IJODKOR USLUBI
Borliqda bir-biriga aynan o‘xshash hodisa mavjud emas.
Chunki betakrorlik borliqning asosiy xususiyatidir. Kishilarning
harakat, faoliyati ham ana shu haqiqatni tasdiqlaydi. Odamlar
bo‘y-basti, ovozi, qobiliyati, irodasi kabi jihatlariga ko‘ra bir-
biridan aniq ajralib turadi. Hatto egizaklar ham bir-biriga aynan
o‘xshamaydi. Yozuvi aynan bir xil kishilarni topishga urinish
ham befoyda. Negaki har bir odam o‘ziga xos “xat” bilan yozadi.
Ijodkor uslubini ham ma’lum ma’noda ana shunday “xat”
deyish mumkin. Yozuvchi, shoirning “xat”i uning asarlari tilida,
qahramonlarining so‘zlash tarzida, voqealarning tanlab olinishi
va bayon etilishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham
F.Dostoyevskiy romanlari bilan L.Tolstoy yoki A.Chexovning
asarlari bir-biridan farq qiladi. “Qutlug‘ qon” Oybekning,
“O‘g‘ri” va “Bemor” Abdulla Qahhorning qalamiga mansubligi
aniq bilinadi. She’riyatdan xabardor o‘quvchilar Abdulla Oripov,
Erkin Vohidov, Rauf Parfi she’rlarini bemalol “tanishadi”.
Ijodkorlar asarlarining bunday o‘ziga xos bo‘lishi, birin-
chidan, borliqning betakror yaratilgani bilan bog‘liq bo‘lsa,
ikkinchidan, shoir, yozuvchi, dramaturglarning hayotiy tajribasi,
turmushni kuzatishi, bilim darajasi, didi, saviyasi, dunyoqarashi
kabi omillarga asoslanadi. Uchinchidan, bu “xat”da shoir, yozuv-
chining qiziqishi, fe’l-atvori, ichki dunyosi aks etadi. Har bir
odam o‘ziga xos olam bo‘lgani singari ijodkorlar ham betakror
dunyodir. Bu mavzu tanlashda, hodisalarga yondashishda na-
moyon bo‘ladi. Shuning uchun “uslub – odamdir” deyiladi.
“Ijodiy uslub” deganda asarning tiligina nazarda tutilmaydi.
Albatta, badiiy asar tili ham ijodkor “xat”ini namoyon etadigan
muhim unsurlardan biridir.
Ijodiy uslubni muallifning “bayon tarzi”, “fikrni ifoda etish
mahorati” deb qarash ham uning bir jihatini bildiradi. Chunki
uslub juda keng tushunchadir. U muayyan bir yozuvchi ijodida
ham, uning har bir asarida ham turli ko‘rinishda namoyon bo‘li-
shi mumkin. Masalan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”
dostoni “xat”i uning g‘azallari “xat”idan tamoman farq qiladi.
Turkiy “Xamsa” muallifi g‘azallaridan Bobur bitgan g‘azallar
ham uslub turlichaligi bilan ajralib turadi.
Ijodkor uslubining shakllanishiga tashqi omillar ham ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, har bir yozuvchi, shoir boshqa ijodkorlarning
asarlari bilan tanishish jarayonida ulardan nimalarnidir o‘rganib,
ijodiy o‘zlashtiradi. Bu esa uning hayot hodisalarini aks ettirish,
inson obrazini gavdalantirishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Yozuvchi, shoir voqealar jarayonini, qahramonlari qiyofasi,
ularning xatti-harakati, holatini ular yashaydigan manzil manza-
ralarini qanday tasavvur qilsa, shunday ifodalaydi. Oybek
qahra
monlari harakatlanadigan joylarni jamiki ko‘rinishlari
bilan batafsil bayon etib, personajlari qiyofasi, holatini aniq
gav
dalantirsa, Abdulla Qahhor qahramonlari turgan joyni
ham, ularning holati, ahvolini ham ixcham, lo‘nda, eng muhim
jihatlariga e’tiborni qaratgan holda tasvirlaydi.
Fransuz adibi, Nobel mukofot sovrindori, Alber Kamyu
ijodkor uslubining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida so‘z yuritar
ekan: “San’atkor voqelikdan tanlab olgan unsurlarni badiiy
til yordamida xayoloti bilan uyg‘unlashtiruvchi va u yaratgan
badiiy dunyoning tugal bo‘lishini ta’minlovchi vosita – uslub deb
ataladi”, deydi. Demak, ijodkorning o‘ziga xos uslubi uning hayot
hodisalarini tanlashi, uni xayolidagi olam bilan uyg‘unlashtirib,
badiiy til vositasida akslantirishidir. Uslub arabcha so‘z bo‘lib,
“tartib, tarz, yo‘sin” degan ma’noni bildiradi. Uslub poetikaning
muhim kotegoriyalaridan biri bo‘lib, u ijod kor shaxsi, uning
dunyoqarashi bilan bog‘liq hodisadir. Shuning uchun “us-
lub – odam” (J.Byuffon) degan qarash keng ommalashgan.
Shoir, adibning ijodiy individualligini namoyon etuvchi o‘ziga
xos uslubi badiiy asarning barcha sathlarida (badiiy matnning
tuzilishi – ritorika, badiiy voqelikni yaratish prinsiplari – poetika)
namoyon bo‘ladi. Har bir asarda muayyan darajada ijodkorning
shaxsi aks etadi. Bu jumla tuzish, voqealarni bayon etish, syujet
294
295
qurilishi, asar kompozitsiyasini yaratish, detallarni qo‘llash, hayot
voqeligiga yondashishda aniq ko‘rinadi. Adabiyotshunoslikdagi
muhim terminlardan biri “uslub” ijodkorning hayot voqeligiga
yondashishi, inson obrazini gavdalantirishi, asarida jumla tuzishi,
detal–tafsillarni qanday qo‘llashini bildiradi. Har qanday asarda
muallif shaxsi o‘z ifodasini topgani bois uslub antropologik,
ya’ni ijodkor shaxsi bilan bog‘liq kategoriya sanaladi. “Navoiy”,
“Sarob” romanlarining o‘zga xos jihatlari, nafaqat, ularning
mavzusida, balki Oybek hamda A.Qahhorning ijodiy uslubida,
ya’ni voqelikka yondashishi, jumla tuzishi, detallarni qo‘llashida
ham namoyon bo‘ladi. Ijodkor shaxsiga xos xususiyatni o‘zida
mujassamlshtirgan uslub ijtimoiy davr o‘zgarishlari va adabiy
jarayondagi yangilanishlar bilan bevosita bog‘lanadi. Chunki
har bir ijodkor muayyan davrda yashaydi. Shu muhitga xos
barcha jihatlar shoir, adibning dunyoqarashiga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. Navoiy asarlarining Muqimiy, Fitrat she’rlaridan
keskin farq qilishi, mumtoz adabiyot bilan zamonaviy so‘z
san’ati o‘rtasida jiddiy tafovut borligi shundan dalolat beradi.
Badiiy barkamol asarlarda muallifning voqelikka munosabati,
undagi muammolarga yondashishi va fikrini ifodalash tarzi aniq
bilinib turadi.
“Ijodiy metod” “ijodiy uslub”ga nisbatan keng qamrovli
tushuncha bo‘lib, u hayotni badiiy aks ettirishning umumiy
tamoyillarini o‘zida mujassamlashtiradi. “Ijodiy metod” tu-
shunchasi muayyan shoir yoki adibning emas, balki ko‘plab
ijodkorning asarlariga xos umumiy xususiyatlarni bildiradi.
Turli zamonda, turli joyda yashab ijod qilgan O.Balzak,
F.Dostoyevskiy, L.Tolstoy va M.Sholoxovning asarlari raelizm
ijodiy metodiga mansubdir. Lekin ularning har biri asarlarida
o‘ziga xos ijodiy uslubini namoyon etgan so‘z san’atkoridir.
Abdulla Qahhor, Oybek, G‘afur G‘ulom asarlari matni
yonma-yon qo‘yib qiyoslanganda ularning o‘ziga xos uslubi
bor ligi yaqqol seziladi. Ijodkor uslubi u yashagan ijtimoiy davr
va adabiy jarayon bilan chambarchas bog‘liqdir. Navoiy davrida,
undan oldingi va keyingi davrda yashagan shoir, adiblarning
asarlari o‘rtasida jiddiy farq mavjudligi avvalo ularning matni-
dagi ifoda uslubida bilinadi.
Ijodkor uslubi uning voqelikni anglashi, hayot hodisalarini
idrok etishi va unga qaysi nuqtayi nazar, qanday maqsad bilan
qarashi bilan bevosita bog‘liqdir. U ayni chog‘da ijod jarayoni
bilan ham chambarchas tutashib ketadi. Bu xususda: Jeyms Joys
“Navqiron san’atkorning siyrati” romanida qahramoni tilidan:
“Mana bu savatchaga qara. Bu savatchani ko‘rish uchun sening
onging, avvalo, uni tevarakdagi olamdan ajratib oladi. Tevarak
olam esa savatcha emas. Idroklashning birinchi bosqichi – bu
idroklanayotgan obyekt bilan chegaralanadigan marra, chiziq.
Estetik obraz bizga makon yoki vaqt doirasida namoyon bo‘-
ladi. Quloq orqali idroklanadigan vaqt doirasida, ko‘z orqali
idroklanadigan – makonda namoyon bo‘ladi. Biroq vaqtdami
yoki makondami, bundan qat’i nazar, estetik obraz, avvalo,
makon va zamonning bepoyon fonida o‘zicha cheklangan
yoki mustaqil obyekt sifatida idroklanadi. Sen uni alohida bir
narsa sifatida qabul qilasan. Bir butun narsa sifatida ko‘rasan.
Uni yaxlitlik tarzida idrok etasan. Keyin sen bir nuqtadan
boshqasiga o‘tib, shaklning sirtiga ko‘z yugurtirasan va narsani,
uni ichidan tashkil etgan qismlari muvozanatida anglaysan.
Sen uning qurilishi ritmini his qilasan. Boshqacha aytganda,
bevosita idroklash sintezidan keyin fahmlash analizi keladi.
Dastlab bu allaqanday butunlik ekanini idroklagan bo‘lsang,
endi sen uni bir narsa deb his etasan. Sen uni muvofiq, uyg‘un,
yaxlitlik, murakkab, bo‘linuvchi qismlardan tashkil topgan, shu
qismlarning natijasi, ularning majmui deb qabul qilasan” deydi
(“Jahon adabiyoti” jurnali, 2007-yil, 4-son, – 67-bet.).
Hayot voqeligi hududsizdir. Har bir ijodkorning nigohi uning
ma’lum bir jihatlarinigina qamrab oladi. Bir hodisaning o‘zi har
bir shoir, yozuvchi uchun turli xil tasavvur uyg‘otishi, ularda har
xil taassurot hosil qilishi mumkin. Ana shu taassurot va tasavvur
ijodiy uslub namoyon bo‘lishiga zamin yaratadi. Ijodkorning
296
297
xayol-tasavvuri qanchalik teran bo‘lsa, u hayot hodisalari
mohiyatini shu qadar chuqur yoritib beradi. Odil Yoqubov
Ulug‘bekning qalbidagi iztirobli o‘ylarni: “Hayhot! Agar foniy
olam yumushlari Ali Qushchi o‘ylaganday oson bo‘lganida
Mirzo Ulug‘bek bu bevafo hokimiyatni allaqachonlar tark etib,
o‘zini suyukli ishiga bag‘ishlamas edimi? Boshidagi toj, tagidagi
taxt ilm-u funun uchun darkor ekanini tushunmaganida bu sovuq
koshonani, gunoh-u azimga botib qolgan bu haram, shon-shuhrat
va mansab ishqida hech bir razolatdan toymaydigan bu amirlar,
sarkor-u saroybonlar, xurofot va taassub botqog‘iga botgan din
peshvolaridan yuz o‘girib, suyukli talabalari orasiga, ma’rifat
dargohiga ketmas edimi? Lekin ne chora? Bu manhus toj-u taxt,
bu saltanat, insonlar ustidan hokimlik qilmoq istagi shunday
shirin ekanki, uning niyati pokligiga kim ishonadi? Kim uning
samimiyligiga, o‘z ixtiyori bilan saltanatdan qo‘l yuvganiga
ishonib tinch qo‘yadi?”(Ulug‘bek xazinasi. Roman. – Toshkent:
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994. – 25-b.). Adib romani
mavzusi qilib, Ulug‘bek hayotining eng tahlikali damlarini
tanlagan. Buni ko‘rsatish esa Ulug‘bek qalbidagi iztirob,
ziddiyatlar kurashini yuqorida keltirilgan parchadagi singari
keskin va qayg‘uli ohang bilan ifodalashni taqozo etadi.
Qahramonlar ruhiyati, kechinmalari maromini ta’sirchan
ko‘rsata olish ham ijodkor uslubiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” romanida bunday
o‘rinlar bor: “Gavharshod begim Sohibqiron Amir Temur
xonadoniga kelin bo‘lib tushgandan beri o‘nlab yillar davomida
betashvish va bexavotir o‘tgan kunlari juda kam bo‘lgan. Mudom
tog‘lar atrofida o‘ralashgan bulutlarning shamolbo‘ronlarini
eslatuvchi urush-yurishlar, ichki-tashqi nizolarning girdobini
ko‘rgan. To‘g‘ri, begimning tole’iga Shohruh mirzo faqat
qilich chopadigan bahodir yigit emas, balki madrasa ko‘rgan,
kitobni sevadigan, oilasiga astoydil mehr qo‘ygan fozil inson
bo‘lib yetishdi. U bilan birga bo‘lgan kunlarida Gavharshod
begim o‘zini baxtiyor his qiladi”. Boshqa bir adib Gavharshod
begimning bu kechinmalarini yana o‘zgacha tarzda ifodalashi
mumkin.
Umuman, uslub ijodkorning o‘ziga xosligini – uning xayol,
tasavvuri ko‘lami, inson qalbini his qilish darajasi, hayot
hodisalari va kishilararo munosabatlar murakkabligini tahlil
qilish layoqati, so‘z boyligini namoyon etuvchi hodisadir.
Dostları ilə paylaş: |