O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti abdulla Ulug‘ov adabiyotshunoslik nazariyasi



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix03.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#171731
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
abdulla ulug\'ov adabiyotshunoslik nazariyasi

surrealisme
” – “yuksak realizm”, 
“realizmdan ham yuksak” degan ma’noni anglatadi. Bu yo‘nalish 
vakillarining qayd etishicha, ratsionalizm barcha narsani mantiq 
qonunlari asosida tushuntirmoqchi bo‘ladi. U bevosita tajribaga 
asoslangan hodisalarni idrok etishdan nariga o‘tolmaydi. 
Mantiq mezonlariga muvofiq kelmaydigan narsalarni inkor 
etish esa kishilarning akl-tafakkuri, orzu-xayoli, tasavvuri 
ravnaqiga to‘sqinlik qiladi. Chunki hayotda mantiq qoliplariga 
sig‘maydigan, kishilarning turmush tajribasi qamrab ololmagan, 
odamlarning istak, irodasiga bog‘liq bo‘lmagan hodisalar juda 


286
287
ko‘p. Shuning uchun san’at va adabiyot obyektiv voqelikni 
mavjud murakkabligi bilan tasvirlashdan yuqoriga ko‘tarilib, 
inson qalbi qa’riga kirib borishi va uning ongosti qatlamlariga 
ta’sir qilish orqali badiiy muloqotni amalga oshirishi kerak. 
Fransuz shoiri A.Breton (1896–1966) tomonidan yozilgan 
“Syurrealizm manifesti” (1924)da hamda syurrealistlarning 
boshqa asarlarida realizm asosiy diqqat-e’tiborni voqelikdagi 
sabab-natija asosidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatishga qaratishi, 
syurrealizm esa voqelikda mantiq emas, “obyektiv tasodif” 
ustuvor bo‘lishini ta’kidlashi qayd etiladi. Shu bois bu yo‘nalish 
tarafdorlari, jumladan, Salvador Dali, Pikasso singari mashhur 
musavvirlar asarlarida g‘ayrioddiy, noan’anaviy unsurlar keng 
o‘rin egallaydi va ular realistik unsurlar bilan g‘alati tarzda 
birikib ketadi. San’at va adabiyotdagi avangard yo‘nalishlardan 
biri syurrealizmga mansub asarlarda miflarga murojaat qilish
o‘tmish adabiyoti va san’atidagi obrazlar, motivlar asosida yangi 
miflar yaratishga intilish ko‘zga tashlanadi.
Bu oqim XX asr 10–20-yillarida dastlab Fransiyada shakl-
langan. Ayni shu davrda ijod qilgan ayrim shoirlar, yozuvchilar, 
ras somlar, haykaltaroshlar, dramaturglar, rejissyorlar asarlarida 
hayot va inson dunyosi mavjud an’analardan boshqacharoq tal-
qin qilingan. Ular voqea-hodisalarning tashqi ko‘rinishini tas-
virlash bilan cheklanmasdan, ularning mohiyatidagi ma’no-
larni, hodisalarning ichki murakkabliklarini kutilmagan tarzda 
murakkab ramz va shakllarda ko‘rsatishga intilishgan. Pol Varlen 
(1844–1896), Pol Elyuar (1895–1952), Emil Verxarn (1855–
1916), Oskar Uayld (1854–1900), O.Mandelshtam (1891–
1938), A.Axmatova (1889–1966), M.Svetayeva (1892–1941), 
A.Blok (1880–1924), V.Bryusov (1873–1924), A.Beliy (1880–
1934) kabi shoir, yozuvchilarning asarlari ayni shu jihatlari bilan 
avvalgi davr adabiyoti namunalaridan ajralib turadi. 
Abstraksionizm lotincha “abstrastio” so‘z bo‘lib, “uzoq-
lashish”, “mavhumlik” degan ma’noni anglatadi. Abstraksionist-
larning asarlari biz ko‘nikkan an’anaviy asarlardan tamomila 
farq qiladi. Abstraksionizm nazariyasiga ko‘ra, san’at borliqni 
aks ettirmaydi, balki ijodkorning his-tuyg‘ularini ifodalaydi. Bu 
oqim namoyandalari fikricha, har qanday shakl o‘zida muayyan 
mazmunni mujassamlashtiradi. Haqiqatan, har qanday san’at 
asarida ijodkorning his-tuyg‘ulari o‘z aksini topadi. 
Abstraksionizm rassomlik, haykaltaroshlik, teatr, kino, arxi-
tekturada, ayniqsa, keng tarqalgan. Pikasso, Renatto Guttuzo, 
Salvador Dali kabi musavvirlarning asarlarida borliq hodisalari 
noan’anaviy tarzda turli shakl, chizmalar vositasida ramziy ifoda 
qilingan.
Futurizm lotincha “
futurum
” – “kelajak” demakdir. Bu 
yo‘nalish nazariyasiga ko‘ra, badiiy ijod borliqni aks etti rish 
vositasi emas, balki uning bevosita davomi bo‘lishi lo zim. 
U shunda inson erkining ijodkorligiga tayanib, yangi dunyo-
ni yaratadi. Futurizm namoyandalari adabiy-badiiy asar 
lari 
ifoda uslubining g‘alatiligi, murakkab kompozitsion quri lishi, 
jumlalarining odatdagidan tamomila boshqachaligi, fojia va 
kulgili holatlarni yonma-yon gavdalantirishi kabi xusu siyatlari 
bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. V.Xlebnikov (1885–1922), 
B.Pasternak (1890–1960), N.Aseyev (1889–1963), V.Maya-
kovskiy (1893–1930) kabi rus adabiyoti namoyandalari asar-
larida futurizm ko‘rinadi.
Emil Zolya (1840–1902), Flober (1821–1880), Mopassan 
(1850–1893) kabi adiblar naturalizm oqimi namoyandalaridir. 
Ularning asarlarida qahramonlar hayot tarzi barcha tafsilotlari 
bilan bayon etiladi. Naturalizm oqimi vakillarining asarlari 
davr kishilari hayoti haqida aniq ma’lumotnoma bo‘la oladi. 
Mazkur yo‘nalish nazariyasiga ko‘ra, badiiy asar inson haqida 
ma’lumot beruvchi hujjat singari aniq tafsilotlarga asoslangan 
bo‘lishi lozim. Naturalizm lotincha “

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin