Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 422 Kb.
səhifə19/24
tarix13.04.2023
ölçüsü422 Kb.
#97449
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma (2)

Murabbiy oʻz kasbini ustasi

















Murabbiy amaliy koʻnikmalarga oʻrgatadi

















Murabiy oʻz tajribasini oʻrgatadi

















Murabbiy eng ilg’or zamonaviy ish uslublarini yaxshi biladi

















Murabbiy shogirdiga shaxsiy ibrat koʻrsata oladi
















Manba: Q.X.Abdurahmonov va boshqalar. “Personalni boshqarish”.darslik. Toshkent – 2011

Ushbu jadvalga muvofiq baholovchi murabbiy faoliyatiga bildirilgan fikrlarni (Toʻla roziman - 5 ball, qat’iyan rozi emasman - 1 ball) tekshirib, mazkur har bir modda boʻyicha ballar yig’indisini chiqaradi.


Hozirgi vaqtda bajarilgan ishni kompleks baholash usullari ham mavjud. Ularning toʻrt asosiy turi farqlanadi:

  1. Xodimlar tavsifnomalarini taqqoslash usuli.

  1. Bajarilgan ish toʻg’risida hisobot usuli.

  1. Ball usuli.

  2. Nazorat varaqalari usuli.

Ushbu usullardan eng keng qoʻllaniladigan ikki usul xususiyatlariga batafsilroq toʻxtalish mumkin.
Nazorat varaqalari usuli mustaqil qoʻllanishi ham, grafik shkalalar usullari bilan birgalikda qoʻllanishi ham mumkin.
Ushbu uslubda maxsus nazorat varaqalariga xodim bajargan ish hamda uning amaliy sifatlarini baholashning turli omillari toʻg’risidagi batafsil savollar yozib boriladi. Baholashni amalga oshirayotgan shaxsning oʻzi ushbu savollarga javob berishi va xulosa chiqarishi lozim.
Mazkur nazorat varaqalarining maqsadi faqat u yoki bu ishni, u yoki bu xodimni xizmatlari uchun qoʻshimcha toʻlovlar miqdoriga koʻra qaysi guruhga taqsimlashdangina iborat emas. Ayni vaqtda, ushbu usul bilan xodimning kuchli va zaif tomonlari aniqlanib, uning mehnat samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilanadi.
Xodimlar mehnat faoliyatini baholash, afsuski, ular qobiliyati va bu qobiliyatni toʻla ishga solish imkoniyatlarini aniqlab berishda oqsoqlik qilib qoladi. Holbuki, kompaniya yoki firmada yangiliklar (innovatsiyalar)ni joriy etishda kadrning xuddi shu xususiyatlarini aniq bilish oʻta muhimdir. SHu sababli amaliyotda mehnat faoliyati yuksak baholangan xodimning ishlab chiqarishga yangiliklarni joriy etishning uddasidan chiqa olmaslik hollariga duch kelinadi.
SHuning uchun xodim salohiyatini aniqlashning eng yaxshi usuli uni yangi ishlab chiqarish sharoitida, yangi ish joyida kuzatish va baholashdir. Bu maqsadda kadr uchun sinov muddatlari belgilash, ishlab chiqarish boʻlinmalarida yosh xodimlarning bir-birlarining ish oʻrinlari bilan ayirboshlashlari, vaqtinchalik ularni u yoki bu xizmat vazifasini bajarishga oʻtkazib turish yaxshi samara berishi mumkin.
Baholash jarayonidan olingan ma’lumotlar aniq harakat dasturlaridan joy olishi, ular asosida ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, xodimning qaysi amaliy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish muayyan xodim uchun qaysi rag’batlantirish va jazolash choralari samarali boʻlishi haqidagi tavsiyalar ishlab chiqishga asos boʻlishi kerak.
Tadqiqotlar xodim bir ish joyida uzoq vaqt davomida ishlayotgan boʻlsa, uning faoliyati yil sayin pastroq baholanishidan dalolat beradi. Rahbarning bu umidi oqlanmasa (xodim belgilangan me’yorlar darajasida faoliyat koʻrsatsa ham) u xodim bahosini pasaytiradi. Ba’zan esa rahbarlarni katta mehnat stajiga ega xodimlarda ishlab chiqarishga yangiliklarni joriy etishga qiziqishlari sustligi ular faoliyatini baholash ballarini kamaytirishga sabab boʻladi.
Kadrni baholash ana shunday sub’ektivizm holatlarini bartaraf etishni taqozo qiladi. Buning uchun, eng avvalo, korxona pirovard maqsadlariga erishishni ta’minlash uchun xodimning qaysi amaliy va shaxsiy sifatlari eng muhimligini aniqlab olish kerak. Hatto jahon tajribasi ham bu masalada toʻla yakdillik mavjud emasligidan dalolat berib turibdi. Asosan kadrning mehnatga qiziqishi, tashabbuskorligi, diqqat-e’tibori, oʻzgarayotgan mehnat sharoitlariga moslasha olishi, mehnatsevarligi, hatto tashqi koʻrinishi kabi sifatlarini baholash taklif etiladi.
Qator kompaniya va firmalarda barcha xizmatchilar, mutaxassislar va rahbarlar faoliyatning aniq bir sohasi uchun zarur boʻlgan muayyan mezon (talab)lar nuqtai nazaridan baholash tartibi joriy etilgan. Ushbu mezonlar ahamiyati jihatidan ekspertlar guruhi tomonidan tabaqalashtiriladi. SHundan soʻng bu mezonlar ahamiyatini hisobga olgan holda har biriga tegishli ball beriladi (4-jadval).
4 – jadval

Yüklə 422 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin