O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakul’teti


Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari



Yüklə 483 Kb.
səhifə4/19
tarix05.03.2023
ölçüsü483 Kb.
#86698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

1.1. Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari


Jismoniy tarbiya nazariy asoslari. Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari: jismoniy rivojlanish, jismoniy tarbiya, jismoniy tarbiya tizimi, jismoniy kamolot va jismoniy madaniyat. Shu tushunchalar orqali jismoniy tarbiya nazariyasining mohiyati va asosiy qonuniyatlari o‘rganiladi. Ular doimo o‘zgarib kengayib va chuqur mazmun aks ettirib keladi.


Jismoniy rivojlanish - tarbiyaning ta’sirida organizmda biologik shakllar va funksiyalarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va takomillashuvidir. Bu jarayon organizm va uning yashash muhiti tuzilishi, o‘zgarishi hamda miqdor va sifat o‘zgarishlar qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida jismoniy xususiyatlar ishlab chiqarish, madaniyat fan va sport sohasida yuksak natijalarga erishish imkoniyatini yaratdi. Nasldan naslga o‘tadigan tabiiy xayotiy kuchlar va organizmlarning tuzilishi, inson jismoniy rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Lekin jismoniy rivojlanishning yo‘nalishi, uning harakteri, darajasi, shuningdek, inson o‘zida kamol toptiradigan fazilatlar va qobiliyat turmush sharoitlari va tarbiyaga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Jismoniy rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalanish-jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muhim vazifasidir.


Jismoniy tarbiya - aniq bir maqsadni ko‘zlab inson jismoniy holatini o‘zgarishi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasidir. Jismoniy tarbiya-pedagogik jarayon, inson organizmini takomillashtirishga, harakat malakasini va ko‘nikmasini, mahoratini shakllantirishga qaratilgan. Jamiyat xayot sharoitlari, ov jismoniy tarbiya vujudga kelishining asosiy sababi bo‘lgan. Insonning ibtidoiy jamoa davridanoq yashash uchun kurashga, jamoada o‘z o‘rnini topishga hamda ov qilishda jismoniy harakatlar qo‘l kelgan. Ongsiz ravishda bo‘lsa ham odamlar o‘zlarining jismoniy sifatlari tezkorlik, kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik, botirlik xislatlarini rivojlantirishga harakat qilganlar.



Yüklə 483 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin