№ Nomlari
Taqsimot
Kuch
li
Elektro
magnit
Kuchsi
z
Gravitatsio
n
F-D
B-
E
1
2
3
4
5
Foton (
)
Leptonlar
a)
,
b)
e
e ,
v)
,
Andronlar
1. Mezonlar
a)
0
,
,
b)
0
0
,
,
,
K
K
K
K
2. Barionlar
a) p,n
b)
,
,
,
0
0
,
,
0
+(1/2
)
+(1/2
)
+(0
)
+
+
+
+
+
+
+
3. Yadronlar (grekcha “zdros” – og‘ir, salmoqli)
Bu sinfga kuchli o‘zaro ta’sirga ega bo‘lgan hamma zarralar kiradi. Bu
zarralar kuchli o‘zaro ta’sir bilan birga kuchsiz va elektromagnit o‘zaro ta’sirga ham
egadir. Adronlar ikkita gruppachaga bo‘linadi:
1. Mezonlar;
2. Barionlar.
Mezonlar beqaror zarralardir ular π-va k-mezonlardan tashqari tongandir.
Ular yemirilib o‘zidan yengil zarralarni hosil qiladi. π
0
– mezon yemirilib 2-ta γ –
kvant hosil qiladi.
17
2 BOB. ELEMENTAR ZARRALAR
2.1–§. Elementar zarralarning yer sharoitida olinishi
Chor atrofimizda va o‘zimizda xam xar daqiqa muxim o‘zgarish – bir turdan
ikkinchisiga aylanishlar yuz berib turadi. Masalan, gugurt cho‘pini yondirdik deylik.
Bu xodisa xakikiy aylanishga misoldir. Albatta, bir turdan ikkinchisiga aylanish
cho‘pni yonib yo‘q bo‘lishidagina emas, uglerod atomlarining xavoning kislorod
molekulalari bilan birikib, materiyaning boshqa formasi – karbonat angidrid gaziga
aylanishida xam emas, balki asl aylanish yorug‘lik nurining paydo bo‘lishida yuz
beradi. Materiyaning atomar tarkibiy tuzilishiga ega emas, mutlaqo yangi formasi
— foton tug‘ildi. Biz ajoyib tabiiy xodisaning guvoxi bo‘ldik. Bu kabi xodisa —
yangi elementar kolmasdan, balki mikroduiyoda dam-badam yuz beruvchi
xodisadir. Yorug‘lik nurlanishidan tashqari, deyarlik ko‘p xollarda materiyaning bir
turdan ikkinchisiga aylanish xodisasining bevosita kuzatilishi qiyin bo‘lib,
materiyaning eng ichki o‘zagida, ya’ni yukorida qayd qilingan juda kichik masofalar
bilan xarakterlanuvchi soxalarda niqoblangan.
Ushbu ultra qisqa masofalarda sodir bo‘layotgan xodisa va elementar
zarralarning tuzilishini o‘rganish uchun elementar zarralarni katta energiyalargacha
tezlatish kerak. Yoruglik tezligiga yaqin tezlik bilan xarakatlanayotgan zarralarning
energiyasi uning impulsiga proporsionaldir: E=cr. U xolda koordinata-impuls
noaniqligi (8.9) munosabatidan biror kichik masofaga erishish uchun qancha
energiya (ΔE≥s/Δx=2XX10ˉ¹¹/Δx MeV) kerakligini aniqlaymiz. Masalan, 10ˉ
17
m va
undan xam kichik masofalarga kirmoq uchun 10 MeV energiyadan katta
energiyagacha tezlatilgan zarra kerak. Bunday katta energiyali elementar
zarralarning to‘qnashuvida tabiatning ajoyib xodisalaridan biri, ya’ni zarralarning
o‘zaro bir-biriga aylanishi sodir bo‘ladi. Bu esa elementar zarralarning asosiy
xususiyatlaridan biri — ularning boshqa zarralar to‘qnashuvida paydo bo‘la olish
(tug‘ilish) kobiliyatidir. Bunday jarayonlarning o‘tishi uchun zarur bo‘lgan energiya
va formulalar orqali aniqlanadi. Yangi zarralarning tug‘ilishi mumkinligi
Eynshteynning formulasidan kelib chiquvchi relyativistik effektdir. Haqiqatan, bu
formulaga binoan energiya muvozanati (ya’ni to‘qnashuvdan oldingi to‘la
18
energiyaning to‘qnashuvdan so‘nggi to‘la energiyaga tengligi) to‘qnashuvchi
zarralarning kinetik energiyasi va tinch holatdagi massasiga to‘g‘ri keladigan
energiyasidan iborat bo‘lib, zarralar to‘qnashuvida bu ikki xil energiya bir-biriga
o‘tishi mumkin. Masalan, pi-mezonning tinch xolatdagi massasi 135 MeV. Demak,
uning tug‘ilishi uchun xuddi shuncha energiya sarf qilinishi kerak. Shuning uchun
ham 150 MeV kinetik energiyali ikki protonning o‘zaro to‘qnashuvida neytral pi-
mezon (π°) tug‘ilishi mumkin. Bu reaksiya quyidagicha yoziladi:
p +p→p +p + π
0
(3.1.1)
To‘qnashuvdan avvalgi protonlariing 150 MeV kinetik energiyasining 135
MeV qismi πº mezonning tinch xolat energiyasi ko‘rinishiga o‘tdi; qolgan qismi bu
uch zarralar o‘rtasida ularning kinetik energiyasi sifatida taqsimlandi. Umuman ikki
zarraning to‘qnashuvida ular yetarli kinetik energiyaga ega bo‘lsa, massalari yanada
kattaroq zarralar xam xosil bo‘lishi mumkin. To‘qnashuv jarayonida xosil
bo‘layotgan ikkilamchi zarralarni xech kachon birlamchi zarralarning tarkibiy
qismlari sifatida qarash mumkin emas.
Elementar zarralardagi reaksiyalarda bir gurux zarralarning yo‘q bo‘lish
va boshqa bir gurux zarralarning tug‘ilish jarayonlari o‘zaro bir-birlariga
aylanishdan iboratligi, ayniqsa, zarra-antizarra to‘qna-shuvlarida aniq namoyon
bo‘ladi. Masalan, elektron va uning antizarrasi pozitronning o‘zaro to‘qnashuvida
bu ikkala zarra yo‘q bo‘lib, ikkita foton tug‘iladi.
Umuman, zarralar o‘rtasidagi birlik ham, o‘xshashlik xam ularning o‘zaro bir-
birlariga aylanish qobiliyatiga egaligida o‘z ifodasini topgan.
Mikrodunyoning juda qisqa vaqt ichida yuz beradigan jarayonlari vaqt
o‘tishining yo‘nalishiga nisbatan simmetriyaga ega. Bu qonunga asosan
to‘qnashuvlarda zarra tug‘ilsa, u yutilishi, ya’ni yo‘qolishi mumkin. Bundan
tashqari, bir reaksiyaning o‘zida zarralarning yutilish va tug‘ilish jarayonlari bo‘lishi
mumkin. Masalan, foton bilan protonning to‘qnashuvida ular yo‘qolib, ikkita yangi
zarra — musbat zaryadli pi-mezon va neytron tug‘ilishi mumkin:
γ + p → π
+
+ n
(3.1.2)
19
ya’ni zarralar to‘qnashuvlarida o‘zaro bir-birini yo‘qotib, boshqa zarralarga
aylanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |