Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 422 Kb.
səhifə4/24
tarix13.04.2023
ölçüsü422 Kb.
#97449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma (2)

IV. KURS ISHI REJASINI TUZISH

Kurs ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan kirish qismidan, ilmiy
rahbar bilan kelishib tuzilgan rejaga koʻra nazariy va amaliy masalalar yoritilgan
asosiy boʻlimdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir.
Rejadagi koʻzda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning mohiyatidan kelib
chiqishi, aniq boʻlishi va oʻrganilayotgan muammoni har taraflama aks ettirishi
muhimdir.
Rejadagi har bir masala oʻzaro bogʻlangan boʻlishi lozim, ularni yoritishda
esa korxona, firma, tashkilot va muassasalarning amaliy ish faoliyatiga bogʻlangan
boʻlishi xam e‘tibordan chetda qolmasligi kerak. (Namunaga qaralsin)
V. MA’LUMOTLARNI TOʻPLASH VA QAYTA ISHLASH

Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar, internet ma‘lumotlari va boshqa
manbalar asosida mavzuni xar tomonlama yoritish maqsadida ma‘lumotlar
toʻplaydi va ular boʻyicha hisob – kitoblarni amalga oshiradi. Ushbu bosqichda
iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanib, tegishli xulosalar chiqariladi.
Kurs ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi statistik ma’lumotlar tahliliga
asoslangan boʻlib, mavzuga mos muammolar, takliflar, sxema, grafik, jadval va
diogrammalarda mujassamlashtirilgan boʻlishi lozim.

VI. KURS ISHI MATNINI YOZISH

Kurs ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va mas’uliyatli


bosqich xisoblanadi.
Kirish qismida talaba tanlagan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari,
axamiyati, uni oʻrganish darajasi va kurs ishi boʻyicha oʻz oldiga qoʻygan masalalar mazmunining qisqa (2-3 bet) bayon etadi.
Asosiy qismda belgilangan savollarni yoritishda masalaga uzviy bogʻliq
boʻlgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda talaba tomonidan toʻplangan materiallar,
statistik ma’lumotlar, iqtisodiy koʻrsatkichlar tahlil qilinadi. Olingan natijalar,
yangiliklar, g’oya va fikrlar ilmiy jixatdan asoslanadi va oʻrganilgan adabiyotlar,
me‘yoriy xujjatlar va boshqa manbalardan toʻplangan ma‘lumotlar toʻla tahlil
qilinadi. Ushbu yoʻnalishda bajarilgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlar
tajribasi xam bayon etilishi maqsadga muvofiq keladi. Agar talaba mavzu boʻyicha
olgan natijalarni tanqidiy baxolay olsa kurs ishining qiymati yanada oshadi. Asosiy
qismda rasmlar va jadvallar matn ichida xam keltirilishi mumkin.
Nazariy tomondan oʻrganilayotgan masala chuqur yoritilgandan soʻng kurs
ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan oʻzaro bogʻlay olishi
kerak. Ish boʻyicha berilayotgan takliflar asosli boʻlishi va takliflar aniq, loʻnda va
tushunarli qilib bayon qilinishi kerak.
Talaba kurs ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbalardan olingan
tsitatalar va mualliflarning qarashlari qoʻshtirnoq ichida berilishiga e‘tibor berilishi
lozim.
Xulosa qismida kurs ishining barcha qismlari doirasida bajarilgan ishlarga
umumiy yakun yasaladi. Ushbu kurs ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar
koʻrsatib oʻtiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatini tuzishda ishning xulosa qismidan keyin
keltiriladi, roʻyxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan
adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, avtoreferetlar, jurnallar,
gazetalar va x.k.lar kiritiladi.
Amaldagi «Xujjatlarni biblografik roʻyxatga olish» davlat standartiga
muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatida quyidagilar keltiriladi:
-kitob, monografiya, darslik, oʻquv qoʻllanmalar uchun muallif (lar) ning
familiyasi, ismi, va otasining ismi bosh xarflari, kitobning nomi, nashr joyi
(shaxar), nashriyot nomi, nashr yili, betlar ;
-toʻplamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi
va otasining ismi bosh xarflari, maqola nomi, toʻplamning nomi, nashr joyi
(shaxar) nashr yili, betlar toʻplamdagi maqola nomi toʻplam nomidan // belgisi
bilan ajratiladi.
-jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal
nomi yili, betlari, maqola nomi xam jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
Kurs ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar roʻyxatidan alfavit boʻyicha
joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma‘lumotlarni internetdan olgan boʻlsa, muallif
va ishning nomi keyin WEB sayti koʻrsatiladi.
Kurs ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim
va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday xollarda matnda ushbu
adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qoʻllaniladi.
Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, xukumat qarorlari va me‘yoriy
xujjatlardan aynan koʻchirmalar keltiriladi. Bunday xollarda satr osti izoxi beriladi.
Satr osti izoxlari saxifa soʻngida berilib, matnda xar bir saxifa uchun ketma –
ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi.
Kurs ishini yozishda talaba avallo raxbarning koʻrsatma va maslahatlariga
rioya etishi zarurdir.



Yüklə 422 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin