O’zbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 394,81 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.04.2020
ölçüsü394,81 Kb.
#30843
a.qodiriyning otkan kunlar asari va nutq odobi


 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA ORTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT 

UNIVERSITETI  

O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI 

O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI KAFEDRASI 

 

 

 

 

 

MAVZU: A. Qodiriyning “O’tkan kunlar” asari va nutq odobi 

 

 

 

Bajardi: Boymurodov S. 

Tekshirdi: Muhiddinova B. 

 

 

SAVARQAND - 2015

 

 



A. Qodiriyning “O’tkan kunlar” asari va nutq odobi 

                                                     Reja 

I. Kirish. 

   Nutq odobi va nutq madaniyati fani haqida. 

II. Asosiy qism. 

   2.1. A. Qodiriyning  hayoti va ijodi. 

   2.2. A.Qodiriyning ,, O’tkan kunlar asari haqida. 

   2.3. A.Qodiriyning ,, O’tkan kunlar ” asarining qisqacha bayoni. 

   2.4. Asarda qo’llanilgan stilistik figuralar (troplar, arxaizmlar, 

   istorizmlar, valgarizmlar, varvarizmlar, shevalar). 

III. Xulosa. 

   3.1.Asarning badiiy, tarixiy, tarbiyaviy ahamiyati. 

IV. Adabiyotlar ro’yxati. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                         

 


 



Nutq odobi va nutq madaniyati fani haqida 

Mavjud  lingvistik  adabiyotlarda  notiq,  notiqlik  san’ati,  voiz,  voizlik,  voizlik 

san’ati kabi tushuncha va atamalarga duch kelamiz. Xalq orasida: so’zga chechan, 

so’zga usta, so’z ustasi, so’zamol, so’zamollik, so’zni boplaydi, gapni do’ndiradi, 

gapga  usta,  chiroyli  gapiradi  singari  iboralar  bor.  Keltirilgan  so’z  va  iboralarning 

barchasi  inson  nutqining,  inson  nutqi  kamolotining  darajasini,  umumiy  jo’n 

nutqdan farqlanadigan nutq namunalarini ifoda qiladi. Hamma  ham agar u nutqiy 

nuqson  bilan  tug’ilmasa  gapiradi.  Ammo  hamma  ham  bir  xilda  gapga  chechan, 

o’ta  chiroyli  gapiruvchi  bo’lavermaydi.  Nutqiy  chechanlik  -  notiqlik  alohida 

qobiliyatdir. Mumtoz ma’nodagi notiqlik - bu alohida favqulotda nutqiy san’atdir. 

Chinakkam notiqlar notiqlik mahoratiga tabiiy qobiliyat bilan bir qatorda o’z tili, 

nutqi ustida tinimsiz ishlash natijasida erishadilar. 

O’tmish  va  o’tmishga  oid  adabiyotlarda  alohida  nutqiy  mahorat  bo’lgan 

notiqlik  ko’rinishlari  odamlarning  kundalik  nutqidan,  nutqiy  faoliyatidan 

farqlanilgan.  Chinakkam  san’at,  alohida  qobiliyat  ma’nosidagi  notiqlik  barcha 

kishilar uchun ham xos bo’lmagan. 

Har  qanday  nutq  «notiqlik»  namunasi  (san’at  sifatida)  va  uning  egasi  chin 

ma’noda «notiq» (san’atkor ma’nosida) degan gap emas. Notiqlik qadimiy davrdan 

beri  alohida  mahorat,  san’at  sifatida  insondagi  maxsus,  noyob  qobiliyat  tarzida 

talqin  etib  kelinadi.  Shu  tufayli  notiqlikni  (ular  orasidagi  bog’liqlikni  inkor 

etmagan holda) nutq madaniyatidan farqlash lozim. Har qanday og’zaki nutq shakli 

nutqiy  mahorat  ma’nosidagi  notiqlik  bo’lavermaydi.  So’zlash  madaniyati  haqida 

gap  yuritiluvchi  va  hatto  lektorlar,  targ’ibotchilar  (bular  orasida  ham  haqiqiy 

ma’nodagi notiqlar kam uchraydi) mo’ljallangan asarlar ham bizningcha, «Notiqlik 

san’ati» nomi bilan atalavermasligi kerak. 

O’zbek tilshunosligi va san’atshunosligida notiqlik san’ati va uning o’tmishi 

yetarli ishlangan emas. Shu tufayli o’tmish Sharq notiqligi bilan hozirgi ma’nodagi 

nutq  madaniyati  sohasi  orasidagi  ko’pgina  o’xshash  hamda  farqli  tomonlar  biz 

uchun  qorong’udir.  Nutq  madaniyati  sohasi  va  uning  maqsadini  ommaga 

yetkazishda  o’tmish  notiqligining  ijobiy  tomonlaridan  keng  foydalanish  zarur. 

Ushbu notiqlikning ko’pgina ko’rsatmalari, qoidaviy holatlari, taniqli notiqlarning 

shaxsiy  qobiliyat  va  faoliyatlari  nutq  madaniyatini  tarbiyalashda  yaxshigina 

namunaviy  tashviqot  quroli  bo’lishi  mumkin.  Bu  masala  S.Inomxo’jayevning 

«O’tmish sharq notiqligi» kitobida yaxshi ko’rsatilgan. 

Ma’lumki,  notiqlik  san’atida  tinglovchini,  ommani  o’ziga  tortishga  intilish 

maqsadi  birinchi  o’rinda  turadi.  Notiq  nutqi  chiroyli,  jozibali  bo’lishi  shart. 

Chiroylilikka  erishish  uchun  nutqning  mazmuniga,  mantiqiy  kuchiga,  jumlalar 

jimjimadorligiga  katta  e’tibor  beriladi.  Ushbu  ma’noda  mana  bu  satrlar  ancha 

o’rinli  aytilgan:  «Notiqlik  avvalo  chiroyli  gapirishdir.  Ammo  nutqning  faqat 

chiroyli  bo’lishi  hali  yetarli  emas,  har  qanday  be’mani  safsatalarni  ham  juda 

chiroyli qilib gapirish mumkin. Bu esa notiqlik emas, vaysaqilik sanaladi». 

G.O.Vinokur o’zining «Kultura yazika» asarida nutq madaniyatining notiqlik 

bilan  bog’liq  tomonlariga  alohida  to’xtaladi:  «Notiqlik  nutqi  deganda  men  har 

qanday  monologik  og’zaki  nutqni  emas,  balki  tinglovchilarni  ma’lum  harakatga 


 

chorlovchi  yoki  ularda  qandaydir  g’oyalar,  tasavvurlar  tizimini  uyg’otishga 



qaratilgan maxsus vazifa bajaruvchi nutqni tushunaman». 

Hozirgi  kunda  notiqlik  tushunchasi  va  notiq  atamasi  alohida  mahorat  va 

san’at  ma’nosida  emas,  balki  jo’n,  ommaviyroq  ma’noda  tushunilmoqda  va 

qo’llanmoqda.  Hozirda  nutq  so’zlagan  har  qanday  shaxsni  notiq  deb  yuritiladi. 

Natijada notiq atamasi o’z asl ma’nosidan  uzoqlashdi va u rasmiy yoki norasmiy 

so’zga chiqqan har bir nutq egasini anglatadigan bo’ldi. 

Notiq 

va 


notiqlik 

tushunchalari 

doirasining 

bunday 


kengayishi, 

ommaviylashuvi  notiqlik  san’ati  sohasi  haqida  yozilgan  ilmiy  ishlarda  ham 

«notiqlik»  va  «notiqlik  san’atini»  oddiyroq  va  kengroq  ma’noda  tushunish  va 

tushuntirishga olib keldi. Bunga ko’ra, notiqlik san’ati endilikda qandaydir nutqiy 

mahorat (noyob qobiliyat, san’at) emas, balki har qanday odam egallashi mumkin 

va lozim narsa sifatida talqin etiladi. 

Keltirilgan  mulohazalardan  keyin  nutq  madaniyati  bilan  notiqlik  san’ati 

orasidagi munosabatni belgilash muayyan qiziqish uyg’otishi aniq. 

Nutq  madaniyati  va  notiqlik  san’ati  umumiy,  o’xshash  tomonlarga  ega.  Har 

ikkala soha til va nutq, inson nutqi bilan aloqadordir. Har ikkalasi kishilar nutqiy 

faoliyatining foydali, ta’sirchan, o’tkir bo’lishi uchun ko’rashadi, insonning nutqiy 

madaniyatini uning nutqiy hayotini o’stirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati ham 

notiqlik  ham  nutqiy  odob,  nutqiy  go’zallik,  nutqiy  mantiq  qonuniyatlaridan 

oziqlangan holda ish ko’radi. Ammo shunga qaramasdan bizningcha nutqiy san’at 

ma’nosidagi  notiqlikni,  ya’ni  favqulodda  nutqiy  mahorat  va  qobiliyat  bo’lgan 

notiqlikni ommaviy nutq (notiqlik) dan farqlash lozim. 

Ba’zi  shaxslarda  uchraydigan  notiqlik  san’ati  og’zaki  nutq  sohasida  shaxsiy 

qobiliyat va faoliyat tufayli erishiluvchi alohida san’atdir. Notiqlikda qobiliyat va 

mahoratning  mehnat  bilan  qo’shilib  ketganini  ko’rish  mumkin.  Har  bir  xalqning 

o’tmish  madaniy  hayotida  bu  xalqdan  yetishib  chiqqan  va  chin  ma’noda  notiq 

degan mo’tabar nomga sazovor bo’lgan shaxslarning unchalik ko’p emasligi ham 

aslida ana shu omil tufaylidir. 

Nutq  madaniyati  tushunchasi  aynan  notiqlik  san’atining  o’zi  emas,  ammo  u 

notiqlik  mahoratiga  nisbatan  olganda,  qandaydir  o’ta  oddiy  tushuniluvchi  hodisa 

ham emas. 

Yuqorida  aytilganlardan  ma’lum  bo’ladiki,  nutq  madaniyati  va  notiqlik 

tushunchalari  orasida  ba’zi  o’xshashlik,  umumiy  tomonlar  bor.  Bu  har  ikkala 

sohaning maqsadida ish ko’rish qurolining umumiyligida ko’rinadi. Ammo shunga 

qaramasdan  nutq  madaniyati  tushunchasi  bilan  notiqlik  tushunchasi  aynan  bir 

narsa  emas.  Ular  orasida  ba’zi  muhim  farqli  tomonlar,  belgilar  bor.  Bular 

quyidagilardir: 

1.  Nutq  madaniyati  chinakam  ma’noda  adabiy  til  bilan  bog’liq  hodisadir. 

Uning  paydo  bo’lishi,  lisoniy  asosi,  talab  va  mezonlari  adabiy  til  va  uning 

me’yorlari  bilan  bog’liqdir.  Notiqlik  san’ati  uchun  bular  asosiy  belgilar  emas. 

Notiqlar orasida adabiy til talablariga to’la amal qilmaydiganlar, ma’lum lahja yoki 

shevada  ham  chinakam  notiqlik  san’atini  namoyish  qiluvchilar  uchraydi.  So’zga 



 

chechanlik,  notiqlik  til  materialining  xarakteriga  qarab  emas,  nutqning 



ta’sirchanligiga, nutqiy san’atga qarab belgilanadi. 

2.  Notiqlik  -  bu  nutqning  og’zaki  shaklidir.  Notiqlik  san’ati  -  og’zaki  nutq 

san’atidir.  Nutq  madaniyati  esa  nutqning  ham  og’zaki,  ham  yozma  shakli  uchun 

taalluqli tushunchadir. 

3.  Nutq  madaniyati  jamiyat  a’zolarining  umumiy  nutqiy  faoliyatini  ko’zda 

tutadi.  Nutq  madaniyati  sohasining  maqsadi,  orzusi  barchaning,  butun  xalqning 

nutqini madaniylashtirishni mo’ljallaydi. Mumtoz  ma’nodagi notiqlik esa alohida 

shaxslarning  nutqiy  mahoratini,  san’atini  ifodalaydi.  Notiqlik,  asosan,  nutq 

vositasida  kishilarga  muayyan  g’oya  va  maqsadlarni  yetkazishni,  ularni  ma’lum 

maqsadga  safarbar  qilishni  ko’zda  tutadi.  Ya’ni  notiqlik  san’atida  tinglovchilarni 

ma’lum maqsadga jalb qilish asosiy o’rin tutadi. 

4. San’atkor notiq nutqi asosan ko’pchilik tinglovchiga keng auditoriyalarga 

mo’ljallangan  bo’ladi.  Notiqni  birdan  ortiq  shaxslar  tinglaydi.  Nutq  madaniyati 

mana  shunday  tinglovchilardan  tashqari kishilar  orasida odatiy  suhbatlarni, yakka 

kishiga qaratilgan nutqlarni o’z ichiga qamraydi. 

5. Har bir kishi ona tilining imkoniyat va boyliklarini yaxshi egallagan, nutq 

madaniyati  talablariga  javob  beradigan  so’zamol  shaxs  bo’lishi  mumkin.  Ammo 

har  bir  shaxs  ham  san’atkor  ma’nosidagi  notiq  bo’lmasligi,  bo’la  olmasligi 

mumkin.  Lekin  adabiy  tildan  foydalanuvchi  har  bir  notiq  nutq  madaniyatidan 

xabardor bo’lishi shart. 

6.  Nutq  madaniyati  ko’pchilikni,  keng  xalq  ommasini  ko’zda  to’tib  ish 

ko’ruvchi sohadir. Bu ma’noda nutq madaniyati keng omma uchun mo’ljallangan 

talabdir,  ammo  notiqlik  -  bu  avvalo  qobiliyat,  shaxsiy  qobiliyatdir.  Alohida 

san’atkorlik ma’nosidagi notiqlik nutqiy san’atni, nutqiy go’zallikni hisobga oladi. 

Nutq  madaniyati  esa  kishilarning  barchasini  san’atkor  notiq  qilishni  ko’zda 

tutmaydi. U asosan, ona tilida yoki o’zga bir tilda to’g’ri, madaniy gapira olish va 

yoza olish faoliyatini tarbiyalashni maqsad qilib oladi. 

7.  Nutq  madaniyati  -  bu  faqat  nutq  haqidagi  nutqiy  faoliyatga  tegishli 

tushuncha  va  soha  emas,  u  til  madaniyati  bilan  ham,  ya’ni  adabiy  tilni  va  uning 

me’yorlarini  o’rganish  va  bu  me’yorlarni  qayta  ishlash  ishi  bilan  shug’ullanadi. 

Notiqlik san’ati esa bunday ilmiy - me’yoriy faoliyatni ko’zda tutmaydi. 

8. Notiqlik, ko’proq nutqning mazmuniga  mantiqiy asoslariga,  mundarijaviy 

tuzilishiga e’tibor qiladi, nutq madaniyati sohasi esa ko’proq nutqning til qurilishi - 

lisoniy tuzilishiga e’tibor qiladi. 

9. Notiqlik, asosan, aniq bir shaxs - notiq yoki guruhlar -notiqlar nutqi haqida 

qayg’uradi.  Bunda  u  notiqni  tinglayotganlar,  ya’ni  keng  ma’noda  tinglovchilar 

ommasi nutqini ham ko’zda tutmaydi. Nutq madaniyati esa, bundan farqli ravishda 

umuman  kishilarning  nutqiy  faoliyatini,  nutq  madaniyatini  ko’zda  tutadi.  Shu 

sababli nutq madaniyati maqsadiga ko’ra va nutqiy faoliyati nuqtai nazaridan keng 

maqsadli soha notiqlik esa tor sohasidir. 

10. Notiqlik san’ati notiq uchun oldindan qanday so’zlash sxemasi va rejasini 

bermaydi va bu tip nutq doimo ham oldindan tayyorlangan, tayyorgarlik qurilgan 

nutq emas, nutq madaniyati sohasi esa jamiyat a’zolarini ona tili, ya’ni adabiy til 


 

boyliklari  va  vositalaridan  maqsadga  muvofiq  sharoit  va  uslub  taqozosi  talabiga 



ko’ra  o’rinli  foydalana  olish  ko’nikmasini  beradi.  Bunday  ko’nikma  aslida  har 

qanday san’atkor notiq uchun ham zarur. 

11. Notiqlik va notiqlik san’ati haqidagi fan ancha qadimiy tarixga ega, nutq 

madaniyati ilmiy muammo va ilmiy soha sifatida hali yosh va yangidir. 



 

2.1. Abdulla Qodiriyning  hayoti va ijodi 

Abdulla  Qodiriy  (asosiy  taxalluslari:  Qodiriy,  Julqunboy  (1894.04.10-

Toshkent-1938.10.04)-20-asr  yangi  o`zbek  adabiyotining  ulkan  namoyandasi, 

o`zbek  romanchiligining  asoschisi;  20-yillardagi  muhim  ijtimoiy-madaniy 

jarayonlarning  faol  ishtirokchisi.  Bog`bon  oilasida  tug`ilgan.  Otasi  Qodirbobo 

(1820-1924yy)  xon,  beklar  qo`lida  sarbozlik  qilgan,  rus  bosqini  paytida  (1865y) 

Toshkent  mudofaasida  qatnashgan.  Otasi  boshidan  o`tgan  sarguzashtlar  Abdulla 

Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim 

rol  o`ynagan.  Abdulla  Qodiriy  musulmon  maktabida  (1904-  1906yy),  rus-tuzem 

maktabida (1908-12yy), Abulqosim shayx madrasasida (1916-1917yy) ta`lim oldi; 

Moskvadagi  adabiyot  kursida  (1925-26)  o`qidi.  Yoshligidanoq  qadimgi  Sharq 

madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini o`rgangan. 

Jahon  adabiyotini  ixlos  bilan  mutolaa  qilgan.  Oilasi  kambag`allashganligi  sababli 

bolalikdan  mustaqil  mehnat  qila  boshladi,  turli  kasblarni  egalladi,  mahalliy 

savdogarlarga,  kotiblik  va  gumashtalik  qildi  (1907-15).  1917  yil  Oktabr  

to`ntarishidan  so`ng  Eski  shahar  oziqa  qo`mitasining  sarkotibi  (1918),  «Oziq 

ishlari»  gazetaning  muharriri  (1919),  Kasabalar  sho`rosining  sarkotibi  (1920), 

«Mushtum» jurnal tashkilotchilaridan va tahrir hay`ati a`zosi (1923-26).  Abdulla 

Qodiriy  ijodiy  faoliyatining  boshlanishi  1910-yillarning  o`rtalariga  to`g`ri  keladi. 

,,Sadoi  Turkiston”  gazetasining  1914-yil  1-aprel  sonida  Abdulla  Qodiriy  imzosi 

bilan  ,,Yangi  masjid  va  maktab,,  sarlavhali  xabar  bosiladi.  Bu  bo`lajak  adibning 

matbuotdagi  dastlabki  chiqishi  edi.  Oradan  ko`p  o`tmay,  uning  ,,To`y”, 

,,Ahvolimiz”,  ,,Millatimga”,  ,,Fikr  aylagil”  kabi  she`rlari,  ,,Baxtsiz  kuyov” 

dramasi, ,,Juvonboz” hikoyasi chop etiladi (1914-15yy). Abdulla Qodiriy ijodining 

dastlabki  namunalari  bo`lgan  bu  asarlar  millatparvarlik,  ma`rifatparvarlik  ruhida 

yozilgan  bo`lib,  jadidchilik  g`oyalari  bilan  sug`orilgandir.  Muallif  unda  xalqning 

zabun  holatidan  kuyib  so`zlaydi,  millatni  uyg`onishga  da`vat  etadi,  fikrlashga 

chorlaydi.  Abdulla  Qodiriyning  ,,Uloqda”  hikoyasi  (1916y)  avvalgi  asarlari  bilan 

tenglashtirib  bo`lmaydigan  darajada  yuqori  bo`lib,  20-asr  tongidagi  o`zbek 

realistik  adabiyotining  cho`qqisi,  realistik  hikoyaning  eng  yaxshi  namunasi 

hisoblanadi. Abdulla Qodiriyning 1917 yil Oktabr to`ntarishidan keyingi faoliyati 

asosan  matbuot  bilan  bog`langan.  Uning  1919-25  yillar  oralig`ida  yozgan 

maqolalari  soni  300  atrofida.  Abdulla  Qodiriyning  publitsistik  chiqishlari  avvalo, 

o`sha  davrning  tarixiy  hujjati,  zamonasining  solnomasi.  20-yillar  o`rtalarida 

yozilgan  ,,Kalvak  hayotdagi,  odamlar  tabiatidagi  muayyan  salbiy  hodisalarni  sof 

mafkuraviy nuqtai nazardan turib, nuqul bir-yoqlama qoralash, fosh etish yo`lidan 

bormay,  xarakter  va  hodisalarni  xolis  turib,  murakkabligi,  ziddiyatlari  bilan 

ko`rsatishga jazm etadi. Abdulla Qodiriy sho`ro hokimiyatining dastlabki yillarida 



 

qizg`in  jurnalistik  faoliyati  bilan  barobar  o`zbek  adabiyotidagi  birinchi  roman  -



,,O`tkan  kunlar”ni  yaratdi  (1919-20yy).  Romandan  boblar  1922-yil  ,,Inqilob” 

jurnalda e`lon qilindi. 1924-26 yillari har bir bo`limi alohida-alohida kitob holida 

bosildi.  ,,O`tkan  kunlar”  yaratilgan  davr  o`zbek  xalqi  uchun  millatning  erki, 

ozodligi,  mustaqilligi,  jahondagi  o`rni  masalasi  hayot-mamot  ahamiyatiga  molik 

edi.  Abdulla  Qodiriy  mamlakatimiz  taraqqiyparvar  ziyolilari  safida  turib  ona 

yurtning,  millatning  taqdiri  ustida  astoydil  qayg`urdi,  o`zicha  najot  yo`lini  izladi. 

Avvaliga  u  bolsheviklarning  yolg`on  va`dalariga  ishondi,  ammo  adib  bu  va`dalar 

qog`ozda  qolib  ketayotganini,  yovuz  mustamlaka  siyosati  mohiyat  e`tibori  bilan 

o`zgarmay  qolayotganini,  munofiqona  tus  olayotganini,  el  orasida  buzg`unchilik, 

fitna,  sinfiy-mafkuraviy  adovat  avj  oldirilib,  birodarkushlik  urushi  boshlanib 

ketganligini,  sho`rlik  xalq  bu  qonli  siyosatning  qurboni  bo`layotganini  o`z  ko`zi 

bilan ko`rdi. Ayniqsa, Qo`qon muxtoriyatining tor-mor etilishi ko`pgina hur fikrli 

ziyolilar  qatori  Abdulla  Qodiriyning  qalbini  larzaga  soldi.  Adib  ,,O`tkan  kunlar” 

romani orqali xalqning milliy ongini uyg`otmoqchi bo`ldi, ,,tariximizning eng kir, 

qora kunlari” - yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi ,,xon zamonlari”  

19-asr  o`rtasidagi  mudhish  tarixiy  jarayonlar  haqida  so`z  ochib,  bu  ayanchli 

haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi bo`ldi. 

A.Qodiriyning “O’tkan kunlar ’’ asari haqida 

    


  O'tkan kunlar... Xalqimizning o'tkan kunlari... Bu asarni sevib o'qimagan, asar 

asosida  suratga  olingan  filmni  ko'rib  zavqlanmagan  adabiyot  shaydosi  bo'lmasa 

kerak...  “O'tkan  kunlar”  garchi  muallif  yozganidek,  yangi  zamon  ro'monchilig'i 

bilan  tanishish  yo'lida  kichkina  bir  tajriba,  yana  to'g'risi  bir  havas  bo'lsa-da,  hali 

shu kunga qadar o'zbek adabiyotida unga yetadigan asar yaratilmadi... 

“Moziyg'a  qaytib  ish  ko'rish  xayrlik,  deydilar.  Shunga  ko'ra  mavzuni  moziydan, 

yaqin  o'tkan  kunlardan,  tariximizning  eng  kirlik,  qora  kunlari  bo'lg'an  keyingi 

“xon zamonlari”dan belguladim”. 

                                                                                  Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 

       Abdulla  Qodiriy  sho`ro  hokimiyatining  dastlabki  yillarida  qizg`in  jurnalistik 

faoliyati  bilan  barobar  o`zbek  adabiyotidagi  birinchi  roman  -  ,,O`tkan  kunlar”ni 

yaratdi  (1919-20yy).  Romandan  boblar  1922-yil  ,,Inqilob”  jurnalda  e`lon  etildi. 

1924-26-yillari  har  bir  bo`limi  alohida-alohida  kitob  holida  bosildi.  ,,O`tkan 

kunlar” yaratilgan davr o`zbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi, 

jahondagi  o`rni  masalasi  hayot-mamot  ahamiyatiga  molik  edi.  Abdulla  Qodiriy 

mamlakatimiz taraqqiyparvar ziyolilari safida turib ona yurtning, millatning taqdiri 

ustida astoydil qayg`urdi, o`zicha najot yo`lini izladi. Avvaliga u bolsheviklarning 

yolg`on va`dalariga ishondi, ammo adib bu va`dalar qog`ozda qolib ketayotganini, 

yovuz  mustamlaka  siyosati  mohiyat  e`tibori  bilan  o`zgarmay  qolayotganini, 

munofiqona  tus  olayotganini,  el  orasida  buzg`unchilik,  fitna,  sinfiy-mafkuraviy 

adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini, sho`rlik xalq bu 


 

qonli  siyosatning  qurboni  bo`layotganini  o`z  ko`zi  bilan  ko`rdi.  Ayniqsa,  Qo`qon 



muxtoriyatining  tor-mor  etilishi  ko`pgina  hur  fikrli  ziyolilar  qatori  Abdulla 

Qodiriyning  qalbini  larzaga  soldi.  Adib  ,,O`tgan  kunlar”  romani  orqali  xalqning 

milliy  ongini  uyg`otmoqchi  bo`ldi,  ,,tariximizning  eng  kir,  qora  kunlari”-  yurtni 

mustamlaka  balosiga  giriftor  etgan  keyingi  ,,xon  zamonlari”  -19-asr  o`rtasidagi 

mudhish tarixiy jarayonlar haqida so`z ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq 

bermoqchi bo’ldi.

 

Habibullo  Qodiriy  otasi  haqida  eslar  ekan  bu  asar  haqida  ham  birqancha 



ma'lumotlar beradi 

Abdulla Qodiriy ushbu asarni yozish davomida bir necha marta Marg'ilonga 

qatnagan  ekanlar.  Bobomning  aytishlaricha,  Qodiriy  Marg'ilonning  turli 

mahallalari, go'shalarini aylanib, odamlar bilan suhbatlashgan ekanlar. Bobomning 

otalari  mahallaning  katta  imomi  bo'lganliklari  uchun  ular  bilan  ham  gaplashgan 

ekanlar. Abdulla Qodiriy o'zlarining xotiralarida ham bu haqda aytib o'tadilar. Ular 

har  bir  ko'rgan  holatlari,  odamlarning  suhbatlari  va  hokazolardan  asarda  unumli 

foydalanganlar. Bir kuni Marg'ilon ko'chalarida yurib, birovning uyidan zig'ir yog'i 

hidini sezganlar va shu holatni ham asarga kiritdim, deydilar. 

Asardagi  tarixiy  shaxslar:  Xudoyorxon,  Musulmonqul,  O'tabboy  qushbegi, 

Normuhammad qushbegi haqiqatda bo'lgan. Muallif asarda otamning aytishlaricha

Normuhammad  qushbegi  Toshkent  beklaridan  eng  tuzugi  bo'lgan  ekan,  kabi 

mulohazalrni  izoh  qilib  ham  keltiradi.  Otabek  va  Kumushbibi  degan  asarda 

berilgan  taqdirdagi  aniq  shaxslar  borligi  haqida  ma'lumotim  yo'q.  Balki  nomlarni 

almashtirilgan bo’lishi ham mumkin. 

Habibullo  Qodiriy  otasi  haqida  eslar  ekan  bu  asar  haqida  ham  birqancha 

ma'lumotlar  beradi.  Uning  aytishicha,  Qodiriy  har  hafta  do'stlari  bilan  gap 

o'ynasharkan  (Toshkanda  gap  o'ynaymiz  deyishadi,  Marg'ilonda  osh  yeymiz 

deyishadi,  o'tirish,  mashvarat  ma'nosida).  Har  hafta  shu  gapga  Qodiriy  ,,O'tkan 

kunlar”ning  yangi  boblarini  olib  borar  va  do'stlariga  o'qib  berarkanlar.  Bir  kuni 

Habibulla  aka  xonadonlarida  gap  majlisida  asarning  oxirgi  qismini  o'qib 

berganlarida  hamma  o'rtoqlari,  o'zlariyam  yig'lagan  ekanlar.  Shu  voqeadan  oldin 

bir  kuni  Qodiriy  ko'zlarida  yosh  bilan  uydan  chiqolmay  qolibdilar.  Uydagilar 

hayron bo'lib nima bo'lganligini so'raganlarida, ular Kumushni o'ldirib qo'ydim deb 

kuyingan  ekanlar.  Judayam  istamagandim,  bosh  qahramonni  o'ldirishni,  deb 

eslaydilar Abdulla Qodiriy. 



 

A.Qodiriyning “O’tkan kunlar ’’ asarining qisqacha bayoni 

,,O`tkan  kunlar”  romanining  ma`no-mundarija  doirasi  nihoyatda  keng. 

Unda  xilma-xil  insoniy  taqdirlar,  ijtimoiy-siyosiy,  ma`naviy-axloqiy,  oilaviy-

ishqiy  muammolar  qalamga  olingan.  Biroq  ular  orasida  yurtning,  millatning 

taqdiri,  mustaqilligi  masalasi  alohida  ajralib  turadi.  Binobarin  el-yurtning 

mustaqilligi,  birligi  masalasi  romanning  pafosini  tashkil  etadi.  Asarning  bosh 

qahramonlari  Otabek  va  Yusufbek  hojilar  shu  yurt  istiqloli,  faravonligi, 

osoyishtaligi  yo`liga  hayotini,  jonini  tikkan  fidoyi  kishilardir.  ,,O`tkan  kunlar” 



 

bamisoli  ulkan  va  tiniq  ko`zgu,  unda  o`zbek  millatining  muayyan  tarixiy  sharoit, 



vaziyatdagi  turmushi,  urf-odatlari,  ruhiy-ma`naviy  dunyosi,  bo`y-basti,  qiyofasi 

keng  ko`lamda  aniq-ravshan  gavdalantirilgan.  ,,O`tkan  kunlar”,  bir  qarashda, 

an`anaviy  ishq  dostonlarini  ham  eslatadi.  Unda  Otabek  bilan  Kumushning  ishqiy 

sarguzashtlari,  fojiasi  juda  katta  mahorat  bilan  tasvir  etilgan.  Asardagi  ishqiy 

sarguzashtlar  kitobxonni  hayajonga  soladi,  Otabek  bilan  Kumushning  go`zal 

baxtini  barbod  etgan  omillar  kishini  chuqur  o`yga  toldiradi.  Muallif  oshiqlarning 

ishqiy  sarguzashtlari  bahonasida  muayyan  tarixiy  davrni  -Turkistonning  rus 

bosqini  arafasidagi  ahvoli,  qora  kunlarini  ko`z  oldimizda  gavdalantiradi.  Qodiriy 

ishqiy  sarguzashtlar  ko`rinishida  o`lkaning  tutqunlikka  tushishining  bosh  sababi 

jaholat, qoloqlik va o`zaro ichki nizolardir degan fikrni g`oyat ustalik bilan aytadi. 

Garchi  romanda  adib  shaxs  xarakteri  va  qismatini  muhit,  sharoit,  ijtimoiy 

muammolar  bilan  chambarchas  aloqadorlikda  tasvir  va  tahlil  etsada,  inson 

shaxsining  muhit  va  sharoitga  bog`liq  bo`lmagan  tug`ma,  sirli-sehrli  g`aroyib 

shevalariga  ham  e`tiborni  tortadi.  Bu  jihatdan  bir  oila,  bir  xil  sharoitda  tug`ilib 

voyaga  yetgan  sajiya-xarakter,  surat  va  siymo  vajidan  ikki  olam  -  egachi-singil 

Zaynab va Xushro`ybibi obrazlarining talqini g`oyat ibratlidir. Biri mute, itoatkor, 

nuqul  o`zgalar  izni  bilan  ish  ko`radi;  ikkinchisi  esa  dadil,  mustaqil,  o`z  baxti  va 

taqdiri  uchun  faol  kurash  olib  boradi.  Yozuvchi  bu  ikki  shaxs  xarakteriga  xos 

tug`ma  xususiyatlarni  sharhlash  bilangina  cheklanmaydi,  bunday  xislatlarning 

o`sha  kimsalar,  qolaversa  o`zgalar  taqdiriga  ko`rsatgan  ta`siri,  fojeiy  oqibatlarini 

ham ifoda etadi. O`zini boshqalar ixtiyoriga topshirib qo`ygan Zaynab shu ojizligi 

tufayli  o`z  baxtiga  zomin  bo`libgina  qolmay,  yana  o`sha  ojizligi  tufayli  o`zgalar 

qutqusi  orqasida  beixtiyor  jinoyatga  qo`l  uradi  -  Kumushga  zahar  beradi. 

Mustaqillik,  dadillik  -  yaxshi  xislat,  biroq  unga  xudbinlik  aralashsa  baloi-azimga 

aylanishi  mumkin.  Xushro`ybibi  o`z  baxti  uchun  kurashadi;  shaxsiy  manfaatlari 

yo`lida hech narsadan qaytmaydi; birovlarning ko`z yoshlari hisobiga, o`zgalarning 

baxtiqaroligi  evaziga  o`z  baxtini  tiklaydi.  Romandagi  O`zbek  oyim  obrazi  ham 

nihoyatda  tabiiy  va  go`zal  siymolardan  biridir.  Dumbul  tabiat  bu  ayol  o`g`li 

Otabek,  qolaversa  kelinlari  -  Kumush,  Zaynab  taqdirlarining  chigallashib  ketishi, 

oxiri  fojiaga  yuz  tutishida  bosh  sababchi  ekani  ayon.  Biroq  har  qancha  gunohkor 

bo`lmasin, o`ta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi. Nima bo`lganda 

ham,  O`zbek  oyim,  baribir  ona...  Ayni  paytda  rostgo`y,  realist  yozuvchi  onaning 

pala-partish,  dovdir  xatti-harakatlaridan,  tabiatidagi  ayrim  kamchiliklaridan  ko`z 

yumib o`tolmaydi. Bu borada adibga xalqona yumor qo`l keladi. Bu obraz tasviri 

boshdan-oyoq  ajib  serjilo  -  ham  kinoya-kesatiqlarga,  ham  ardoq-mehrga  to`la 

yumor bilan yo`g`rilgan. Xullas, ,,O`tkan kunlar” romani to`qima qahramonlarning 

hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqealarga uyg`unligi jihatidan ham, mujassamot 

butunligi  va  tilidagi  nafosati  jihatidan  ham  o`zbek  adabiyoti  xazinasidagi 

durdonalar qatoridan o`rin olgandir. ,,O`tkan kunlar”o`zbek adabiyotida ilk roman 

bo`lishining o`zi bilanoq ilgari bosilgan katta qadam edi. Unda realizmning asosiy 

tamoyillari  yuqori  badiiy  saviyada  amalga  oshirildi.  Roman,  umuman,  o`zbek 

adabiyotida yetuk realizmga asos soluvchilik rolini o`ynadi. 



 

 

10 


2.4. Asarda qo’llanilgan stilistik figuralar (troplar, arxaizmlar, 

istorizmlar, valgarizmlar, varvarizmlar, shevalar) 

     Asar 20-asr boshlarida yozilganligi sababli bu asarda stilistik figuralar juda ham 

ko’p qo’llanilgan.Asarning  boshlanishi bilan bunga  ishonch  hosil qilish  mumkin.  

,,Saroyning to‘rida boshqalarg‘a qarag‘anda ko‘rkamrak bir hujra, anovi hujralarga 

kiygiz  to‘shalgani  holda  bu  hujrada  qip-qizil  gilam,  uttalarda  bo‘z  ko‘rpalar 

ko‘rilgan  bo‘lsa,  munda  ipak  va  adras  ko‘rpalar,  narigilarda  qora  charog‘ 

sasig‘anda,  bu  hujrada  sham’  yona-dir,  o‘zga  hujralarda  yengil  tabi’atlik, 

serchaqchaq kishilar bo‘lg‘anida  bu  hujraning egasi boshqacha yaratilishda. 

(9-bet ,,hujra”-xona, ,,utta” - shu yerda)      

Hasanalining  Otabeklar  oilasida  qulliqda  bo‘lg‘anig‘a  elli  yillar  chamasi 

zamon  o‘tib,  endi  Otabeklar  oilasining  chin  bir  a’zosi  bo‘lib  ketkan.  Xo‘ja-

Yusufbek hojigaayniq-sa, xo‘jazodasi Otabekka itoat va ixlosi tom bo‘lib, buning 

evaziga ulardan ham ishonch va hurmat ko‘rar edi. 

(8-bet ,,tom”-to’la ,to’liq) 

    Otabekka bu to‘g‘rida siporishlar berib, undan samimiy va’dalar olib yurg‘uchi 

oq ko‘ngil bir qul edi. 

(8-bet ,,siporish”- topshiriq) 

     Otabek Rahmatning bu so‘zini samimiyat bilan qarshiladi. 

-  So‘zingizning  to‘g‘rilig‘ida  shubha  yo‘q,  -  dedi,-  ammo  shuni  ham  qo‘shmoq 

kerakki,  oladirg‘on  xotiningiz sizga  muvofiq bo‘lishi  barobarida  er  ham  xoting‘a 

mu- vofiquttab’ bo‘lsin. 

(10-bet ,,muvofiquttab’ ”- ta’bga mos, munosib.) 

     Homidning 

yuzidagi  boyag‘i  holat  yana  ham  kuchlanib  go‘yo 

toqatsizlang‘andek ko‘rinar edi, Rahmat davom etti: 

   - Uning havlisi poyafzal rastasining burchagidagi imoratdir. O‘zi davlatmand bir 

kishi; Toshkand ashroflarining ko‘blari bilan aloqador bo‘lg‘anliqdan balki otangiz 

bilan tanishchiqar. 

(12-bet ,, Ashrof – e’tiborli kishilar , ulug’lar .) 

Otabek o‘zi bilan ko‘rishgan mundaki ikki yot kishini tanimaganliqdan bir-

ikki  qayta  ularni  ko‘z  ostidan  kechirdi.  Buni  payqag‘an  Ziyo  shohichi  Otabekka 

tanitdi: 

- Amakilaringizni siz tanimag‘andirsiz albatta, - dedi. - Bu kishi otangizning yaqin 

do‘stlaridan Mirzakarim qutidor. Bu zot Andijon savdog‘arlaridan Akram hoji. 

(13-bet ,, qutidor’’- pul b-n o’ynovchi , dollarfurush) 

Otabek uyaluv aralash kulimsirab qutidorg‘a qaradi: 

    -Taassufki, eslay olmayman, - dedi. Qutidor tag‘in nimadir aytmoqchi bo‘lg‘an 

edi, 


Akram hoji unga yo‘l bermadi. 

    - Hoji akamiz bu kunda qanday ish bilan mashg‘ullar? 

Otabek: 

    - Toshkand begi yonida mushovir sifati bilan turadilar. 

(14-bet ,,Mushovir’’ - maslahatchi) 


 

11 


Otasining  valine’mati  bo‘lg‘an  bir  bekning  zulmini  iqror  etish  haqiqatan  ham 

taajjub-ka loyiq edi. 

(15- ,,vale’nemat’’ – ne’mat egasi , boquvchi ,) 

     - Otangiz Azizbekning mushoviri ekan,  -  dedi Akram hoji,  - nima uchun uni 

bir oz bo‘lsa ham yo‘lg‘a solmaydir? 

      -  Kechiringiz,  amak  ,    -    deb  Otabek  kulimsiradi  ,  -    siz  otamning 

mushovirlig‘ini boshqacharoq onglag‘ang‘a o‘xshadingiz... Bizning beklarga hukm 

vaqtida  ham  mushovir  bo‘lmoq  imkonsiz  narsadir.  Otam  Azizbekning  mushoviri 

va yaqin musohi - bi sanalsa ham va lekin bu juz’iy ishlardaginadir . 

(15 - bet ,,Musohib ’’  -  hamsuhbat ) 

Bu  yerda  so‘zimni  eshitkuchi  birov  ham  bo‘lmadi,  bo‘lsalar  ham:  “Sening 

orzungni  shu  xonlar  eshitadimi,  shu  beklar  ijro  qiladimi?”  deb  meni  ma’yus 

qildilar.  Ilgariroq  men  ularning  gapiga  bovar  qilmay  yursam,  so‘ngg‘idan  to‘g‘ri 

so‘zni  aytkanlarini  bildim.Darhaqiqat,  mozoristonda  ,,hayya  alalfalah’’  xitobini 

kim eshitar edi. 

( 17 -  bet ,,hayya alalfalah’’ – qutqarishga shoshilinglar ,  najotga kelinglar).     

Tuyg‘un Homid qo‘rboshining nima maqsadi borlig‘ini payqadi: 

   - To‘g‘ri so‘zlaysiz, taqsir,  -  dedi,   dunyoniki hamisha mirikam ikki, shu yetish 

-maslik balosidan to‘yib, ba’zi vaqtlarda kishining dunyodan chiqib  ketkusi   kelib 

qoladir.  Yaxshikim,  dunyoda  oshna,  og‘ayni  degan  kimsalar  bor.Agar  shular 

bo’lma  -  sachi  ,  kishi  allaqachon  dunyodan  chiqib  ketadir.  Shuning  uchun  men 

og‘aynilarni  ko‘zlarim  ustida  tutaman,  ularni  muhtojliq  chog‘larida  ko‘rsam, 

o‘zimni garav qo‘yib bo‘lsa ham ehtiyojdan chiqarishg‘a tirishaman. 

(90 -  bet ,,Tuyg’un” - sezgir) 

    Qo‘rboshi tizasi ustiga ko‘ndalang qo‘yg‘an qilichi-ning ikki tarafidan bosib, bir 

qo‘zg‘alib qo‘ydi: 

   - Bali, bali, mulla Homid, munday og‘aynilarning sadaqasi ketsang ham arzir, — 

dedi  tomoqlarini  qirib  qo‘ydi.  —  Shu  kunlarda  o‘g‘ilchalarning  yoshi  yetib, 

sunnati nabiyunani bajo keltirish taqozo etadir... To‘y keraklaridan ko‘pini tadorik 

qilg‘an  bo‘lsam  ham,yetishmagan  yerlari  ham  ko‘b.  Shuni  sizning  kelishingiz 

oldida o‘ylab o‘ltirar edim... 

(90 – bet ,,sunnati nabiyuna” – payg’barning yo’l -  yo’rig’i).  

Qushbegi  bo‘lsa  negadir  uzoq  o‘ylab  o‘lturar,  tezda  gap  ochmas  edi.  Bu  holda 

butun  majlis  ahli  qabziyatda,  qirq  quloq  bo‘lib  uning  og‘zig‘a  tikilgan  edilar. 

Ammo bu holga qo‘rboshi jonu dildan tarafdor, shu holda bir necha kunlab emas, 

yillab so‘zsiz qolishni tilar edi. 

(100 - bet ,,qabziyat ” – diqqat bo,lish , dilgirlik ) . 

 

- Talabingiz o‘rinlik, - dedi qushbegi, -  ammo xasmingizni bu majliska hozirlash 



uchun  vaqtimiz  ozdir  va  lekin  bu  kun  uni  qo‘lg‘a  olarmiz  va  birisi  kun 

beshovingizni bir yerga jam’lab o‘z hukmimizni berarmiz,  - dedi. Kumushbibiga 

yuzini  o‘girdi.  -  Qizim,sizning  bunchalik  zakovat  va  jasoratingizga  otangiz  bilan 

eringiz  har  qancha  tashakkur  aytsalar  va  o‘zlarining  mundan  so‘ngg‘i  umrlarini 

sizning baxshishingiz, deb bilsalar arzir. Men ham sizning bu xizmatingiz evaziga 

eringiz  bilan  otangizni  hozirdan  boshlab  ozod  qildim.  Ammo  Otabek  ish  bir 



 

12 


taraflik bo‘lg‘uncha o‘zining qochmaslig‘i uchun kafil berishka majburdir.

 

Hamma 



mol  va  mulki  bilan  qutidor  Otabekka  kafil  bo‘ldi  va  qushbegining  haqig‘a  duo 

qilib, uchavlari mahkamadan birgalashib chiqdilar. 

( 103 -  bet “Xasm” – dushman , g’anim ,”Baxshish” – karam ,  marhamat) .

  

    



Ikkisi  shu  mojaroda  edilar.  Yo‘lakdan  kirishdayoq  tutka  bog‘lang‘an  o‘zining 

otidan  odamning  kelganini  bilgan  Homid  ayvondan  aylanib  kirishka  sabri 

chidamay, darichadan oshib uyga kirdida, yigit bilan quchoqlashib ko‘risha ketdi. 

O‘lturar-o‘lturmas Homid undan so‘ray boshladi: 

- Xo‘-o‘-o‘sh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkandda nima gaplar bor? 

      -  Nima  gaplar  bo‘lsin.  Toshkandda  tinchlik.  Bahona  bilan  Toshkandni  ham 

ko‘rib oldiq. 

      - Eshigini topa oldingizmi? 

      - Topdim. Aytkaningizdek, uning eshigini Toshkandda har kim bilur ekan. 

     (177 –bet “Eshigini” -  Farg’onada hovlini eshik deydilar ) . 

Homid  Sodiq  bilan  Jannat  opag‘a  qarab  oldi  va:  -  Shundoqmi?  –  deb 

ishonmag‘ansumon takror so‘radi, undan ijobiy javob olg‘ach, yonini kavlashdira 

berib: 

 - Jannat opa, -  dedi Sodiq horib qorni ochib kelgan ko‘rinadir, man ham ertadan 



beri tomoq yegan emasman, biz Sodiq bilan so‘zlashib o‘ltursak-da, siz mana shu 

pulga guzardan chiqib bir chorak et keltirib, sho‘rba qilib bersangiz. 

      (181 – bet “bir chorak” – uch yarim – to’rt qadoq chamasi tosh) 

    


-  Men  o‘zim  asli  qo‘qonliqman.  Ota-onamdan  yoshliqda  yatim  bo‘lib, 

tog‘amning  qo‘lida  o‘sdim.  Yoshim  17  -  18  larga  borg‘andan  so‘ng  o‘z  kunim 

o‘zimga  qolib,  bir  o‘rtog‘imning  kengashi  bilan  bundan  yigirma  yillar  burun 

Marg‘ilong‘a kelib, bu kungi ustakorimning otasig‘a to‘quvchiliq hunariga shogird 

tushdim. To‘rt yil chamasi qilg‘an xizmatimdan so‘ng haligi ustakorga xalfa bo‘lib 

ishlay  boshladim.  Boshqa  yigitlardek  ortiqcha  o‘rinsiz  sarflarim  bo‘lmag‘ani 

uchun  oz  zamon  ichida  uch-to‘rt  tilla  pullik  ham  bo‘ldim.  Ishimga  ixlos  bilan 

qarag‘anim uchun maning to‘qug‘an ishlarim o‘zgalarnikidan qadrlik yurar va xalq 

orasida  ham  otim  «usta  Alim  kichkina»  bo‘lib  shuhratlangan  edi.Ma’lumki, 

bofandalar  oldig‘a  ko‘pincha  xotin-qizlar  kelib,  yangi  nusxa  qidirib  yuriydirlar. 

Maning  to‘qug‘an  ishlarim  va  chiqarg‘an  nusxalarim  hammaga  maqbul,  ayniqsa 

xotin qizlar uchun mashhur bo‘lib, har doim to‘quv do‘konim yonidan xotin-qizlar 

ayrilmas edilar. 

         (193 – bet “bofanda” – to’quvchi) 

Bir necha kun shu yo‘sun ikkilanib yurg‘ach, nihoyat o‘zimga tushunilmagan bir 

savq  ostida  va’damni  ifoga  ham  boshlabman,  bir  kiyim  shohi,  deb  o‘ttuz  kiyim 

bo‘laturg‘an  ipakni  bo‘yash,  tanda,  arqoq,  go‘la  mashaq-qatlari  ko‘zimga  hech 

ko‘rinibdir.  Va’damdan  ikki  kun  ilgariyoq  shohini  to‘qib,  uning  kelar  yo‘lini 

poylar edim, ul kelmas edi. 

          (194 -  bet,, savq “ – yo’nalish)  

,,”Tojdori  musulmonon,  xoqon  ibni  xoqon  shahan-shohi  navjuvon,  toji  sari 

xushbaxton huzuri humoyun oliylariga arzi ubudiyat adosidan so‘ngra biz faqirul-

haqir  sadoqatpeshai  benazir  qullaridin  arzi  bandalik  shuldurkim,  navkarlari 


 

13 


doimulavqot  ul  janobga  qipchoq  xaloyiqi  beparxezidin  birar  osibi  yetarmu  deb 

harosidadirmiz. Va yana ul haromzoda sahroyilarning ro‘yi zamindin taroshlamay 

turib, ul janobi oliyning ta’mini amniyatlari  ham biz qullaricha ko‘b xavfu xatar 

ostida  bo‘lg‘andek  taxmin  qilinadir.  Shul  mulohaza  va  andishalar  ba’dida  biz 

Toshkand qullaridin bir nechalarimiz bir yerga jam’ bo‘lishib, duru-daroz tafakkur 

va  tahayyurlar  so‘ngg‘ida  azbaroyi  ul  shahanshohning  ko‘b  zamonlar  boshimiz 

soyabon  bo‘lmoqlari  umidida  bar  taqdir  ul  tojdorning  xotiri  otir  daryo 

muqotirlariga  pisand  tushib  ijobat  og‘oz  qilsalar,  bir  ma’nini  xo‘b  va  sadoqat 

maqosidig‘a mahbub deb bildik. Andog‘ki, ul xaloyiqi g‘assoblarni o‘n besh sinni 

solidin bolig‘ va yetmish yoshidin quyi har bir erkak zotini bilotarahhum qatli om 

qullaricha  sazovordir  va  illo  ul  murtaddin  badtar  jobir  va  bexiradlardin  janobi 

tojdorg‘a  xarro‘z  balki  har  soat  xavf  bordir.  Ammo  bul  taqrirni  o‘shal  muayyan 

qatli  om  soati  yetmag‘uncha  har  bir  bexirat  va  bog‘iy  bo‘lmog‘i  yaqin  majhul 

odamlardin  po‘shida  tutilmog‘i  marjudir.  Va  lekin  ul  tojdor  bir  soati  sa’idi 

muzaffarni  muayyan  aylab  qalamravlaridagi  barcha  shahar  va  ko‘ylar,  qishloq  va 

kentlarning  sadoqati  zohir  va  qalbi  tohir  qullarig‘a  maxfiy  nomalarko‘ndirib, 

sakbachchalarning  qatli  omig‘a  amri  oliylarini  darig‘  tutmag‘aylar.  Ammo 

Xo‘qandi  firdavs  monandning  o‘zida  ul  shaqovatpeshalar  behad  va  behisob 

nufuska molik bo‘lg‘anlari vajhidin biz Toshkand navkarlarining i’onati beshakku 

shubha vojibdur. 

(282 – bet,, duru-daroz ” –uzundan – uzoq 

Tahayyur – hayratlanish 

Muqotir – qatra ,tomchi, 

Og’oz – boshlanish,kirishish,ibtido, 

Maqosid – maqsadlar, muddalar, 

Mahbub – do’st, 

Fassob – zulmkor, bosqinchi, 

Bilotarahhum – berahm, shavqatsiz, 

Qatli om – qirg’in, 

Murtad – dindan qaytish, 

Jobir – jabr qiluvchi, zolim, 

Bexirad – aqlsiz, idroksiz, 

Taqrir –qaror 

Po’shida – yashirin ,maxfiy 

Qalamrav – mulk, qo’l ostidagi 

yerlar, 


Tohir – pokiza pok 

Tarig’ tutmoq – ayamoq 

Firdavs monant – jannat sifat 

Shaqovatpesha – kulfat keltiruvchi 

I’onat – yordam keltirmoq). 

   


 

 

14 


Tabib ketdi, Otabek telbalarcha yugurib Kumushning boshig‘a keldi, yuzini 

ochib  manglayini  bosdi  va  o‘pdi...  Kumush  ko‘zini  ochib  kuch  bilan  so‘l  qo‘lini 

erining yelkasiga tashladi... Qo‘lida chaqaloq bilan O‘zbek oyim kirdi. 

— Zaynabni chaqir, Zaynabni! 

O‘zbek oyim tabib so‘zidan xabardor edi: 

— Zaynab! Zaynab! 

Zaynab yugurib uyga kirdi. Tusi murdadek oqarg‘an edi. Otabek Kumushni qo‘yib 

yerdagi atalani oldi: 

— Ich muni, ich jalab! 

Zaynab orqag‘a tislandi... Otabek kosani unga otdi... Zaynabning kiyimi atala bilan 

belandi. Shuning ustiga dahlizdan Yusufbek hoji ko‘rindi. 

— Ket jalab, ket! Taloqsan, taloq! 

«Taloq» so‘zini eshitkan Kumushning ko‘zi yarq etib ochilib, yana yumildi... Hoji 

voqeani  tabibdan  eshitkan,  shuning  uchun  hozirgi  fojia’  sahnasidan  ajablanib 

turmadi. 

 (377 – bet ,,jalab” – so’kinish vulgarizm ). 

 

                                                                 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

15 


Xulosa        

                         



Asarning badiiy, tarixiy, tarbiyaviy ahamiyati 

Albatta har bir asar haqiqatda bo'lgan voqealarga asoslanavermaydi. Badiiy 

asarda  albatta  to'qima  syujetlar  mavjud  bo'ladi.  "O'tkan  kunlar"ni  ham  to'liq 

haqiqat  deb  bo'lmaydi,  unda  ham  to'qima  syujetlar  mavjud.  Undagi  tarixiy 

voqealar haqiqatdan ham bo'lganligini boshqa kitoblar ham tasdiqlaydi. 

Asosiy  voqea  -  Otabek  va  Kumushbibining  muhabbat  qissasi  haqida  ham  har  xil 

mulohazalar  bor.  Ba'zi  tadqiqotchilar  ushbu  qissaning  to'qimaligini,  haqiqatda 

Mrg'ilonda  Kumushbibi  degan  judayam  go'zal  qiz  bo'lganligini,  lekin  yosh  bo'lib 

dunyodan o'tganini aytadilar. Ba'zi tadqiqodchilarning fikricha, haqiqatda shunday 

voqe'lik  bo'lgan.  Hatto  hozirda  Marg'ilonda  Kumushbibi  va  Otabekning  avlodlari 

borligini ta'kidlashadi. Muallif esa o'z asari so'nggida shunday deydi: 

"Keyingi  Marg'ilon  borishimda  yaqin  o'rtoqlardan  Yodgorbek  tog'risni 

surishtirib  bildim:  Yodgorbek  ushbu  asrning  o'n  to'qquz  va  yigirmanchi  ochliq 

yillari  miyonasida  vafot  qilib  undan  ikki  o'gul  qolibdir.  Og'ullaridan  bittasi  bu 

kunda 

Marg'ilonning 

mas'ul 

ishchilaridan 

bo'lib, 

ikkinchisi  

Farg'ona 

bosmachilari  orasida  ekan.  Bu  kunda  nomu  nishonsiz,  o'luk-tirigi  ma'lum  emas, 

deydilar" 

Abdulla  Qodiriy  ushbu  asarni  yozish  davomida  bir  necha  marta  Marg'ilonga 

qatnagan  ekanlar.  Bobomning  aytishlaricha,  Qodiriy  Marg'ilonning  turli 

mahallalari, go'shalarini aylanib, odamlar bilan suhbatlashgan ekanlar. Bobomning 

otalari  mahallaning  katta  imomi  bo'lganliklari  uchun  ular  bilan  ham  gaplashgan 

ekanlar. Abdulla Qodiriy o'zlarining xotiralarida ham bu haqda aytib o'tadilar. Ular 

har  bir  ko'rgan  holatlari,  odamlarning  suhbatlari  va  hokazolardan  asarda  unumli 

foydalanganlar. Bir kuni Marg'ilon ko'chalarida yurib, birovning uyidan zig'ir yog'i 

hidini sezganlar va shu holatni ham asarga kiritdim, deydilar. 

Asardagi  tarixiy  shaxslar:  Xudoyorxon,  Musulmonqul,  O'tabboy  qushbegi, 

Normuhammad qushbegi haqiqatda bo'lgan. Muallif asarda otamning aytishlaricha, 

Normuhammad  qushbegi  Toshkent  beklaridan  eng  tuzgi  bo'lgan  ekan,  kabi 

mulohazalrni  izoh  qilib  ham  keltiradi.  Otabek  va  Kumushbibi  degan  asarda 

berilgan  taqdirdagi  aniq  shaxslar  borligi  haqida  ma'lumotim  yo'q.  Balki  nomlarni 

almashtirilgan bo'lishi ham mumkin.  

Habibullo  Qodiriy  otasi  haqida  eslar  ekan  bu  asar  haqida  ham  birqancha 

ma'lumotlar  beradi.  Uning  aytishicha,  Qodiriy  har  hafta  do'stlari  bilan  gap 

o'ynasharkan  (Toshkanda  gap  o'ynaymiz  deyishadi,  Marg'ilonda  osh  yeymiz 

deyishadi,  o'tirish,  mashvarat  ma'nosida).  Har  hafta  shu  gapga  Qodiriy  "O'tkan 

kunlar"ning  yangi  boblarini  olib  borar  va  do'stlariga  o'qib  berarkanlar.  Bir  kuni 

Habibulla  aka  xonadonlarida  gap  majlisida  asarning  oxirgi  qismini  o'qib 

berganlarida  hamma  o'rtoqlari,  o'zlariyam  yig'lagan  ekanlar.  Shu  voqeadan  oldin 

bir  kuni  Qodiriy  ko'zlarida  yosh  bilan  uydan  chiqolmay  qolibdilar.  Uydagilar 

hayron bo'lib nima bo'lganligini so'raganlarida, ular Kumushni o'ldirib qo'ydim deb 

kuyingan  ekanlar.  Judayam  istamagandim,  bosh  qahramonni  o'ldirishni,  deb 

eslaydilar Abdulla Qodiriy. Bu asar o'zbek kitobxonlariga judayam ma'qul tushgan 



 

16 


edi.  Hatto  siyohi  qurimay  turib,  odamlar  o'qigani  olishardi  bu  kitobni. 

Mahallalarda  ataylab,  choyxonalarda,kutubxonalarda  shu  odamlar  to'planib,  shu 

kitobni o'qishgan ekan.  

Izzat Sulton yozadi: 



"Men  Qodiriydan:  "O'tkan  kunlar"  romaningiz  voqeiy  asarmi,  deb 

so'radim".  "Yo'q,  -  dedilar  u  kishi,  -  romandagi  besh-o'n  foiz  ayrim  tarixiy 

voqealar, shaxslargina voqeiy. Qolganlari yozg'uvchining mahorati..." 

        Asarning  tarbiyaviy  ahamiyati  juda  ham  beqiyosdir  .Bunga  asardan 

hohlagancha  misol  keltirishimiz  mumkin  .Hozirgi  kunda  ham  oilalardagi    ota  – 

ona,  farzandlar  o’rtasidagi  munosabatlarda  ham  bemalol  qo’llasa  bo’ladigan 

jihatlari beqiyosdir. 

,, Otabek mehmonlarni tanchaga o‘tquzib, fotihadan so‘ng Hasanalidan so‘radi: 

— Tuzukmisiz, ota? 

— Xudoga shukur, — dedi Hasanali, — boyag‘idan bir oz yengilladim. Mazmuni 

is tekkan ekan. 

— Ba’zi yumushlar buyursam... 

— Buyuringiz, o‘g‘lim. 

— Rahmat, ota, bo‘lmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi. 

— Xo‘b, begim. 

Hasanali chiqdi. Rahmat Otabek bilan yana bir qaytib sog‘liq so‘rashqandan keyin 

so‘radi: 

— Bu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka? 

Otabek Rahmatning savoliga javob bermay eshikka qaradi. Hasanalini hujradan 

uzoqlatib so‘ngra javob berdi: 

— Qulimiz. 

Bu so‘zdan nima uchundir Homid ajablangan edi. 

— Qulingiz? 

— Shundog‘.” 

 Otabekning quliga nisbatan munosabini qaysi asarda uchratish mumkin . 

      Yana Otabek va ota – onasi o’rtasidagi suhbatni ham keltirish mumkin . 

Bir oylab kechikkandan so‘ng Otabek qaytib keldi va bu kelishining vijdon azobi 

va  tilamagan  bir  taklifni  eshitish  uchungina  emas,  balki  qabul  qilish  uchun 

bo‘lg‘anlig‘ini  payqadi.  Ul  bu  gapni  onasining  ilgarigi  achimsiq  so‘zlarini  va 

arazlarini tugalganidan va o‘rniga chuchuk so‘zlar, silliq muomalalar bitib «eson-

sog‘ kel-dingmi, bolam»laridanoq sezgan edi. Bunday bo‘lmag‘ur taklifni eshitmas 

uchun  o‘zini  chetka  olib,  otasi,  ayniqsa  onasig‘a  yo‘liqishdan  qochib  yurishka 

majbur  bo‘ldi.  Ikki  oradag‘i  bu  qochish-quvish  ishi  uzoqqa  cho‘zilmay,  bir  kun 

mehmonxonada ota-o‘g‘ul so‘zlashib o‘lturganning ustiga O‘zbek oyim kelib kirdi 

va  o‘lturmasdanoq  hojiga  imlab  qo‘ydi.  Bu  imqo‘qni  Otabekpayqamag‘an  bo‘lsa 

ham lekin anuv gapni aniq shu majlisda ochilishig‘a ko‘zi yetib,chiqib ketishning 

ilojini qilolmadi. O‘zbek oyim kelib kirgandan so‘ng Yusufbek hoji birnecha vaqt 

o‘ylab  qoldi.  O‘zbek  oyim  depsinib-depsinib  eriga  qarab  olar  edi.  Anchagina 

so‘zsiz o‘lturg‘andan so‘ng hoji muloyimona so‘z ochdi. 


 

17 


—  O‘g‘lim,  hali  san  eshitdingmi,  yo‘qmi  haytovur  biz  saning  ustingdan  bir  ish 

qilib qo‘ydiq... 

Otabek  ma’lumki,  ularning  ,,qilib  qo‘ygan  yoki  qilmoqchi  bo‘lg‘an  ishlarini” 

albatta bilar edi. Shundoq ham bo‘lsa bilmaganga solindi: 

— Aqllik kishilarning o‘g‘ullari ustidan qilg‘an ishlari albatta noma’qul bo‘lmas, 

— dedi. 


Hoji  o‘g‘lining  bu  javobidan  yerga  qaradi  va  nima  deb  davom  qilishni  bilmay 

qoldi. 


Istehzo  aralash  xotinig‘a  qarab  oldi.  Yana  orag‘a  jimjitlik  kirdi.  Bu  so‘zsizlik 

ma’nosig‘a  O‘zbek  oyim  tushuna  olmag‘an  edi.  Bir  oz  qarab  o‘lturg‘ach,  yuragi 

qaynab ketkandek bo‘ldi: 

—  Biz  saning  uchun  Olim  ponsadboshining  qizig‘a  unashib  qo‘ydiq...  Endi  san 

bilan to‘y maslahatini qi-lishmoqchi edik... 

Otabek onasig‘a bir og‘iz so‘z demay, ma’nolik qilib otasig‘a qarab oldi. Hoji 

uyatliksumon ,,shundog” deb qo‘ydi. 

— Sizlarni ranjitib bo‘lsa ham bir martaba uylangan edim-ku? Endi... 

— San uylansang biz ranjirmidik? — dedi kulib hoji. 

— Ranjimasalaringiz... 

Hoji tuzuklanib o‘lturib oldi: 

— Bu ranjishdan emas, hojatdan o‘g‘lim. 

— Nima hojat? 

—Hasanalining  so‘ziga  qarag‘anda,  qayin  otang  qizini  Toshkandga  yubormas 

ekan. 

O‘g‘il o‘sdirib katta qilg‘an onangning bo‘lsa oldig‘a kelin qo‘yg‘usi keladir... 



Otabek onasig‘a qaradi: 

— Bu kungacha kelinsiz ham yashab keldingiz, bundan keyin ham shusiz turib 

bo‘lardi-ku, — dedi. 

      Asarda adib asar qahramonlari  ularning gap –so’z ohanglaridan qanaqa tarbiya 

ko’rganlarini , qanday inson ekanliklarini  tasvirlab bera oladi: 

     Otabek Rahmatning so‘zini ixlos bilan eshitdi va «sen nima deysan?» degandek 

qilib Homidga qaradi. 

—  Jiyan,  —  dedi  Homid  Rahmatka  qarab,  —  boshlab  uylanishing  albatta  ota-

onang  uchun  bo‘lib  ulardan  ranjib  yurishingni  o‘rni  yo‘q.  Xotining  ko‘nglingga 

muvofiq  kelmas  ekan,  muvofiqini  olib,  xotinni  ikki  qil.  Bunisi  ham  kelishmasa 

uchunchisini  ol.  Xotinim  muvofiq  emas  deb  zorlanib,  hasratlanib  yurish  er  kishi-

ning ishi emas. 

Rahmat Otabekka kulimsirab qaradida, tog‘asig‘a javob berdi. 

—  Xotin ko‘paytirib,  ular  orasida  azoblanishning nima  hikmati  bo‘lsin?  — dedi. 

—  Bir  xotin  bilan  muhabbatlik  umr  kechirmak,  manimcha,  eng  ma’qul  ish. 

Masalan,  ikki  xotinliqning  bittasi  sizmi?  Uyingizda  har  kuni  janjal,  bir  daqiqa 

tinchlig‘ingiz yo‘q. 

—  Seningdek  yigitlar  uchun  albatta  bitta  xotin  ham  ortiqchaliq  qiladir,  —  deb 

kuldi 


 

18 


Homid. — Ko‘b xotin orasida azoblanish o‘zi nima degan so‘z? Qamchingdan qon 

tomsa,  yuzta  xotin  orasida  ham  rohatlanib  tiriklik  qilasan.  Men  bu  kungacha  ikki 

xotin  o‘rtasida  turib  janjalg‘a  to‘ygunimcha  yo‘q,  ammo  xotinni  uchta  qilishg‘a 

ham o‘yim yo‘q emas. 

 Bu yerda adib Homidning qanday inson ekanligini tasvirlab berayapdi. 

    Yana  sodda,ammo  kekkaygan,maqtantoq  ayollarni  O’zbekoyim  qiyofasida 

tasvirlaydi:

 

O‘zbek  oyim  marg‘ilonliq  tomonidan  sihrlangan  o‘g‘lig‘a  qarshi 



qizishib ketdi. Bir yillardan beri ichiga yig‘ib kelgan kinasini to‘kib berdi: 

— Man sani bu umid bilan boqib katta qilmag‘an edim... San bizning naslimizni 

ko‘tarish  o‘rniga,  yerga  urib  bulg‘ading.  Biz  sani  Marg‘ilon  andisiga  bunchalik 

mukkadan  ketishingni  o‘ylamag‘an  edik,  adabsiz...  o‘zingga  qolsa  shu 

marg‘ilonliqni xoting‘a hisoblab ketaberar ekansan-da, uyatsiz!.. 

Otabek ham qizishdi: 

— Xotin bo‘lmasa nima, axir?! 

— Qoshliq, ko‘zlik bir andi! 

— Andi deganingiz nima o‘zi? 

Yusufbek  hoji  o‘g‘lini  bosish  o‘rniga  javob  ber,  degandek  qilib  iljaygan  holda 

xotiniga  qaradi.  O‘zbek  oyim  «andi»  ma’nosini  bildirib,  andilarning  sihrini  rad 

qilish uchun bir oz tutiliqib qiynaldi: 

— Andi... andi... o‘zi xitoymi, nima balo... o‘zi qalmoqdan tarqag‘an bo‘ladir... 

Tushunmagan bo‘lsang, lo‘lilarning bir toyifasi... 

     O‘zbek oyim uncha-muncha to‘yu azalarga «kavshim ko‘chada qolg‘an emas» 

deb bormas edi. Shuning uchun xotinlar o‘z to‘ylarini O‘zbek oyim ishtiroki bilan 

o‘tkazib  olsalar,  o‘zlarini  shaharning  eng  baxtlik  xotinlaridan  sanab  «maning 

to‘yimni bek oyim o‘z qo‘llari bilan o‘tkazdilar» degan jumlani majlislarda iftixor 

o‘rnida  so‘zlab  yurar  edilar.  O‘zbek  oyimning  obro‘si  yolg‘iz  shular  bilangina 

cheklanib qolmas, uni o‘rda xonimlari ham ehtirom qilib o‘zlarining «onaxonlari» 

deb  bilar  edilar.  Shunga  ko‘ra  qaysi  bir  vaqtlarda  o‘rda  yasovullari  Yusufbek 

hojining eshigiga arava ko‘ndalang qilib «o‘rda begi oyim buyurdilar”, deb O‘zbek 

oyimning  yasanib  chiqishini  kutar  edilar.  Bu  tomon  bilan  qaysi  bir  majlislarda 

O‘zbek  oyim  xotinlarning  eslarini  ham  chiqarib  yuborar  edi:  «Kecha  o‘rda  bek 

oyimdan  menga  arava  kelgan  ekan,  fe’lim  aynab  turg‘an  edi,  bormay  aravadan 

bo‘sh qaytardim... Bo xudo, o‘rda bekachi bo‘lsa o‘ziga, dedim» der edi. Ikkinchi 

vaqtda:  «O‘tkan  kun  o‘rdaga  borg‘an  edim;  xonimlar  yotib  qolasiz  deb 

qo‘ymadilar, noiloj bir kecha yotib keldim”, deb so‘z orasig‘a qistirib ketar edi. Bu 

so‘zlarni  eshitkuchi  xotinlar  o‘zlarining  qandog‘  bir  xotinning  suhbatiga  noil 

bo‘lg‘anlarini o‘ylab, O‘zbek oyimning ehtiromini tag‘in ham kuchaytirar edilar. 

      Adib Yusufbek hoji tilida Kumushga shunday baho beradiki,beixtiyor siz ham 

uning chiroyiga lol qolasiz: 

Kumush  uyalib  zo‘rg‘ag‘ina  salom  berdi  va  Yusufbek  hojining  yaqinig‘a  kelib 

bo‘yin  egdi.  Hoji  qo‘li  bilan  Kumushning  yelkasiga  qoqib suydi  va  Kumushning 

manglayig‘a tegizib olg‘an o‘z qo‘lini o‘pdi: 

— Bizning Marg‘ilonda ham shunday kelinimiz bor ekan-ku, biz bilmay yurg‘an 



 

19 


ekanmiz-da,  —  deb  tevaragiga  qarab  kulindi  va  qo‘lini  duog‘a  ochdi.  —  Bizni 

shunchalik  siylab  kelibsizlar,  bu  yaxshiliqlaringiz  bizdan  qaytmasa,  xudodan 

qaytsin.  Olloh  taolo  yoshlarg‘a  tinch  va  barakatlik  umr  bersin.  Ilohim,  taqabbul 

duo... 


Haqiqatdan  ham    asar    o’zbek  romanchiligining  betakror  durdonasidir. 

Asarni  qancha  takror  va  taror  o’qisangiz  yangi  ma’no  yangi  voqe’lik  guvohiga 

aylanasiz,  hayratingiz  orta  boradi.  Bunday  asarlar  yaratish  uchun  qaytadan  yangi 

Qodiriylar dunyoga krlish kerak. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                       

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

20 


Adabiyotlar ro’yxati 

 

1. A. Qodiriy. ,,O’tkan kunlar” romani “Sharq”  nashriyot – matbaa Toshkent 2013 

– yil 

2. R. Qo’ng’irov, E. Begmatov, Y.Tojiyev “Nutq madaniyati va uslubiyat 



asoslari”.“O’qituvchi” Toshkent 1992 – yil 

3. N. Elmurodov “O’qituvchining nutq madaniyati” “Samarqand” 2004 – yil 

4. H.Qodiriy  “Otam haqida” “O’qituvchi” Toshkent 1996 – yil 

5. www.ziyouz.com 



6. www.ziyoNet.com  

Yüklə 394,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin