Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Kurs ishida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar



Yüklə 422 Kb.
səhifə6/24
tarix13.04.2023
ölçüsü422 Kb.
#97449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma (2)

Kurs ishida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar

      1. Kafedraning asosiy vazifalari


Kafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak.

  • kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta koʻrib chiqish;

  • mavzuni tanlashida talabalarga kerakli koʻrsatmalar va amaliy yordam berish;

  • talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish;

  • talabaning kurs ishi rejasini tasdiklab berish va uning vazifasini bajarishini nazorat qilish;

  • kurs ishini tayyorlashda talabaga uslubiy jihatdan yordam berish;

  • talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz berish hamda kurs ishi himoyasini tashkil qilishdan iborat boʻladi.
      1. Ilmiy rahbarning vazifalari


Kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar kurs ishini tayyorlashda talabaga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:

  • kurs ishi mavzusini tanlashda talabaga yordam berishi;

  • ishning rejasini tuzishda talabaga ilmiy-uslubiy koʻmak berishi va mavzuga oid adabiyotlarni tavsiya etishi;

  • reja boʻyicha vazifalarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirishi, ilmiy-uslubiy maslahatlar va koʻrsatmalar berishi;

VIII. KURS ISHI HIMOYASI

Kurs ishi himoyasi kurs ishi bajarilishining yakuniy bosqichlaridan biri
hisoblanadi.
Tugallangan kurs ishi belgilangan muddatda kafedraga tekshirish uchun
topshiriladi. Past saviyada sifatsiz bajarilgan ishlar, ilmiy rahbarning yozma taqrizi
bilan ishdagi kamchiliklarni toʻldirish va qayta ishlash uchun talabalarga
qaytariladi. Belgilangan talablar darajasida sifatli bajarilgan ishlar ilmiy rahbar
tomonidan kafedrada himoya qilish uchun ruxsat beriladi.
Kurs ishi himoyasi uchun har bir talabaga 20-30 daqiqa vaqt beriladi. Himoya
jarayonida kurs ishi mavzusi doirasida savol va topshiriqlar berilishi mumkin.
Kafedrada kurs ishini himoya qilish uchun maxsus komissiya tuziladi.
Komissiya tarkibida yetakchi mutaxassis, tajribali professor – oʻqituvchilar va kurs ishi rahbari boʻlishi lozim. Kurs ishi himoyasi komissiya tomonidan baholanadi, soʻngra himoya yakuni boʻyicha komissiya qarori e‘lon qilinadi. Kurs ishini belgilangan tartibda rasmiylashtirish tegishli jadval, diagramma, chizma va
grafiklar bilan boyitishga, hajmiga, ma‘lumotlar bazasinining yangiligiga qarab 5 bahogacha qoʻyiladi. Kurs ishi himoyasi 5 ballgacha belgilanadi. Kurs ishlari,
qaydnoma va taqrizlar bilan birga kafedraga topshiriladi, soʻng arxivga saqlash
uchun institut arxiviga roʻyxat asosida topshiriladi.
Namunali bajarilgan kurs ishlari talabalarning ilmiy ishlari koʻriklariga,
tanlovlarga tavsiya qilinishi mumkin.
Kurs ishida bayon qilingan ma‘lumotlar va manbalardan talabalar tomonidan
bitiruv malakaviy ishlarni yozish jarayonida foydalanilishi mumkin.


Yüklə 422 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin