O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakul’teti



Yüklə 483 Kb.
səhifə2/19
tarix05.03.2023
ölçüsü483 Kb.
#86698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Tadqiqot predmeti va ob’ekti; Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-sonli akademik litseyda tahsil oluvchi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘rganilgan. Ilmiy tadqiqot ishlarida 50 dan ortiq o‘quvchilar jalb etilgan.

Ilmiy tadqiqot ishlarida litseyda tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy faolityalarining xususiyatlari o‘rganilgan.




Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili: bitiruv malakaviy ishida ilmiy tadqiqotning adabiyotlar tahlili, pedagogik nazorat, eksperiment, natijalarini matematik statistik tahlil etish, tibbiy-biologik hamda psixologik nazorat uslublaridan keng foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishini yozishda mamlakatimiz va horijning jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarining jismoniy tarbiya va sportga oid bo‘lgan tajriba va malakalari hamda INTERNET materiallari o‘rganildi.


Tadqiqotning ilmiy yangiligi; bitiruv malakaviy ishi natijalariga ko‘ra jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish keng o‘rin tutadi.


Tadqiqotning amaliy axamiyati: bitiruv malakaviy ishi xulosalariga ko‘ra jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga bu jarayonni samaradorligini orttirishda o‘quv soatlari hamda mustaqil ta’lim jarayonlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq.
6


1.Bob. JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOG‘LOMLASHTIRISH TADBIRLARINING MAQSADI VA VAZIFASI

Jismoniy tarbiya tarbiyani bir qismi bo‘lib, bu tarbiya jarayonida aqliy, ahloqiy, estetik hamda mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.




Jismoniy tarbiyaning maqsadi:



  1. Mamlakat aholisini sog‘lomlashtirish.




  1. Har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash.




  1. Mexnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlash.

Bu maqsadga erishishda aholining yoshi, jinsi, sog‘ligi, jismoniy tayyorgarligi hamda qiziqishlari hisobga olingan holda vazifalar belgilanadi. Bu bilan jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalari shakllanadi. Tarbiyachi, murabbiylar oldida faqatgina sportda oliy natijalarga erishish emas balki, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash vazifasi turish kerak. Bu vazifani nazariy va amaliy jihatdan etuk bo‘lgan hamda o‘z kasbini sevadigan mutaxassislar amalga oshiradilar. Sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy qobiliyatlarni kamol toptirish va harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish masalalarini amalga oshirishda shug‘ullanuvchilar tarkibi xususiyatlarga muvofiq yondashiladi. Bolalar jismoniy tarbiyasi ularni har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlash va sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etsa, ayollar jismoniy tarbiyasi ularni kelgusi hayotga tayyorlashdan iborat bo‘ladi. O‘smirlar va kasb tayyorgarligi talab etuvchi mutaxassislar jismoniy tayyorgarligi jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, sportda texnik va taktik tayyorgarlik, umumiy va maxsus tayyorgarliklarni ta’minlash, amaliy jismoniy tayyorgarlik asoslarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. [12.22]





Yüklə 483 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin