O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika insituti pedagogika psixologiya fakul’teti maxsus pedagogika kafedrasi,,logopedik ritmika’’fanidan kurs ishi


I-BOB Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini ilmiy adabiyotlarda tahlil qilish va kelib chiqish sabablarini o’rganish



Yüklə 65,64 Kb.
səhifə4/14
tarix23.06.2022
ölçüsü65,64 Kb.
#62161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
YAXSHILIKOVA MOXINUR (Автосохраненный)

I-BOB Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini ilmiy adabiyotlarda tahlil qilish va kelib chiqish sabablarini o’rganish.
1.1.Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklari haqidagi olimlarning ilmiy nazariy qarashlar.
Bolalarda uchraydigan nutq buzilishlari etiyalogiyasi haqidagi tasavvurlar shu muamoni o’rganishning barcha davrlarda ular mohiyatini tushinishni ifodalaydi. Nutq buzilishlari etiyalogiyasida bosh miya jaroxatlashining o’z o’rni borligi Geppokrat tomonidan aytib o’tilgan, fransuz shifokori Pol Broka tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jaroxatlanishi nutq buzilishini keltirib chiqarishi mumkinligini ko’rsatib bergan. Xuddi shunga o’xshash kashfiyot Vernike tomonidan ham amalga oshirilgan: nutqni tushunishda bosh miya qobig’ining orqa bo’lagi katta rol o’ynaydi bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni ro’y beradi. Bu yillarda olimlarning ilk kelib chiqish sabablariga ko’ra nutq buzilishlarini tasniflashga urinadilar.
S.M. Dobrogayev nutq buzilishlari sabablari orasida quydagilarni ko’rsatgan:
1. Oliy nerv faolyati kasalliklari.
2. Anatomik nutq apparatida patalogik o’zgarishlar.
3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmaganligi.
4. Organizimning umumiy nevropatik holati.
M.E. Xvatsiv ilk bor nutq buzilishlari sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratdi. Shu bilan birga u organik (anatomo-fiziologik, marfalogik), funksional (psixogen), ijtimoiy psixalogik va psixonevralogik sabablarini ajratib ko’rsatdi.
Hozirgi vaqtda P.K. Anoxin, A.N. Leonteva, A.R. Duriya va boshqa olimlarning olib bogan tadqiqotlariga ko’ra har qanday psixik funksiyaning asosi alohida markazlar bo’lmay balki markaziy asab tizimining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tizimi hisoblanadi.
Kusmaul tomonidan dislaniyani dizartriyadan ajratdi, va u dislaniyani funksiyanal va mehanik shakllarni ko’rsatib berdi.
A.A. Leontev, L.S. Vigodiskiy bayon qilgan nutq jarayonni qurilishiga asoslanib nutq paydo bulishining quydagi jarayonlarni ajratadi: motiv fikr(nutq intinsiyasi), ichki rejalashtirish, leksik kuchaytirish va grammatik konstruksiyalash, motor ishlab chiqarish, tashqi nutq.
Leksik-grammatik kuchaytirish bosqichi o’z mexanizmlari bilan ajralib turadigan ikkita operatsiyani o’z ichiga oladi: sintaksis konstruksiyaning paydo bo’lish ishi hamda uning til darajasidagi alohida til kodlari va boshqalarda amalga oshiriladigan leksik to’ldirish. Shundan so’ng motor ishlab chiqarishi davom etadi. Misol uchun alaliyani o’rganishda pisixolingvistik yondashish ana shu nutq buzilishi mexanizimini chuqur ochishga nuqsonni tuzulishini aniqlashga bu buzilishni til buzilish deb belgilashga imkon beradi.
Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning usullari A.G. Ippolitova, O.V. Providina, M. Mastikova, G.V. Chirkina, I.I. Panchinko tomonidan ishlab chiqilgan. A. Tretu fikricha alaliyali bolalarda diqqat va hotira yetarli emasligi natijasidir deb takidlaydi. Libman alaliyada nutqning to’liq emasligini intilektual yetishmovchilik bilan bog’laydi. Alaliyani o’rganishda katta xissa qo’shgan olimlar, bular Gudsman, Libman, Bogdanov-Berezoviskiy, Freshelz keyinchalik esa Xvatsev, Tragovott, Orifiniskaya, Livina, Vilixova, Ye.F. Sobitovich va Vorogoyeva va boshqalar. Legotiskiy, R.Ye.Livina, A.R. Nuriya A.A. Leontevlar psixik jarayonlar hamda nutqning birligi va uzluksizligi haqidagi holat, faolyatning shaxs shaklanishdagi yetakchi omil sifatidagi ahamiyati to’g’risidagi holat, nutqiy faolyatining murakkab tizimli funksional birlik sifatidagi ahamiyati to’g’risidagi holatlarni aniqlagan. Shu jumladan L.S. Volova, L.S. Vegodiskiy, R.I. Lalayeva, A.R. Luriya, Ye.M. Masikova nutqiy defect strukturasi to’g’risidagi zamonaviy ta’savvurlar va qarashlarni, A.V. Zaporojets, D.B. Elkoninlar esa maktabgacha tarbiya yoshini inson kamolotining muhim bosqichi sifatida qabul qilgan konsepsiyasi, L.S. Vegodiskiyning rivojlanishning yaqin zonasida ta’lim olishning ahamiyati to’g’risidagi qarashlari, L.A. Venger, M.V. Krulext, A.M.Leushina, V.A. Petroviskiylarning pedagogik texnalogiyalar va pedagogik tizimni tashkil etishadi
B.G.Ananyev, A.R.Luriya, L.S.Svetkova, E.S.Beyn, M.K.Burlakova va boshqa olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni kо‘rsatadiki, yozish va о‘qish kо‘nikmalari funksional tizimining sensor – akustik - motorli va optik - motorli 20 rivojlanishi maxsus nutq faoliyatini ta’minlovchi miya mexanizmlari ya`ni analizatorlararo о‘zaro ta’sirining tiklanishi bilan bog‘liqdir1. Bunda “Vernike” zonasi (chap yarim sharning chakka sohasi - nutq tovushlarining differensiyasi uchun javob beradi), “Broka” zonasi (chap yarim shar pastki peshona burma-burma joyining orqa qismi), bosh miya ildizining (BMI) peshona bо‘limlari (nutq faoliyatini dasturlash va fikrni saqlashni amalga oshiradi), BMI old bо‘limlari, BMI premator zonasi (sо‘zlarni yozganda tovushlarning kerakli ketma-ketligiga rioya qilinishiga javob beradi) ishtirok etadi.
Motor faoliyatini ta’minlovchi miya mexanizmlari esa qо‘zg‘atuvchilarni qabul qilish va tahlil qilish, fazoviy mо‘ljal olish (teri – muskul - kinestetik his uchun javob beradi), praksis markazi (tepa qismidagi burma - burma joyning pastki sohasi), mexanikli yozuv elementi (maqsadli yо‘naltirilgan va avtomatlashgan harakatlarni о‘zlashtirilishi uchun javob beradi) bilan ta’minlanadi.
Kо‘rish - fazoviy faoliyatni ta’minlovchi mexanizmlar: BMI tepa - ensa sohasi apparatlari (tovush tuzilishini sо‘zning grafik belgilar tizimiga о‘girish, xotirada ushbu belgilarni ushlab turish va ularni tо‘g‘ri fazoviy tashkil etilishini amalga oshiradi), miyaning ensa sohasi (о‘qish va yozish jarayonlarining normal kechishi uchun javob beradi) bilan ta’minlanadi.
Kо‘rish-motor faolligi esa о‘z navbatida oftalmokinez jarayonlarining normal kechishi (kо‘z harakatlari), mustahkamlovchi (parvotsellyulyar) va fazolovchi (magnotsellyulyar) kanallarning normal ishlashi, barqaror binokulyar nazorat kabi jarayonlarning yaxshiligi bilan ta’minlanadi.
Yozma nutq faoliyatini tо‘liq amalga oshirish uchun optimal yarim sharlararo о‘zaro ta’sir zarurdir. Bilimlarni о‘zlashtirishning boshlang‘ich bosqichida kо‘rish - fazoviy ma’lumotlariga perseptiv ishlov berish uchun javob beradigan katta funksional og‘irlik miya tizimiga tushadi, sо‘ngra ahamiyati

Fonematik tamoyil (grafikaning asosi) mantiqan yetakchi hisoblanadi, biroq uning qо‘llanilishi morfologik va an’anaviy tamoyillar bilan keskin chegaralangan. Bu bir qator istisnolarga ega bо‘lgan asosiy qoida. Masalan, fonematik tamoyillarga binoan, harfli belgilash - sо‘zning kuchli yoki kuchsiz pozitsiyasiga qarab, sо‘zda eshitilib turadigan fonemalariga tо‘liq mos keladi (“qanday eshitsang, shunday yoz”).


R.Ye.Levina, L.F.Spirova, G.A.Kashe, R.A.Belova-David, R.I.Lalayeva va boshqa olimlar orfografiyaning fonetik tamoyilini muvaffaqiyatli о‘zlashtirish uchun bola egallashi lozim bо‘lgan quyidagi bilim va kо‘nikmalarni ajratadi:
- sо‘zda bir-biriga yaqin fonemalarni farqlash (fonematik qabul qilish);
-sо‘zning tovushli tarkibi haqidagi tasavvurlarning aniqligi va konstantligi (fonematik tahlil);
- tovush harfli assotsiotsiyalarning aniqligi, fonematik idrok, kо‘ruv idroki va fazoviy mо‘ljal olish1.
Umumlashtirish nafaqat sо‘zning tovushli, balki morfologik tahlili jarayonida hosil qilinadi”. Bundan kelib chiqadiki, orfografiyaning morfologik tamoyili sо‘zlarning turli morfemalarini yozilish xususiyatlarini belgilab beruvchi grammatik qoidalarni о‘zlashtirishga olib keladi.
R.Ye.Levina, I.K.Kolpovskaya, L.F.Spirova, R.I.Shuyfer, R.I.Lalayeva, I.V.Prishepovalar yozuvning morfologik tamoyilini muvaffaqiyatli о‘zlashtirish uchun zarur bо‘lgan shart-sharoitlarni quyidagi parametrlarga ajratadilar:
- fonetik tamoyil asosida sо‘zni yozish bazasi hisoblanuvchi malaka va kо‘nikmalar, ushbu jarayonlarsiz о‘zining shart-sharoiti sifatida sо‘zning tovushli tarkibi, turli birikmalardan ushbu fonemalarni olib chiqish, sо‘zdagi о‘xshash fonemalarni ajrata olish tо‘g‘risida aniq va о‘zgarmas tushunchalarni taxmin qiladigan morfologik yozuvga о‘tib bо‘lmaydi;
- sо‘zning orfogrammadan tuzilgan qismini aniqlash uchun zarur bо‘lgan sо‘zning morfologik tahlilini о‘zlashtirish. Mazkur holatda, orfografik masalani hal qilish asosiy operatsiya hisoblanadi;
-tizimlashtirilgan lug‘at zahirasini о‘zlashtirish, undan faol foydalanish hamda qoida shartlariga kо‘ra, orfografik masalalarni hal qilinishini ta’minlovchi zarur leksik materialni jalb etish uchun baza sifatida xizmat qiluvchi vazifaga binoan kerakli yо‘nalishga guruhlash;
-tilning dastlabki grammatik normalarini о‘zlashtirish – “til tuyg‘usi”ning mavjudligi. S.F.Juykovning fikriga kо‘ra, “til tuyg‘usi – ma’lum til munosabatlari tizimidir, u nutq faoliyatida maktabgacha bо‘lgan yoshda va maxsus mashqlar ta’siri ostida shakllanadigan, yetarli darajada rivojlangan fonematik eshitishni kо‘zda tutadi. “Til tuyg‘u”si yoki “til chamasi” deganda bolalarning “grammatikagacha” bо‘lgan bosqichda shakllangan morfologik va sintaktik umumlashtirishni amaliy bilishining ancha yuqori bosqichi tushuniladi.
Ye.V.Guryanova, M.M.Bezrukix, S.P.Yevimov, YE.V.Novikova, N.V.Novatorseva, S.Ye.Gavrina va boshqa mualliflar kо‘rish, eshitish va harakatlanish analizatorlari о‘rtasidagi aloqalar tizimni hosil qilish jarayonini tadqiqot qila turib, ular quyidagilarning shakllanganligiga bog‘liqligini isbotlab berdilar:
- kо‘rish va harakatlanish nazorati (kо‘ruv-motor koordinatsiyalar);
-harakatlarni kordinatsiyalash (yozayotgan qо‘l zvenolarini koordinatsiyalashni bilish, harakatlanish yо‘nalishining о‘z - о‘zidan о‘zgarish kо‘nikmasini egallash);
- fazoviy qabul qilish (kо‘rish maydonlarining yaxlitligi, kengligi, har tomonlama kо‘rishning о‘tkirligi);
- fazoviy tasavvurlar (tana sxemasini bilish, grafemani, uning aniq joylashuvini kо‘rishni bilish; narsalarni, uning tasvirlanishini tahlil qilishni bilish, tenglashtirish jarayonlarini о‘zlashtirish);
-ritmik tuyg‘ulari (ritmik tashkil etilgan vaqtinchalik qator elementlarni qabul qilishda namoyon bо‘ladigan qobilyat);
- qо‘lda paypaslab bilish (mayda motorikaning rivojlanishi);
- grafik xatolarni bartaraf etish uchun diqqatni kerakli hajmda taqsimlash;
-kо‘rish dqqati;
-kalligrafiya (aniq, barqaror о‘qish uchun qulay yozuv L.Y.Jeltovskaya, Ye.N.Sokolova).
Yozuvning ushbu bosqichida sо‘z va gaplarning morfologik va leksik grammatik tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda orfografik masalalarni yechish asosiy operatsiya hisoblanadi.
Shunday qilib, sensomotor baza yoki yozuvning funksional shart-sharoitlari kompleksi kо‘p miqdordagi kognetiv va nutq funksiyalarini о‘z ichiga oluvchi kо‘p darajali tizimni namoyon etadi. Minimal kerakli yosh darajasiga yetib, ular tovush - harfli simvolizatsiya operatsiyalarini amalga oshirish, sо‘zning tovushli tizimini grafik modellashtirish va grafo-motor dasturini joriy etish uchun optimal imkoniyatlarni yaratadi.
O’zbekistonda bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga ona-tili va o’zga tilni (rus,o’zbek) o’qitish muamosi O’zbekiston olimlari, metodistlari psixologlarning tadqiqot obyekti hisoblanadi. F.R. Qodirova, G.X. Jumasheva, D.R. Babayeva, D.A. Abdurahimova, N.SH. Nurmuxamedova va boshqalar. Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o’zaro bog’liqlikda olib boradilar. Ushbu yondashuv o’rinlidir, zero, fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o’zlashtirish va ishtimoiy o’zaro bog’liq jarayonlardir, nutqni rivojlantirish esa – ijodiy jarayondir, nutq bu stexayli jaryon emas degan fikrga asoslanadi. Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarning lug’at boyligini o’stirishda ikki jihat ajratib ko’rsatilgan: atrofdagi olam lug’atini (so’z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish, lug’atni til birligi sifatda o’zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig’ida ham til mantig’I borasida ham so’z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan.
Nutq egalab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to’g’ri keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilar Ye.I. Texayeva, Ye. A. Flirina, A.M.Leushina, L.A. Penyevskaya va boshqa olimlarning og’zaki nutqni va hikoya qilishni o’zlashtirishning uziga hos xususiyatlari og’zaki nutqi va hikoya qilishni nutqning o’zgacha samarali boshqichi ekanligini takidlab o’tadilar.
Ko’pgina olimlarning fikri va ilmiy asarlarida nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni nazarda tutib, ularning intellekti saqlangan; biroq alohida kognitiv operatsiyalarning kamchiliklari mavjud deya tahmin qilishgan.
Bilish faoliyatining holati motor alaliyaga ega bolalarda ayniqsa puxta o’rganilgan. R.A.Belova-David tadqiqotlari natijasida alaliyaga ega bolalar uchun faqatgina rang, shakl, kattalik, predmetlarning fazoviy va miqdoriy munosabatlari haqidagi sodda tasavvurlar xos ekanligi aniqlangan. Muallifning ko’rsatishicha, ko’rgazmali-harakat tafakkur saqlangan holda ko’rgazmali-obrazli va so’z-mantiqiy tafakkur normadan ortda qoladi.
O.N.Usanova va OA.Slinkoning ta’kidlashicha, nutqiy nuqsonga ega bolalar uchun o’quv faoliyatning o’ziga xosliklari xarakterli. Masalan, duduqlanuvchi bolalar uchun odatiy shart-sharoitlarning o’zgarishi faoliyat turg’unligining pasayishiga, diqqatning tarqoqligiga olib keladi. 16 Bir faoliyat turidan ikkinchi bir faoliyat turiga ko’chish bilan bog’liq topshiriqlar qiyinchilik tug’diradi. Aqliy va iroda zo’riqishini talab etuvchi topshiriqlarni bajarishda topshirilgan ish turidan nisbatan odatiy, avval egallangan ish turiga o’tish kuzatiladi. Ba’zi bolalarda shaxsiy singari, o’zgalar faoliyati natijalarini ham mustaqil nazorat eta olmaslik kuzatiladi.
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: Nutqni «rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatidan o‘zgarish jarayonidir, zero, u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir»
A.A.Leontev12 L.S.Vigotskiy va A.N.Leontevning qoidalariga tayangan holda, asosiy faoliyat turi sifatida qaraydigan nutqiy faoliyat shakllanishi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning qayd etishicha, bola nutqini rivojlantirish – bu eng avvalo, muloqot usullarini rivojlantirish bo‘lib, ularni o‘zlashtirish til qobiliyatini shakllantirishni talab qiladi. Til qobiliyatlarini shakllantirish, bir tomondan, nerv-psixologik mexanizmlarining yetilganligi bilan, o‘zga tomondan esa, ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog‘liq.
M.I.Lisina konsepsiyasi ruhida amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, muloqot – bolada so‘zning paydo bo‘lish fakti, vujudga kelish muddatlari va bola nutqi rivojlanishining sur’atlarini belgilab beruvchi muhim omildir. Ontogenezda nutq dastlab muloqot vositasi sifatida, keyinchalik esa – fikrlash, o‘z xulqini boshqarish vositasi sifatida rivojlanadi. Nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurda bola nutqini rivojlantirish, bir tomondan, tashqi ta’sirlar bilan belgilanishi, o‘zga tomondan esa – to‘satdan yuz berishlik, «o‘zini-o‘zi harakatga keltirish» bilan tavsiflanishi tushuniladi. Bolalarning passiv nutqni o‘zlashtirib olishlari va ularning dastlabki so‘zni aytishlari hal qiluvchi darajada quyidagi uch jihatga, ya’ni emotsional aloqalar, birgalikdagi harakat chog‘idagi aloqalar, tovushli aloqalardan iborat bo‘lgan kommunikativ omilga bog‘liq bo‘ladi.
Bolalarni jismoniy rivojlantirish, nutq va tafakkurni shakllantirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish kabi turli masalalar qamrab olingan. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqni rivojlantirishga: Ye.I. Tixeyeva, Ye.A. Flerina, A.I. Solovev, A.N.Govzdev va boshqalar katta hissa qo’shishganlar.
Hozirgi paytda bolalarning yuqori darajada aqliy va nutqiy rivojlanishni ularning tiq qobilyatlari shakllanishi ta’minlash imkonini beruvchi bolalar o’quv jarayonini tashkil etishning eng samarali usullari olib borilmoqda.



Yüklə 65,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin