O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti abdulla Ulug‘ov adabiyotshunoslik nazariyasi


IJODIY METOD, YO‘NALISH VA OQIMLAR



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/24
tarix03.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#171731
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
abdulla ulug\'ov adabiyotshunoslik nazariyasi

IJODIY METOD, YO‘NALISH VA OQIMLAR
San’at va adabiyotda hayot hodisalarini gavdalantirishning 
umumiy yo‘llari ijodiy metod deb yuritiladi. Adabiyotshunoslikka 
doir darslik, qo‘llanma-lug‘atlarda “ijodiy metod” tushunchasiga 
“yozuvchining hayotiy faktlarni tanlash, umumlashtirish, 
baholash va badiiy obrazlarda aks ettirishda qo‘llagan asosiy 
prinsiplari”, “san’atkorning anglanayotgan voqelikka ijodiy 
munosabatlarining umumiy ijodiy prinsipi, ya’ni badiiy 
asarda voqelikni qayta tiklash prinsipi”, “turmush hodisalarini 
tanlash, o‘rganish, idrok etish va tasvirlashning asosiy vositasi” 
deb ta’rif beriladi. Jumladan, D.Quronov, Z.Mamajonov, 
M.Sheraliyevaning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Metod (yun. 
methodos – tad qiq usuli) – 1) ijodiy metod; marksistik estetikaning 
aso siy kategoriyalaridan biri, XX asrning 20-yillaridan keng 


262
263
ommalashgan va ma’nosi o‘zgarib borgan termin. 30 – 40-yillar 
adabiyotshunosligida adabiyot va san’atdagi hayotni badiiy 
aks ettirishning asosiy tamoyillari metod deb yuritilib, ikkita – 
realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud deb hisoblangan. 
Keyinroq metod deganda badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni 
bilan bog‘liq bo‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy idrok 
etish va baholash prinsiplari tushunila boshlangan. Ya’ni bunda 
metod badiiy tafakkur tarzi sifatida tushunilib, ijodkor e’tiborini 
voqelikning u yoki bu qirralariga qaratishi, tipiklashtirishi 
va baholashida namoyon bo‘luvchi hodisa sanalgan. Keyingi 
ma’no ko‘chishi adabiyotning mafkura quroliga aylanishini 
ilmiy asoslash jarayonida amalga oshgan va mafkuralashgan 
sho‘ro adabiyotshunosligida metod tushunchasiga o‘ta muhim 
ahamiyat berilgan. Terminning keyingi ma’noda qo‘llanishi 
badiiy ijoddagi ikki muhim unsur – metod va uslubni alohida 
kategoriyalar sifatida tushunishga imkon bergan. Bunda badiiy 
tafakkur tarzini anglatuvchi metodga gnoseologik (ya’ni badiiy 
bilish bilan bog‘liq), uslubga esa antropologik (ya’ni ijodkor 
shaxsi bilan bog‘liq) kategoriya sifatida qaraladi (uslub). 
Adabiyotshunoslikda metod terminini bu ma’noda qo‘llashda 
ham turlichaliklar bor. Jumladan, romantizm, realizm, tanqidiy 
realizm, sotsialistik realizm kabilar ijodiy metod sifatida 
ko‘rsatilsa, klassitsizm ba’zan metod, ba’zan esa adabiy yo‘nalish 
sifatida ko‘rsatiladi. Holbuki, klassitsizmda ham o‘ziga xos hayot 
materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari 
mavjud bo‘lib, bu jihatdan u bemalol metod sanalishi mumkin. 
Hozirgi adabiyotshunoslikda ijodiy metod termini qo‘llanishda 
passivlashdi; 2) tadqiqot usuli. Bu ma’noda metod badiiy 
asar va adabiy jarayonni tadqiq etish tamoyillari va usullarini 
bildiradi: biografik metod, qiyosiy metod, sotsiologik metod 
va boshqalar” deyilgan. Ularda so‘z san’atida inson dunyosini 
badiiy gavdalantirishning ikki yo‘li: romantizm va realizm yo‘li 
bor, deb qayd qilinadi. Bunda insonning o‘ziga xos tabiatidan 
kelib chiqiladi. Ayonki, odam real hayotga bog‘lanib, o‘zining 
orzu-havaslari dunyosida yashaydi. Inson tabiatida mavjud hayot 
tarziga qanoat qilishdan ko‘ra, turmushni o‘zgartirish istagi, uni 
yanada yaxshilash havasi hamisha baland turadi. 
Ehtimol, shu boisdan, qadimgi dunyo adabiyoti asarlarining 
aksariyati romantizmga asoslangan. Yunon dramaturgi Sofokl 
mazkur hodisani sharhlab: “Men odamlarni ular qanday bo‘lishi 
lozim bo‘lsa, shunday tasvir etaman, u (ya’ni Evripid –A.U.) esa 
odamlarni, ular aslida qanday bo‘lsalar, shunday tasvir etadi”, 
degan. “Alpomish” dostonidagi Alpomish, Barchin, Qaldirg‘och, 
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod kabi obrazlar 
ham ajdodlarimizning asl inson haqidagi orzu-xayollarini o‘zida 
mujassamlashtirgan.
Asl inson qanday bo‘lishi kerak, degan muammo adabiyotda 
azaldan asosiy mavzu bo‘lib kelgan. Shuning uchun kishilarning 
haqiqiy inson haqidagi orzu-havaslarini aks ettiruvchi asar lar 
ko‘p yaratilgan. Homerning “Iliada” va “Odisseya”si, hind-
larning “Mahobhorat” va “Ramayana”si, o‘zbeklarning “Al-
pomish”i, Firdavsiyning “Shohnoma”si, “Xamsa” dostonlari 
shundan dalolat beradi. Asl inson haqidagi orzular aksi bo‘lgan 
bu asarlar kishilarni yovuzlik, shafqatsizlik, johillik olamidan 
uzoqlashtirib, ma’nan ulg‘aytirgan.
Insoniyatda azaldan orzu-havas hissi yuksak bo‘lgani bois 
adabiyotda romantizm metodi yetakchilik qilib kelgan. Bu 
ijodiy metod, ayniqsa, Sharq adabiyotida ustuvor bo‘lgan. XX 
asr boshigacha ham o‘zbek adabiyotida ham romantizm me-
todi asosiy o‘rin tutgan. Albatta, mavjud hayot hodisalariga 
mu nosabatni ifodalaydigan, turmush hodisalarini haqqoniy aks 
ettiruvchi asarlar ham yozilgan va ularning aksariyati, asosan, 
tanqidiy, hajviy ruhga yo‘g‘rilgan. Mavjud hayotga tanqidiy 
yondashish esa uni o‘zgartirish, yanada to‘kis, farovon qilish 
orzusidan tug‘iladi. Odamlarning orzu-havaslarini ifodalash 
romantizm ijodiy metodiga xos xususiyatdir.
Romantizm metodi – hayot haqidagi, inson to‘g‘risidagi 
orzular ifodasidir. Bu metodga mansub asarlarda xayoliy 


264
265
voqealar, orzulardagi obrazlar asosiy o‘rin tutadi. Shoir, yozuvchi 
o‘z a’moli (ideali)dagi insonni ko‘rsatish uchun qahramonlarini 
real hayotdagidan ko‘ra kuchliroq, fidoyiroq, jasurroq qilib 
gavdalantiradi. “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod obrazi 
o‘zida Alisher Navoiyning chin inson haqidagi orzularini 
mujassamlashtirgan. Ideal obrazni, ideal hayotni ko‘rsatish 
romantizm ijodiy metodining mohiyatini belgilaydi. Shuning 
uchun bu xildagi asarlarda voqelik real hayotning o‘zidagidan 
ko‘ra boshqacha, ko‘tarinki pafosda ko‘rsatiladi. Fantastik 
syujetli, mifologiyaga asoslangan asarlar ham romantizm 
metodiga mansubdir.
Adabiyotshunoslikka doir avvalgi darslik, qo‘llanmalarda: 
“Romantizm ijodiy metodi juda murakkab hodisa bo‘lib, u XVIII 
asr oxiri – XIX asr boshida Yevropa, Amerika adabiyotida paydo 
bo‘ldi hamda o‘zidan avval adabiyot va estetikada hukmronlik 
qilgan klassitsizmga qarshi kurashda shakllandi va rivoj topdi”, 
deyiladi. Biroq, yuqorida qayd etilganidek, Sharq adabiyotida 
azaldan romantizm yetakchilik qilib kelgan. Qadimgi yunon 
dramaturglarining jamiyatdagi mavjud tartibni o‘zgartirish 
g‘oyasi ilgari surilgan tragediyalari ham, ajdodlarimizning ado-
latli shoh haqidagi orzu-istaklarini ifodalagan ertak, dostonlar 
ham romantizm ijodiy metodiga mansubdir. XVIII asr oxiri 
va XIX asr boshida Yevropa va Amerika adabiyotida paydo 
bo‘lgan, jamiyatdagi mavjud hayot tarzidan qanoatlanmaslikni 
ifoda etgan asarlar esa romantizm ijodiy metodining o‘ziga xos 
yangi bir ko‘rinishidir. Ular ijtimoiy voqelikni, inson dunyosini 
aks ettirishdagi o‘ziga xosliklariga ko‘ra ertak, dostonlardan, 
“xamsa”lardan jiddiy farq qiladi. Viktor Gyugo (1802–1885), 
Jorj Sand (1804–1876), Bayron (1788–1824) kabi yevropa 
adabiyoti namoyandalari asarlarida xuddi Sharq shoirlari doston-
laridagi singari asl inson, adolatli jamiyat haqidagi orzu-istaklar 
o‘z ifodasini topgan. Ammo ular xuddi “Farhod va Shirin”, 
“Saddi Iskandariy” singari xayoliy voqealarga emas, balki real 
hayot voqealariga asoslangan.
Romantizm ijodiy metodiga mansub ushbu asarlarda asosiy 
diqqat-e’tibor ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi murosasiz kurashni 
ko‘rsatishga qaratilgan. Barcha xalqlarning ertak, dostonlari, 
mumtoz adabiyotning aksariyat namunalari romantizm metodiga 
mansub bo‘lib, ularda yovuzlikning olamga hukmron bo‘lishga 
intilishi va ezgulikning unga qarshi kurashi ko‘rsatiladi. Ayni 
asarlarda hayot voqeligi o‘z ko‘rinishida emas, ideal asosida 
gavdalantiriladi. Hayot voqeligi va inson obrazini ideal asosida 
aks ettirish esa san’atning asosiy xususiyatidir. 
San’atning mohiyatini belgilaydigan muhim jihatlardan biri 
sanalgan ushbu hodisa to‘g‘risida D.Quronov hammuallifligidagi 
“Adabiyotshunoslik lug‘ati”da shunday ma’lumot beriladi: 
“Ideal, estetik ideal (yun. idea so‘zidan fr. ideal – tasavvur, 
tushuncha) – estetika, jumladan, adabiyotshunoslikning muhim 
ilmiy kategoriyalaridan biri, go‘zallik, estetik mukammallikning 
yuksak darajasi haqidagi his etiladigan konkret-timsoliy shakl-
da aks etuvchi tasavvurlar jami. Jamiyatda yashayotgan har 
bir inson ongida mukammal jamiyat, mukammal ijtimoiy mu-
no sabatlar, mukammal inson haqidagi tasavvurlar mavjud bo‘-
lib, bularning bari idealni tashkil qiladi va uning voqelikka 
mu nosabatini belgilaydi. Umuman olganda, estetik ideal ham 
shuning bir qirrasi, konkret-timsoliy shaklda voqe bo‘luvchi 
go‘zallik tasavvuridir. Haqiqatda idealning qirralari butunning 
qismi bo‘lib, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun 
ham mutaxassislar idealning serqirraligini, uning mohiyati: ong 
sohasida – haqiqat, axloq sohasida – ezgulik, estetika sohasi-
da – go‘zallikdan iborat ekanligini ta’kidlaydilar. Albatta, bu 
qir ralarning har biri o‘zining muayyan me’yorlariga ega bo‘lib, 
ular davr o‘tishi bilan o‘zgarib, konkretlashib boradi. Masalan, 
tasavvuf adabiyotining idealiga ko‘ra, haqiqat – Haq, Alloh; 
ezgulik – Haqning buyurganini qilish va u qaytarganni qilmaslik; 
go‘zallik – shu ikkisiga muvofiqlikda, nimaiki bularga muvofiq 
emas, u go‘zallikdan ayro tushadi. Insonning ijtimoiylashuvi 
bilan bog‘liq holda ideal ham hayotga yaqinlashadi, u ijtimoiy-


266
267
siyosiy mundarija kasb etadi. Masalan, jadid adabiyotining ide-
aliga ko‘ra, haqiqat – millat taraqqiysi (erkin va adolatli jamiyat, 
ma’rifat, munosib milliy turmush, milliy ozodlik va b.); ezgu-
lik – millat taraqqiysiga xizmat qiluvchi amal; go‘zallik – shu 
ikkisiga muvofiqlik, davr bilan bog‘liq o‘zgargani holda, idealni 
zamonga butkul bog‘lab qo‘yish xato bo‘lur edi. Negaki, ideal 
ijtimoiy xarakterga ega, u juda qadim zamonlardan shakllanib, 
to‘lishib, konkretlashib keladi va, ayni chog‘da, u mohiyatan 
hamisha kelajakda bo‘lib, bu hol uni vaqt hukmidan xoli etadi. 
Xuddi shu narsa san’at asarining boqiyligini ta’minlovchi 
asosiy omildir, chunki san’at olam va odamni ideal asosida aks 
ettiradi, ideal asosida baholaydi. Ya’ni ijod onlaridagi san’atkor 
ideal olamida yashaydi, voqelikni uning nuri bilan yoritadi. 
Zero, faqat shundagina ijodkor shaxs tom ma’nodagi ma’naviy-
ruhiy butunlikka ega bo‘ladi. Ma’naviy-ruhiy butunlik esa 
shaxs intilgan idealning mavjudligi va uning hayotiy prinsiplari 
o‘sha idealdan kelib chiqishi demakdir. Shunga ko‘ra, butunlik 
muayyan xususiyatlarni o‘zida jam etgan insonning turg‘un 
holati emas, balki uzluksiz va adoqsiz bir jarayondir. Negaki, 
reallik bilan to‘qnashuv har vaqt shaxsning ma’naviy-ruhiy 
butunligi – mohiyati va mavjudligi orasida ziddiyatlar keltirib 
chiqaraveradi. Mana shu ziddiyatlarni idealdan ruh olgan holda 
bartaraf etish orqali mavjudligini mohiyatiga muvofiqlashtirib 
borish, shu asno qadam-baqadam idealiga yaqinlashib, yangi-
yangi ma’nolarni kashf etish va ularni o‘z hayotiga, jamiyat 
hayotiga tatbiq etib borish – ijodning bosh shartidir. Bu jihatdan 
tom ma’nodagi ijodkor XAQ yo‘liga kirgan so‘fiyga monand: 
so‘fiy XAQqa yaqinlashgani sari mavjudlikning mohiyatini 
teranroq idrok qilganidek, ijodkor idealga yaqinlashgani sari 
hayotning, insonning mohiyatini teranroq ilg‘aydi. So‘fiylik 
yo‘lining ibtidosi ham, intihosi ham HAQ bo‘lganidek, ijodkor 
faoliyatining motivi (sabab) ham, maqsadi (natija) ham idealdir”. 
Realizm adabiyotida hayot voqeligini tipiklashtirib, roman-
tizm adabiyotida esa uni ideallashtirib aks ettirish ustuvorlik 
qiladi. Hayot hodisalari va inson dunyosi g‘oyat serqirra. Har 
qanday ijodiy metod sir-sinoatga to‘la bu jumboq hodisaning 
muayyan jihatinigina qamrab oladi, xolos. Klassitsizm, roman-
tizm, realizm, simvolizm, naturalizm, modernizm tarzida nomla-
nadigan ijodiy metod, yo‘nalish, oqimlarning hech biri hayot 
hodisalari va inson dunyosini to‘la-to‘kis aks ettirolmaydi. Shu-
ning uchun ijodiy metodlarni biridan birini baland yoki past 
qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki ularning har biri hayot hodisalarini va 
inson obrazini gavdalantirishning o‘ziga xos yo‘lidir. Realizm 
romantizmdan yuqori, romantizm klassitsizmdan yuksak deyish 
nojoiz. Chunki “Xamsa”, “Alpomish” romantizm ijodiy metodiga 
mansub bo‘lsa, “Sarob”, “Ulug‘bek xazinasi” esa realistik 
asardir. Sofokl (er.avv. 495–406-yillar)ning “Shoh Edip” 
tragediyasi Arastu “Poetika”sini bitmagan, romantizm, realizm 
ijodiy metodlari, klassitsizm, sentimentalizm yo‘nalishlari 
to‘g‘risidagi ilimiy-nazariy qarashlar paydo bo‘lmagan bir 
zamonda, ya’ni eramizdan avvalgi 430–415-yillar oralig‘ida 
yozilgan. Adabiyot tarixining bebaho gavhari sanalgan bu 
asarlarning har biri esa biz uchun birday qadrlidir. Realizm ijodiy 
metodi ham klassitsizm, romantizm, modernizm singari hayotni 
va inson dunyosini badiiy gavdalantirishning bir yo‘lidir. 
Ijodiy metod, yo‘nalish, oqimlar to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy 
qarashlar shartli, nisbiydir. Chunki ular o‘rtasida o‘ziga xos farqli 
xususiyat bo‘lishi barobarida, muayyan umumiy mushtarak ji-
hatlar ham mavjud. Chunki bitta asar bir necha metodga xos 
xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi mumkin. “Shoh Edip”da ham, 
“Alpomish”da ham yoki har qanday ertakda ham realizm ijodiy 
metodi unsurlari mavjudligi yoki “Ulug‘bek xazinasi”, “O‘tkan 
kunlar”da romantizm ko‘rinishlari (qahramonlar orzu-havaslari, 
o‘y-xayollari ifodalangani) borligi shundan dalolat beradi. 
Tadqiqotlarda “XIX asrda, ayniqsa, uning ikkinchi qismida 
Yevropa xalqlari adabiyotida ijodiy metod ma’nosidagi realizm 
shakllandi. Avvalgi davrlar adabiyotida rivojlangan xislatlar 
realizm adabiyotida yuksak darajaga ko‘tarildi va adabiyotning 


268
269
asosiy prinsiplariga aylandi. Gumanizm, insonparvarlik realizm-
ning bayrog‘i bo‘lib qoldi... Realizm terminini faqat yevropa 
xalqlari adabiyoti tarixining XIX asriga (uning asosan ikkinchi 
yarmiga) nisbatan ishlatish asosli” degan qarashlar qayd qilin-
gan. Biroq Sharq adabiyotidagi “Boburnoma” singari asarlar 
ham realizm metodi mezonlariga to‘la mos keladi. Maxmurning 
“Hapalak”, Turdining “Tor ko‘ngulli beklar...” singari she’rlarida 
ham mavjud hayot manzarasi aniq badiiy gavdalantirilgan. Qola-
versa, gumanizm, insonparvarlikni faqat XIX asr ijodkorlari 
emas, Sofokl ham, Alisher Navoiy ham, Fyodor Dostoyevskiy 
ham, Abdulla Qodiriy-yu Cho‘lpon ham o‘z asarlarida ulug‘lagan. 
Adabiyotshunoslikka oid avvalgi darslik, qo‘llanmalarda 
“Romantizm ijodiy metodi ikki xil, ya’ni inqilobiy romantizm va 
reaksion romantizm ko‘rinishida bo‘ladi. Inqilobiy romantizmga 
mansub asarlar jamiyatni inqilobiy asosda o‘zgartirishni tar-
g‘ib etadi. Reaksion romantizm guruhidagi asarlarda jamiyat 
taraqqiyotiga g‘ov bo‘layotgan hodisalar ideallashtirib ko‘rsa-
tiladi” degan qarashlar ilgari surilib, realizm metodi “tanqidiy 
realizm”, “ma’rifiy realizm”, “sotsialistik realizm”deb xillarga 
ajra tilgan hamda ularning har biri tavsiflangan. Bu xil qarashlar, 
albatta, o‘sha paytdagi adabiyotga mafkura quroli sifatida yonda-
shishdan kelib chiqqan. Agar romantizmga mansub asarlarda 
realizmga xos manzaralar mavjudligi, realistik asarlarda roman-
tizm ko‘rinishlari bo‘lishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, “inqilobiy 
romantizm”, “reaksion romantizm”, “tanqidiy realizm”, “ma’ri-
fiy realizm”, “sotsialistik realizm” tarzida ajratishlar juda sun’iy 
ekani bilinadi. Sho‘ro davrida M.Gorkiyning “Lochin qo‘shig‘i”, 
“Izergil kampir”, “Bo‘ron qushi qo‘shig‘i” inqilobiy romantizm 
namunalari deyilib, Sulaymon Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor, 
Ahmad Yassaviy asarlariga “o‘tmishni ideallashtirilgan” degan 
ayb taqalgan. Aslida M.Gorkiyning mazkur asarlarida mavjud 
turmushni inqilobiy yangilashga ochiqcha da’vat, chaqiriq se-
zil maydi. U asarlarda voqelik publitsistik jo‘shqinlik bilan 
badiiy gavdalantirilgan, xolos. Ahmad Yassaviy, Sulaymon 
Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor ham kishilarni haqiqatga, halollikka, 
bir-biriga mehr-u oqibat ko‘rsatishga chaqirgan. 
Romantizm ijodiy metodi to‘g‘risida D.Quronov, Z.Mama-
jonov, M.Sheraliyevaning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Ro-
mantizm (fr. romantique, ingl. romantic) – Yevropa adabiyotida 
XVIII asr oxiri – XIX asrning birinchi yarmida yetakchilik qilgan 
adabiy yo‘nalish. Etimologik jihatdan termin ispancha “romance” 
so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, XVIII asrda kitoblardagina uchratish 
mumkin bo‘lgan g‘ayritabiiy, ajabtovur, fantastik narsalarning 
bari shu so‘z bilan yuritilgan. Darhaqiqat, romantizm adabiyoti 
yaratgan badiiy olamni shunday so‘z bilan nomlashga yetarli 
asos bor edi. Zero, romantizm mavjud voqelikqan qoniqmaslik 
tufayli, ma’rifatchilikka xos olam (odam va jamiyat)ni aql bilan 
raso holga keltirish g‘oyasiga ishonchning barbod bo‘lishi 
natijasi o‘laroq yuzaga kelgan bo‘lib, “reallikdan qochish”ga, 
real olamdan ko‘ra mukammalroq olam yaratishga intiladi. 
Romantizm klassitsizmga xos “tabiatga taqlid” va undan kelib 
chiquvchi haqiqatga monandlik talablarini inkor qiladi, uning 
uchun badiiy reallik mavjud reallikdan haqqoniyroqdir. Mavjud 
voqelikdagi tussizlikdan bezgan romantizm vakillari, ko‘pincha, 
ko‘hna o‘tmishdan ma’ni izlashadi (masalan, V.Skott, V.Gyugo, 
A.Dyuma romanlari), ular tasvirlagan voqea-hodisalar aksar 
uzoq, ekzotikaga boy yurtlarda kechadi va shu kabi romantizm 
adabiyotining umumlashtirish prinsipi – ideallashtirish, u 
voqelikka boqiy va mutlaq ideallar asosida yondashadi, shu-
ning uchun ham romantizmda voqelik bilan ideal orasidagi 
nomutanosiblik yaqqol ko‘rinadi, ularning ziddiyati o‘ta keskin 
namoyon bo‘ladi. Natijada, romantizm adabiyotida olam 
ikkiga ajraladi, ikkisi – ideal olam bilan mavjud olam alohida 
yashaydi. Romantizm adabiyotining bosh ziddiyati – ezgulik 
va yovuzlik kurashi, unga ko‘ra, yovuzlik ham, unga qarshi 
kurash ham birdek boqiydir. Ya’ni bu kurash yovuzlikni ildizi 
bilan yo‘qotish-u olamni tubdan o‘zgartirishga ojiz, qo‘lidan 
keladigani – yovuzlikning olamda mutlaq hokim bo‘lishiga yo‘l 


270
271
bermaslik, xolos. Yovuz likka qarshi kurashayotgan betakror 
shaxs – romantizm ada biyotining bosh qahramoni. Romantizm 
adabiyotga o‘zining yangicha shaxs konsepsiyasi bilan kirib keldi. 
Uning uchun shaxs – alohida olam. Shaxsning sirli va adadsiz ichki 
olami romantizm adabiyotining markaziy muammosiga aylanadi. 
Romantizm shaxsdagi betakror individual xususiyatlarga urg‘u 
beradi, asosiy e’tiborni uning ichki olamidagi ziddiyatlar, qal-
bi-yu ongidagi izohlash mushkul harakatlar, g‘ayrishuuriy ho-
latlarga qaratadi. Mavjud voqelikdagi maishat quliga aylanib 
borayotgan odamlarga zid o‘laroq, romantizm adabiyoti muhab-
bati-yu nafrati, mehri-yu qahri cheksiz, yuksak tuyg‘ularga, 
iztirobli o‘ylovlar-u o‘zini beshafqat taftish qilishga qobil qah-
ramonni yaratadi. Bu qahramon olam sir-sinoatini anglashga 
ojizligidan iztirob chekadi, mavjud voqelik sog‘lom aqlga 
nomuvofiq ekani, o‘zining shaxsiy erkiga daxl qilayotganidan 
iztirobga tushadi. Romantizm adabiyotining qahramoni shaxsiy 
erkini, insonlik sha’nini yuksak qadrlaydi, ularga qarshi har 
qanday harakatga butun vujudi bilan qarshi turadi. Shaxsga bu 
xil qarash romantizmning ijodkor shaxsga munosabatida ham 
o‘z aksini topadi. Ijodkorni muayyan qoidalar bilan cheklagan 
klassitsizmdan farqli o‘laroq, romantizm tom ma’nodagi ijodiy 
erkinlik tarafdori, u har qanday cheklovlarni inkor qiladi. 
Shuning uchun romantizm nazariyotchilari adabiy tur va janrlar 
orasiga qat’iy chegara qo‘ymaydilar, adabiyotning boshqa san’at 
turlari bilan sintezlashuvi yoki konkret badiiy asarda turli estetik 
belgilar (tragizm va komizm, tuban va yuksak va boshqa)ning 
qorishiq holda namoyon bo‘lishini tabiiy hol deb biladilar. 
Ular badiiy asarni tirik organizmga qiyos qiladilar, badiiy shakl 
mazmundan tabiiy ravishda o‘sib chiqadi va u bilan uzviy bog‘liq 
holda yashaydi deb tushunadilar. Ya’ni bunda ham normativ 
xarakterdagi poetikaga oid qo‘llanmalarda qat’iy belgilangan 
me’yorlarni inkor qilish, ijodkorning yaratuvchilik huquqini 
e’tirof etish kuzatiladi. Romantizm adabiyotni tarixiy roman, 
fantastik qissa, liro-epik poema kabi janrlar bilan boyitdi; ifodada 
metaforiklik, yuksak darajadagi assotsiativlik va shu asosda ko‘p 
ma’nolilikka intilgani sabab badiiy tilning ifoda imkoniyatlarini 
kengaytira bildi. Romantizm badiiy tafakkur rivojida sezilarli 
iz qoldirdi, uning an’analari simvolizm, ekspressionizm, syur-
realizm singari oqimlar tomonidan ijodiy o‘zlashtirildi, romantik 
pafos adabiyot va san’atga xos estetik belgilardan biri bo‘lib 
qoldi” deyiladi. Romantizm ijodiy metodiga mansub asarlarda 
hayot hodisalariga qizg‘in ehtiros bilan yondoshish yaqqol 
seziladi. Asarlarda aks etadigan ayni hodisa pafos deb yuritiladi. 
Yuqoridagi “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Pafos (yun. 
pathos – his, ehtiros) – ijodkorning o‘zi tasvirlayotgan voqelikka 
g‘oya viy-hissiy munosabati, avtor emotsionalligi. Pafos termini 
antik estetika va ritorikada ishlatilgan bo‘lib, keyinchalik turli 
ma’no o‘zgarishlariga uchragan. Jumladan, Arastu pafos deganda 
inson qalbining xususiyati, kuchli ehtirosni nazarda tutadi. 
Unga ko‘ra, pafos notiqlik usullaridan bo‘lib, uning yordamida 
notiq tinglovchilarda o‘zi istagan hislarni uyg‘otadi. Terminni 
tragediyaga nisbatan qo‘llaganida, Arastu pafosning qahramon 
fojiasi, ruhiy iztiroblari orqali namoyon bo‘lishi va tomoshabinda 
ham shunga mos hislarni uyg‘otishini ta’kidlaydi. Keyinchalik, 
xususan, Uygonish davridan boshlab, pafos inson qalbining 
xususiyati deb emas, balki asarning muayyan his-tuyg‘ularni 
uyg‘ota olish xususiyati sifatida tushunila boshlandi, shu bois 
ham u ko‘proq uslub, qahramon, ko‘tarinkilik, tragiklik kabi 
tushunchalar bilan bog‘liq holda ishlatildi. Gegel estetikasida 
pafos juda muhim o‘rin tutadi, u san’atning o‘zagi, “san’at 
saltanati”ning asosi sifatida talqin qilinadi. Gegelga ko‘ra, pafos 
inson mohiyatini tashkil etuvchi obyektiv mavjudlik, qalbni 
harakatlantiruvchi qudratli kuch bo‘lib, ijodkor o‘z asarida uni 
ifodalashni maqsad qiladi, ya’ni muayyan pafosni ifodalash 
san’at asarining muddaosi, ijodning motividir. Shu asosda Gegel 
ijodga turtki beruvchi motivlar, pafos ko‘rinishlari sifatida “oila, 
vatan, davlat, cherkov, shon-sharaf, do‘stlik, g‘urur, nomus, 
muhabbat” kabilarni ko‘rsatadi. Gegel ta’rifidagi pafos, ko‘proq, 


272
273
asar personajlari bilan bog‘liq bo‘lsa, V.Belinskiy uni ijodkor 
shaxsi bilan bog‘laydi. Unga ko‘ra, pafos “g‘oya – ehtiros” 
bo‘lib, u ijodkorning ma’naviy borlig‘idan kelib chiqadi. Bu 
holda alohida olingan asar pafosi haqida ham, muayyan ijodkorga 
xos pafos haqida ham gapirish mumkin bo‘ladi. Pafosni bunday 
tushunish sho‘ro adabiyotshunosligida, jumladan, o‘zbek 
adabiyotshunosligida ham ustuvorlik qildi. Masalan, G.Pospelov 
pafosni badiiy mazmunning mavzu, problematika, badiiy g‘oya 
qatoridagi muhim uzvlaridan deb biladi va uning qahramonlik, 
tragizm, sentimentalizm, romantika, dramatizm, satira va yumor 
kabi turlarini ajratadi. Shuni qayd etish lozimki, G.Pospelov 
pafos termini bilan bir qatorda, voqelikka g‘oyaviy-hissiy mu-
nosabatlar terminini ham qo‘llaydi. Adabiyot nazariyasiga oid 
ayrim manbalarda esa pafos o‘rniga muallif emotsionalligi, 
voqelikka munosabat turlari kabi terminlar ishlatiladi. Mazkur hol 
hozirgi adabiyotshunoslikda pafos termini qo‘llanishi jihatidan 
passivlashganidan dalolat beradi. Buning sababi esa uning 
hodisa mohiyatini to‘la qamray olmayotgani bilan bog‘liqdir. 
Agar Arastu-Gegel an’anasi bo‘yicha pafos ko‘proq personajlar 
(obyekt) bilan, Belinskiydan boshlab, ijodkor (subyekt) bilan 
bog‘langan bo‘lsa, hozirda subyekt – obyekt – adresat uchligini 
birlikda olib qarab, ularni qamrab oluvchi badiiylik moduslari 
termini faollashdi” deyiladi.
Abdulla Qahhorning “Sarob”, “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Anor” 
asarlarida mavjud hayot hodisalari aniq, ishonarli, ta’sirchan 
gavdalantirilgan. Ulardagi qahramonlar, qalamga olingan 
voqealar hayotda yuz berganiga, shunday bo‘lishi mumkinligiga 
ishonish mumkin. Chunki ushbu asarlarda turmush hodisalari 
ko‘zga qanday ko‘rinsa, shu holida manzaralantirilgan. Hayotni 
ana shu tarzda, ya’ni o‘z ko‘rinishida, mavjud holida akslantirish 
esa realizm ijodiy metodining asosiy xususiyatidir.
Realizm lotincha “realis”, “bor, mavjud narsa, haqiqiy” degan 
ma’noni bildiradi. Realizm ijodiy metodi hayot hodisalarini butun 
murakkabligi bilan aks ettirish, inson obrazini ijtimoiy voqelik 
bilan uzviy aloqadorlikda tasvirlashga intiladi. Inson faoliyati, 
uning orzu-intilishlarini ijtimoiy-psixologik jihatdan asoslash, 
voqelikdagi eng muhim jihatlarni umumlashtirib ko‘rsatish 
orqali davr va muhit manzarasini chizish realizm metodining 
asosiy xususiyatidir. Ushbu metodga asoslangan asarlarda 
ijtimoiy voqelikni tipiklashtirib ko‘rsatish barobarida, badiiy 
shartlilikning barcha ko‘rinishlari (afsona, fantastika, ramziy 
obraz kabi)dan ham keng foydalaniladi. Ch.Aytmatov romanlari 
bunga yorqin misol bo‘la oladi. Realizm ijodiy metodi hayot 
hodisalarini bor holicha gavdalantirish bilan kifoyalanmasdan, uni 
ijodiy aks ettirishga keng yo‘l beradi. Chunki u badiiy to‘qimadan 
foydalanishni inkor etmaydi. Re alizm shu kabi xususiyatlariga 
ko‘ra hayotni naturalizmdan keng roq va teranroq tasvirlaydi. 
Murojaat qilayotganimiz “Ada 
biyotshunoslik lug‘ati”da: 
“Realizm (lot. realis – mavjud, haqi qiy) – adabiyotshunoslikda 
realizm termini tor va keng ma’nolarda qo‘llanadi. Keng 
ma’noda realizm terminining ma’nosi badiiy asar (unda 
tasvirlangan badiiy voqelik) bilan real voqelik munosabatidan 
kelib chiqadi. Ya’ni bu holda realizm umumestetik tushuncha 
bo‘lib, hayotni haqiqatga (reallikka) muvofiq tasvirlashni, 
hayot haqiqatini bildiradi. Har qanday badiiy asarda voqelik u 
yoki bu tarzda aks etishi, voqelikni hayotga monand tarzda aks 
ettirish esa qadimdan mavjudligi e’tiborga olinsa, bu ma’nodagi 
realizmning ildizlari juda qadim zamonlarga taqalishi tabiiydir. 
Shu bois ham adabiyotshunoslikda antik realizm (yoki mifologik 
realizm), uyg‘onish davri realizmi, ma’rifatchilik realizmi kabi 
atamalar ishlatiladi, tabiiyki, bu ma’nodagi realizm klassitsizm, 
senti mentalizm kabi yo‘nalishlarga ham xosdir. Demak, bu 
ma’noda realizm termini hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari, 
badiiy tafakkur tipini anglatadi. Tor ma’noda realizm hayotni 
haqiqatda mavjud narsa­hodisalar mohiyatiga muvofiq tarzda, 
voqelikda mavjud faktlarini tipiklashtirish asosida yaratilgan 
badiiy ob razlar orqali aks ettirishga asoslanuvchi ijodiy metod 
va ongli ravishda shu metodga tayangan adabiy yo‘nalishni 


274
275
bildiradi. Ushbu metod (yo‘nalish)ning maydonga chiqishi 
XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Realizm metodida 
adabiyotning bilish funksiyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi, 
realist ijodkorlar adabiyotni olam va odamni (jumladan, o‘zini) 
idrok etishning muhim va samarali vositasi deb biladilar. Shunga 
ko‘ra, realizm hayotni butun murakkabligi bilan keng ko‘lamda 
aks ettirishga intiladi. Bilish maqsadining ustuvorligi bois 
realizm insonni ijtimoiy muhit bilan uzviy aloqada tasvirlaydi, 
ijtimoiy-tarixiy sharoitning inson taqdiri va fe’l-atvoriga ta’sirini 
teran badiiy tadqiq etadi. Zero, realist san’atkor inson taqdiri, 
uning amallari, orzu-intilishlari ijtimoiy asosga ega deb biladi, 
bu larning barini ijtimoiy-psixologik jihatdan asoslashga intiladi. 
Ayni chog‘da, yetuk realizm adabiyotida inson ijtimoiy sha-
roitga bog‘labgina qo‘yilmaydi, inson o‘z iroda kuchi bilan 
undan yuqori ko‘tarila oladigan, unga qarshi tura biladigan 
kuch sifatida ham ko‘rsatiladi. Xuddi shu jihati bilan realizm 
naturalizmdan farqlanadi. Hayotni unga qaraganda teranroq 
va haqqoniyroq aks ettira oladi. Insonni murakkab ijtimoiy 
munosabatlar tizimida tasvirlar ekan, realizm hayotni keng ko‘-
lamda tasvirlashga erishadi, jamiyatning joriy holati, undagi 
taraqqiyot yoki tanazzul tendensiyalarini badiiy idrok etadi, u 
haqida o‘zining badiiy hukmini ifodalab, adabiyotning konseptual 
funksiyasini amalga oshiradi. Ayni chog‘da, realizmni hayotdan 
oddiygina nusxa ko‘chirish (naturalizm) deb tushunmaslik 
kerak. Zero, ijodiy metod sifatida realizm ham voqelikni ijodiy 
aks ettiradi, ijodiy qayta yaratadi. Realizm adabiyotidagi ijodiy 
qayta yaratish tipiklashtirish, ya’ni voqelikning muayyan davr 
va muhit uchun eng xarakterli jihatlarini umumlashtirish orqali 
amalga oshadi. Biroq bu hol ijodiylikka zid deb tushunilmasligi 
kerak, zero, realizmdagi tipiklashtirish badiiy to‘qimani aslo 
inkor qilmaydi, faqat uning ham voqelik mohiyatiga muvofiq 
bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, realizm taraqqiyoti 
davomida, xususan, XX asr realizmida badiiy shartlilik (ramziy 
obrazlar, rivoyatlar, fantastika elementlari va shu kabi)ning 
turli ko‘rinishlari ham keng qo‘llanila boshladi. Mazkur holga 
realistik tasvir prinsiplaridan chekinish deb qaramaslik kerak. 
Aksincha, bu realizm adabiyotining hayotni teranroq idrok 
etish, o‘z badiiy imkoniyatlarini boyitish yo‘lidagi harakati, 
uning adabiy jarayondagi badiiy-estetik hodisalar (turli adabiy 
yo‘nalishlar, oqimlar; yangi uslubiy oqimlar, tasvir prinsiplari 
va boshqa) bilan ijodiy raqobat-muloqoti natijasidir. XIX asr 
o‘rtalaridan maydonga chiqqan realizm metod (yo‘nalish)i sho‘ro 
adabiyotshunosligida tanqidiy realizm deb, sho‘ro adabiyotining 
metodi esa sotsialistik realizm deb yuritilgan. Har ikki termin-
ning ilmiy muomalaga kirishi ham M.Gorkiy nomi bilan bog‘-
liqdir. Bulardan birinchisini tanqidiy realizm deb atarkan, 
M.Gorkiy bu davr realistik adabiyoti namunalarining aksariyati 
mavjud burjua tuzumidagi ijtimoiy munosabatlarni teran tahlil 
etishi va uning insoniylikka zid mohiyatini ochib berishi hamda 
g‘oyaviy-badiiy inkor qilishidan kelib chiqadi. Ikkinchisi, ya’ni 
sotsialistik realizm ham xuddi shu kabi g‘oyaviy-mafkuraviy 
asosda ta’riflangan, u voqelikni markscha­lenincha dunyoqarash 
asosida baholashi bilangina farqlanadi. Holbuki, birinchidan, 
ijodiy metod sifatida realizm mohiyatan bitta hodisa bo‘lib, 
uning doirasida turlicha dunyoqarashlar ifoda etilishi mumkin; 
ikkinchidan, u o‘z taraqqiyoti davomida sifat jihatidan o‘zgarib-
takomillashib, o‘zining tasvir va ifoda imkoniyatlarini muttasil 
boyitib borgan” deb qayd qilingan.
Biroq realizm ijodiy metodi hayot voqeligini o‘z ko‘ri ni-
shida aks ettirishdan iborat emas. Mazkur metodga mansub 
asarlarda ham xuddi romantizm asarlaridagi singari insonning 
orzu-havaslari, xayol, o‘y-kechinmalarini ifodalashga ham 
keng o‘rin beriladi. Chunki ularsiz inson hayotini tasavvur 
etib bo‘lmaydi. Roman, qissa, hikoya, she’riy asarlarda hayot-
ning real hodisalari, kishilararo mavjud munosabatlar gav-
dalantirilib, qahramonlar orzu-havaslari, xayollari manzara-
lantirilgan o‘rinlarda realizm ijodiy metodi romantizm ijodiy 
metodi bilan uyg‘unlashib ketadi.


276
277
Sho‘ro siyosati hukmronligi davrida “Sotsialistik realizm 
metodi – realizmning yuksak bosqichi” deb kelindi. “Sotsialistik 
realizm voqelikni haqqoniy, tarixan aniq va inqilobiy rivojda 
tasvir etishi bilan xarakterlanadi”, deyildi. Aslida esa “voqelikni 
haqqoniy, tarixan aniq” ko‘rsatishga intilish barcha davrlar ada-
biyotiga, har bir yozuvchi, shoir ijodiga xos hodisadir. Chunki 
Sofoklning “Shoh Edip”ida ham, “Alpomish”da ham, Fyodor 
Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”sida ham voqelikni o‘ziga 
xos tarzda ishonarli, haqqoniy va ta’sirchan ko‘rsatishga intilish 
mavjud.
“Sovet sharqi xalqlari adabiyotida realizmning mustaqil 
badiiy hodisa sifatida rivoji va gullashi, butunicha olganda, 
XX asrga oiddir”, degan qarash ilgari surib kelindi. Bunday 
qarash Yevropa adabiyoti bilan Sharq adabiyoti orasidagi tafo-
vutni, ularning har biri o‘ziga xos hodisa ekanligini e’tiborga 
olmaslikdan kelib chiqqan. Qolaversa, romantizm adabiyot ta-
raq qiyotining quyi, realizm yuqori bosqichi emas. Realizm 
romantizmni inkor etmaydi. Chunki ular hayot hodisalari va 
inson dunyosini ko‘rsatishning o‘ziga xos yo‘llaridir. Shuning 
uchun XX asr jahon adabiyotining eng yetuk namoyandalarida 
ijodida realizm va romantizm ijodiy metodi uyg‘unlashib ketgan. 
Masalan, Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita”, Chingiz 
Aytmatovning “Asrni qaritgan kun”, “Qiyomat”, Gabriyel Garsia 
Markesning “Yolg‘izlikda yuz yil” kabi romanlarida hayotning 
real hodisalari rivoyat, afsonalar, qahramonlarning xayol, tushi-
dagi voqealar bilan uyg‘unlashib ketgan yaxlit olam sifatida 
gavdalantiriladi.
Romantizm va realizm ijodiy metodiga xos xususiyatlarning 
o‘zaro birikib, yaxlit badiiy olamni namoyon etishi qadim Sharq 
adabiyoti namunalari, xususan, Firdavsiyning “Shohnoma”, 
Navoiyning “Xamsa” dostonlarida ham kuzatiladi. Masalan, 
Shirin mamlakatida tog‘li joyda ajoyib saroy, ko‘shklar barpo 
etilgani, kanal qazuvchilarning mashaqqat bilan mehnat qilgani 
real voqelikka muvofiq keladi.
Ingliz adabiyotshunosi Terri Iglton jamiyatning adabiyotga 
munosabati to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, “ijtimoiy-siyosiy tanaz-
zul davrida barcha ilg‘or kuchlar adabiyot atrofida birlashadi. 
Angliya tarixida ham shu holat ko‘p bor kuzatiladi. Kapitalistik 
munosabatlar kuchaygan paytda barcha ijodiy kuchlar adabiyot 
atrofida birlashdi va jamiyatni kommersializatsiyalashga qar­
shi chiqdi. Turli ijodiy metod va ijodiy uslublarni o‘zida mu-
jas 
samlashtirgan adabiyot jamiyatning o‘ziga xos oynasiga 
aylangan edi. Chunki har xil ijodiy metod va ijodiy uslubda 
bitilgan asarlar jamiyatning tili, unda yashayotgan odamlarning 
so‘zlashuvidagi nutqi, odamlarning dunyoqarashi, maqsad va 
intilishini, umuman, ijtimoiy hayotning manzarasini ko‘rsatib 
turadi. Agar jamiyat bunga e’tiborsiz qarasa, so‘z san’atini 
qadrlamay qo‘ysa, insoniyat madaniyatini saqlab turadigan 
quvvat manbayidan mosuvo, bebahra bo‘lib qoladi”, deydi. 
(Tерри Иглтон. Теория литературы. – M.:, Территория буду
-
щего. 2010. – 53–54­betlar.)
Jamiyat taraqqiyotining muayyan davrlarida ayrim masalalar 
alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatning keyingi rivoji ayni 
shu muammolarni hal qilishga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 
XX asr boshiga kelib, Turkistonda madaniy­ma’rifiy masalalarga 
jiddiy e’tibor qaratish va shu asosda mavjud ijtimoiy qoloqlikka 
barham berish tarixiy zaruriyatga aylandi. Mustamlakachilar 
zulmi va dinni bid’atlarga to‘ldirish bilan mashg‘ul manfaatparast 
mahalliy hokimiyat ma’murlari tazyiqi tufayli dunyoqarashi, 
fikri torayib qolgan mahalliy aholi ongini o‘stirish, ularni mavjud 
tuzumni o‘zgartirishga da’vatlash benihoya dolzarb bo‘lib qoldi. 
Yangilik tarafdori sifatida maydonga chiqqan jadidlar maktab-
maorif tizimini isloh qilishga, madaniy­ma’rifiy ishlarni milliy 
manfaatlar nuqtayi nazaridan jonlantirishga kirishdilar. Behbudiy, 
Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza, Munavvarqori, Cho‘lpon singari 
jadidlar ana shu maqsadda yangi usulda o‘qitish maktablari 
ochishib, bu maktab o‘quvchilari uchun yangi darslik, qo‘llan-
ma, majmualar tuzishdi. Millatni g‘aflat uyqusidan uyg‘otish, 


278
279
madaniyat, ma’rifatning zamonaviy darajasiga erishishga da’vat-
lash maqsadida adabiy-badiiy asarlar yozdilar, teatr tomoshalari 
namoyish qildilar, tashviqot-targ‘ibot ishlari olib bordilar. Mav-
jud turmush qoloqliklarini tanqid qildilar. XIX asr oxiri va XX 
asr boshidagi adabiyotda mana shu tarixiy hodisa o‘z aksini 
topdi. Shuning uchun mazkur davr adabiyotini “ma’rifatparvarlik 
realizmi”, “demokratik realizm adabiyoti” deb ataldi.
Ijtimoiy-iqtisodiy turmush tartiblari san’at va adabiyotga o‘z 
ta’sirini o‘tkazishi o‘zbek adabiyotiga, umuman, sobiq sho‘ro 
davlati tasarrufidagi barcha xalqlar adabiyotiga sotsialistik 
realizm metodining joriy qilinishida ham aniq ko‘rinadi.
“Sotsialistik realizm” termini ilk bora 1929 yilda rus mat-
buoti (“Литературная газета”)da paydo bo‘lgan. Proletariat, 
ya’ni ishchilarni mavjud hayotni o‘zgartiruvchi kuch sifatida 
ko‘rsatish, ishchilar harakatini jamiyatdagi barcha qoloqliklarga 
barham beruvchi hodisa, deya talqin qilish, yirik xususiy mulk 
egalarini hayotdagi barcha fojialarning asosiy aybdori tarzida 
gavdalantirishga asoslangan asarlar “sotsialistik realizm me-
todi”da yaratilgan deb kelinadi. Maksim Gorkiyning “Ona” 
romani mazkur metodda bitilgan dastlabki asar deb ko‘rsatildi. 
“Sotsialistik realizm – hayotni qayta quruvchilar realizmi” deb 
ta’riflandi.
Har qanday hodisaga “sotsializm”, “kapitalizm” nuqtayi na-
zardan qarash taomilga aylangan sho‘ro davrida “sotsialistik 
realizm”dan o‘zga barcha metodlardan kamchilik, nuqson izlash, 
romantizmni “inqilobiy romantizm”, reaksion romantizm” bilan 
qarama­qarshi qo‘yish, realizmni “ma’rifiy realizm”, “tanqidiy 
realizm” deb zidlashtirish kuchaygan edi. Hodisalarni bu tarz da 
qarama-qarshi qo‘yishdan maqsad sotsialistik realizm realizm-
ning eng yuqori cho‘qqisi ekanligiga ishontirish edi... 
“Ijobiy qahramon” xususidagi sotsializmcha qarashlar ham 
adabiyotning insonshunoslik mohiyatiga tamoman zid edi. 
Chun ki adabiyotshunoslikda “Realizm va tanqidiy realizm asar-
larida ijobiy qahramon o‘z intilishlari va dunyoqarashi bilan 
jamiyatdan ajralib turuvchi, o‘z muhitiga qarshi boruvchi kishi 
sifatida tasvir etilar va buning o‘z hayotiy asosi bor edi, chunki 
ekspluatatorlar hukmron bo‘lgan jamiyatda ijobiy ideallarga 
ega bo‘lgan inson jamiyatning asoslariga qarshi bo‘lmasligi 
mumkin emas edi, ayni choq‘da u o‘z kurashining muvaffaqiyati 
mehnatkash omma va uning kurashi bilan bog‘liq ekanini ham 
tushunmas edi. Agar realizm va tanqidiy realizm asarlarida 
ijobiy qahramon yakka harakat qilishga majbur bo‘lgan va hatto 
ba’zan individualizm psixologiyasiga mubtalo kishi tariqasida 
tasvir etilsa, sotsialistik realizm adabiyotida ijobiy qahramon 
mehnatkash omma bilan chambarchars aloqadan o‘ziga kuch-
quvvat oladi”, degan qarash ilgari surildi. Sho‘ro davrida “meh-
natkash omma” deganda, asosan, ishchilar, dehqonlar nazarda 
tutilardi. Boshqa kasbdagilar ham mehnat qilishi e’tiborga 
olinmasdi. “Partiyaviylik”, “sinfiylik”, “xalqchillik” kabi sifatlar 
bilan “ziynatlangan” sotsrealizmning maqtalgan mashhur asarlari 
“Shoh Edip”, “Xamsa” yoki “Jinoyat va jazo” kabi asarlarga 
qiyoslanganida esa, ular juda jo‘n ekani aniq bilinadi.
San’at va adabiyotning asl namunalarini buyurtma berish, 
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, maxsus qonun-qoidalar ishlab chiqish bilan 
yaratib bo‘lmaydi. Sho‘ro siyosatdonlari esa shoir, yozuvchilar 
ijodini o‘z g‘oyalari manfaati uchun xizmat qildirishga urindilar. 
Ingliz adabiyotshunosi Terri Iglton “Kembrij universitetida 
o‘tgan asrning 20–30-yillarida ingliz adabiyotini o‘rganish sanoat 
kapitalizmining bema’ni, rasvo aqidalari bilan bahslashishga 
aylanib ketdi, deydi. O‘shanda talabalar orasida ingliz adabiyotini, 
turli ijodiy metod va ijodiy uslubdagi asarlarni o‘qib o‘rganish 
kishini kelgusida o‘zligini namoyon etib, XX asrda jamiyatni 
o‘zgartirishga ozgina bo‘lsa-da, ulush qo‘shishga tayyorlaydi
degan qarash keng yoyilgan. Turli ijodiy metod va ijodiy uslub-
dagi bir necha she’r va romanni o‘qigan Kembrij universiteti 
talabalari darhol ingliz adabiyoti o‘quv rejasiga kiritilgan ko‘p dan 
ko‘p fanlarning biri emas, balki tarix, siyosatshunoslik, falsafa 
va boshqa fanlardan behad ustun turadigan eng zarur, asosiy 


280
281
fan ekanini bilib olishdi. Chunki ushbu fanlar bevosita adabiyot 
bilan bog‘langan va shu bois akademik uslubdagi murakkab, 
mavhum ilmiy-nazariy mulohazalar yig‘indisi emas, balki ma’-
naviy­ma’rifiy fanga aylangan edi. Zamon taraqqiyotining o‘zi 
mazkur fanlarning adabiyot bilan uzviy bog‘lanishini taqozo 
etayotgan edi. Adabiyot Choser, Shekspir, Jonson asarlari, 
Yakov I davri shoirlari, Benyan, Paup, Semuyel Jonson, Bleyk, 
Vordsvord, Kits, Ostin, Jorj Eliot, Xopkins, Genri Jeyms, Jozef 
Konrad, Tomas Eliot, Gerbert Lourens ijodi tufayli ana shunday 
ta’sirchan kuchga aylangan edi. Ularning asarlari “Asl ingliz 
adabiyoti” sanalardi. Bu paytda Spenser, Drayden, Uyg‘onish 
davri dramasi, Defo, Filding, Richardson, Stern, Shelli, Bayron, 
Tennison, Braunning, aksariyat viktorian romannavislari, Joys, 
Vulf, Lourensdan keyin asarlari chop qilingan yozuvchilarning 
ko‘pchiligining ijodiga ikkinchi darajadagi asar deb qaralardi. 
Dastlab Dikkens ijodini ro‘yxatga kiritishmadi. Uni keyin 
qo‘shishdi”. Ushbu dalillar esa ingliz adabiyotining ijodiy metod 
va ijodiy uslublari rang­barang ekanligini bildiradi. (Терри Игл
-
тон. Теория литературы. – M.:, Территория будущего. 2010. – 
54–55-betlar).
Adabiy yo‘nalish tushunchasi hayotni badiiy aks ettirish 
prinsiplari, metod va uslub tushunchalari bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lib, u badiiy tafakkur tarzi, metod va uslub uyg‘unlashgan 
nuqtada yuzaga keladi. Chunki muayyan davrda yashagan 
ijodkorlar asarlarida hayot materialini tanlash, uni badiiy 
idrok qilish va baholash prinsiplarida, asarlarning badiiy shakl 
xususiyatlari, uslubiy jihatlarida muayyan umumiy jihatlar o‘z 
aksini topadi. Aslida, asar bitayotgan yozuvchi, shoir “me-
tod”, “uslub”, “oqim” degan nazariy gaplarni ko‘pda o‘ylab 
o‘tirmaydi. Uning butun fikr­u xayoli hayot voqeligini ko‘rsatish, 
qahramonlarning jonli, ta’sirchan qiyofasini gavdalantirishga 
qaratiladi. Alisher Navoiy yoki Aleksandr Pushkin romantizm, 
realizm ijodiy metodi mezonlarini o‘ylab asar yozmagan. Metod 
va uning ko‘rinishi haqidagi ilmiy-nazariy mulohazalar asarlarni 
bir-biridan farqlash, adabiy davrlar o‘rtasidagi tafovutlarni 
ko‘rsatish, aniqlash va belgilashdan kelib chiqadi. Adabiyot 
qiyofasini hamisha asl adabiy-badiiy asarlar belgilaydi. 
“Romantizm”, “realizm”, “sotsialistik realizm” singari tushun-
chalar esa o‘sha adabiy-badiiy asarlar tufayli paydo bo‘ladi. 
Shunday ekan, turli nazariyalar badiiy asar uchun qolip, yo‘riq-
qa aylantirilmasligi kerak. M.Sholoxovning “Tinch Don”, 
M.Bulgakov “Usta va Margarita”, M.Shayxzodaning “Mirzo 
Ulug‘bek”, O.Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, “Ko‘hna 
dunyo” singari sho‘ro davrida yozilgan asarlari sotsialistik 
realizm mezonlariga muvofiq kelmaydi. Lekin ularni hayot 
ho 
disalarini haqqoniy aks ettirgan, inson obrazini yorqin 
gavdalantirgan badiiy barkamol asarlar sifatida e’tirof etiladi. 
Klassitsizm lotincha “

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin