2.2. Bolalarda tovush talaffuzi kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik o’yinlardan foydalanish. Didaktika-so’zining ma’nosi (yunoncha didaktikos- o’rgatuvchi ta’lim beruvchi )degan ma’noni anglatadi.
Didaktik o’yinlar bu –ta’limning eng muhim vositalaridan biri bo’lib, bolalar bu o’yinlarni bajarish jarayonida idrok, diqqat, xotira kabi psixik hissiyotlari rivojlanadi. Didaktik o’yinlar bolaning asosiy fazilatlarini tarbiyalahga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun didaktik o’yinlar asosan bolalarni mehnat ta’limiga o’rgatish ,ko’rgazmali qurollar orqali mehnat ko’nikmalarini shakllantradi.
Didaktik o’yinlar ikkita prinspni o’z ichiga oladi-ta’lim va o’yin, ularni jamoa shaklida ham erkin shaklda ham bajrish mumkin.
Korreksion – tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni yo’qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir. Korreksion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga yo’naltirilgan bo’lmay, balki umumiy rivojlantirishga qaratilgan. O’quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning shakllanayotgan shaxsini o’zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogic hodisa sanaladi.
Korreksion - tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o’zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
Korreksion-rivojlantiruvchi ta‘lim o’qishda va maktabda anomal bolalarga o’z vaqtida malakali yordam ko’rsatishni ta‘minlovchi differensial ta‘lim tizimi bo’lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o’qishidagi kamchiliklarni yo’qotish, yetarlicha shakllanmagan malaka va ko’nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.
Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy va korreksion ish tizimi umumdedaktik qonunyatlar, tamoyil va metodlar asosda tashki etadi.
Tovush talaffuzida kamchiligi bulgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion rivojlantiruvchi mashg’ulotlar. Bu mashg’ulotlar asosan 5-6 yoshli bolalarning ta’lim olishlarida uchraydigan muamolarni bartaraf etishda samarali natijalar beradi. Korreksion mashg’ulotlar bolalarning bilishga doir psixik jarayonlari: diqqat, tafakkur, idrok, tasavvur, hotira, shuningdek o’qish, yozish malaka va ko’nikmalarni boyitib borish bilan bir qatorda nutq kamchiliklarini turli hil o’yinlar yordamida bartaraf etishni va rivojlantirib boorish ta’minlaydi.
Mashg‘ulotlarni o‘tkazib borish jarayonida o‘quvchilar bilan samimiy, erkin muloqotda bo‘lish, ularni shoshirmasdan to‘g‘ri tushuntirib borish, o‘yin tariqasidagi tabiiy muhitni yaratish, bolalarning qobiliyatlarini xolisona tarzda baholash muhim omillardan biri bo‘lib sanaladi.
Albatta, mashg‘ulotlarni qo‘llashda psixolog, pedagog, ota – onalar faqat ushbu mashg‘ulotlar bilan cheklanmasdan etnik psixologik hususiyatlardan kelib chiqqan holda qo‘shimcha korrektsion mashg‘ulotlardan foydalanishlari ham mumkin.
Bolalarning maktabga psixologik moslashuvi va rivojlanish dinamikasini o‘rganish maqsadida ushbu korreksion rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarining natijalariga tayanish mumkin.
Quyida keltirilgan mashg’ulotlar bolalarning fikrlashi, diqqat, xotira, nutq, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
“Buni qanday qo‘llash mumkin” Bolalarga imkon qadar ko‘p hollarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan predmet nomini ayting. Har bir bola o‘z uslubini taklif qilishiga erishing. Masalan: Siz qalam so‘zini aytishingiz mumkin. Uni ishlatish yo‘llari turlicha bo‘lishi mumkin: rasm chizish, yozish, ko‘rsatkich sifatida va hokazo.
“Kimligini toping ” Bolalar aylana bo‘lib turadilar, Bolalardan biri yetaklovchi bo‘ladi. U boshqa o‘yinchilarga nisbatan teskari turadi. Shu vaqtda bolalardan biri qo’lidagi koptokni bolalardan biriga beradi. Yetaklovchi bu harakatni kim bjarganini aniqlashi kerak . Har bir bola etaklovchi bo‘lib chiqishi kerak.
“To’g’risini toping” Bolalar aylanaga turadilar. Olib boruvchi turli xatolari bo‘lgan gapni aytadi. Bunday gaplar har bir bolaga taqdim etiladi. Qaysi bola gapda xato topolmasa o‘yindan chiqadi. Oxirida qolgan bola g‘olib hisoblanadi. Masalan, Archa daraxtida olmalar pishdi. Osmonda uchta zog‘ora baliq uchyapti. Bolalar to’g’risini topishi kerak.
“Kim nima qayer” Bolalar aylana qurib o‘tiradilar. Olib boruvchi bolalardan biriga to‘pni otayotib,Kim ? deb aytganda O’qituvchi, qayer?Toshkent Nima? Daftar deb javob berishi kerak, bunda bolalar diqqat qilib tinglab turishi kerak to’g’ri javob bera olmagan bola o’yindan chiqib ketadi. Bu o’yinda barcha bolalar qatnashadi. Olib boruvchi bironta bolaga to’pni otadi va bolalar javob berib to’pni qaytaraib otadi.