22
6-mavzu: Reklama siyosatini boshharish
Marketing nafaqat faol bo‘lmagan masalalar, ya’ni asosiy
iste’molchilar talablarini batafsil va to‘la o‘rganishni emas,
balki faol
masalalar - sotishning o‘sishni, ularning samaradorligi va tadbirkorlik
faoliyatida umumiy foydaliligini oshirish maqsadida talabni shakllantirish
va rag‘batlantirishni hal qilishni ko‘zda tutadi.
Huddi shu maqsadga, birinchi navbatda, kommunikatsion siyosat deb
nomlangan tizim javob beradi, reklama uning tarkibiga bozorga ta’sir
qiluvchi kompleks choralar sifatida kiradi. Horijiy marketologlarning
firkricha, bozorda talabni shakllantiruvchi va rag‘batlantiruvchi
tadbirlar
tizimining asosiy elementlari quyidagilardir:
1.Reklama.
2.Rag‘batlantirish vositalari.
3.Pablisiti (targ‘ibot).
Ushbu tadbirlar ichida reklama muhim elementlaridan biri
bo‘ladi. Reklama sotishni rag‘batlantirish vositalari, servis siyosati,
to‘g‘ridan to‘g‘ri
va shaxsiy sotishlar, ko‘gazmalar va yarmarkalarda
ishtirok etish, tovar belgisi, o‘rash-joylash, ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilar o‘rtasida shaxsiy
munosabatlarning shakllanishi, ommaviy
axborot vositalari bilan ishlash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Reklamaning reklama beruvchi va xaridor uchun qanday
ahamiyatga.Jumladan:
-reklama beruvchi uchun reklamadan maqsad - axborotlarni
iste’molchilarga yetkazish va tovarga bo‘lgan
talabni kengaytirish
maqsadida ularning moyilligiga erishishdir;
-reklama iste’molchining tovarning alohidaxususiyatlarini aniqlashga
ketadigan vaqti va mablag‘larini tejaydi.
Reklama rivojlangan sari, uning xilma-xil ko‘rinishlardagi shakllari
ko‘payib bormoqda, shu sababli reklama
beruvchilar birgina axborot
kanalidan foydalansa ham, ularning ihtiyorida reklama uslublarining keng
assortimenti mavjuddir.
Imij reklamasi tovarga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning maqsadi
xaridorning ushbu markaga bo‘lgan munosabatini shakllantirishdan
iboratdir. Bu holda “reklama beruvchilarning ijodiy xatti-harakatlari
nafaqat xaridorning
darqol reaksiyasiga, balki keyinchalik xaridga olib
keluvchi ijobiy munosabatni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘ladi”.
Bunday reklamaning samaradorligini faqat uzoq kelajakdagina
baholash mumkin.Bu erda munosabat tushunchasi hal qiluvchi rol
23
o‘ynaydi, shuning uchun kommunikatsiya obyekti
vazifasini avvalo tovar
konsepsiyasi bajaradi.
Dostları ilə paylaş: