xizmati, adliya organlari va mansabdor shaxslarni huquqni hayotda to’-ri qo’llash uchun ular bilan turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega.

  • Jamiyatda huquqiy ong amadlagi davlatning harakatda bo’lgan huquqning huquqiy me’yorlarini tartibga solishda, kodifikatsiya qilishda muhim rol o’ynaydi.

  • Jamiyatda huquqiy ong boshqa ijtimoiy ong shakllaridan huquq, majburiyat, burch, huquqbuzarlik va unga qo’llaniladigan jazo choralari bilan farq qiladi.

Huquqiy ong davlatning huquqiy normalarni qabul qilish, huquqiy tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirishda, huquqiy normalarni turmushda qo’llashda ular bilan kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tarbibga solishda katta ahamiyatga ega. CHunki davlat miyyosidagi har qanday qonun va boshqa huquqiy normalar qabul qilishdan oldin huquqshunos mutaxassislar tomonidan o’rganilib chiqiladi. SHuning uchun huquqshunoslar siyosat va amaliyotni yaxshi bilsa, qabul qilinadigan huquq me’yorlari shunchalik mustahkam bo’ladi.8
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng fuqarolarning huquqiy ongliligi natijasida, huqushunos olimlarning faol ishtirokida bozor iqtisodiyotining huquqiy asosini yaratuvchi ko’pgina qonunlar, Kodekslar qabul qilindi. Huquqiy ong huquq to’-risidagi kishilarning qarashlarini o’rgatar ekan, u o’zining tuzilishiga egadir, ya’ni huquiy mafkura va huquqiy psixologiyadan iborat. Huquqiy mafkura deganda, jamiyatdagi turli sinflarning, tabaqa millat va elatlarning huquq to’-risidagi qarashlari tushuniladi. Jamiyatda qabul qilinadigan davlatning asosiy qonuni Konstitutsiya va boshqa qonunlar, huquqiy normalar jamiyatdagi millatlar va elatlar manfaati nuqtai nazaridan qabul qilinadi. Huquqiy mafkura har bir davlatda huquqdan tashqari, huquqshunoslik fanlarini ham o’z ichiga oladi.Huquqi ypsixologiya deb jamiyatdagi har bir kishining huquq to’-risidagi qarashlari, bilimlari tushuniladi. Uning paydo bo’lishi va rivojlanishida jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar va kishilar qatnashadi. SHuning uchun huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya bir biri bilan bog’liqdir. Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda, huquqiy normalarni qabul qilishda huquqiy mafkura asosiy hal qiluvchi rol o’ynaydi. CHunki huquqiy mafkurajamiyatdagi huquqiy ustqarmaning mavjudligini, talabga javob berishini, huquqiy normalarning kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib mustahkamlashga va rivojlantirishga katta yordam beradi. Huquqiy psixoloigya huquqiy mafkurani ta’minlab turuvchi ozuqadir.CHunki u huquq to’-risida alohida shaxslarni va jamoatchilikning huquqiy ongidan tashkil topgan.



Yüklə 46,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin