166
167
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush”, Hamzaning “Za-
harli hayot yoxud ishq qurbonlari” dramalarida ham, Fitratning
“Abulfayzxon”, Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek”
tragediyalarida ham qahramonlarning o‘limi sahnasi mavjud.
Qahramonlar o‘limi bilan bog‘liq fojeiylik darajasi turlicha
bo‘lgani bois ushbu asarlar “drama” va “tragediya” deb janrlarga
ajratiladi. Dramada ham, tragediyada ham muayyan muhitda
yashayotgan kishilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik ko‘rsatiladi.
“Muqanna” (Hamid Olimjon), “Alisher Navoiy” (Uyg‘un va
Izzat Sulton), “Imon” (Izzat Sulton) dramalaridagi qahramonlar
o‘limi ham, Vilyam Shekspirning “Otello”, “Hamlet” kabi tra-
gediyalaridagi qahramonlarning halokati ham fojiadir. Ammo
qahramonlar o‘limining ko‘rsatilishi asarlar janrini bel gi lash
uchun asos, mezon bo‘lolmaydi. Abdurauf Fitrat “Asar qah-
ramonining tilak yo‘lidagi kurashlari dramadagidan
kuchli
bo‘lsa, halokatlarga, qonli fojialarga borib to‘xtasa, tragediya
(fojia) bo‘ladir” deydi (Fitrat A. Tanlangan asarlar: J. IV. –
Toshkent: “Ma’naviyat”, 2006. – 81-bet.). U “Behbudiyning “Pa-
darkush”ini ham “Abulfayzxon”, “Abu Muslim” kabi tomosha
asarlarini ham tragediya (fojia)lardir deb qayd etadi. Lekin
ushbu asarlar e’tibor qaratilgan voqealari ko‘lami, qahramonlar
o‘rtasidagi ziddiyatning qamrovi va miqyosiga ko‘ra bir-
biridan ancha farq qiladi. Shuning uchun Behbudiy ning asari
“drama”, “Abulfayzxon” esa “tragediya”dir. Tragediyada ko‘-
pincha jamiyatning yuqori tabaqasi vakillari – hukmdorlar,
amaldorlarning shaxsiy hayoti, ijtimoiy faoliyati bilan bog‘liq
voqealar diqqat markaziga qo‘yilib, ularning oila a’zolari, atro-
fidagi kishilar o‘rtasidagi qaramaqarshiliklar orqali inson qis
mati chigalliklari ochib beriladi. Cheksiz hokimiyatga ega
hukm dorlar,
behisob mol-dunyosi bor boy, amaldorlar ham qiy-
nalishi, azoblanishi, kim bo‘lishidan qat’i nazar, har bir odam
ichki dunyosi – o‘ykechinmalari, hissiyoti atrofidagilarga
mos kelmaganida, uni o‘zgalar tushunmaganida, unga qar-
shi chiqishganida iztirobga tushib qiynalishi ko‘rsatiladi. So-
foklning “Shoh Edip” asari tragediya janridagi eng barkamol
asardir. Vilyam Shekspirning “Otello”, “Hamlet” tragediyalari
jahon adabiyoti durdonalari qatorida e’tirof etiladi. Fitratning
“Abulfayzxon”, Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek”
tragediyalari o‘zbek adabiyotidagi eng ajoyib namunalaridir.
“Tragediya” sifatida e’tirof etilgan asarlarda drama janridagi
asarlardan farqli o‘laroq, jamiyatning yuqori tabaqasi sanaladigan
hukmdorlar asosiy qahramonlar qilib olinadi va ular hayotidagi
ziddiyatli voqealar ko‘rsatiladi. Tragediya janriga mansub asar-
larda asosiy konflikt yuqori tabaqa vakillari orasida kechadi.
Muallif asosiy qahramon obrazida o‘zining ezgu g‘oyalarini
ifodalaydi. Asosiy qahramon atrofdagilardan har
jihatdan ustun
turadi. Shoh Edip, Otello, Hamletning atrofida kechayotgan
voqealar xususida chuqur mushohada yuritib, iztirobga tushishi
kishilarni hayajonga soladi. Maqsud Shayxzoda yaratgan Mirzo
Ulug‘bek obrazida inson fojiasi yorqin gavdalantiriladi. Bu
qahramon ma’nan, ruhan ustunligi, inson qismati murakkabliklari
to‘g‘risida teran fikr yuritishi
bilan boshqa personajlardan
alohida ajralib turadi. Tragediyada ijodkorning ezgu g‘oyalarini
gavdalantiradigan qahramon ko‘pincha “aybsiz aybdor” sifatida
ko‘rinadi. U hayot murakkabliklari to‘g‘risida keskin fikr
bildirib, o‘zini ham, boshqalarni ham ayamaydi, ayb, gunohlari,
kamchiliklarini mardona tan oladi. Tragediyadagi qahramonning
mushohada, mulohazalari muayyan zamon va makon bilan
cheklanmaydi. Ular barcha davrdagi kishilarga birday daxldor
bo‘ladi. Masalan, “Qirol Lir” tragediyasida: “Vaqt – hakamdir,
uning
barcha hukmlari chin, Bir kun oshkor etar o‘sha kimning
kimligin” deyiladi. Yana bir o‘rinda: “Haqiqat qo‘riqchi itga
o‘xshaydi. Uni nuqul tashqariga haydashadi. Xushomad esa
xuddi tozi it. Sasib-bijg‘ib yursa ham uyning to‘rida yashaydi”
deb aytiladi. Qirol Lir: “Biz dunyoga yig‘lab kelganmiz,
Shu dunyo havosin hidlagan zamon Yig‘laganmiz, faryod
solib, chekkanmiz fig‘on. Tug‘ilganda biz yig‘laymiz, chunki
kelganmiz, Masxaraboz, ahmoqlarning o‘yingohiga” deydi.
168
169
Ham let esa: “Narsalar o‘z-o‘zichamas, bizning nazarimizcha
yaxshi yoki yomon bo‘ladi...” deydi.
Ma’lumki, ijodkor inson hayoti to‘g‘risidagi mushohadalarini,
uni qiynagan o‘ylarni qahramonlar tilidan bayon etadi. Tragediya
mualliflari ham shunday yo‘l tutadi. Vilyam Shekspir behad
ruhiy iztirobda qolgan qahramonlar tilidan: “Dunyoni zindonga
aylantirgan narsa sizning shon-shuhratga bo‘lgan tashnaligingiz.
Sizning talablaringizga u torlik qiladi”, deydi. Boshqalardan
aqlan, ma’nan, ruhan ustunligi bois tushkunlikka tushmaydigan
Hamlet obrazi orqali bu fikrga e’tiroz bildirib: “
Meni pista
po‘chog‘iga joylang, o‘shanda ham o‘zimni sarvari koinot
deb his qilaman ” deydi. Vilyam Shekspir qahramonlari o‘zini
ayovsiz taftish etishi bilan e’tiborni tortadi. Ular xuddi shu jihati
bilan boshqa asarlar qahramonlaridan ajralib turadi. Masalan,
Hamlet: “Men g‘oyat takabbur, kekchi, xudbin kimsaman.
Qabohatlarim shu qadar behisobki, ularni o‘ylab ko‘rishga o‘y,
amalga oshirishga fursat yetmaydi. Menga o‘xshagan bandalar
yer-u osmon oralig‘ida o‘ralashib, nima qilib yuribdi o‘zi ?
Hammamiz munofiqlarmiz”, deydi. Asarda boshqa o‘rinda
inson tabiatidagi o‘zgaruvchanlik xususida: “Almashinib turar
bizda ishtiyoq, havas, Alvon-alvon suvratida sevinch va qayg‘u.
Bir-birini sovuradi, suradi yohu Sevinch degan ko‘rinadi
qayg‘uga xira, Qayg‘uning ham sevinch bilan ishi yo‘q sira.
Hamma narsa muvaqqatdir, foniydir hayhot... Dunyo degani –
tuganmas bir tasodifxonadir” deyiladi. Umuman, tragediyada
shaxsning hayotga munosabatidan tug‘ilgan fojelikni ko‘rsatish
asosiy o‘rin tutadi. Lekin komediyaga xos
kulgili sahnalar
ham bo‘lishi mumkin. Sharof Boshbekovning “Temir xotin”
asarida qishloq ayolining kundalik hayoti kulgili voqealar orqali
gavdalantiriladi. Butun turish-turmushi dala mehnati bilan
bog‘liq xotin-qizlarning zahmat-mashaqqatiga temir robot ham
bardosh berolmasligi qiziqarli vaziyatlarda namoyon etiladi.
Shu boisdan “Temir xotin” tragikomediya deyiladi. Fojelikni
kulgili, qiziqarli akslantirish ustuvorligi nazarda tutilsa, uni
shunday deyish mumkin bo‘ladi. Tragikomediya mustaqil ada-
biy janr emas. U tragediyaning o‘ziga xos ko‘rinishi, xolos.
Tra gikomediyada ijtimoiy hayotning juda jiddiy ma’naviy-
axloqiy, siyosiy muammolari kulgili voqealar orqali ko‘rsatiladi.
Dramada tragediyaga xos fojelikning bo‘lishi, tragediyada
komediyadagiday kulgili voqealarning mavjudligi barcha adabiy
janrlar mushtarak hodisa ekanidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: