Patriarxal monogam oila – bu o’z mohiyatiga ko’ra oiladagi erkak kishining nufuzi, etakchilik roli, xotinning unga, farzandlarning ota-onaga tobeligini nazarda tutadi. Bundany oilada o’g’il bolalar otaning oilasini sira tark etmaydi, aksincha, uylangan taqdirda ham turmush o’rtog’ini shu xonadonga olib keladi, qizlar esa kimga turmushga chiqsa, uning familiyasiga o’tib, o’z ota-onasining uyini tark etadi. Bunday oilada urug’ning atalashi (familiya), shajara va mulkka egalik otaning yo’lidan amalga oshiriladi, oilaviy rollar esa erkaklarniki yoki xotinlarniki tarzida aniq tafovutlanadi. Erkaklar oilaning moddiy boyliklari, resurslari, ta’minoti bilan shug’ullansalar, ayollar asosan uy ishlari bilan band bo’ladilar.
Barkamol avlodni shakillantirishda oilaning orni.
“Oila – hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i…” I.A.Karimov.
Insoniyat tarixida oilaning paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishi tarixi, uning etnopedagogikasi va etnopsixologiyasi-moxiyatini davr talabi nuqtai nazaridan chuqur o’rganish ilg’or g’oyalarni amaliyotga tadbiq etish oila farovonligi va baraqarorligini ta’minlash uchun zamindir. Shuningdek, xalqaro xamkorlik asosida umumjahon ilg’or tajribalaridan o’zbek oilasi mintalitetiga mos foydalanish O’zbekiston oilasini jahohga namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Barkamol avlod yili” davlat dasturida aytib o’tilganidek, yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, yoshlarni sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini qurish va jihozlash, ularni yuqori malakali ustoz va murabbiylar
bilan mustahkamlash kabi tadbirlar joriy qilindi.
Oilada manaviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayot qurushga tayyorlash, ularni zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollash bilan bir qatorda, xalqimizning asrlar davomida shaklangan kasb hunar qadriyatlarga xurmat va e’zozini shakllantirish, oilaning ijtimoiy iqtisodiy manfa’tlarini himoya qilishda muhim ro’l o’ynaydi.
Oila shunday ulug’ maskanki, unda ozgina qilingan xato ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin oiladaga tarbiya esa bu holatlarni qay yo’sinda olib borishini ko’rsatadi.
Oila – mustahkam qo’rg’on. Bu qo’rg’onni mustahkamligi ota onaning oiladagi bir-biriga bo’lgan munosabatlari, bir-biriga bo’lgan ishonchi, ular o’rtasidagi hurmat va e’tibor, farzandlari tarbiyasiga befarqlik bilan qaramaslik kabi omillarga bog’liq.
Oilada ota-onananing vazifasini alohida takidlab o’tish lozim. Otaning vazifasi avvalo oilasiga ustun bo’lishi, oilada tartib intizom o’rnatish va asosiysi oilani moliyaviy jihatdan taminlashidir.
Oilada onaning o’rni katta ahamiyatga ega. Chunki u jamiyatimizga barkamol avlodni tarbiyalashga katta xissa qo’shadi. Shu bilan birga ona oilaning iqtisodchisi bo’lib xisoblanadi. Sodda qilib aytganda ota oila uchun ajratgan mablag’ni ona oqilona taqsimlashi lozim, ya’ni oilada ko’pni oshirish kamni yashirish ayollarga xos hususiyatdir.
“Qush uyasida ko’rganini qiladi”deb bejizga aytilmagan. Oilada farzandni o’sishi yaxshi tarbiya topishi, komil inson bo’lib yetishi kelajakda halq manfaati uchun xissa qo’shishi bevosita ota-ona tarbiyasiga bog’liq. Bola yoshlik davrida oilada olgan talim tarbiyasini butub umri davomida saqlab qoladi. Bola hayotining asosiy qismini oilada o’tkazadi, o’zining ta’sir kuchiga ko’ra hech qanday tarbiya vositasi oila bilan bellasha olmaydi. Oila bolalarga ijobiy va salbiy ta’sir etish omili bo’lishi mumkin. Ijobiy ta’sir shundan ibortaki oilada bolaga eng yaqin insonlardan-ota-ona-buvi-buva-aka-opalardan tashqari hech kim ulardek
bolani yaxshi ko’rib u haqida qayg’urmaydi.
Ota-ona bolalar nigohida eng buyuk kishilardir shuning uchun ular farzandlari oldida eng yaxsh jihatlari bilan obro’ qozonishi kerak. Bolalarni barkamaol inson qilib yetishishida maktabni oila bilan bog’lash muvaffaqiyat kalitidir. Shuning uchun maktab ota onalar o’rtsida talim-tarbiyasiga oid ishlarni kengaytirishi lozim. Bola matabga kirib, to uni tamomlab chiqqunga qadar ota-ona maktab bilan yaqin aloqa o’rnatishi, doimo farzandi haqida malumotga ega bo’lishi, o’z navbatida bolaning atrofidagi do’stlari haqida ham malumotga ega bo’lishi kerak. Ota- onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan tarbiya sohasida hamkorlik qilishlari juda muhimdir. Bu ishlar oila tarbiyasiga salmoqli hissa qo’shadi. Komil farzand tarbiyalash uchun oila, maktab va jamoatchilik, mahallaning hamkorligini talab qiladi.
Afsus bilan aytish lozimki, hozirgi kunda farzand tarbiyasiga loqaydlik bilan qarayotga ota-onalarni ham uchratishimiz mumkin. Buning natijasida jamiyatimizga zarar keltiruvchi, xalq uchun foydasi tegmaydigan, o’z ona tuprog’ini qadriga yetmaydigan yoshlar yetishib chiqmoqda. Bular jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Ota-onalarimizning befarqligi natijasida yoshlarimiz
o’rtasida giyohvandlik, bezorilik, ahloq chegarasiga to’g’ri kelmaydigan ishlar sonining ko’payishiga olib kelmoqda. Shunday yomon illatlarni oldini olish maqsadida ota onalar o’z farzandlarining bo’sh vaqtlarini foydali ishlar bilan band bo’lishini uchun turli xildagi to’garaklarga jalb qilishlari lozim.
Davlatimiz mustaqilligining mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy tarbiya va boshqa sohalardagi islohotlarining taqdiri, yurtimizning buyuk kelajagini barpo etish fuqarolarning, ayniqsa y osh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasiga, yuksak ongiligi, ijtimoiy faolligiga bevosita bog’liq. Shu bois mamlakatimiz mustaqil likining dastlabki kunlaridan boshlab ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalariga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratib kelmoqda.Zero, ta’dim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlardan asosiy maqsad quyidagilardir:
Birinchidan, ijtimoiy siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga;
Ikkinchidan, inson hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga; Uchinchidan, jamiyatga mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakillantirishga; To’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga;
Beshinchidan, ongli, tafakkuri ozod, zamonvaiy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan.
Yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan turli tahdidlar, ma’naviy xurujlar avj olgan bugungi murakkab sharoitda xushyorlik va ehtiyotkorlik zarurligini barchamiz angladik va his etib turibmiz. Chunki “ommaviy madaniyat” niqobi ostida yoshlar qalbiga chuqurroq kirib ularning ma’naviyatini zaharlashga o’rinayotgan “kuch”lar
har birimizni tashvishga solmoqda. Muxtaram yurtboshimiz I.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida, “Tabiiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egosentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa, ushning hisobidan boylik ortirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi”.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xaf solmoqda va ko’pchilik butun jahonda bamisoli bolo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda” deb ta’kidlab o’tadi.
Shu boisdan ham yoshlar o’rtasida ma’rifiy targ’ibot tadbirlari tashkil etilib, ularni yot g’oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish choralarini ko’rish bugungi dolzarb vazifadir.
Jamiyat hayotida tarbiyaviy ish hamisha dolzarb bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Shu bois XX asrning jonkuyar pedagogi Abdulla Avloniy “Tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidur”- deb ta’kidlaganligi bugun o’z tasidig’ini topmoqda. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya ishini davlat darajasidagi ustuvor vazifaga aylantirilishi ham jamiyatimizda yoshlarni ma’naviy barkamol, kuchli, bilim va yuksak taffakurga ega bo’lgan kadrlar qilib tarbiyalashda qanchalik muhim ish ekanligining isbotidir. Yosh avlodni ma’naviy tarbiyasida oila va mahallaning o’rni beqiyos ekanligi, ular o’rtasida o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish va takomillashtirish zarurligi oydinlashmoqda.
Dostları ilə paylaş: |