23
Forobiy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Zamaxshariy, Alisher
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Munis, Xorazmiy kabi olim va shoirlar o‘z
asarlarida o‘sha davr maktablaridagi ta’lim - tarbiya,ilmiy va badiiy asarlarni
o‘qish va o‘rganish haqida fikrlar bildirib, metodik fikrning rivojiga ta’sir
ko‘rsatdilar.
Bundan yigirma yillar oldin mashhur tilshunos Yu.Stеpanov ham “Hozirgi
tilshunoslikning g‘oyalari va mеtodlari” asarida yosh tadqiqotchilar asarlarida
mеtodologiya va muayyan xususiy ilmiy mеtodga tayanish masalasida
kamchiliklar borligini aytib o‘tadi.
14
Ona tili ta’limining samarali usullarini izlab
topish tarixi garchand uzoq
davrlarga borib taqalsa-da, ammo «Ona tili o‘qitish metodikasi» fan sifatida XX
asrning 30-yillaridan boshlab pedagogika bilim yurtlari, oliy o‘quv yurtlarining
filologiya fakultetlarida o‘qitila boshlangandan keyin shakllandi. «Ona tili o‘qitish
metodikasi» fan sifatida shakllangach, dastur, darslik va shu yo‘nalishda o‘quv -
metodik qo‘llanmalar yaratishga ehtiyoj ortdi.
Dastlab S.A. Fessaloniskiyning «Ona tili metodikasi» (1940-yil) talabalar
uchun o‘quv qo‘llanmasi sifatida nashr etilgan. Mazkur qo‘llanmada o‘quvchilar
nutqini o‘stirish masalalariga katta e’tibor berilgan.
15
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining ilmiy tadqiqot metodlari. «Ona tili
o‘qitish metodikasi» mustaqil fan sifatida o‘zining ilmiy tadqiqot metodlariga ega.
Ilmiy tadqiqot metodlarini ishga solishdan ko‘zlanadigan
asosiy maqsad DTS
talablariga javob beradigan ta’lim mazmunini belgilash, o‘qitishning eng samarali
metod, vosita va usullarini aniqlash, ona tili darslarini tashkil etishning qulay
shakllarini belgilash, o‘quvchilardagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat
qilish singari muhim muammolarning ilmiy yechimini topishdan iborat.
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fani pedagogik eksperiment, diagnostik tahlil,
suhbat, kuzatish,o‘quvchilarning og‘zaki javoblari va yozma ishlarini tahlil qilish,
14
Stеpanov Yu. Hozirgi tilshunoslikning g’oyalari va mеtodlari asarida. –Toshkent, 2002. – B. 14.
15
Fessaloniski A. Ona tili metodikasi (1940-yil). – B. 97.
24
ilmiy pedagogik adabiyotlar tahlili, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, maktab
hujjatlarini ko‘zdan kechirish singari ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi.
Morfologiya- so‘z tarkibi, so‘zning asosi, qo‘shimcha, so‘z yasovchi
qo‘shimcha, shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha, lug‘aviy shakl hosil qiluvchi
qo‘shimcha, sintaktik shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha, old qo‘shimcha, so‘z
turkumlari, mustaqil so‘z turkumlari, to‘plam, tasnif, fe’l,o‘timli va o‘timsiz fe’llar,
harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh, ot so‘z turkumi, atoqli va turdosh otlar, shaxs
otlari, narsa otlari, o‘rin-joy nomlari, sifat, asliy va nisbiy sifatlar, sifatlarning
otlashuvi, son, sonning ma’no turlari, ravish so‘zlar, ravishlarning ma’no turlari,
olmosh, yordamchi so‘z turkumlari, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama, alohida so‘z
turkumlari, undov so‘zlar, modal so‘zlar, taqlid so‘zlar.
16
Taqlidiy so‘zlar va undovlarni o‘rganish. Tilimizda mustaqil so‘z
turkumlariga ham, yordamchi so‘z turkumlariga ham kirmaydigan talaygina
taqlidiy so‘zlar va undovlar bo‘lib, o‘quvchilarni bu so‘zlar olamiga olib kirish
ularning nutqiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi.
17
Ma’lumki, taqlidiy so‘zlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: a) tovushga
taqlid bildiruvchi so‘zlar; b) holatga taqlid bildiruvchi so‘zlar.
O‘quvchilar lug‘atini tovushga taqlidni bildiradigan so‘zlar bilan boyitish
maqsadida berilgan so‘zlarni (masalan,
inga-inga, gumbur-gumbur, pix-pix, viz-
viz, vish-vish,vaq-vaq, miyov-miyov, bildir-bildir, hov-hovva h.k.), inson
tovushiga taqlid so‘zlar, hayvon, qush, hasharotlar chiqaradigan tovushga taqlid
so‘zlar, tabiat hodisalari chiqargan tovushlarga taqlid so‘zlarga
ajratish va bu
so‘zlar guruhini mustaqil davom ettirish, tovushga taqlid so‘zlarni to‘liq
takrorlangan (masalan, gumbur-gumbur, guldur-guldur) va tovushlar takrori
(masalan, taq-tuq, shaq-shuq) kabi guruhlarga ajratish, ular yordamida gaplar
qurish, matn yaratish, taqlid so‘zlarda ma’noning torayishi (masalan, shaqshaqa,
16
Ona tili fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi: Uzviylashtitilgan Davlat ta’lim
standartlari va
o‘quv dasturlari. – Toshkent, 2010. – B. 63.
17
Oxunjonova O. Davlat tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Til va adabiyot
ta’limi, 2002. – B. 162.
25
tartarak, sharshara), ularning qo‘llanilishi va imlosi ustida ishlashga oid amaliy
ishlar bajariladi.
Holatga taqlid so‘zlar ustida ishlashda ham xuddi shunga o‘xshash ish
usullaridan (masalan, holatga taqlid so‘zlar ro‘yxatini tuzish, berilgan so‘zlarning
uyadoshlarini topish, bu so‘zlar yordamida gaplar tuzish, matn yaratish va h.k.)
foydalansa bo‘ladi.
Juft va takrorlanib qo‘llangan taqlid so‘zlar orasida chiziqcha qo‘yib yozish
malakasi yuqorida tilga olingan har bir amaliy ish orqali o‘quvchilarga singdirib
boriladi.
Mazkur mavzuni o‘rganish taqlidiy so‘zlardan foydalanib, tasviriy insho
yozish
bilan yakunlansa, hosil qilingan bilim, malaka va ko‘nikmalarning amaliy
qimmati yanada ortadi.
Undovlarni o‘rganishda ham, ularning ma’no guruhlari ustida ishlashda ham
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish muhim talab
sanaladi. Berilgan undovlarni ma’no jihatdan his-hayajon undovlari (masalan, oh,
eh, uh, o,e, voy, ura, ofarin, rahmat, hormang, balli, hay-hay, bay-bay, xo‘sh) va
haydash-chaqirish undovlari (masalan, kisht, chuh, beh-beh, po‘sht-po‘sht) ga
ajratish, bu har ikkala ro‘yxatni mustaqil davom ettirish, ularning yakka holda yoki
takrorlab qo‘llanilganligini aniqlash va imlosini sharhlash, har bir undov so‘zning
ma’no nozikligi ustida ishlash, ular yordamida gaplar tuzish yoki matn yaratish,
Dostları ilə paylaş: