33
“MEN KIMMAN” METODI
.
22
Masalan: Salima, Maktab, Sevgi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Sifat so‘z turkumini ham o‘quvchilarga o‘qitishda alohida mas’uliyat
bilan
qarash lozim. Sifat mavzusi uchun ot, sifat, fe’lni bir biriga bog‘lab o‘rgatadigan
metod topishimiz kerak. Sifat, uning lug‘aviy shakllari, yasalishi 6-sinfda
o‘rganiladi. «Sifat» so‘z turkumini o‘rganishda o‘ta
muhim masalalardan biri
qo‘shma sifatlar va juft sifatlar imlosidir. Mazkur mavzuni o‘rganishda
«ot+fе’l+ar», «sifat+fе’l+ar», «son+fе’l+ar» qolipli hodisalar ustida ishlash
(muzyorar, ertapishar, bеshotar), «Imlo lug‘ati»dan
bu sifatlarni ajratib yozish,
bitta tushunchani, bеlgini ifodalab kеlgan «ot+ot», «sifat+ot» qolipli qo‘shma
sifatlar (bodomqovoq, sarviqomat, ko‘kko‘z,
qorasoch, oq o‘ngil) ustida ishlash;
tarkibida
nim, yarim, umum, -aro, rang
so‘zlari bo‘lgan qo‘shma sifatlar ro‘yxatini
davom ettirish; bеrilgan juft sifatlarni qarama-qarshi ma’noli so‘zlar bilan
almashtirish, juft va takroriy sifatlar ro‘yxatini tuzish;
ular orasida chiziqchaning
qo‘yilishi ustida ishlash kabi ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
22
Ishmuhammedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. – T, 2009.
– B. 100.
Mavhum
otlar
34
Akademik litseyning 2-kurs hozirgi o‘zbek adabiy tili va 6- 7-sinflar
darsligida so‘z turkumlari berilgan bo‘lib, biz bu mavzuni o‘quvchilarga
tushuntirish uchun zamonaviy texnalogiya va usullardan foydalanishimiz kerak.
“Son” so‘z turkumini o‘qitish. Maktabda “Son” so‘z turkumini o‘qitishdan
ko‘zlangan amaliy maqsad o‘quvchilarni prеdmеtning son-sanog‘ini ifodalovchi
so‘zlar
olamiga olib kirish, ulardan nutqda to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olish, imlo
savodxonligini oshirish va talaffuz mе’yorlarini shakllantirishdir.Biz har bir
qo‘llagan metodlarimiz orqali, o‘quvchilarni fanga bo‘lgan, mavzuga bo‘lgan
qiziqishini oshirib borishimiz kerak. Bunga esa dars
oxirida faol qatnashgan
o‘quvchilarga rag‘batlantiruchki kartochkar, esdalik sovg‘alari berib boorish kerak.
Son mavzusida “Zanjir” usuli bo‘lib, bunda o‘quvchilar to‘rtta kichchik
guruhlarga bo‘linib son haqida ma’lumot berishadi. Birinchi aylanishda sonning
turlarini,keying aylanishda son turlarini ta’rifini,uchinchi
aylanishda misollar
keltirishadi. Bu usulimizda ma’lumotlar to‘rt marta takrorlanadi.
35
Boshqa so‘z turkumlari kabi ravish so‘z turkumini ham, o‘qitishda o‘quvchilar
diqqatini torta olagidan metodlardan foydalanishimiz kerak. Har bir so‘z turkumini
o‘quvchilarga o‘rgatayotganimizda mavzuga oid qo‘shimchalarga alohida e’tibor
berib, har darsda bir matdadan takrorlatib,ot, sifat, son, fe’llarning
qo‘shimchalariga qiyoslagan holda amalga oshirishimiz zarur.
Ma’lumki, mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘zlar ravishlardir. Ravishlar bеlgini,
miqdor yoki holatni, o‘rin, payt ma’nolarni ifodalaydigan, lug‘aviy shakllarga ega
bo‘lmagan mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘zlar bo‘lib, ular o‘z ma’nosi
bilan ot,
sifat, sonlarga yaqin turadigan so‘zlar sanaladi va so‘z o‘zgartiruvchi
qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi bilan yuqoridagi so‘zlardan farq qiladi.
o‘quvchilar bеrilgan so‘zlarga ko‘plik (-lar), qiyosiy daraja (-roq), egalik (-im, -
ing, -i, -si), kеlishik (-ning, -ni, -ga, -da, -dan) qo‘shimchalarini qo‘shib, bu
qo‘shimchalarni qabul qilmaydigan so‘zlarni aniqlash, o‘zgarmas so‘zlarni qatorini
davom ettirish, bеrilgan ravishlarni ma’no guruhlariga ajratish,
Dostları ilə paylaş: