O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti


–§. Elementar zarralarning sinflari



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix03.06.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#60470
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
2.3.–§. Elementar zarralarning sinflari 


23 
Har bir zarrani kvant sonlari deb ataluvchi fizik belgilar to‘plami 
xarakterlaydi. Umuman zarralarni xarakterlovchi kattaliklar ko‘p va xilma-xildir. 
Shunday bo‘lsa ham, ulardan birortasini elementar zarralarning klassifikatsiyasi 
uchun asosiy xarakteristika sifatida ajratish qiyin. Quyida xar bir kvant soni va 
uning fizik ma’nosi ustida aloxida to‘xtalib o‘tamiz. Avvalo, har bir zarra tinch 
xolatdagi massasi bilan xarakterlanadi. Zarralarning bu xarakteristikasi 3.3.1- 
jadvalning beshinchi ustunida keltirilgan. 
Elementar zarralarning navbatdagi xarakteristikasi elektr zaryadidir. U 
elektron zaryadi birligida o‘lchanadi. 3.3.1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, zarralarning 
elektr zaryadi butun son bo‘lib, 0 ga yoki ± 1 ga teng. 
Jadvalda keltirilmagan rezonanslar deb ataluvchi zarralar guruxida xattoki ±2 
zaryadli zarralar xam ma’lum. 
Materiyaning tarkibiy qismlaridan xisoblangan va 1/2 spinga ega
fundamental fermionlar deb ataluvchi kvarklar esa +2/3e yoki -1/2e ga teng kasr
qiymatli zaryadga egadir. 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, protonning barion zaryadi +1 ga teng, pozitron 
va foton esa, barion zaryadiga ega emas. Barion zaryadiniig saqlanish konuniga 
asosan protonning mazkur parchalanishi man qilinadi: 
p+e
+
 
(3.3.1) 
Proton va undan og‘ir xamma zarralar barionlar deb ataladi va ularning xar 
biri +1 barion zaryadiga ega.. Antibarionlar esa— 1 barion zaryadiga ega bo‘ladi. 
Yuqoridagi jadvalning oxirgi ustunida zarralarning parchalanish maxsulotlari 
keltirilgan. Diqqat bilan qarasak, xar qanday barion proton va boshqa zarralarga 
parchalanishini ko‘ramiz. Masalan, ksi-minus-giperonni olaylik. U lambda-giperon 
va pi-mezonga parchalanadi; lekin A° o‘z navbatida protonga va pi-mezonga 
parchalanadi. Proton barqaror bo‘lgani uchun u bitta og‘ir zarra (E) bo‘lganligi va 
uning parchalanganligi xaqidagi informatsiyani o‘zida saqlaydi. Bunday 
jarayonlarda zarraning «og‘irlik» xususiyati yo‘qolmasdan estafeta bo‘yicha 
protonga o‘tadi. Agar protondan og‘ir 1000 ta zarra bo‘lsa, ular baribir 1000 ta 
protonga va boshqa zarralar to‘plamiga parchalanadi. Barionlarning barion zaryadi-


24 
niig saqlanish qonuni ular parchalanganda «og‘irlik» xususiyatining saqlanishini aks 
ettiradi. Protonning barqarorligi esa uning boshqa barionlar oldidagi ularning 
«og‘irlik» xususiyatnni saqlashdan iborat. 
Barion sonining saqlanish qonuni bilan bog‘langan, lekin xozirgacha 
yechilmagan muammo barion soni uchun saqlanish qonunini qanoatlantirishidan 
boshqa biror ma’lum xususiyatning yo‘qligidir. Masalan, zarraning elektr zaryadini 
uning elektromagnit maydondagi xarakatiga asosan mustaqil ravishda aniqlash va 
o‘lchash mumkin. Barion zaryadining esa biz bergai «sun’iy» xususiyatidan boshqa 
xususiyati yo‘q. Barion zaryadining elektr zaryadi kabi xususiyatga ega emasligi 
uning puxta nazariy asosini ishlab chiqishni talab qiladi. Lekin shunga qaramasdan 
bu qonunning katta aniqlikda bajarilishi bilan qanoatlanamiz. 
Jadvaldagi eng yengil zarralar leptoy zaryadiga ega. Elektron (e
-
) va elektron 
neytrinosi (γ
e
) +1 
Lepton zaryadnga (L
e
), pozitron (e
+
) va elektron antipeygrinosi (γ
e
) esa - 1 lepton 
zaryadiga ega (L
e
=-1). Boshqa hamma zarralar uchun L
e
= (). Myumezon μˉε| va myuon 
neytrinosi uchun myuon lepton zaryadi L
μ
=+1 musbat myu-mezon va myuon
aptineytrinosi uchun L
μ
=-1. Boshqa xamma zarralarning myuon lepton zaryadi 
nolga teng: L
μl
=0. 
1951 yilda olimlar juda g‘alati fizik xususiyatlarga eta bo‘lgan zarralarni kashf 
qildilar. Olimlar g‘alati zarralarni boshqa odatdagi zarralardan farqlash uchun S g‘alatilik 
degan kvant belgisi bilan bedgiladi. Faqatgina shu g‘alati zarralar uchun g‘alatilik noldan 
farqli bo‘lib S=±l, ±2, ±3 bo‘ladi. Odatda, ekvivalent kattalik V-giperzaryad ishlatiladi. U 
g‘alatilik va barion zaryadi kvant sonlari bilan bog‘langan: 
V = S + B
(3.3.1) 
Kuchli o‘zaro tasir zarralarnipg har bir zaryad multipletiga ma’lum izotopik 
spin (izospin) qiymati taqqos qo‘yiladi. Agar zaryad multipleti bitta zarradan tashkil 
toptan bo‘lsa, ushbu zarraning (zaryad mul’tipletining) izotopik spini nolga teng
deb xisoblanadi. Masalan, eta-mezon. Ikki zarradan tashkil topgan zaryad multipletining 
izospini (masalan, nuqlonlar – proton va neytronlar dubleti) yarimga tent. Umuman, agar 


26 
zaryad multipleti i ta zarradan tashkil topgan bo‘lsa., uning izotopik spini quyidagicha 
aniqlanadi: 
T=(– 1 )/2. 
(3.3.2) 
Ma’lumki, «izo» so‘zi teng degan manoni bildiradi. «Topos» so‘zi esa o‘rin, joy 
manosini anglatadi. «Izotopik» so‘zi zarralarning ma’lum bir «o‘rin» ga ma’lum
multipletga taalluqliligini ko‘rsatadi. Agar zarraning spini yarimga teng bo‘lsa, u 
spinning yo‘nalishiga nisbatan mumkin bo‘lgan ikki xolda bo‘ladi. Xuddi 
shuningdek, izotopik spini yarimga tent nuqlon zaryad multipleti nuqlonning ikki: proton 
va neytron xolatidan iborat bo‘ladi. Kuchli o‘zaro tasirda bir zaryad multipletiga 
kiruvchi va o‘zlarini bitta zarra kabi tutuvchi zarralar elektromagnit o‘zaro tasir ostida 
massalari va zaryadlari bilan farqlanuvchi zarralarga aylanadi. (3.3.1- rasmga)
Ma’lumki, uchta pi-mezon — l
4
, π° va π¯ bir-biridan faqat zaryadlari bilan farq 
qiladi. Pi — mezonning izospini birga teng bo‘lib, izospin proyeksiyalari esa T
z

+1,0 – l ga teng. Ushbu uchta zarraning zaryad miqdori T
g
 bilan quyidagicha bog‘langan: 
q = e ·T
z
.
(3.3.3) 
Bu munosabatdan elektr zaryadining saqlanish qonuni tufayli T
z
 ning saqlanishligi 
kelib chiqadi. 
Kuchli o‘zaro ta’sirga nisbatan izospin va uning proyeksiyasi yaxshi kvant sonlari 
— saqlanuvchi kvant sonlari bo‘lsa, elektromagnit o‘zaro ta’sirga nisbatan esa faqat 
uning proyeksiyasi yaxshi kvant soni bo‘ladi, xolos. 


27 
3.3.1-rasm 
Elementar zarralarning asosiy xususiyati — xarakat miqdori, ya’ni 
impulsning spin momenti yoki spini (1) bilan bog‘langan. Spin bilan yaqin bog‘lanishda 
bo‘lgan kvant soni ichki juftlikni ifodalaydi va uning saqlanish qonuni sistemada biror 
fizik xodisa ro‘y berganda uning ko‘zgudagi tasvirida xam shu xodisaning o‘sha 
yo‘nalishda ro‘y berishini ko‘rsatadi. Matematika nuqtai nazaridan aytganda P juftlikning 
saqlanishi fizik qonunlarning fazoviy koordinatalar ishorasining o‘zgarishiga bog‘liq 
emasligini ifodalaydi. juftlik faqat ikkita ± 1 qiymatni qabul qiladi. operatsiyasi xar 
qanday xaqiqiy, ya’ni polyar vektorning ishorasini o‘zgartiradi. Aksial vektorlar, 
jumladan, xarakat miqdorining momenti, spini yoki ularning vektor yig‘indisi — xarakat 
miqdorining to‘la momenti P ta’sirida ishorasini o‘zgartirmaydi. Masalan, xarakat 
miqdorining momenti: L=r*p. 
P operatsiyasi ta’sirida zarraning radius-vektori r va impulsi p ishorasini 
o‘zgartiradi. 
Kuchsiz o‘zaro ta’sirda P juftlikning saqlanish qonuni buziladi. Ammo kuchli va 
elektromagnit o‘zaro ta’sirda P juftlik saqlanadi va bunday jarayonlarda yaxshi kvant 
soni bo‘lib qoladi. Juftlik P «etalon» zarralar — proton, neytron va L°- giperonlarga 
nisbatan aniqlanadi. Proton, neytron va giperonlarning xar biri uchun P=+1 qabul 
qilingan. 


28 
Jarayonning to‘la juftligi ichki juftlik (P) va spin momenti (I) dan iborat 
bo‘lganligi uchun odatda bu ikki kattalik birga yoziladi. Masalan, proton uchun I = 
1/2, P=+1. Shuning uchun I
π
 = 1
+
/2 ko‘rinishda yozish qulaydir. 


29 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin