O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti


–§. Elementar zarralar va ta’sir turlari



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix03.06.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#60470
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
2.4–§. Elementar zarralar va ta’sir turlari. 
Elementar zarralarning kuchsiz va gravitatsion o‘zaro ta’sirlashuvi. 
Yuqorida eslatganimizdek, mikrodunyoda u yoki bu xodisaning o‘tish vaqti 
zarralar «xayotida» asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib xizmat qildi. Zarralarda 
bo‘ladigan xarakterli jarayonlar kuchli o‘zaro ta’sir ostida 10
-22
—10
-23
s ichida yuz bersa, 
elektromagnit o‘zaro ta’sir ostida 10
-16
—10
-17
s ichida yuz berady. 
Bundan xam sekinrok (taxminan 10
-10
s dan o‘nlab minutgacha) jarayonlar 
zarralariing kuchsiz o‘zaro ta’siri ostida o‘tadi. Kuchsiz o‘zaro ta’sir kuchli o‘zaro 
ta’sirga nisbatan 10
14
marta zaifroqdir. Lekin shunga qaramasdan oxirgi o‘n yillikda 
fizikadagi muxim kashfiyotlar xuddi ana shu o‘zaro ta’sir bilan bog‘liq. 
Kuchsiz o‘zaro ta’sirni yaqqol ko‘z oldimizga keltirish uchun kuchli elektromagnit va 
kuchsiz o‘zaro ta’sirlarni birma-bir tabiatda yo‘q deb faraz qilaylik. Agar kuchli o‘zaro 
ta’sir bo‘lmaganda edi, pi-mezonlardan yengilroq zarralarda va ular bilan bog‘lik bo‘lgan 
fizik xodisalarda aytarli o‘zgarishlar bo‘lmasdi. Lekin og‘ir zarralar butunlay bo‘lmas 
yoki mutlaqo boshqa zarralardan iborat bo‘lar edi. Shuning uchun dunyo yaxlit xolda 
butunlay boshqacha bo‘lardi. Elektromagnit o‘zaro ta’sir bo‘lmaganida esa tabiatda pi-
mezonlardan og‘ir zarralargina qolar edi. Massasi deyarli bir xil, lekin faqat zaryadlari 
bilan farq qiladigan zarralarni bir-biridan endi ajratib bo‘lmas edi (masalan, protonni 
neytrondan, uchala pi-mezonlarni bir-biridan va xokazo). Atom va undan ham katta 
masshtablarda (10
-10
m) dunyo o‘zgarib ketardi. Atom ham, molekula ham, yorug‘lik 
ham, jism ham bo‘lmasdi. 
Biroq kuchsiz o‘zaro ta’sir bo‘lmasa, zarralardan faqat neytrino (ν) bo‘lmaydi, 
xolos. Qolganlari aytarli o‘zgarmaydi. Yadrolar, atomlar, molekulalar, kristallar 
avvalgidek mavjud bo‘ladi. Barqaror zarralarning soni, binobarin, atomlar darajasidan 
tortib materiyaning tuzilish shakllari ancha ko‘p bo‘lardi. Kuchsiz o‘zaro ta’sirning 
yo‘qligi atomlar, molekulalar, jismlar tuzilishi nuqtai nazaridan aytarli o‘zgarishga olib 
kelmas edi. Aksincha, dunyo juda turli-tuman bo‘lardi. Kuchsiz o‘zaro ta’sirning 
mavjudligi ba’zi bir zarra va jismlarning ba’zi tuzilish formalarini beqaror qiladi. 
Shunday qilib, kuchsiz o‘zaro ta’sir ko‘proq zarralarning parchalanishi bo‘yicha 


30 
«mutaxassis» dir. Masalan, myu-mezonlar zaryadli pi-mezonlar, neytron va boshqa bir 
gurux og‘ir zarralarning parchalanishi faqat kuchsiz o‘zaro ta’sir orqaligina ro‘y beradi. 
Kuchsiz o‘zaro ta’sir jarayonlarining bunchalik xilma-xilligiga qaramasdan 
ularning hammasi uchun kuchsiz o‘zaro ta’sir doimiysi bitta 
14
4
2
10
5
















mc
c
G


(3.4.1) 






mc

parchalanuvchi zarraning kompton to‘lqin uzunligi, G — neytronning 
parchalanish jarayoni uchun bog‘lanish doimiysi (
1


c

 bo‘lgan birliklar sistemada 
massa (ya’ni uzunlik) kvadratiga teskari birlikka ega). 
Kuchsiz o‘zaro ta’sir doirasining radiusi eng qisqa bo‘lib, taqriban 10
-19
m ga teng. 
Kuchsiz o‘zaro ta’sirning agenti (ya’ni o‘zaro ta’sirni tashuvchi zarra) vektor mezonlar 
(W) deyiladi. Kuchsiz ta’sir zarralar bir-biri bilan o‘zaro og‘ir W-mezonlarni almashish 
natijasida vujudga keladi degan nazariya mavjud. Kuchsiz o‘zaro ta’sir jarayoni xaqida 
keyinroq batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Kuchsiz o‘zaro ta’sir kuchli va elektromagnit o‘zaro ta’sirlarga qaraganda kamroq 
simmetriyaga ega, ya’ni saqlanish qonunlari ko‘proq buziladi. Hozircha kuchsiz o‘zaro 
ta’sirda mikrodunyodagi jarayonlarning o‘ngni chap bilan, chapni o‘ng bilan,
zarrani antizarra bilan, antizarrani zarra bilan almashtirishga nisbatan bo‘lgan 
simmetriyasi buzildi. Kuchsiz o‘zaro ta’sir o‘ngni chap, zarrani antizarra bilan 
almashtirishdan iborat murakkab simmetriyaga ham ega emas. 
Gravitatsion o‘zaro ta’sir biz bilgan o‘zaro ta’sirlar ichida eng zaifidir. Tabiatda 
mavjud to‘rtta o‘zaro ta’sir ichida zarralarning o‘zaro gravitatsiya ta’siri uchun 
xarakterlovchi vaqtning kattaligi (10
17
s) va unga xos ta’sir kuchining juda kichikligi (10
-
40
) sababli deyarli xozirgacha elementar zarralar nazariyasida e’tiborga olinmaydi. 
Gravitatsion o‘zaro ta’sirning zaifligini kuyidagi oddiy tadjribadan ravshan bilish 
mumkin. Kichik metall jism olib uni kichik balandlikdan tushirib yuboramiz. U butun 
Yer massasidan xosil bo‘lgan gravitatsiya maydoni ta’sirida yerga tushadi. Endi kichik 
magnitni shu metall jismga yaqin keltirsak, u yerdan ko‘tarilib magnitga tortiladi. 


31 
Bundan ko‘rinadiki, kichkina magnitning maydoni butun Yer massasi vujudga keltirgan 
gravitatsiya maydonidan kuchlirok ekan. Elektromagnit va gravitatsiya kuchlari orasida 
xuddi shunday munosabat elementar zarralar uchun ham xarakterlidir. 
Gravitatsion o‘zaro ta’sir o‘zining uchta muxim xususiyatiga: cheksiz katta ta’sir 
doirasiga egaligi, absolyut universalligi va xar qanday ikki massa o‘rtasidagi ta’sir kuchi 
ishorasining bir xilligiga asosan butun Koinotda, astronomik masshtabda katta rol 
o‘ynaydi. Uchinchi xususiyatiga asosan gravitatsion o‘zaro ta’sir kuchi shu ta’sirdagi 
jismlarning massalari ortishi bilan tez ortadi. Shu sababli elementar zarralar 
nazariyasining oxirgi yutuqlari shuni ko‘rsatadiki, gravitatsion o‘zaro ta’sir katta 
energiyaga ega bo‘lgan zarralar «xayotida» munosib o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. 
Xaqiqatan ham (3.2.2) formulaga asosan katta energiyaga tezlatilgan zarralarning xarakat 
massasi ortishi bilan gravitatsion o‘zaro ta’sir sezilarli bo‘lishi mumkin. 
Elementar zarraning gravitatsiya maydoni bilan o‘zaro ta’siri qanday yo‘l bilan yuz 
beradi? Elektromagnit maydonga qiyos qilib gravitatsion o‘zaro ta’sir gravitonlar deb 
ataluvchi zarralar vositasida vujudga keladi deb xisoblanadi. Xar qanday jism, zarralar 
o‘zidan gravitonlar chiqarib turadi. Gravitonning massasi (tinch xolat massasi) 10
-39
—10
-
42
MeV ga, ya’ni deyarli nolga teng, xarakat tezligi yorug‘lik tezligidan bir oz kam, spini 
ikkiga teng. Gravitonning to‘lqin uzunligi 10
26
m. Bu qattalik Koinotning radiusiga 
teng keladi. 
Gravitatsion o‘zaro ta’sirni xarakterlovchi vaqt va gravitonlar to‘lqin uzunligining 
cheksiz kattaliklaridan gravitatsion o‘zaro ta’sirning butun olam bo‘ylab deyarli 
so‘nmasdan tarqalishi kelib chiqadi. Shunday qilib, gravitatsiya maydoni bilan o‘zaro 
ta’sirda bo‘ladigan har qanday zarra uchun gravitonlar har doim realdir. Real gravitonsiz 
hech qanday holatning bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun ham gravitatsiya 
vakuumining mavjudligi haqidagi masala mazmunga ega emas. Bu fikr har qanday 
o‘zaro ta’sirda ham ishtirok qiluvchi gravitatsiya maydoni universal ekanligini ko‘rsatadi. 


32 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin