O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,57 Mb.
#206766
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi

oh- vohlari

dodiga et

voy-voylari
singari ma’nosi toraygan undovlarning nutqda 
qo‘llanilishi ustida ishlash kabi amaliy ishlar o‘quvchilarning so‘z boyligini 
oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy asarlardan,xalq dostonlaridan 
undov gaplarga misollar toptirishning ahamiyati benihoya katta.
Undovlarning ma’no guruhlari ustida ishlash, ularning imlosi ustida ishlash 
bilan qo‘shib olib boriladi.
Mazkur mavzuni o‘rganishda xalqimizning asriy urf-odatlaridan biri 
minnatdorchilikni ifodalovchi 
hormang, bor bo‘ling, rahmat, taishkkur, barakalla, 
ofarin, balli
kabi undov so‘zlarni o‘quvchilarning nutqiy faoliyatiga olib kirishga 
alohida e’tibor berish lozim.


26 
Taqlidiy so‘zlar va undovlarni o‘rganishda xalq topishmoqlaridan 
foydalansa bo‘ladi. Masalan,
Olisdan jangur-jungur, Yaqindan oddiy temir.
Ajoyibdur oq laylak, Nog‘ora chalar taq-taq. To‘pim to‘p-to‘p etasan, Ursam 
uchib ketasan.
Xullas, taqlidiy so‘z va undovlar ustida ishlash o‘quvchilarning so‘z 
boyligini oshirish va nutqini rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Taqlidiy so‘zlar va undovlarga oid tashkil etiladigan ta’limiy o‘yinlar, 
birinchi navbatda, o‘quvchilar nutqini shu so‘zlar bilan boyitishga, ularni to‘g‘ri 
yozish, talaffuz qilish va ma’nosini farqlashga, bu so‘zlardan nutq sharoitiga mos 
ravishda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishga qaratilishi lozim.
O‘quvchilar berilgan matndan taqlid so‘zlarni ajratish, ularning imlosini 
sharhlash, ajratilgan so‘zlarni to‘liq takrorlangan hamda tovushlar takrori kabi 
guruhlarga ajratish, taqlid so‘zlarning gapdagi vazifasi ustida ishlash, taqlid 
so‘zlaridan yasalgan fe’llar ro‘yxatini tuzish; 
his-hayajon, murojaat, buyruq 
ma’noli so‘zlardan foydalanib gaplar tuzish, undovlarning ma’nosini tushuntirish, 
berilgan undovlarni his-hayajon undovlari va haydash-chaqirish, undash undovlari 
kabi guruhlarga ajratish, taqlid so‘zlar va undov so‘zlardan foydalanib matnlar 
yaratish yuzasidan o‘zaro bellashishlari, kuch sinashishlari mumkin.
«Taq-taq etdi, o‘zi yo‘q, Yalt-yalt etdi, izi yo‘q.»o‘yini. Bu o‘yinda sinf 
o‘quvchilari ikki guruhga ajratiladi va 1-guruhga tovushga taqlid so‘zlarning, 2-
guruhga tasvirga taqlid so‘zlarning ro‘yxatini tuzish topshiriladi. Bellashuvda 
o‘yin-topshiriqni to‘g‘ri bajargan guruh yengib chiqadi.
Namuna: 1-guruh: taq-tuq, gumbur-gumbur, viz-viz, shov-shuv, shaqir-
shuqur, tiq-tiq; 2-guruh: yalt-yult, jimir-jimir, yarq-yarq, milt-milt.
So‘zlarni uyalariga to‘g‘ri ajratish bellashuvi. O‘qituvchi bellashayotgan 
guruhlarga to‘liq takrorlanish natijasida hosil bo‘lgan taqlid so‘zlarni alohida 
guruhga, tovushlar takrori orqali hosil bo‘lgan taqlid so‘zlarni esa alohida guruhga 
ajratib yozib, bu guruhlarni mustaqil davom ettirish va belgilangan vaqtda 


27 
muayyan miqdorga yetkazishni topshiradi. Xuddi shu o‘yin taqlidiy so‘zlarning 
ma’no guruhlari yuzasidan ham tashkil etilishi mumkin.
Bellashayotgan guruhlar o‘zaro insonning turli holati va kayfiyati tufayli 
sodir bo‘ladigan tovushlarga taqlid so‘zlar. (masalan, 
hah-hahhah; xi-xi-xi; inga-
inga; pix-pix; qasir-qasir; bildir-bildir; duk-duk,
pildir-pildir
va h.k.) hayvon, 
qush va hashoratlar chiqargan tovushga taqlid so‘zlar (masalan, 
vov 
– it hurishiga 
taqlid, 
uv
– it yoki bo‘ri uvillashiga taqlid, 
mo‘-mo‘ 
– sigir ma’rashiga taqlid
, baa 
– 
qo‘y ma’rashiga taqlid, 
mee 
– echki ma’rashiga taqlid, 
miyov-miyov 
– mushukning 
miyovlashiga taqlid, 
vaq-vaq
– qurbaqa vaqillashiga taqlid, 
pit-pildiq
– bedananing 
sayrashiga taqlidva h.k.) yuzasidan ham bilimlarini sinab ko‘rishi mumkin.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zaro tabiat hodisalari (yomg‘ir, chaqmoq, shamol 
va h.k.); mashina, daraxt, temir, qo‘ng‘iroq, miltiqva h.k. narsa-buyumlar 
chiqaradigan tovushlarga taqlid so‘zlar yuzasidan ham o‘yin-topshiriq tarzidagi 
bellashuvlarni o‘tkazishlari mumkin.
Taqlid so‘zlardan foydalanib gaplar hosil qilishni ham musobaqa tarzida 
o‘tkazsa bo‘ladi. Bellashayotgan guruhdagi har bir o‘quvchiga ikkitadan taqlid 
so‘z berilib, shular ishtirokida gaplar hosil qilish topshiriladi. Topshiriqni o‘z 
vaqtida va to‘g‘ri bajargan guruh g‘olib sanaladi.
Undov so‘zlarni o‘rganishda ham bir qator topshiriqlar o‘yin tarzida tashkil 
etilsa, mashg‘ulot qiziqarli va samarali bo‘ladi. O‘quvchilar berilgan undovlarni 
(masalan, 
a, ah, o, obbo, beh-beh, pisht, qurey-qurey, ohho, ey, eh, eh-he, ishsh, 
hm, tuf, ura, xix
va h.k.) his-hayajon undovlar va haydash-chaqirish undovlari kabi 
guruhlarga ajratib,bu guruhlarni belgilangan vaqtda muayyan miqdorga yetkazish
bo‘yicha ham kuch sinashishlari mumkin.
Undov so‘zlarning imlosi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi ancha 
murakkab masalalardan biridir. Shuni nazarda tutib, o‘quvchilarning o‘zaro 
bellashuvida ko‘proq undov so‘zlar ishtirok etgan gaplarda qo‘llaniladigan tinish 
belgilari ustida ishlash maqsadga muvofiqdir.
Modal so‘zlarni o‘rganish. Tilimizda so‘zlovchining anglashilayotgan fikrga 
munosabatini ifodalovchi
albatta, darhaqiqat, shubhasiz, tabiiy, aslida, chamasi, 


28 
balki, ehtimol, koshki, qaniydi, darvoqe, nahotki
singari bir qator so‘z-gaplar 
borki, ularning ma’nosini bilish va nutqda qo‘llanilishini ta’minlash mazkur 
mavzuni o‘rganishdan ko‘zlanadigan bosh maqsadni tashkil etadi.
O‘quvchilarni modal so‘zlar olamiga olib kirishning eng qulay usullaridan 
biri berilgan so‘zlarni:a)fikrning rostligi, chinligini ifoda etuvchi so‘zlar (masalan, 
albatta, haqiqatan, tabiiy, so‘zsiz); b) fikrning noaniqligini ifoda etuvchi so‘zlar 
(masalan, balki, chamasi, ehtimol); v) istakni ifoda etuvchi so‘zlar (masalan, zora, 
shoyadki); g) kutilmaganlikni ifoda etuvchi so‘zlarni (masalan, nahot, nahotki) 
ajratish, bu so‘zlar ro‘yxatini mustaqil davom ettirish, ularning ma’no nozikligi 
ustida ishlash, berilgan modal so‘zlarga ma’nodosh so‘zlar topish, gapda yoki 
matnda ma’lum bir modal so‘zni uning ma’nodoshi bilan almashtirish, shunday 
so‘zlar ishtirokida gaplar tuzish va matn yaratish kabilar bo‘lib sanaladi. Mazkur 
ish usullaridan foydalanishda modal so‘zlarning gapda vergul bilan ajratilishiga 
ham alohida e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. 
B.To‘xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodovalar muallifligida tuzilgan “
O‘zbek 
tilini 
o‘qitish metodikasi”
qo‘llanmasida 
alohida 
so‘z 
turkumlariga 
undov,taqlid,modal so‘zlarni kiritadi.
18
Alohida so‘z turkumlari: so‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini, 
his-hayajon, haydash-chaqirishni, tovushga va holatga taqlidini bildirgan so‘zlar 
alohida so‘z turkumidir. Ular undov,taqlid,modal so‘zlar deyiladi. Bu so‘z 
turkumlari alohida lig‘aviy ma’no bildirmaydi,ammo ba’zan gap bo‘lagi vazifasini 
bajarishi mumkin.
18
To’xliyev B, Shamsiyeva M, Ziyodova T. O’zbek tilini o’qitish metodikasi
 
qo’llanmasida. – Toshkent: 
O‘qituvchi, 2007. – B. 216.


29 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin