O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti abdulla Ulug‘ov adabiyotshunoslik nazariyasi



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/24
tarix03.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#171731
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
abdulla ulug\'ov adabiyotshunoslik nazariyasi

natura
” – “tabiat” degan 
ma’noni bildiradi. Naturalizm (lotincha 
natura 
– tabiat) XIX asr 
60-yillaridan Yevropa adabiyotida shakllangan adabiy yo‘nalish 
bo‘lib, u tabiiy fanlarda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar ta’sirida 
paydo bo‘lgan. Naturalizm ham xuddi klassitsizm singari dastlab 


288
289
Fransiyada vujudga kelgan. Bu yo‘nalish tarafdorlari (E.Zolya, 
G.Flober, Gi de Mopassan, I.Gibsen va boshqa) jamiyatni va 
insonni xuddi tabiatni o‘rgangan kabi aniqlik bilan tadqiq etishni 
maqsad qilib qo‘yishgan va badiiy bilish ilmiy bilishga monand 
bo‘lishi lozim, deb hisoblashgan. Ularning fikricha, adabiyotda 
hayot bor holicha, bo‘yab-bejamasdan, biror mafkura yoki 
axloqiy tarbiya maqsadlariga yo‘naltirilmagan holda tasvirlanishi 
kerak. Ijodkor hayot metarialini tanlab tasvirlashi emas, uni bor 
holicha aks ettirishi lozim. Naturalistlar uchun hayot voqeligini 
ijodiy qayta yaratish emas, balki uni asl holida, qanday ko‘rinsa, 
shu tarzda tasvirlash muhim. Bu yo‘nalish tarafdorlari asosiy 
e’tiborni maishiy tafsilotlarga, inson ruhiyatining fiziologik 
asoslariga, uning fe’l-atvori, xatti-harakatlaridagi tushuntirish 
qiyin bo‘lgan jihatlarga qaratadilar. Klassitsizm vakillari 
asarlarida jamiyatning yuqori tabaqasi hayoti diqqat markaziga 
qo‘yilsa, naturalizm namoyandalari ijodida jamiyatning eng 
quyi qatlamlari turmushini ikir-chikirigacha tasvirlashga intilish 
ustunlik qiladi. Bu yo‘nalish namoyandalari o‘z asarlarida inson 
ruhiyatining eng chuqur puchmoqlariga kirib borishga intilib, 
realistik adabiyotning imkoniyatlarini kengaytirdilar. Lekin 
adabiyotshunoslikda hayot voqeligini badiiy­falsafiy idrok 
etmasdan, oddiygina qayd etish, turmushdan nusxa ko‘chirish 
ham “naturalizm” deb yuritiladi. Bunda o‘sha asarning ijodiy-
likdan yiroqligi, chinakam san’atga yot ekanligi nazarda tutiladi. 
Naturalizm namoyandalari hayot voqeligini o‘z holicha, 
u qanday bo‘lsa, shunday tarzda tasvirlash kerak, deb hisob-
lashgan. Ularning fikricha, adabiyot hayot materialini tan­
lab tasvirlashi nojoiz. Chunki adabiyot hayotning o‘ziga xos 
ko‘zgusi ekan, unda turmushdagi barcha hodisalar o‘z ko‘ri-
nishida aks ettirilishi kerak. Naturalistlar asosiy e’tiborni ma-
ishiy tafsilotlarga, inson ruhiyatining fiziologik asoslariga, 
uning fe’l-atvori, xatti-harakatlari, taqdiridagi tushuntirish qi-
yin jihatlariga qaratadilar. Ular uchun hayot voqeligini ijodiy 
qayta yaratish emas, balki uni asliga muvofiq tasvirlash muhim. 
Bu yo‘nalishning Gi de Mopassan, G.Flober, E.Zolya kabi 
vakillari asarlarida jamiyatning quyi qatlami turmushi, oddiy 
odamlarning hayot tarzi mayda-chuyda ikir-chikirigacha batafsil 
tasvirlanib, ularning ichki olami keng ochib beriladi. Shu bois 
naturalizmga realistik adabiyotning imkoniyatlarini muayyan 
darajada kengaytirgan yo‘nalishdir, deyiladi.
Naturalizmda hayot voqeligini bor holicha tasvirlash aso siy 
maqsad qilib qo‘yilsa, “ong oqimi” adabiyotida inson ruhiyati-
dagi jarayonlarni aslicha aks ettirishga intilish kuzatiladi. 
Jumladan, J.Joys, M.Prust kabi adiblarning asarlarida qahramon-
larning ongida qo‘qqisidan paydo bo‘ladigan o‘y­fikrlar, qal­
bidan kechadigan his-tuyg‘ular diqqat markaziga qo‘yiladi 
va ular mantiqan izohlab bo‘lmaydigan darajada bir-biri bilan 
bog‘lanib, betartib tarzda almashinib turishiga e’tibor qaratiladi. 
“Ong oqimi” adabiyoti hayot voqeligi va inson obrazini gav-
da lantirishda realistik adabiyotning ifoda imkoniyatlarini ken-
gaytirdi. Ong oqimining hayotni tasvirlash, inson ruhiyatidagi 
jarayonlarni ifodalash usuli tufayli realistik adabiyotning inson 
xatti-harakatlarini ham ijtimoiy, ham ruhiy jihatdan asoslashga 
intilishi yanada kuchaydi.
Shunday asarlar borki, ularning qahramoni qismati beixtiyor 
kishini achintiradi. Xo‘rlangan, haqoratlangan kishilarning 
achinarli ahvoli gavdalantirilgan bu asarlarni o‘qigan o‘quvchi 
o‘z-o‘zidan mahzun bo‘lib qoladi. Uning qalbini bechora 
qah 
ramonga achinish hissi qamrab oladi. Inson qismati 
fojeliklari gavdalantirilgan bu xil asarlar sentimental asarlar 
deyiladi. F.Dostoyevskiy (1821–1881)ning “Xo‘rlangan va 
haqoratlanganlar”, A.Chexov (1860–1904)ning “Kashtanka”, 
“Uyqu istagi”, I.Karamzin (1766–1826)ning “Bechora Liza” 
asar lari qahramonlari qismati o‘quvchi hissiyotlariga qattiq ta’sir 
qilib, kuchli achinish, iztirob uyg‘otadi. 
Sentimentalizm fransuzcha “
sentiment
” – “his, his qilish” 
degan ma’noni bildiradi. Qahramonlari qismati, fojia siga achinish 
hissini uyg‘otadigan asarlar kishilar qalbida insonparvarlik, 


290
291
insonga muhabbat tuyg‘ularini ulg‘aytiradi. Ular mana shu 
xususiyati bilan adabiyotning insonparvarlik mohiyatini 
yorqin namoyon etadi. Ko‘chirmalar olingan “Ada biyot shu-
noslik lug‘ati”da qayd etilishicha, “Sentimentalizm XVIII 
asr ikkinchi yarmida Yevropa adabiyotida vujudga kelgan 
oqim. Uning nomlanishi ingliz adibi L.Sternning “Sentimental 
sayohat” (1768) asari bilan bog‘lanadi. Sentimentalizm oqimi 
vakillarining fikricha, inson tabiatining gavhari, asosi uning 
ongi emas, balki hislari bo‘lgani bois komil insonni tarbiyalash 
uchun dunyoni aqlga muvofiq tarzda qayta qurish emas, 
balki insonga tabiatan xos bo‘lgan hislarni erkinlashtirish va 
rivojlantirish zarur. Sentimentalizm namoyandalari ijodida 
jamiyatning quyi tabaqasi kishilari hayoti, ichki dunyosini 
tasvirlashga ko‘proq e’tibor beriladi. Inson ruhiyatini chuqur 
tahlil qilishga intilgan sentimentalizm adabiyoti tarafdorlarining 
qarashiga ko‘ra, insonning qadri uning his eta olish darajasi
teran tuyg‘ularga qobilligi bilan belgilanadi. Chunki his eta olish 
insonga xos eng muhim fazilat hisoblanadi. Sentimentalizm 
adabiyoti inson bir qolip doirasida qolmasligi, u turli omillar 
ta’sirida har xil o‘zgarib turishini ko‘rsatib, adabiy qahramon 
obrazini ancha hayotiy gavdalantiradi. Bu yo‘nalish ijodkorlari 
(J.Russo, D.Didro va boshqa) inson ruhiyatini, uning fe’l-
atvorini, maqsad, intilishlarini ijtimoiy muhit bilan bog‘liqlikda 
tasvirlashga intilishadi. Sentimentalizm badiiy tafakkur rivojiga 
samarali ta’sir ko‘rsatib, keyinchalik adabiyotda romantizm va 
realizm ijodiy metodiga xos xususiyatlar shakllanishiga zamin 
yaratdi. Ammo sentimentalizmning o‘rtamiyona namunalarida 
qaharamonlarning o‘ta chuchmalligi, ehtiroslariga o‘ta beril-
ganidan yig‘loqiga aylangani, hissiyotlariga o‘ralashib qolgani 
ham yaqqol bilinadi. “Sentimental” so‘zining salbiy ma’noda 
qo‘llanishi shu bilan bog‘lanadi. Sentimentalizm adabiyotining 
ma’naviy dunyosi boy bo‘lsa-da, u jamiyatning mavjud tartiblari, 
taqdir chigalliklari tufayli hayotda o‘z o‘rnini topolmagan, 
ko‘pchilikka qo‘shilib ketolmay, bir chekkaga chiqib, jamiyat 
uchun begona, ortiqcha bo‘lib qolgan odamga achinish hissi 
bilan yo‘g‘rilgan. Lekin uning qahramonlari achinish hissini 
uyg‘otsa-da, o‘z mavjudligini namoyon etish uchun turmushdagi 
tartiblarga qarshi dadil kurash olib bormaydi”.
Adabiy yo‘nalish muayyan davrda yashagan ijodkorlar asar-
lariga xos umumiy jihatlar mujassami bo‘lib, u hayot voqeligiga 
yondashish, uni badiiy idrok etish va baholash, asarlarning badiiy 
shakl xususiyatlari, ifoda uslubi kabilarda namoyon bo‘ladi. 
Adabiy jarayonning muayyan bosqichlarida kuzatiladigan 
g‘oya viy-estetik tamoyillarni o‘zida uyg‘unlashtirgan adabiy 
yo‘na 
lishlar adabiyotdagi o‘sish-o‘zgarishlarni aks ettiradi. 
Adabiy jarayon bilan bog‘liq, badiiy tafakkur taraqqiyotining 
muayyan bosqichida namoyon bo‘ladigan ushbu adabiy-es-
tetik kategoriya adabiyot tarixini o‘rganish, adabiy jarayonni 
tahlil qilishda muhim omil sanaladi. Yangi adabiy yo‘nalishlar 
avvalgilari bag‘rida yetilib, yangi davrdan oziqlanib, maydonga 
chiqadi. Yevropa adabiyoti tarixidagi klassitsizm, naturalizm, 
sentimentalizm adabiy yo‘nalish sifatida ko‘rsatiladi.
Adabiy oqim adabiy jarayon bilan bog‘liq adabiy-estetik 
kategoriya bo‘lib, u muayyan davr adabiyotidagi adabiy yo‘na-
lishning bir ko‘rinishidir. Masalan, barokko yo‘nalishining 
varianti sifatida ispan adabiyotida gongarizm, italyan adabiyotida 
marinizm, fransuz adabiyotida pretsioz adabiyoti paydo bo‘lgan. 
Bundan ayon bo‘ladiki, adabiy oqimlar muayyan adabiy yo‘na-
lishning bir tarmog‘i sifatida vujudga keladi va o‘sha adabiy 
yo‘nalishga xos umumiy jihatlarni o‘zida aks ettiradi. 
Umuman, ijodiy metod, ijodiy yo‘nalish, ijodiy oqim 
tushunchalari o‘rtasida qarama-qarshilik, jiddiy tafovut yo‘q. 
Ijodiy metod o‘rnida “badiiy metod” iborasi ham qo‘llanilishi 
mumkin.
Ijodiy metodlar o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan 
farq qilsa-da, ular bir-birini inkor etadigan hodisa emas. Barcha 
metod, yo‘nalish, oqimlar so‘z san’atining birdan-bir maqsadi – 
hayot hodisalari va inson dunyosini ko‘rsatishga xizmat qiladi.


292
293

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin